cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Pozitsiya

Jurnalist Inobat Ahatovaning shaxsiy telegram kanali.

Mostrar más
Tayikistán12 061El idioma no está especificadoLibros21 906
Publicaciones publicitarias
263
Suscriptores
-124 horas
-57 días
-1930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

00:33
Video unavailableShow in Telegram
Bora-bora jadidlar siymosi, mavzusi ham maishiylashtirib, ko’ngilozar darajaga keltiriladi shekilli. Jadidchilikni anglash, o’rganish uchun ilmiy konfirensiya, bahslar, arxivlarni ochish, o’rganish, hujjayli filmlar qilish, ilmiy ishlar uchun grandlar berish kerak. Lik-lik qo’shiq, yemagan roliklar ishlash emas. Jadidlar bugungi zamonda tirik bo’lganda ham kurashuvchi qatlamda bo’lardi, menimcha. Ular faqat sovetlarga emas, adolatsizlik, huquqsizlik, ilmsizlikka ham qarshi kurashgan. Hozir ham hayotimizda shu muammolar aktual emasmi? PISAdagi sharmandali natijalar, bolalar o’limlari, til va alifbo siyosatidagi depsinishlar, to’y-hashamga o’chlik bugun bo’lyapti, XX asrda emas. Jadidlar va Jahongir Poziljonov obrazini birga tasavvur qilolmadim, qo’shiqdan parchani ko’rib achindim ham. Bas qilaylik, bunaqa yuzakilikni. Maqsad yoshlarni qiziqtirish bo’lsa ham bu yondashuv xato deb hisoblayman. Inobat Ahatova
Mostrar todo...
IMG_3347.MP411.66 MB
👍 10 5
Photo unavailableShow in Telegram
Jurnalistika shunaqa. Baʼzan maqolani bir oʻtirishda yozib tugatasan, baʼzan oylar kerak boʻladi. Bu safargi material ham shu toifadan. Uzoq kuzatuvlar, koʻpchilik xorijdagi oʻzbeklar bilan suhbatlashilganda aytilgan gaplar, bir chekkaga qayd qilib qoʻyilgan fikrlarlar jamlanmasi. Qiziqqanlar oʻqib, fikringizni bildirarsiz. O‘zbekligimdan faxrlanaman, o‘zbekligimdan uyalaman – Nega biz yolg‘onchi millatga aylanyapmiz? Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2417 @pozitsiya
Mostrar todo...
6👍 2😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Parda podcast”da 2023-yil ayollar hayotidagi o’zgarishlar, yilning eng esda qolarli, muhim voqealari, keyslar haqida suhbatlashgandik. Mehmonlar: Kamola Aliyeva, Dilfuza Kurolova va men. Podkastda 2023-yilda oilaviy zo’ravonlikka doir qonunning qabul qilishini va ahamiyati, men bilan sodir bo’lgan jinsiy diskriminatsiyaga oid keys, qonunning amalda qo’llanishi bilan bog’liq masalalar haqida gaplashganmiz. Ayol-qizlarga oid qonunchilik, gender tenglik masalalariga qiziquvchilar uchun ko’rishi munkin. Link: https://youtu.be/YU3FWsglhHE?si=rK8ycPP2wNWZ6_NW @pozitsiya
Mostrar todo...
3😢 1
Repost from Sanjar Nazar
​​“Agar Kleopatraning burni biroz kichikroq bo‘lganida, butun zaminnig qiyofasi ham o‘zgargan bo‘lardi”, – degan gapni eshitganmisiz? Paskal aytgan deyishadi. Uni men yaxshi ko‘radigan yozuvchilardan biri boshqacharoq shaklda qo‘llagan: “Agar Kleopatraning burni biroz qiyshiqroq bo‘lganida, tarix boshqacha yo֥ldan rivojlanishi mumkin edi”. Baʼzida yer yuzining qiyofasi o‘zgarishi, tarix oqimini boshqa o‘zanga burib yuborish shunaqa soddadek tuyuladi. Aslida juda qiyin. Lekin sodda ham. Faqat qiyin ishlar sodda bo‘lishi mumkinligini qabul qila olish kerak. Masalan – o‘z maslagingda sobit turib qola olish. Xullas, muddaoga o‘tsam, bugun O‘zbekiston butunlay boshqacha qiyofada bo‘lishi mumkin edi, yangi tariximiz ham boshqacha kechgan bo‘lardi, magaram peshonamizga Gulchehra Nurillohlardan biron o‘nta bitgan bo‘lganda. Ijodkor va Shaxs o‘z g‘oyalari yo‘lida hech nimaga chalg‘imasligi kam kuzatiladi. Odatda diqqat hammaslaklaring, yo‘ldosh ulug‘ shaxslar, manfaatlar uzra sochilib ketadi. Bosh maslakdan uzoqlashasan yoki ayro tushasan. Yaqin tariximizda bunga misollar juda ko‘p. Ammo Gulchehra opa hammadan voz kechib bo‘lsa ham, yakka o‘zi hammaga qarshi borib bo‘lsa ham oliy Maqsadi, bosh G‘oyasidan chalg‘imagan Shaxs o‘laroq gavdalandi ko‘z o‘ngimda. To‘plamlarini nashr etishga biroz hissam qo‘shilib qolganidan g‘oyat mamnunman. Xarid qilishni istaganlar @I_A_95 ga murojaat qilishlari mumkin. Telegram | Instagram | Facebook
Mostrar todo...

