es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Ir al canal en Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

Mostrar más
5 137
Suscriptores
-324 horas
-197 días
-5030 días
Archivo de publicaciones
Azizlar 30 daqiqaga suhbatimiz boshlanadi. Tayyor turing. Savollaringiz bo'lsa ushbu post kommentiga yozsangiz bo'ladi. @JoshDeveloper

Sun'iy ong (AI) ▫️U haqida nimalar bilamiz ? ▫️Kelajakda ko'pchilikni ishdan ayirishi rostmi ? ▫️Dasturchilarni hammi ? ▫️O'z
Sun'iy ong (AI) ▫️U haqida nimalar bilamiz ? ▫️Kelajakda ko'pchilikni ishdan ayirishi rostmi ? ▫️Dasturchilarni hammi ? ▫️O'zimiz o'rgansak bo'ladimi ? Qanday ? Azizlar, kamtarona taklifimizni qabul qilgan holda, Mohirdev platformasida CEO va Co-Founder Anvar Narzullayev kanalimizda ovozli suhbat qilishga rozi bo'ldilar. Mavzu: Sun'iy ongning umumiy va dasturlashdagi o'rni. Sana: 25-iyul, 18:30 (Toshkent vaqti bilan) Manzil: @JoshDeveloper kanali. Shuningdek, Anvar akadan yosh dasturchilar uchun qimmatli maslahatlar ham olamiz. InshaaAlloh. Savollaringizni post ostiga qoldiring. Ulashing ✈️. @JoshDeveloper

AI xatto Tom'ni ham ishidan ayiribdi... Qiziq, bu sun'iy ong dasturchilarga bosh og'riq bo'lmasmikan ? Bu mavzuda shu yo'nali
AI xatto Tom'ni ham ishidan ayiribdi... Qiziq, bu sun'iy ong dasturchilarga bosh og'riq bo'lmasmikan ? Bu mavzuda shu yo'nalishning haqiqiy mutaxassisini kanalimizga suhbatga chaqirsak nima deysiz ? 😉 Toping kim ? Suhbat qiziqmi ? @JoshDeveloper

Oyliklar haqida gaplashamizmi ? 😋 Men O'zbekistondagi chetel kompaniyalarida to'lanayotgan oyliklarni oraliqini tahminan aytaman. Siz esa o'zbek kompaniyalarinikini aytasiz. Hop, tajribamdan va tanishlarimdan kelib chiqib, tahminimcha oraliq oyliklar bunday: Junior 👦: Ko'pincha 400$ - 700$, ba'zan 700$ - 1200$ gacha Middle 👱‍♂: Ko'pincha 1000$ - 2500$, ba'zan 2500$ - 3500$ gacha Senior 🧔‍♂: Ko'pincha 2500$ - 3500$, ba'zan 3500$ - 7000$ gacha Kanal kommentiga fikringiz qoldiring. Ulashish esingizdan chiqmasin. 😉 @JoshDeveloper

Frontend intervyu Diqqat, texnik intervyularimizni davom ettirish payti keldi. Bu safar intervyumiz ancha qiziqroq bo'ladi. Chunki, endi faqat JS dan emas, balki to'laqonli umumiy Frontend'dan savol javoblar bo'ladi. Qatnashmoqchimisiz ? Ushbu formani to'ldiring. https://forms.gle/LApTt9Nvpm6xNVR1A Intervyudan maksimal foyda olish uchun tajribasi va bilimi kamlar(1 yildan kam) formani to'ldirmay turishsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Ishtirokchilar ichidan to'g'ri kelganlar orasida random orqali tanlab olamiz. Qachon ? Bunisi hozircha aniq emas, Ammo inshaaAlloh shu oy. Postni ulashing. ✈️ @JoshDeveloper

Fronten

E sizlardanam obunachi bo'ldiyu, manga bosishni o'rniga ... 😏 Man bo'lsa, BOMdan videodars chiqarmoqchi edim erta indin. Kamiga haqiqiy 1-2 soatlik texnik intervyu ham qilmoqchi edim Frontend'dan... 😅 InshaaAlloh qilamiz 🙂 Happy WeeKends 🥳 @JoshDeveloper

