Best Education2019
Ir al canal en Telegram
BEST EDUCATION o‘quv markazi TODAY'S READER IS TOMORROW'S LEADER BIZNING MANZIL:ISHTIXON SHAHRIDA CHORRAHADA.MITAN SHAHARCHASIDA Shukrona to‘yxonasi old tomonida BURGER HOUSE yonida
Mostrar más1 612
Suscriptores
+224 horas
-157 días
Sin datos30 días
Archivo de publicaciones
1 612
Assalomualaykum,
Ertaga shu kanalda bugun bólib ótgan DTM testining biologiyasi tahlili bólib ótadi
Soat 21:00 da
1 612
Repost from N/a
https://t.me/biologiya_N1best
Assalomu alaykum, shu kanalda endilikda biologiyadan órinli testlar bólib ótadi.
Shoshiling…
1 612
Repost from Xushnudbek.uz
2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
❓Bu nima degani?
Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.
👉 @xushnudbek 👈
1 612
Repost from Xushnudbek.uz
2024/2025 o‘quv yili qabulidan boshlab:
davlat buyurtmasi parametrlarini davlat oliy ta’lim muassasalari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi, bundan oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari mustasno;
davlat buyurtmasi bo‘yicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi.
❓Bu nima degani?
Ya’ni endi davlat grantlari falon universitet uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant o‘rni bo‘lmaydi, balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi.
Bunda respublikadagi barcha OTMlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim OTMlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin.
Rejaga ko‘ra, davlat grantining barcha kvotasini bitta OTM olib qo‘yishining oldini olish maqsadida OTM uchun 50% lik cheklov qo‘yiladi.
👉 @xushnudbek 👈
1 612
Repost from Xushnudbek.uz
Endi xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari ham davlat granti taqsimotida ishtirok etishi mumkin. Buning uchun davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshirishi kerak.
Boshqacha aytganda UzBMB test sinovlari orqali talaba qabul qiladigan nodavlat OTMlarning talabalari ham xuddi davlat OTMlari talabalari kabi davlat grantiga teng huquqli da’vogarlik qilishi mumkin.
Bunda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bir talaba uchun ajratiladigan mablag‘ moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan oshmagan hajmda moliyalashtiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