4
Bugungi informatsion vaziyat haqida Anchadan beri shu mavzuda yozaman deb yurgandim. oxirgi paytlar ijtimoiy tarmoqqa kirish ham qo'rqinchli film ko'rish bilan teng bo'lib qoldi, atrofimiz informatsion urush, bulling, haqorat, heytlarga to'lib ketdi. Hurmatli bir hamkasbimiz aytgandek, barcha jamiyatda ijobiy o'zgarishlarga xizmat qilgan so'z erkinligi nega bizga kelganda ishlamay qolishi kerak? Nima yasamoqchi bo'lsak ham tandir chiqib qolaveradi? Mediatahlilchilar 3-4 yilda hammasi o'tib ketib, axborot muhiti normal holatga tushadi degan prognozlar ham amalda ishlamadi. Urha-urlar, kanalizatsiya kanallaridan oqizilayotgan mag'zavalar tinay demaydi, jurnalist, blogerlar shaxsiyati yer bilan bitta qilinyapti. Eng yomoni shu ishni chetdan kimdir, yo begonalar emas o'zimizning qorako'zlar qilayotgani ayonlashib boryapti. Albatta, hammasi hokimiyat uchun, pul uchun, har turli manfaatlar uchun. Lekin aslo haqiqat uchun emas! Oxiri shu darajada o'yinlardan to'ydikki, so'z erkinligi bizga emas ekan, bizga nazorat kerak degan xulosalar aytilyapti. Maqsad ham shudir, ommani, hatto ziyolilarni shu xulosaga kelishga "majbur qilish"dir. Unutmangki, o'sha troll, anonim kanallar ortida turganlar ham shu jamiyat odamlari. "Kompromat ishi" jurnalist, bloger, matbuot kotiblariga saboq bo'lmadi, afsuski. Aksincha, ayrimlarni ruhlantirib yuborganga o'xshayapti. O'ziga ma'qul informatsiyani sizdirish, ommani manipulyatsiya qilish, narigi "to'da"ga hujum qilishlar to'xtamayapti. Afsuski, anonim kanallarni yuritayotgan jamoa boshida matbuot kotiblari, jurnalist va blogerlar turgani haqida gapirilyapti, aksariyati kimligi haqida aniq xulosalar ham chiqarilyapti. Menga dahli yo'q degan bayonotlar berildi hatto. O'ylab qolasan shunaqa anonim kanallar ishi, hamma jurnalistlarga loy chaplayotganlarga nega axborot siyosatiga mas'ullar, AOKA kabi tizimlar befarq. "Telegraf", "Jo'qqi jurnalist" keyslarida taxmin qilinayotgandek ish boshida matbuot kotiblari turgan bo'lsa qanday xulosa qilinishi qiziq. Bir vaqtlar ochiqlik uchun xizmat qilishi kerak deb tashkil etilgan tizim shantaj, tovlamachilik, ma'lumotlarni sizdirish, trollar fabrikalari yaratishga xizmat qilmayaptimi? Agar shu rost bo'lib chiqsa bunaqa shtatlarning, ularni nazorat qilib o'tiradigan AOKAning nima keragi bor o'zi? Jurnalist, bloger avvalo fuqaro. Davlat, huquq tartibot tizimi uchun fuqarolarni obro'si shu darajada ahamiyatsizmi? Istagan 4-5 tasi o'tirib anonim kanal ochsa, unda faollarni rasmini qo'yib bilganicha kalaka qilsa. Qani fuqaro muhofazasiga mas'ullarning reaksiyasi? Yo o'zingiz shu ishdan manfaatdormisiz, shu xulosaga kelaveraylikmi? Dunyoning narigi chekkasidagi odam prezident sha'nini kamsitsa bir kunda ushlab kela oladigan tizim jurnalist, blogerlar sha'niga kelganda shunaqa ojizligiga kimdir ishonadimi? Yo bu kanallar ham prezident oilasi, Allamjonovlar darajasidagi shaxslarni haqorat qilgunicha kutish kerakmi? Bir vaqtlar feysbukdagi shu kabi sahifalar Mass media, AOKA kabilar tashabbusi bilan bloklatilgan edi. Feysbuk, Telegram ma'muriyatiga monitoring qilib ma'lumotlar yuborilgandi, keyin tarmoq ularni bloklagan. Yuzta ochilsa, yuzta xat qilinishi, huquq-tartibot idoralari esa tomosha qilib o'tirmasdan kanal adminlarini topishi kerak. Qonun ustuvorligi ta'minlansin. Ijtimoiy tarmoqlar qurolga aylanib bo'ldi. Hamkasblarga "Kompromat ishi", Abduqodir Mo'minov, Olimjon Haydarov keyslaridan keyin Kun.uz'dagi suhbatni qayta ko'rishni tavsiya qilaman. Suhbatda Navbahor Imomova juda yaxshi xulosa atgan: "Jurnalistlar hech kimga ishonib qolmasligi kerak, superehtiyotkorlik lozim. Insoniyat, bashariyat uchun so'z erkinligi muqaddas, hukumat uchun ham beqiyos kapital". 