Chiroqchi-Tarix
Ir al canal en Telegram
Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlidir. Fan o‘qituvchisi-Xo‘jamiyorov Azizbek. +998993521393🌱
Mostrar más397
Suscriptores
Sin datos24 horas
+67 días
-330 días
Archivo de publicaciones
Repost from Bilimni baholash agentligi
‼️ Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etuvchi talabgorlar diqqatiga!
📆 Ma’lumki, 2026-yil 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
✅ Ushbu imtihon uchun test materiallari amaldagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlangan.
📝 Shuningdek, ochiq turdagi test topshiriqlarining javoblari hamda yozma ish (esse)lar ushbu alifboda yozilishi lozim.
📌 Yangi alifboni joriy etish to‘g‘risidagi Qonunda yangi alifbo 6 oydan so‘ng kuchga kirishi belgilangan. Shu sababli Agentlik tomonidan o‘tkaziladigan imtihonlarda yangi alifbodan emas, amaldagi alifbodan foydalaniladi.
📝 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha talabgorlarga imtihonda muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaydi!
✅Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#milliy_sertifikat_uchun
Alisher Navoiyning haykali oʻrnatilgan shaharlar:
Dunyo miqyosida:
Boku-Ozarbayjon
Shanxay-Xitoy
Vashington-AQSh
Oʻsh-Qirgʻiziston
Ashxobod-Turkmaniston
Tokio (Soka universiteti-2004-yil)-Yaponiya
Moskva-Rossiya
Oʻzbekiston shaharlarida:
Samarqand
Guliston
Termiz
Navoiy
@tarix_testlari
🕊 TA’ZIYA
Chuqur qayg‘u va iztirob bilan…
Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi maktabimizning tarix fani o‘qituvchisi Bo‘riyev Maqsudjon Erkinovichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari, yaqinlari, qarindoshlari hamda barcha hamkasblariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Maqsudjon Erkinovich o‘zining samimiyligi, insoniy fazilatlari, kasbiga bo‘lgan mas’uliyati va yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lidagi mehnati bilan jamoamiz qalbidan joy olgan edi. Uning hayot yo‘li, ustozlik faoliyati va insoniyligi uni taniganlar xotirasida hamisha saqlanib qoladi.
Afsuski, inson umri foniy, ammo uning ezgu ishlari, yaxshi nomi va qoldirgan xotiralari qalblarda mangu yashaydi. Maqsudjon Erkinovichning bevaqt vafoti barchamiz uchun og‘ir judolik va katta yo‘qotishdir.
Bu og‘ir va musibatli damlarda marhumning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, matonat va bardamlik tilaymiz.
Alloh taolo marhumni O‘z rahmatiga olsin, joylarini jannatdan, oxiratlarini obod aylasin. Yaqinlariga sabri jamil ato etsin.
🕊 Marhumning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.
Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi.
Yaxshi yangilik boʻlar edi. Ayniqsa chatgptni ustoz qilib olgan 9-v sinf judayam qiynaladigan boʻldi. Lekin 9-v sinf deyarli maktabni bitirib qoʻydi.
Hay mayli, yana 9-v sinfdagi baʼzi oʻquvchilarga oʻxshaydigan chatgpt shogirdlari koʻpaymasin!
Oʻqituvchilar attestatsiyasini oʻtkazish Bilim va malakalarni baholash agentligining qoʻliga oʻtishi belgilandi
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Milliy_sertifikat
Umumtaʼlim fanlardan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari sanalari belgilandi
🔶 Geografiya, ona tili va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi.
📆 Unga ko‘ra, imtihonlar 2026-yil 23-26- va 31-oktyabr kunlari o‘tkaziladi, jumladan:
✔️ 23-oktyabr kuni geografiya fanidan;
✔️ 24–26-oktyabr kunlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili) va adabiyot fanidan;
✔️ 31-oktyabr kuni tarix fanidan.
💼 Bunda geografiya fanidan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi.
🆔 Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi.
🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tarix fanidan milliy sertifikat olib Kung Fu Panda kabi ichki xotirjamlikka erishing!
Chiroqchi tumanidagi "Sarbon" oʻquv markazida bir paytda ikkita yangi guruh ochilmoqda! Vaqtingiz toʻgʻri kelmasa bu guruhga kelish imkoni bor.
