Yoshlar ittifoqi BNQIZ BT
Ir al canal en Telegram
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi yoshlari oʻrtasida o'tkaziladigan tanlov va musobaqalar, Yoshlar hayotiga oid yangiliklar, qiziqarli fakt va ma'lumotlar. Mashhur badiiy asarlar Murojaat uchun: @bnpz_YIBT
Mostrar más938
Suscriptores
Sin datos24 horas
-257 días
-5630 días
Archivo de publicaciones
Repost from Buxoro yoshlari | Расмий канал
“35 000 tashabbus” umummilliy loyihasiga start berildi
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasini ishga tushirdi.
Loyiha doirasida fuqarolar jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya hamda tashabbuslarini taqdim etishlari mumkin. Tashabbuslar taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat va boshqa yoʻnalishlarda qabul qilinadi.
Arizalar 1-avgustdan 31-avgustgacha tashabbus.yito.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
BUXORO YOSHLARI
Telegram | Veb-Sayt | Facebook | Instagram| Youtube
Repost from WikiIqtibos
+8
"Yaxshi kitob oʻquvchida savol tugʻdirishi kerak..."
🤯 Tavsiya qilgan asarlarim turli davr va millat adabiyotiga mansub bo‘lsa-da, ularni birlashtirib turadigan umumiy jihat bor: ular inson tabiati, tanlov, vijdon, orzu va haqiqat haqida o‘ylashga undaydi.
Navoiyning "Lison ut-Tayr" asari insonning ma’naviy kamolot yo‘lini anglatib bersa, Oskar Uayldning "Dorian Grey portreti" tashqi go‘zallik va ichki ma’naviy buzilish o‘rtasidagi fojiali ziddiyatni ochib beradi. Balzakning "Sag‘ri teri tilsimi" har qanday nafs va istakning bahosi borligini eslatsa, O.Genri hikoyalari hayotning kutilmagan burilishlari orqali inson qalbidagi mehr va umidni kashf etadi. Rey Bredberining "Farengeyt bo‘yicha 451" romani kitobdan va fikrdan mahrum bo‘lgan jamiyat qanday mudhish inqirozga yuz tutishi mumkinligini ko‘rsatsa, Mixail Vellerning "Kassandra" falsafiy-publitsistikasi zamonaviy sivilizatsiya inqirozi, insoniyat kelajagi va jamiyat qonuniyatlari haqida bahsga chorlaydi. Erkin A’zamning "Ertalabki xayollar" asari o‘zbek ruhiyatining nozik qirralarini his qilishga yordam bersa, Sevara Alijonova "Mahkum sayohati"da insonning ichki kechinmalari, iztiroblari va hayotiy sinovlari ustida o‘ylashga majbur qiladi.🤯 Bugungi axborot shovqini ichida o‘zlikni yo‘qotmaslik va intellektual jihatdan tirik qolishning yagona sharti aynan mutolaada. 😇 "WikiMarafon" loyihasi uchun ''Yosh Kuch" jurnali bosh muharriri, publitsist, tarjimon va ssenarist Zabarjad Bobojonova ishtirokida maxsus tayyorlandi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
Repost from O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
📢Ijodkor yoshlar diqqatiga: “Sharafli yo‘l” tanlovi boshlandi
🎬O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida “Sharafli yo‘l” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.
❗️Tanlov yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalari hamda Yangi O‘zbekiston islohotlarini zamonaviy mediakontent orqali keng targ‘ib etishga qaratilgan.📌 Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: ➡️ “Eng yaxshi videorolik” (professional ijodkorlar uchun); ➡️ “Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik”; ➡️ “Mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxshi videorolik”. 📌 Ijodiy ishlar quyidagi mavzularda qabul qilinadi: ✔️ “Mustaqillik mening taqdirimda”; ✔️ “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar mamlakati”; ✔️ “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”; ✔️ “Mening Vatanim – mening faxrim”. 📌Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🥇-o‘rin — 15 million so‘m; 🥈-o‘rin — 10 million so‘m; 🥉-o‘rin — 5 million so‘m. 🗓 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. 🏅Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida e’lon qilinadi. 📩 Ijodiy ishlar Telegram’dagi “SHARAFLI YO‘L 2026” sahifasi orqali +998 70 484 71 79 raqamiga yuboriladi. 📞Murojaat uchun: (71) 244-37-87, (71) 244-64-62. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Repost from BUXOROLIKLAR | rasmiy
#29_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
🌍Biz bilan kuzatib boring!