3-4 mag'zavachini deb voz kechib yuboriladigan arzon narsa emas u! Hamkasblarim, siz esa jurnalist, bloger Eshmatga mag'zava ag'darilganda tomoshabin bo'lish, "xa-xa", "xe-xe" qilib o'tirishni yig'ishtiring. Bu kun sizning boshingizga ham tushishi mumkin. Bundan kafolatlanmagansiz. Undan ko'ra qonun ustuvorligini talab qiling, nazoratni emas! @pozitsiya
Mostrar todo...
👍 27 6😢 3
Repost from OYINA.UZ
Photo unavailableShow in Telegram
2023-yil yoʻqotishlari Yakuniga yetib borayotgan 2023-yil Oʻzbekiston ilm, fan, madaniyat, sanʻat va sport sohalarining koʻplab taniqli vakillaridan ayrildik, bir qator siyosat va jamoat arboblari vafot etdi. Oyina.uz sayti an’anaga muvofiq ularni xotirlaydi. Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2367 📹 VIDEONI TOMOSHA QILISH
Mostrar todo...
😢 6👍 2
Do’stlarim, men hozir sizlarga biz uzoq kutgan bir yangilik haqida ma’lum qilmoqchiman. Olovqalb shoira, kuchli shaxsiyat va she’riyat egasi Gulchehra Nurullayevaning 3 tomli kitoblar to’plami nashrdan chiqmoqda. Shoira shaxsiyati, ijodi bilan yaxshi tanish insonlar bu yangilik ahamiyati naqadar katta ekanligini yaxshi anglaydi. Gulchra Nurullayeva nomi katta avlod, xoslar uchun yaxshi tanish. Yoshlar, hatto o’rta avlodning ko’pchiligi ham uning ijodidan anchayin bexabar. Chorak asrlik ta’qiq, qora ro’yxat bizni shunday buyuk shoira ijodidan bebahra o’stirdi. Zamondosh bo’lib bo’ldig-u bexabar, yashadik. Ijodkorni muxlislar, davralar, minbarlardan mahrum qilish, unuttirish jismoniy o’limdan ham og’ir jazo nazarimda. Shunday murakkab davrda ham shoira o’z haqiqatlariga, meni, g’oyalariga sodiq qoldi. Bu ayol timsolida men jasoratni, prinsiplarga sodiqlikni ko’rganman. Qora ro’yxatlar bitdi, munosabat o’zgardi, shoira yana davralarga chorlab boshlandi. Lekin, ko’p o’tmay biz bu ijodkorni yo’qotdik, ayrildik. Bugun nashrdan chiqayotgan to’plam “Yurak bilan suhbat”, “Martabasi baland quyoshning”, “Haqqa haqiqatga” nomli 3 kitobdan iborat. Kitoblar qattiq muqovada, tasvir bo’rttirib bosilgan, 1- va 3-tom 384 betdan, 2-tomi 416 bet. To’plam “Akademnashr” nashriyotida chop etilgan. Yuqori darajadagi professionallik bilan yondashgan jamoa ishiga baho berishingiz ham mumkin. Mazkur to’plam o’zbek noshirlik-matbaa ishining yorqin namunalaridan biriga aylanishiga ishonaman. Kitoblar to’plam holida sotiladi, narxi 222 000 so’m. To’plam soni cheklangan, shu bois oldindan buyurtmani boshladik. Ushbu qimmatli kitoblarni olishni istaganlar @I_A_95 kaminaga bog’lanishi mumkin. Xabaringiz bor avval ham bir nechta kitoblar sotuvini tashkil qildim. Bu safargisi yanada katta, jiddiy shaxsiyat bilan bog’liq. Shu bois anchayin hayajondaman. (Mem, prikollar qilishgayam qo’rqaman, xullas)) Yana bir to’plam, yangi kitoblar barcha kitobxonlarga muborak bo’lsin!
