es
Feedback
📚📒🗂SCHOOL DOCUMENTS BY M.RUSTAMOVNA

📚📒🗂SCHOOL DOCUMENTS BY M.RUSTAMOVNA

Ir al canal en Telegram

📚Таълимга оид : 📌янгиликлар 📌меъёрий хужжатлар 📌кургазмалар,таркатмалар электрон тарзда 📌бироз психология

Mostrar más
3 427
Suscriptores
Sin datos24 horas
+37 días
+2330 días
Archivo de publicaciones
Sertifikatlar chiqishni boshladi platformaga kirib tekshirsangiz bo’ladi Batafsil ma’lumot beriladi.

Ommalashtirish jarayonlari bo‘yicha apellyatsiya natijalari e’lon qilindi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’l
Ommalashtirish jarayonlari bo‘yicha apellyatsiya natijalari e’lon qilindi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 84-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi hamda zamonaviy metodikalarini ommalashtirish jarayonlari ommalashtirish.avloniy.uz platformasi orqali tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayon doirasida talabgorlar tomonidan taqdim etilgan metodik ishlar belgilangan tartibda texnik hamda mazmuniy ekspertiza bosqichlaridan o‘tkazildi.
Baholash natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellyatsiya shikoyatlari platforma orqali qabul qilinib, har bir fan yo‘nalishi bo‘yicha tuzilgan apellyatsiya komissiyalari tomonidan qayta ko‘rib chiqildi.
Apellyatsiya komissiyalari tomonidan har bir murojaat metodik ish materiallari va belgilangan baholash mezonlari asosida xolis ko‘rib chiqilib, tegishli xulosalar berildi. Apellyatsiya jarayonlari respublika bo‘yicha to‘liq yakunlandi hamda natijalar ommalashtirish.avloniy.uz platformasidagi talabgorlarning shaxsiy kabinetlariga yuborildi. Ishtirokchilar apellyatsiya natijalari bilan platformadagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishishlari mumkin.
Apellyatsiya shikoyatlari qanoatlantirilmagan ishtirokchilarga metodik ishlarini yanada takomillashtirib, kelgusida ommalashtirish jarayonlarida faol ishtirok etishlarini tavsiya etamiz.
@avloniyuz

🚨 Diqqat! 🔺Ommalashtirish sertifikatlari 10-iyungacha kabinetlarda ko'rinishida haqida ma'lumotlar bor, faqat bu ma'lumotlar rasmiy emas, apellatsiya natijalari ham shu sanagacha e'lon qilinishi kutilmoqda! @ommalashtirish_avloniyuz

ЎҚИТУВЧИЛАРГА БОШИМ ЕРГА ТЕККУНИЧА ТАЪЗИМ ҚИЛАМАН! Фарзандимизнинг келажагига бепарво эмасмизми, демоқчиман! Тўйларда артистларга қистирамиз, синфга парда деса, жонимиз чиқади! Ишхонада банкет бўлса ходимларга «эриймиз», мактабдаги тадбирга келганда ўша куни ишимиз чиқиб қолади! Тўй қилсак, қўшни қишлоқдаги бойлар ҳам айтилиб, кечгача кетказмай меҳмон қиламиз, боламизнинг ўқитувчиси эсимиздан чиқиб қолади! Маҳаллада битта бой машина олса, "қандини урсин" деймиз-у, ўқитувчи олса "шартмикин, қорнига емасдан машина олиш" деб ижирғанамиз! Йилда бир марта ремонтга, обунага пул йиғилса "закон"чилигимиз тутиб қолади, лекин битмаган ишни "соққа"сини бериб битириб, қонунни оёқости қиламиз! Кунда-кунора ошналарни, ишимиз тушган одамларни чойхонага оборамиз, аммо ўқитувчини бир марта меҳмон қилмаганмиз! Менга нима хизмат буюраркан деб, бошлиғимизнинг оғзига қараб турамиз-у, лекин ўқитувчи муаммодан гапирса, оғзига урамиз! Лекин ЎҚИТУВЧИ бировнинг мурувватига ёки пулига муҳтож эмас! Озгина ҚАДР ва ЭЪТИБОР топса, шунинг ўзи кифоя! Дафтарга, ремонтга, обунага, металломга, гулларга, пардага ва бошқа чиқимларга йиғилган пул нимаям бўларди! Наҳот, шу пулга қараб қолган деб ўйласак, ЎҚИТУВЧИни. Азбаройи касбини севганидан ёки шунча йиллик билими увол бўлмаслиги учун ишлаяпти ЎҚИТУВЧИ. Унутманг, устоз отадай улуғ! P.S.: Буни ўқиб жилагиларим келиб кетди... Ўқитувчиларга юборамиз! •┈┈•┈•⊰✿📚✿⊱•┈┈•┈┈• @school_documents