🕊Telegram | 📸Instagram
Repost from Buxoro NQIZ|Бухарский НПЗ| Rasmiy kanal
📢HURMATLI TADBIRKORLAR!
Joriy yilning 20-avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tadbirkorlar bilan oʻtkaziladigan ochiq muloqotga puxta tayyorgarlik koʻrish, tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari, muammolari va takliflarini tizimli oʻrganish maqsadida "Oʻzbekneftgaz" AJ rahbariyati tomonidan hududlarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan 2026-yil 31-iyul kuni soat 10:00 da "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ Madaniyat saroyi binosida "Oʻzbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi oʻrinbosarining tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtadi.
Mazkur ochiq muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatini yuritish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, hamkorlik masalalari, amaliy takliflar hamda sohani yanada rivojlantirishga oid tashabbuslar muhokama qilinadi.
Barcha manfaatdor tadbirkorlik subyektlari vakillarini mazkur uchrashuvda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun masʼul koordinator — ILTICHTEB sektori boshligʻi Baxshillayev Sanjarga +998 50 510-50-30 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
⚡️Dizayner va ijodkor yoshlar diqqatiga: “Uzbek Gift Contest” tanloviga marhamat!
O‘zbekistonning milliy ruhini aks ettiruvchi, zamonaviy va ixcham turistik sovg‘alar yaratish qo‘lingizdan keladimi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!
Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi va Badiiy akademiya hamkorligida ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.
Eng yaxshi esdalik sovg‘asi namunasini yaratgan har bir g‘olib 5 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
✔️Onlayn ro‘yxatdan o‘tish:
1. Dizaynerlar:
2. Hunarmandlar:
O‘z ijodingizni butun dunyo sayyohlariga ko‘rsatish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Tanlov nizomi va talablari havola orali batafsil tanishishingiz mumkin!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
🎆30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni!
Mamlakatimizda yagona va ahil oila bo‘lib yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat va elatlar vakillari bo‘lgan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ko‘pmillatli butun xalqimizni 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni bilan muborakbod etib, barchangizga o‘zimizning yuksak hurmatimiz va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lidagi olijanob faoliyatingizda yangi zafarlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.Barchamiz uchun yagona Vatan bo‘lgan jonajon O‘zbekistonimiz doimo omon bo‘lsin, hamisha gullab-yashnasin! #birdamjamiyat
❤️Rasmiy sahifalarimiz👍 Telegram | 👍 YouTube |👍 Instagram
Repost from Ibrat Farzandlari
O‘yin o‘ynab til o‘rganing 🎮
🔖 Endi til o‘rganish zerikarli boʻlmaydi. “Ibrat Academy” dagi interaktiv o‘yinlar orqali yangi so‘zlarni yodlashingiz, grammatikani mustahkamlashingiz va bilimingizni qiziqarli tarzda sinab ko‘rishingiz mumkin.
👍 Interaktiv so‘z o‘yinlari va koʻplab grammatika mashqlari ilovamizda. Hoziroq sinab koʻring!
📱Instagram 📱Telegram
📱Facebook 📱You tube
#Iqtibos
Barchamiz uchun Vatan bitta. Biz – O‘zbekiston degan jannatmakon yurtning farzandlarimiz. Bizning – shu tabarruk zaminda yashayotgan har bir millat vakillarining o‘tmishimiz ham, bugungi taqdirimiz va kelajagimiz ham bir. Bizni ulug‘ va mushtarak maqsad birlashtiradi. U ham bo‘lsa, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligidir.🇺🇿Sh.Mirziyoyev
❤️Rasmiy sahifalarimiz👍 Telegram | 👍 YouTube |👍 Instagram
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
⚡️Strategik kuch — 2026
🇺🇿Mamlakatimizning ertangi qiyofasi yoshlarimizning bugungi intilishlariga bog‘liq. Ular Vatan taraqqiyotining eng ishonchli strategik kuchi hisoblanadi.
An’anaga aylangan “Strategik kuch” hujjatli filmini Agentlikning YouTube sahifasida tomosha qiling!
📹 https://youtu.be/JrinMz-0oCw
