ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

前往频道在 Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

显示更多
5 134
订阅者
-724 小时
-257 天
-3830 天
帖子存档
Browserda biror chet tilida video ko'rayotganingizda tushunish qiyin bo'layotgan bo'lsa, kamiga pastida subtitle yozilmagan b
Browserda biror chet tilida video ko'rayotganingizda tushunish qiyin bo'layotgan bo'lsa, kamiga pastida subtitle yozilmagan bo'lsa nima qilasiz ? - Live captions. Browseringizni sozlamalaridan "Live caption"ni yoqib qo'ysangiz, istalgan videoni so'zlarini tekstga o'girib, pastga subtitle qilib beradi. Eshitib tushunishi qiyin bo'lganlarga foydali narsa. Sinab ko'ring. (Chrome ✅) @JoshDeveloper

Bu juda qiyin ekan ...😢 Bu ish menga emas ekan...😔 Bu narsani o'rganolmasam kerak...😕 Barchamiz ko'pincha shu kabi gaplarni eshitib turamiz. Bugun shu narsa haqida o'ylab qoldim. Bunga sabab, bir necha yillar oldin o'zim "Buncha qiyin" degan narsamni, bugun ko'rib "Buncha oson" deb yubordim. So'ng bir narsani siz azizlarga ham tushuntirishni lozim topdim. «Har bir yangi ilm boshida qiyin bo'ladi. Agar siz uni qiyin demasdan, vaqtingizni uni ustida to'g'ri sarflab, oz-ozdan bo'lsa ham davomiy o'rganar ekansiz, tajribangiz oshishi sari u narsa ham sizga osonlasha boshlaydi. Bizni sohamizda ko'pchilik yaxshilab harakat qilmasligidan hamma nasani "qiyin"ga chiqarib oladi. Aslida esa, davomiy olingan bilim, bir kun natijasini beradi InshaaAlloh. Asosiysi davomiylikni saqlash va sabr.» @JoshDeveloper

Azizlar, Frontend bo'yicha intervyuga nomzodlarni hali ham qabul qilyapmiz. Ichidan munosiblarini tanlab, random orqali bir ishtirokchi bilan Frontend intervyu o'tkazamiz. InshaaAlloh. Shu postga o'tib, shartlar bilan tanishib formani to'ldiring. @JoshDeveloper

Qachon va qaysi kodga TEST yozishim kerak ? 🤔 Test yozishda asosiy qoidalardan biri: "Action, expected result". Ya'ni, biror jarayon sodir bo'lganda, kutilgan natija nima bo'lishi. Testlar umuman shu narsani tekshiradi. Masalan, biror tugmada "click" jarayoni sodir bo'lganda(tugma bosilganda), natija HTTP so'rov yuborilishi bo'ladi. Bu holatda, testimiz tugma bosilganda HTTP so'rov ketdimi yo'qmi tekshiradi. Keyingi testimiz esa, HTTP so'rov ketganda nima natija kelishini tekshiradi. Yoki, biror funksiya ishlaganda, biror qiymat o'zgarishi kerak va hokazo. E'tibor bersangiz, hammasi bitta oddiy qoidaga bo'ysunishyapti, "Action, expected result" (Jarayon, kutilgan natija) Test yozishga qiynalayotgan bo'lsangiz, shu qoidani yodlab oling. "Jarayon, kutilgan natija". Shu xolos. Umid qilamanki post foydali bo'ldi. Ulashishni unutmang 😉 @JoshDeveloper

AI haqida nimalar bilamiz ? 01:27 - Anvar Narzullayev nimalar bilan band ? 02:53 - Karyerangizda "nimalarni to’g’ri qildim va nimalarni notog’ri qildim" deb o’ylaysiz ? 09:42 - Sun’iy intelekt(AI) o’zi nima va nimalarga qodir ? 13:42 - Kelajakda ko'pchilikni ishdan ayirishi rostmi ? Masalan qaysi sohalarni ? 16:10 - Dasturchilarni hammi ? 24:12 - O'zimiz o'rgansak bo'ladimi ? Qanday ? Nima bilimlar kerak ? 21:05 - Frontendni yoki dasturlashni boshlaganim ma'qulmi yoki AI egallab oladimi ? 28:20 - Mohirdevdagi kurs haqida qisqacha. 32:45 - Savol: "Matematikani bilmayman. Dasturlashning qaysi sohasini maslahat berasiz ? AI'da ishlay olamanmi ?" 42:37 - Rivojlangan AI insoniyatga qarshi chiqmasligi uchun qanday xavfsizlik choralari ko'rilyabdi? 45:39 - Web saytga qanday qilib sun'iy intelektni qo'shsa bo'ladi ? 46:40 - AI sohasida startup qanday qilib boshlasak bo’ladi ? agar biz boshlasak qaysi sohani taklif berasiz ? 49:44 - Dasturchilarga tavsiyalar. @JoshDeveloper

