cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

NamDU_Biotexnologiya fakulteti

Namangan Davlat Universiteti Biotexnologiya fakultetining rasmiy telegram kanali Dekan: Islomjon Odilov Dekan o'rinbosari: Nuriddin Ikramov: Hakimjon Xoshimov. Dekan o'rinbosari: Turgʻunov Muzaffar Yoshlar Koordinatori: @zaynobiddinovna_zarifaxon

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
508
Suscriptores
-224 horas
-97 días
-2630 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

🔰 Qiziqarli fakt 🔺Tug‘ilganda, inson miyasida taxminan 14 milliard hujayra mavjud va bu raqam 25 yoshgacha o‘zgarishsiz qoladi. Biroq, 25 yildan keyin hujayralar soni kuniga taxminan 100 ming hujayraga kamayishni boshlaydi. 40 yoshda miya hujayralarining o‘lishi tezlashadi, 50 yoshda esa neyronlarning qurishi tufayli miya hajmi qisqara boshlaydi. ❗️Яқинларга ҳам улашинг👇🏽 @namdu_biotexnologiya
Mostrar todo...

😱 2👍 1
🔰 Қизиқарли факт 🔺Туғилганда, инсон миясида тахминан 14 миллиард ҳужайра мавжуд ва бу рақам 25 ёшгача ўзгаришсиз қолади. Бироқ, 25 йилдан кейин ҳужайралар сони кунига тахминан 100 минг ҳужайрага камайишни бошлайди. 40 ёшда мия ҳужайраларининг ўлиши тезлашади, 50 ёшда эса нейронларнинг қуриши туфайли мия ҳажми қисқара бошлайди. ❗️Яқинларга ҳам улашинг👇🏽 @namdu_biotexnologiya
Mostrar todo...
NamDU_Biotexnologiya fakulteti

Namangan Davlat Universiteti Biotexnologiya fakultetining rasmiy telegram kanali Dekan: Islomjon Odilov Dekan o'rinbosari: Nuriddin Ikramov: Hakimjon Xoshimov. Dekan o'rinbosari: Turgʻunov Muzaffar Yoshlar Koordinatori: @zaynobiddinovna_zarifaxon

Photo unavailableShow in Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda 1-sentyabrdan talabalar, magistrlar va doktorantlar uchun stipendiyalar oshiriladi, Bakalavriat talabalari uchun stipendiyalar 20 foizga oshiriladi degan mazmundagi yolgʻon habarlar tarqalmoqda. Bu habar aslida Qozogʻiston yangiligi, Oʻzbekistonga tegishli boʻlmagan habar. Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab kollej va oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun stipendiyalarni oshirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarorini imzoladi. Hukumat matbuot xizmatining xabar berishicha, kollej oʻquvchilari uchun stipendiyalar 50 foizga oshirilib, ishchilar uchun 43 574 tenge, oʻrta boʻgʻin mutaxassislari uchun 41 896 tengeni tashkil etadi. Qayd etilishicha, bakalavriat talabalari uchun stipendiyalar 20 foizga oshirilib, 47 135 tengega, pedagogika va tibbiyot yoʻnalishi talabalari uchun stipendiyalar 75 600 tengegacha koʻtariladi.
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Bugun 1-iyul, 2024-yilning teng yarmi xam o‘tib ketibdi Sezyapsizlarmi vaqtda baraka qolmadi, kechagina yangi yil edi, yana yaqinda 2025-yil keladi, umr o‘tib ketyapti do‘stlar,
Mostrar todo...
😢 6🥰 1
O‘zbekistonda qancha yoshlar bor? Statistika agentligi ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvar holatiga respublikada 14–30 yoshdagi jami doimiy aholi soni 9,6 mln nafarni tashkil etgan.
Mostrar todo...
📌 C1 darajadagi til sertifatini olgan yoshlar moddiy rag‘batlantiriladi Bu haqda Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra: 👉 imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishidan tashqari o‘qish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi; 👉 2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-yanvargacha yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi. 2024–2026 yillarda oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.
Mostrar todo...
Huquqiy axborot