I guruh dars vaqtlari:(29-oktyabr birinchi dars)
✅Seshanba
✅Payshanba
✅Shanba kunlari
⏰13:00-15:00.
II guruh dars vaqtlari:(30-oktyabr birinchi dars)
✅Dushanba
✅Chorshanba
✅Juma kunlari
⏰15:00-17:00.
Murojaat uchun 👇
@Azizbek_Azam
+998993521393
Yosh yigitni taxtga oʻtqazib uning nomidan mamlakatni boshqarish odati regentlik deb ataladi.
Masalan: Kardinal Reshelye - Lyudovik XIV ni
Talas qirgʻizlari yetakchisi Muhammad Yusuf - Sheralixonni
Isfara hokimi Sotiboldi dodxoh - Olimxonning oʻgʻli Murodxonni
Qipchoqlar yetakchisi Musulmonqul choʻloq - Xudoyorxonni regentlik orqali boshqargan.
Esingizga kelsa qolganini ham yozing!
@tarix_testlari
Xat tozaligi ruh tozaligidir - Sultonali Mashhadiy
Yaʼni yozuvimiz chiroyli boʻlishi ruhiyatimiz sogʻlomligini anglatar ekan.
@tarix_testlari
Asosiy faningiz masalan rus tili va tarix boʻlsa oʻsha fanlardan olimpiadaga qatnashsangiz yetadi. Oʻzingiz bilmagan va oʻrin ololmaydigan darajada bilimingiz boʻlmagan fan uchun olimpiadaga borib bir kun (12 soat) vaqtni bekorga oʻtkazib yubormang!
Shundoq ham telegramda koʻp vaqtni bekorga oʻtkazib yuboryapsiz.
Chatgptning tekin varianti taxlab berdi. Kamchiliklari bor, shuning uchun oʻzingiz ham xaritadan izlab qarab koʻring!
Mana shu maʼlumot milliy sertifikatda tushishi mumkin.
Qoʻshimcha: amir Shohmalik Mirzo Ulugʻbekning bek atkasi boʻlgan shuning uchun dastlab butun Movarounnahr Mirzo Ulugʻbekka berilgan boʻlsa-da aslida uning nomidan Movarounnahrni amir Shohmalik boshqargan. Shuning uchun Mirzo Ulugʻbekning dastlabki hokimiyati Samarqand, Buxoro, Nasaf bilan cheklanar edi.
Mirzo Qaydu esa Amir Temurning valiahdi Pirmuhammad Mirzoning oʻgʻli boʻlganligi uchun Shohruh Mirzo unga otasi egalik qilgan hududlarni suyurgʻol qilib bergan.
Agar ruxsatnoma haliyam chiqmayotgan boʻlsa unda 7-noyabr kuniga ham belgilanishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqda soatlab onlayn boʻlishning salbiy oqibatlari nihoyatda koʻpayib boryapti.
Ketmon chopadigan, turnikka tortiladigan oʻgʻil bolalar kamayib, lanj bolalar koʻpayib boryapti. Ijtimoiy tarmoqlardagi beodoblik, soʻkinish, faxshni koʻrgan qizlar esa hayoni unutib oʻgʻil bolaga aylanib qolyapti.
Koʻchada soʻkinadigan qizlar nihoyatda koʻp. 😔
Oʻrin almashib qolgach, tarixni oʻqitish ham qiyinlashib qolyapti. 😄
Bugun shuncha gapirib yarim varoq yozuvni yozdirib ololmadim yigitlarga. (Nozik qoʻlchalari ogʻrib qoladimikan-a?)
Oʻtgan yili bir oʻquvchini oʻqitgandim. Unda ham telegram, telefon bor edi. Lekin milliy sertifikat imtihoni javobi chiqib milliy sertifikat olgani aniq boʻlgandan keyin ham 2-3 kun oʻtgach telegramga kirib "ustoz sertifikat olibman"-derdi. 189 ball bilan oʻqishga kirdi.
Unda ham telegram bor, sizda ham ...
Katta ehtimol bilan 27-oktyabrdagi imtihon 31-oktyabrga koʻchdi (aniqroq edi shunday boʻlishi)
Kim soat nechida?
Mahallaning xotinlari aytishicha tarix fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar chiqa boshlabdi...
@tarix_testlari