#ustama #yangilik Direktor jamg'armasidan to'lanadigan ustamalar uchun yangi qarordagi o'zgarishlar 👇👇👇 Olimpiada natijala
+5
#ustama #yangilik Direktor jamg'armasidan to'lanadigan ustamalar uchun yangi qarordagi o'zgarishlar 👇👇👇 Olimpiada natijalari uchun o'zgarishlar bor. ✅Tuman olimpiadasida o'rin uchun---- 25ball (avval 30ball edi), ✅3-o'rinni olgan balini 70%idan oshsa----10ball (avval 20ball edi), ✅3-o'rinni olgan balini 55%idan oshsa----5ball (avval 10ball edi) Yangiliklar qo'shildi (amaldagi toifasi uchun): ✅ Oliy toifa---20ball ✅ 1-toifa------10ball ✅ 2-toifa------5ball ✅ Mutaxassis---0ball Shuningdek, o'quvchilar va ota-onalar baholashi chiqarib tashlandi ➡️ MOLIYACHI | OYLIK BOT Oylik hisoblash uchun yangi telegramm bot. 👉 @attestatsiya_toifatestbot ga kirib repititsion attestatsiya testlarini ishlab ko‘ring! Taʼlimga oid eng sara xabarlar! Bizning kanalga ulanish 👇👇👇 @muallimga @muallimga

The most essential thing is self-confidence😉😁 @school_documents

Касаба уюшмаси аъзолигидан чиқиш, таътил пулига таъсир кўрсатадими? Савол: Ассалому алайкум. Мен касаба уюшмасидан чикиб кетмокчи эдим. Менга чикиб кетсангиз отпуска пулингизга таъсир килади. Яьни отпуска кунингиз кискаради ва отпуска пули кам оласиз. Асли 16 иш куни таътил белгиланган, колган кисмини профсоюз коплаб бераяпти деди. Шунга ойдинлик киритиб берсангиз ЖАВОБ:Касаба уюшмасига кириш ва чиқиш ихтиёрий. Биринчидан,
Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 73-моддаси биринчи қисмига кўра касаба уюшмалари ходимларнинг ижтимоий-иқтисодий ҳуқуқларини ва манфаатларини ифода этадилар ва ҳимоя қиладилар. Ушбу модданинг иккинчи қисмида касаба уюшмаларига аъзо бўлиш эканлиги мустаҳкамланган.
Иккинчидан,
Касаба уюшмалари тўғрисидаги қонуннинг 18-моддасига мувофиқ иш берувчи касаба уюшмасининг аъзолари бўлган ходимларнинг ёзма аризалари мавжуд бўлганда касаба уюшмасининг тегишли ҳисобварағига ходимларнинг иш ҳақидан ушлаб қолинган касаба уюшмасига аъзолик бадалларини, агар жамоа шартномасида, келишувида шундай қоида назарда тутилган бўлса, ўз вақтида ўтказиши шарт.
Учинчидан,
меҳнат қонунчилида, на Меҳнат кодексида ва на бошқа норматив ёки локал ҳужжатларда меҳнат таътиллари ёки бошқа имтиёзлар фақат касаба уюшмасига аъзо бўлганлар учун қўлланилиши, унга аъзо бўлмаганлар учун камроқ қўлланилиши белгиланмаган.
🙅‍♂️ Бошқача айтганда, меҳнат таътилларининг қўшимча қисмини касаба уюшмасидан берилмайди. Меҳнат кодексининг 219-моддасига кўра қўшимча меҳнат таътиллари иш берувчи томонидан берилади. ✅ Шундай экан, касаба уюшмасидан чиқишингизни сизга камроқ таътил берилишига асос булмайди. @school_documents