Hazil hazil bilan) “Tog’o va jiyan” bir gurunglashdikda endi, lekin e’tibor berib qarasak hech qachon til yok frameworkni yomonlamaslik kerak. Bizning bilimlarimiz ular ustida yuzaki bo’lishi mumkin, JavaScriptni hamma yomonlaydi, lekin hamma ishlatadi, 1+1=11 bo’ladi deyishadi lekin qaysi holatda va nega bunday bo’lishini o’ylashmaydi. Shuning uchun do’stlar, postdan bu narsa Qora PRligini bilib turgan bo’lsalaring ham, sizlardan qiziq gaplar eshitib odamni kayfiyati ko’tarildi. “Tog'o” bilan baxsimizning davomini tog’ri yo’l bilan davom ettirishga kelishdik, kim birinchi bo’lib 2000 obunachi yig’ish uchun bellashuvga kirishdik. Qani endi bunisida kim yutar ekan? Khumoyun Codes - 👍 Josh Developer - ❤️ Reaksiyalar orqali o’z fikringizni bildiring 🙂 @JoshDeveloper

Nah 🙅‍♂️ Unaqasi ketmaydi. Kanallarida hecham hate qilmayman degan suyukli tog'am Khumoyun codes, afsonalarni sanashga kelganda Angularni nagli yerga urdilar-aa. Oxirida, esa "Barchasini o’ziga hosligi borligini ta’kidlayman hardoim, kimga nima yoqsa o’shani ishlatsin. Lekin birovni tanlovini ustidan kulish, gapirish, ig’vo qilish bizga xos ish emas! " Shu joyiga Subyektiv'dagi mana shu sahna zo'r tushadi. Haa, bir zamonlar Reactbek va Angularjon ham do'st bo'lib qolishar 😅 Khumoyun tog'am bilan hazillashamiz 🙂. Bizga qarab Reactni rostan yomon ekan deb o'ylamang. Hammasini o'z o'rni bor. (Reactga ham o'rin topilib qolar 😂 Hazil) Hazil hazil bilan, tan olish kerak dasturlashda React'ni o'rni juda katta. Angularniki ham 🙂 @JoshDeveloper

Nihoyat😄 Ha azizlar, biz bilgandik, biz kutgandik 😄 Oxiri tan oldilar a 😄 (P.s: boshqa kanaldan hazil tariqasida aytganlar, hali beri bunaqa hazil qilmasalar kerak, saqlab qo'yaylik hazil bo'lsa ham)😁😁 @JoshDeveloper

Repost from Khumoyun Codes
Angular Reactdan yaxshiroq

#challenge Tepadagi so'rovnomaga kanalimiz ichida challenj qilamizmi ? Faqat yolg'on ishlatilmaydi, harkim o'zi internetni o'chirib, HTML, CSS va JS da kod yozadi. Editor sublime text bo'ladi. Hech narsa o'rnatilmagan holda. Boshqa qurilmadan ham foydalanilmaydi. (Asosiy maqsad xotirani mustahkamlash va tekshirish) Oxirida berilgan vaqt tugadi degan postim ostiga hamma o'z natijalarini ko'rsatadi. Masalan, skrenshot, falon narsalar qildim, falon joylar qolib ketdi va hkz. Yoki qayerda yengilgan bo'lsa shu narsani aytadi. Xohishmandlar soniga qarab, dasturni ko'rinishi va boshlash-tugash vaqtlarini e'lon qilib, start beraman inshaaAlloh. Nima deysiz, qo'shilasizmi ? @JoshDeveloper

Internetsiz bir kichik dasturni o'zingiz 0 dan yoza olasizmi ? Masalan "Todo" dasturi. (Bo'sh vaqtda sinab ko'rishni maslahat beraman)
Anonymous voting

Bugun ishda haqiqiy Britaniyalik inglizlar bilan gaplashib ko'rdim. American va British english farqlarini yaqqol sezdim. Ularda juda boshqacha bo'lar ekan. Ingliz tilini yaxshilab o'rganish kerak. Shunaqa gaplar 🙂 @JoshDeveloper

"PHP Best practices" kitobi. 😅 (Hazil hazil 😅) #joke @JoshDeveloper
"PHP Best practices" kitobi. 😅 (Hazil hazil 😅) #joke @JoshDeveloper

"Dasturda muommo chiqqanda".😄 #joke P.s: Bunday holatga tushish to'g'ri emas. Bu hazil rasm😉 @JoshDeveloper
"Dasturda muommo chiqqanda".😄 #joke P.s: Bunday holatga tushish to'g'ri emas. Bu hazil rasm😉 @JoshDeveloper

Repost from JR TwitGram 🥂
Kecha Amerikalik hamkasblar svet o’chib qolgani haqida aytishgandi. Bir nemis hamkasbim “Svet o’chishini tasavvur ham qila olmayman. Bir kun svetsiz o’tkazganimni eslay olmayman” desa bo’ladimi 🥲 “I feel you bruh” deb javob berdim.