Mostrar todo...
4👍 3
👍 4
01:19
Video unavailableShow in Telegram
So'nngi kunlardagi keys haqida qisqacha Video: Kun.uz @pozitsiya
Mostrar todo...
Viloyatliklarni+tahqirlagan+bloger+jarimaga+tortildi.mp412.68 MB
4👍 2
Шу кейс бўйича баъзи мулоҳазалар. Ҳар доимгидай, бир олам консерваторларимиз журналист Инобат Ахатовага қарши чиқиб, унга ҳар турли айбларни қўйиб ташлади. Бунга ўрганиб ҳам қолдик - ўз манфаатига зид ҳолатлар рўй берганида "адолат, ҳуқуқ, қонун" дейдиган баъзи ватандошларимиз қолган барча масалада ўта ўнг позицияда туради - аёллар кўчага чиқмасин, либераллар жим ўтирсин, ахлоқ ҳуқуқдан устун ва ҳ.к. Жамиятдаги умумий вазиятни ўзгартирмай туриб, муроса қилмай туриб, ўзингга керакли ўзгаришларга ҳам эришиш қийин эканини тушунадиганлар, афсуски, оз. Шунинг учун бўлса керак, бу ҳолатда ҳам анъанавий айблов ва кесатиқ гаплар урчиди: "тадбиркор билган ишини қила олади", "аёлларга кечаси кўчада пишириб қўйибдими", "энди ҳожатхоналарни ҳам умумий қилиш керак", "наҳорги ошгаям боринглар энди" ва ҳ.к. Назаримда, бу каби аргументлар бир қанча заиф жиҳатларга эга. Масалан, интим жой (ҳожатхона, ҳаммом) ва жамоат жойи (ресторан) ноўрин қиёсланмоқда. Асосийси эса, тор клиентура билан дискриминацион чекловлар чалкаштирилмоқда. Дейлик, ўша ресторан ҳар доим эркакларга хизмат кўрсатса, балки муаммо бўлмасди (аслида бу ҳам сўроқ остида). Фақат аёлларга ёки эркакларга мўлжалланган маҳсулот ишлаб чиқарувчи ёки хизмат кўрсатувчи бизнес турлари кўп. Аммо ҳам аёллардан, ҳам эркаклардан пул олиб туриб, уларни ўзига мижоз деб билиб, мижозларнинг бир қисмига вақт чекловини қўйиши, табиийки, эътирозларга сабаб бўлади. Бу чекловда айнан "аёллар кечаси кўчада юрмасин" деган стереотип кўриниб турибди. Бу каби чекловлар дискриминацион характерга эга. Жамиятда дискриминация ёки бошқа муаммо бўлса, баъзида ҳатто бошқа гуруҳнинг (дейлик, рестораторлар ёки ҳайдовчиларнинг) эркинлигини чеклаш орқали бошқаларнинг (ресторан мижозлари ёки пиёдаларнинг) ҳуқуқлари ҳимоя қилиниши мумкин. Ахатовага кейсига ўхшаш жуда зўр тарихий мисол бор. Ўтган асрнинг 60-йилларида АҚШда ирқий сегрегация ҳукм сурган, қора танли аҳолига кўп расмий чеклов ёки норасмий чеклов қўйилган. 1960 йил 1 февралда Шимолий Каролина штатидаги Гринсборо шаҳрида жойлашган "Вулворт" универмаги ичидаги бир қаҳвахонага тўрт нафар афроамерикалик талаба кирган. Ходимлар уларга хизмат кўрсатишдан бош тортган. Бунга жавобан талабалар муассаса ёпилгунига қадар жойларидан қимирламай ўтиришган. Эртасига қаҳвахонага 12 нафар афроамерикалик келиб ўтирволган, учинчи куни уларнинг сони 60 нафарга етган. Тўртинчи куни 400 киши воқеа жойига келиб, барча столларни эгаллаб, кўчада ҳам тўпланиб олган. Бу воқеадан сўнг бошқа шаҳарларда ҳам норозиликлар авж олиб, жамоат жойларидаги дискриминацион қоидалар бекор қилинган. Суратда ўша тўртовлонни кўришингиз мумкин. @AsanovEldar
Mostrar todo...

👍 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.