The most essential thing is self-confidence😉😁 @school_documents

💵❓Mehnat ta'tili puli qanday hisoblanadi ??? Mehnat ta'tili pulini hisoblash uchun 1 kunlik ish haqini o'rtachasini aniqlab olishimiz kerak. Buning uchun oyligingiz nachisleniyasini oxirgi 9 oyda olganlaringizni umumlashtiramiz va 9 ga bo'lib o'rtachasini chiqarib olamiz. (Biz 9 oylikni olyapmiz, agar 10 oy ishlagan bo'lsangiz, 10 oylikni hisoblaysiz, 11 oy bo'lsa, 11 oylikni hisoblaysiz) Masalan siz yil davomida quyidagicha oylik olgansiz: 09 2024       =  3 600 000 so'm 10 2024       =  3 600 000 so'm 11 2024       =  3 900 000 so'm 12 2024       =  3 900 000 so'm 01 2025       =  4 200 000 so'm 02 2025       =  4 200 000 so'm 03 2025       =  4 200 000 so'm 04 2025       =  4 200 000 so'm 05 2025       =  4 200 000 so'm (Mukofotlar, moddiy yordam va boshqa premyalar ham bo'lsa, ularni ham qo'shib hisoblanadi) Jami: 36 000 000 so'm. Demak 9 oy davomida olgan umumiy oyligingiz 36 million so'm. Endi 36 mln so'mni 9 ga bo'lamiz: 36 000 000 so'm : 9 oy =4 000 000 so'm. Demak sizning bir oylik o'rtacha oyligingiz 4 million so'm. Endi dam olish kunlarini chiqarib tashlagan holda o'rtacha bir kunlik ish haqingizni aniqlab olamiz. Bir oyda o'rtacha 25.4 kun ish kuni hisoblansa 4 million so'mni 25.4 ga bo'lamiz. 4 000 000 so'm : 25.4 = 157 480,31 so'm 157 480,31 so'm bu sizing bir kunlik o'rtacha ish haqingiz. Endi ta'til pulini hisoblash uchun 1 kunlik ish haqingizni ta'til kuningizga (24, 36 yoki 48 kunga) ko'paytiramiz. Eslatma: 56 kunlik ta'tilga chiqidhingizga qaramay 48 kunlik ta'til puli hisoblanadi. 157 480,31 * 48 kun = 7.559.055   Endi chiqqan summadan 12 foiz daromad solig'i va agar kasaba uyushmasiga a'zoligingiz bo'lsa 1 foiz a'zolik badalini chiqarib tashlaymiz. 7 559 055 so'mning 13%i  = 982.677 so'm - bu ushlab qolinadigan soliq va kasaba uyushmasi uchun. Demak: 7 559 055 - 982 677 =  6 576 378 so‘m. Sizning qo'lingizga tegadigan ta'til pulingiz 6 576 378 so'm Ma'lumot uchun joylandi. Haqiqiy hisob-kitobdan biroz farq qilishi mumkin. @school_documents

sticker.webp0.44 KB

Бу бетарбияларнинг ота-онасига ҳам чора кўриш керак! @VafoMumin:
Мақсадимиз — демократик қоидалар асосида миллий қадриятлардан оғишмасдан Ўзбекистон давлатчилигини мустаҳкамлаш ҳамда қудратли давлатга айлантириш!
Telegram | 🌐 Instagram | 📹 Youtube |Facebook