Suhbat tugadi. Juda ajoyib bo’ldi. Bu uchun Anvar akaga rahmat aytamiz. Savol so’raganlardan uzr so’rayman agar suhbatda bera olmagan bo’lsam. Vaqt yetmasdi. Suhbat yozib olindimi ? Ha, linklarini tahrirlab ertaga yuboraman. InshaaAlloh Bundan keyin ham yana shu kabi manfaatli suhbatlar qilishga harakat qilamiz. Qatnashganlarga rahmat! @JoshDeveloper

Azizlar 30 daqiqaga suhbatimiz boshlanadi. Tayyor turing. Savollaringiz bo'lsa ushbu post kommentiga yozsangiz bo'ladi. @JoshDeveloper

Sun'iy ong (AI) ▫️U haqida nimalar bilamiz ? ▫️Kelajakda ko'pchilikni ishdan ayirishi rostmi ? ▫️Dasturchilarni hammi ? ▫️O'z
Sun'iy ong (AI) ▫️U haqida nimalar bilamiz ? ▫️Kelajakda ko'pchilikni ishdan ayirishi rostmi ? ▫️Dasturchilarni hammi ? ▫️O'zimiz o'rgansak bo'ladimi ? Qanday ? Azizlar, kamtarona taklifimizni qabul qilgan holda, Mohirdev platformasida CEO va Co-Founder Anvar Narzullayev kanalimizda ovozli suhbat qilishga rozi bo'ldilar. Mavzu: Sun'iy ongning umumiy va dasturlashdagi o'rni. Sana: 25-iyul, 18:30 (Toshkent vaqti bilan) Manzil: @JoshDeveloper kanali. Shuningdek, Anvar akadan yosh dasturchilar uchun qimmatli maslahatlar ham olamiz. InshaaAlloh. Savollaringizni post ostiga qoldiring. Ulashing ✈️. @JoshDeveloper

AI xatto Tom'ni ham ishidan ayiribdi... Qiziq, bu sun'iy ong dasturchilarga bosh og'riq bo'lmasmikan ? Bu mavzuda shu yo'nali
AI xatto Tom'ni ham ishidan ayiribdi... Qiziq, bu sun'iy ong dasturchilarga bosh og'riq bo'lmasmikan ? Bu mavzuda shu yo'nalishning haqiqiy mutaxassisini kanalimizga suhbatga chaqirsak nima deysiz ? 😉 Toping kim ? Suhbat qiziqmi ? @JoshDeveloper

Oyliklar haqida gaplashamizmi ? 😋 Men O'zbekistondagi chetel kompaniyalarida to'lanayotgan oyliklarni oraliqini tahminan aytaman. Siz esa o'zbek kompaniyalarinikini aytasiz. Hop, tajribamdan va tanishlarimdan kelib chiqib, tahminimcha oraliq oyliklar bunday: Junior 👦: Ko'pincha 400$ - 700$, ba'zan 700$ - 1200$ gacha Middle 👱‍♂: Ko'pincha 1000$ - 2500$, ba'zan 2500$ - 3500$ gacha Senior 🧔‍♂: Ko'pincha 2500$ - 3500$, ba'zan 3500$ - 7000$ gacha Kanal kommentiga fikringiz qoldiring. Ulashish esingizdan chiqmasin. 😉 @JoshDeveloper

Frontend intervyu Diqqat, texnik intervyularimizni davom ettirish payti keldi. Bu safar intervyumiz ancha qiziqroq bo'ladi. Chunki, endi faqat JS dan emas, balki to'laqonli umumiy Frontend'dan savol javoblar bo'ladi. Qatnashmoqchimisiz ? Ushbu formani to'ldiring. https://forms.gle/LApTt9Nvpm6xNVR1A Intervyudan maksimal foyda olish uchun tajribasi va bilimi kamlar(1 yildan kam) formani to'ldirmay turishsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Ishtirokchilar ichidan to'g'ri kelganlar orasida random orqali tanlab olamiz. Qachon ? Bunisi hozircha aniq emas, Ammo inshaaAlloh shu oy. Postni ulashing. ✈️ @JoshDeveloper