Repost from Abduaziz π
Assalomu alaykum barchaga! 2-3 oydan buyon bir loyiha ustida ishlagan edim, shuni bugun "public" qildim. Biroz bo'lsada tajri
Assalomu alaykum barchaga! 2-3 oydan buyon bir loyiha ustida ishlagan edim, shuni bugun "public" qildim. Biroz bo'lsada tajribasi bor dasturchilar docker'dan foydalanib ko'rishgan. Docker Desktop haqida ham eshitganlar ko'p bo'lsa kerak. Docker Desktop ilovasi ko'p funsksionalga ega, juda qulay va o'ta og'ir ilova ham hisoblanadi. Qisman bo'lsada "alternativ", nisbatan yengilroq ilova ishlab chiqishni rejalashtirgan edim va buni uddaladim deb ayta olaman. Hozirda uni ubuntu operatsion tizimi uchun ishlab chiqardim. Tez orada qolgan operatsion tizimlarda ham chiqaraman, albatta talab bo'lsa (mac OS'da muammo bo'lmasa bo'ldi 😁). 🔴 Muammolar bo'lsa github'dagi Issues 🟢 Loyiha kodiga yangilik qo'shib kiritmoqchi bo'lsangiz Pull requests 🟣 G'oya & tavsiyalaringiz bo'lsa Discussions bo'limidan foydalanishingiz mumkin. 🔗 Havolalar: github, video (o'rnatish, foydalanish) P.S python ❤️ angular ("sila") @AbduazizPy

Repost from Abduaziz π
Assalomu alaykum barchaga! 2-3 oydan buyon bir loyiha ustida ishlagan edim, shuni bugun "public" qildim. Biroz bo'lsada tajri
Assalomu alaykum barchaga! 2-3 oydan buyon bir loyiha ustida ishlagan edim, shuni bugun "public" qildim. Biroz bo'lsada tajribasi bor dasturchilar docker'dan foydalanib ko'rishgan. Docker Desktop haqida ham eshitganlar ko'p bo'lsa kerak. Docker Desktop ilovasi ko'p funsksionalga ega, juda qulay va o'ta og'ir ilova ham hisoblanadi. Qisman bo'lsada "alternativ", nisbatan yengilroq ilova ishlab chiqishni rejalashtirgan edim va buni uddaladim deb ayta olaman. Hozirda uni ubuntu operatsion tizimi uchun ishlab chiqardim. Tez orada qolgan operatsion tizimlarda ham chiqaraman, albatta talab bo'lsa (mac OS'da muammo bo'lmasa bo'ldi 😁). 🔴 Muammolar bo'lsa github'dagi Issues 🟢 Loyiha kodiga yangilik qo'shib kiritmoqchi bo'lsangiz Pull requests 🟣 G'oya & tavsiyalaringiz bo'lsa Discussions bo'limidan foydalanishingiz mumkin. 🔗 Havolalar: github, video (o'rnatish, foydalanish) @AbduazizPy