✅️USTAMA OLISH UCHUN PEDAGOGLAR QUYIDAGI BALLARNI TO‘PLASH KERAK Bunda pedagoglar quyidagi ballarni to‘plashi kerak: 65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz; 71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz; 76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz; 81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz; 86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz; 91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz; 96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz ✅️USTAMA BO‘YICHA: 1-BO‘LIM, CHORAKLIK  BAHOLARNING   O‘RTACHA  QIYMATI O‘qituvchi dars o‘tayotgan sinflardagi o‘quvchilarning choraklik o‘rtacha baholari o‘zlashtirishning sifat (“4” va “5” baho) ko‘rsatkichi asosida aniqlanadi. Ushbu bo‘lim quyidagicha hisoblanadi: Pedagog dars beradigan sinflardagi o‘quvchilarning umumiy soniga nisbatan bilim sifati foizi hisoblab chiqiladi. Buning uchun Kundalik.comdan “Hisobotlar” bo‘limiga kiriladi va “Fan bo‘yicha o‘qituvchiga” bo‘limiga kiriladi. Fanni, o‘qituvchini tanlab hisoboti olinadi va bilim sifati foizining umumiy foizi hisoblab chiqiladi. Agar sifat foizi 56-70% ni tashkil qilsa, ushbu bo‘lim uchun 3 ball beriladi. Agar murakkab fanlar bo‘lsa, (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) sifat foizi 56-65% bo‘lsa ham 3 ball beriladi. 56-70% (murakkab fanlar uchun 56-65%) - 3 ball 71-85% (murakkab fanlar uchun 66-80%) - 4 ball 86% va undan yuqori (murakkab fanlar uchun 81% va undan yuqori) - 5 ball Kundalik.comdagi tegishli bo‘limdan nusxa olinib faylga qo‘yishni tavsiya etamiz. @school_documents

⚡️4-CHORAK BAHOLARI QUYIDAGICHA CHIQARILADI. Barcha fanlardan 4-chorak va yillik baholar chiqariladi. (0.5 va 1 soatlik darslar uchun yillik bahoga 2-4-chorak baholarining o'rtacha qiymati qo'yiladi.) Yakuniy baho ustuniga yillik baholar ko’chirib qo’yiladi. Agar imtihon bor fanlar bo’lsa, yakuniy baho ustuniga yillik baholar bilan imtihon baholarning o’rtachasi qo’yiladi ⚠️Diqqat! Agar imtihoni yo‘q fanlar bo‘lsa, imtihon ustuniga o’qituvchi tomonidan hech qanday belgi qo’yilmaydi, ochiq qoldiriladi. Jurnal chop qilinganda avtomatik tizimni o‘zi imtihon ustuniga “X” (iks) belgisini qo’yadi. @school_documents

❗️Тошкентда ўқувчини калтаклаган ўқитувчига нисбатан очилган жиноят иши тугатилди Бир муддат аввал ижтимоий тармоқларда ўқитувчи ўқувчиларни калтаклагани акс этган видеолар тарқалди. ИИББга кўра, ҳолат 19 май куни Мирзо Улуғбек туманидаги 275-мактабда Информатика фани устози ҳамда 9-синф ўқувчилари билан содир бўлган. Унда 9-синф ўқувчиси ўқитувчининг кўрсатмаларини бажармай, дарсга халал берган. Шундан сўнг ўқитувчи ва ўқувчи ўртасида муштлашув бўлган. Бугун, 25 май куни ўқитувчига нисбатан очилган мазкур жиноят иши тугатилди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги Матбуот котиби Шоҳруҳ Ғиёсов маълум қилди. Улашган видеода эса Ички ишлар вазирлиги учун биринчи навбатда хавфсизлик экани ва ўқитувчининг ортида барча устозлар тургани айтилган. Буни эшитган бошқа устозлар эса қарсак чалиб, ўзларини кўз ёш тўкишдан тия олмаган. 👉 @Tezkor24official