Fronten

E sizlardanam obunachi bo'ldiyu, manga bosishni o'rniga ... 😏 Man bo'lsa, BOMdan videodars chiqarmoqchi edim erta indin. Kamiga haqiqiy 1-2 soatlik texnik intervyu ham qilmoqchi edim Frontend'dan... 😅 InshaaAlloh qilamiz 🙂 Happy WeeKends 🥳 @JoshDeveloper

Hazil hazil bilan) “Tog’o va jiyan” bir gurunglashdikda endi, lekin e’tibor berib qarasak hech qachon til yok frameworkni yomonlamaslik kerak. Bizning bilimlarimiz ular ustida yuzaki bo’lishi mumkin, JavaScriptni hamma yomonlaydi, lekin hamma ishlatadi, 1+1=11 bo’ladi deyishadi lekin qaysi holatda va nega bunday bo’lishini o’ylashmaydi. Shuning uchun do’stlar, postdan bu narsa Qora PRligini bilib turgan bo’lsalaring ham, sizlardan qiziq gaplar eshitib odamni kayfiyati ko’tarildi. “Tog'o” bilan baxsimizning davomini tog’ri yo’l bilan davom ettirishga kelishdik, kim birinchi bo’lib 2000 obunachi yig’ish uchun bellashuvga kirishdik. Qani endi bunisida kim yutar ekan? Khumoyun Codes - 👍 Josh Developer - ❤️ Reaksiyalar orqali o’z fikringizni bildiring 🙂 @JoshDeveloper

Nah 🙅‍♂️ Unaqasi ketmaydi. Kanallarida hecham hate qilmayman degan suyukli tog'am Khumoyun codes, afsonalarni sanashga kelganda Angularni nagli yerga urdilar-aa. Oxirida, esa "Barchasini o’ziga hosligi borligini ta’kidlayman hardoim, kimga nima yoqsa o’shani ishlatsin. Lekin birovni tanlovini ustidan kulish, gapirish, ig’vo qilish bizga xos ish emas! " Shu joyiga Subyektiv'dagi mana shu sahna zo'r tushadi. Haa, bir zamonlar Reactbek va Angularjon ham do'st bo'lib qolishar 😅 Khumoyun tog'am bilan hazillashamiz 🙂. Bizga qarab Reactni rostan yomon ekan deb o'ylamang. Hammasini o'z o'rni bor. (Reactga ham o'rin topilib qolar 😂 Hazil) Hazil hazil bilan, tan olish kerak dasturlashda React'ni o'rni juda katta. Angularniki ham 🙂 @JoshDeveloper

Nihoyat😄 Ha azizlar, biz bilgandik, biz kutgandik 😄 Oxiri tan oldilar a 😄 (P.s: boshqa kanaldan hazil tariqasida aytganlar, hali beri bunaqa hazil qilmasalar kerak, saqlab qo'yaylik hazil bo'lsa ham)😁😁 @JoshDeveloper

Repost from Khumoyun Codes
Angular Reactdan yaxshiroq

#challenge Tepadagi so'rovnomaga kanalimiz ichida challenj qilamizmi ? Faqat yolg'on ishlatilmaydi, harkim o'zi internetni o'chirib, HTML, CSS va JS da kod yozadi. Editor sublime text bo'ladi. Hech narsa o'rnatilmagan holda. Boshqa qurilmadan ham foydalanilmaydi. (Asosiy maqsad xotirani mustahkamlash va tekshirish) Oxirida berilgan vaqt tugadi degan postim ostiga hamma o'z natijalarini ko'rsatadi. Masalan, skrenshot, falon narsalar qildim, falon joylar qolib ketdi va hkz. Yoki qayerda yengilgan bo'lsa shu narsani aytadi. Xohishmandlar soniga qarab, dasturni ko'rinishi va boshlash-tugash vaqtlarini e'lon qilib, start beraman inshaaAlloh. Nima deysiz, qo'shilasizmi ? @JoshDeveloper

Internetsiz bir kichik dasturni o'zingiz 0 dan yoza olasizmi ? Masalan "Todo" dasturi. (Bo'sh vaqtda sinab ko'rishni maslahat beraman)
Anonymous voting

Bugun ishda haqiqiy Britaniyalik inglizlar bilan gaplashib ko'rdim. American va British english farqlarini yaqqol sezdim. Ularda juda boshqacha bo'lar ekan. Ingliz tilini yaxshilab o'rganish kerak. Shunaqa gaplar 🙂 @JoshDeveloper