Repost from Khumoyun Codes
IT hamjamiyatlar va ularning o’rni Har qanday soxada networking ya’ni (o’zbekchasiga aytganda tanish-bilishchilik 😅) o’rni kattaligini bilamiz, lekin tanish-bilish deganda bizning hayolimizga negativ fikrlar keladi. Aynan shu networking bizni tanish-bilishchilikni pozitiv ko’rinishi hisoblanadi, nega deyilsa har qanday yaxshi tanishingiz sizga o’z soxasi bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatib yordam berishi mumkin, buning uchun faqatgina tanishishning o’zi kifoya. Bunday tanishuvlar orttirish uchun ko’proq tadbirlarga borish va hamjamiyatlar a’zosi bo’lish ayni muddamo bo’ladi. O’zbekistonda IT soxasini rivojlanishiga o’zining katta hissasini qo’shayotgan hamjamiyatlar ko’paymoqda. UzGeeks, Texnoman, GDG Tashkent va boshqalarni bunga yaqqol misol qilib olishimiz mumkin va ular o’tkazgan deyarli barcha tadbirlarda networking uchun vaqt ajratiladi. Lekin ko’pincha yoshlarimiz bu vaqtda o’zlari bilan kelgan do’stlari yo tanishlaridan uzoqlashmay yangi potensial hamfikr odamlar bilan suxbat qurishga urinib ko’rishmaydi. Bu albatta odamning tabiati va xarakteriga ko’proq bog’liqku, lekin ‘Comfort zone’ dan o’zingizni olib chiqib, yangi tanish orttirsangiz sizda hozirda bor imkoniyatlaringizga bir ➕ bo’lishi mumkin. Oddiy misol keltiradigan bo’lsak, siz soxaga endi kirib kelayotgan odamsiz va bilimingiz hali ishga kirishga yetmaydi, ammo sizga “stajirovka” taklif qilinib, tajriba orttirishga ozgina imkon berilsa siz to’liq potensialingizni ko’rsata olasiz. IT-Tadbir yoki hamjamiyatlarda biron bir bilimlari mustaxkam va yaxshi ish o’rniga ega odam bilan tanishdingiz va u inson hozir o’z ish joyida bo’lajak mutaxasislarni tayyorlashga dastur ochilayotgani haqida xabar berib sizni u yerga taklif qildi. Tasavvur qiling, siz har bir yaxshi yomon “recruiter” yoki kompaniyani eshigini taqillatib yurganingiz qayerdaku, sizni tayyor “ish”ga joylab qo’yib, ishonch bildirganliklari qayerda (albatta bu ishonchni oqlash kerak bo'ladi). IT Hamjamiyatlarning asosiy vazifalaridan biri ham aynan shu, bilimli mutaxasislarni o’z tajribalarini ulashishdan tashqari ular bilan sizlarni tanishtirish. Hamfikr insonlar bir joyga to’planganda ancha katta ishlar qilib yuborsa bo’ladi menimcha, masalan Steve Jobs va Steve Wozniak nega Apple Computersga asos solishgandan keyin u rivojlanib ketti, ular do’st bo’lib bir garajda ish boshlashganigami? Yoki o’zlariga hamfikr va ko’zida uchquni bor boshqa tanishlari bilan oldin hamjamiyat keyin kompaniyaga qurishganigami? Menimcha ikkinchi variant tog’riroq bo’ladi. Hozirda shuning uchun ham, Co-working markazlari, IT-Hublar, IT-hamjamiyatlarga asos solinishiga va hamfikr insonlarni bir joyga jamlashga katta urg’u berilyapti. Bizga berilgan va yaratilayotgan imkoniyatlardan tog’ri foydalanish, karyeramizdagi eng katta yutuqlarga olib kelishi va yangiliklar kiritishi mumkin. O’zimdan misol qiladigan bo’lsam, ko’pgina hozirda aktiv muloqot qiladigan do’stlarim va tanishlarim bilan huddi shunday hamjamiyatlar orqali tanishganman, ular orqali yaxshi ish joylari va yana yangi tanishlar-do'stlar orttirganman. Hozirda ularning bir qismi bilan, O'zbekistondagi eng katta IT-Hamjamiyat “GDG Tashkent” ni 2018-yildan beri qurib, rivojlantirib kelmoqdamiz (Oldin ham hamjamiyatimiz bo’lgan lekin bunday nomlanmagan). Oxirgi postlarda e’lon qilingan “FrontSpot Uzbekistan” hamjamiyatiga ham, EPAM kompaniyasidagi hamkasblarim bilan asos solmoqdamiz va 24-Iyul kuni bizning (GDG Tashkent x FrontSpot Uzbekistan) birinchi tadbirimiz bo’lib o’tadi. Siz do’stlarimni ham ushbu hamjamiyatga va bo’ladigan tadbirlarimizga taklif qilib qolaman va ular orqali o’zingizni imkoniyatlaringizni ko’paytirishingizni hohlayman. Kanal uchun link: https://t.me/frontspot_uzbekistan Sharing is caring! 😉 @khumoyun_codes