#Қонунчиликдаги_янгиликлар ❗️Айрим ёшлар тил ўрганганлиги учун моддий рағбатлантирилади 🔰 Қарорга кўра: ➖имтиҳон топшириш харажати қопланадиган халқаро имтиҳон тизимлари бўйича инглиз, немис, француз, корейс, хитой ва япон тилларидан камида С1 ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги сертификат олган ёшларни имтиҳон топшириш харажатларини компенсация қилишга қўшимча равишда ўқиш харажатларини қоплаш учун БҲМнинг 3 баравари (1 млн 20 минг сўм) миқдорида бир марталик моддий рағбатлантириш тизими жорий этилади; ➖2024 йил 1 сентябрдан 2027 йил 1 январгача ёшларнинг немис, француз, корейс, хитой ва япон тиллари бўйича халқаро имтиҳон тизимларида имтиҳон топшириш харажатлари қоплаб берилиши учун улар томонидан тўпланиши лозим бўлган баллнинг (сертификат даражасининг) минимал кўрсаткичи бир поғона пасайтирилади. ✅ Шунингдек, умумий ўрта таълим муассасаларининг синф хоналарини таълим жараёнидан бўш вақтда касб-ҳунар ва хорижий тилларни ўқитиш фаолиятини амалга ошириш учун тўғридан-тўғри шартномалар асосида текин…

👍 1
❗️Rasman: Test sinovlari 14 iyuldan boshlanadi, mandat 22 avgustga qadar e’lon qilinadi 📌 2024/2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2024 yil 14 iyuldan 28 iyul kuniga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 📖 Imtihonlar 28 iyulda yakunlanadi hamda 30 iyuldan boshlab 15 kun yo‘nalish tanlash imkoniyati yaratiladi. 📆 13 avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin bo‘ladi) ushbu muddat yakunlanadi. ✅ 7 kunlik muddatdan so‘ng mandat hisoblanadi hamda 21-22 avgustda mandat e’lon qilinadi.
Mostrar todo...
👏 1
❌QABUL JARAYONI YAKUNLANDI. Kecha abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi. BMB Agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 894 ming 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan: 📉joriy yil bitiruvchilari — 410 ming 334 nafar; avvalgi yillar bitiruvchilari — 483 ming 945 nafar. Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti: erkaklar — 431 ming 806 nafar; ayollar — 462 ming 473 nafar. Yillar kesimida abituriyentlar soni (oxirgi 6 yil): 2019 yil — 1 mln 66 ming 925 nafar; 2020 yil — 1 mln 484 ming 85 nafar; 2021 yil — 948 ming 211 nafar; 2022 yil — 1 mln 214 ming 232 nafar; 2023 yil — 1 mln 18 ming 7 nafar; 2024 yil — 894 ming 279 nafar.
Mostrar todo...
— Eng dono kim? — Hayot qiyinchiliklaridan g‘amgin bo‘lmagan kishi. — Eng yaxshi boylik nima? — Aql. — Qaysi olov o‘z yoquvchisini kuydiradi? — Hasad o‘ti. — Qanday bino vayron bo‘lmaydi? — Adolat binosi. — Qaysi achchiq narsaning so‘nggi shirin? — Sabrning. — Qaysi narsaning oxiri achchiq? — Shoshqaloqlikning. — Qaysi dard bedavo? — Nodonlik.
Mostrar todo...
👍 3🔥 1
📣 Abituriyentlar diqqatiga! 📆 2024-yil 25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, shu kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi. 👨🏻‍💻 Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi. Hurmatli abituriyentlar! ❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring! ✅ Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling. 📱 25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz. ❕ Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan oldinroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni, ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingizdan tekshirib olishni tavsiya qilamiz. 🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.