cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

SamISI | MATBUOT XIZMATI

Samarqand iqtisodiyot va servis institutining rasmiy telegram kanali. Sahifalarimiz: www.sies.uz https://www.facebook.com/SamISIchannel Instagram: samisi_rasmiy Yoshlar kanali: https://t.me/SamISI_Yoshlar

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
4 590
Suscriptores
-824 horas
-297 días
-5130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Hindistondagi "Toj Mahal" meʼmoriy yodgorligi qaysi boburiylar humkdor davrida barpo etilgan?Anonymous voting
  • Humoyun
  • Jahongirshoh
  • Shoh Jahon
  • Muhammadshoh
  • Ahmadshoh
0 votes
👍 2🎉 2
Repost from Edu.uz
04:20
Video unavailableShow in Telegram
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. 📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. 📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. 📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. ▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish - uz~2.mp428.49 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
◻️◻️◻️◻️◻️ Yangi o'quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi Bugun, 5-iyundan boshlab 2024−2025 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi. Test sinovi topshirish uchun dastlab my.uzbmb.uz saytida onlayn ro'yxatdan o'tish talab etiladi. So'ngra quyidagilar tanlanadi: 🔰 Faqat test sinovida ishtirok etsa: ➖fanlar majmuasi; ➖taʼlim tili; ➖test topshirish hududi. 🔰 Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish istagini bildirsa (ijodiy imtihon) topshirsa: ➖taʼlim tili; ➖test topshirish hududi; ➖alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi; ➖kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan davlat OTM. ⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️ 🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 | 📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 | 🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
Mostrar todo...
👍 4 1🔥 1🥰 1
#Qabul2024 2024/2025 o'quv yili qabul jarayoniga tayyorgarlik masalalari muhokama etildi Bugun institut qabul komissiyasi mas'ullari ishtirokida 2024/2025 o'quv yili qabul jarayoni uchun olib borilgan tayyorgarlik muhokama etildi. Yig'ilishda mas'ullarga yangi o'quv yilida kutilayotgan o'zgarishlar to'g'risida ma'lumotlar berilib, belgilangan vazifalarga jiddiy yondashish ta'kidlab o'tildi. Shuningdek institut qabul komissiyasi maslahat markazi hamda u yerda faoliyat ko'rsatayotgan "Call-center" faoliyati ko'zdan kechirildi. Telegram |Facebook |Instagram |
Mostrar todo...
👍 5😱 4❤‍🔥 1
00:02
Video unavailableShow in Telegram
◻️◻️◻️◻️◻️ 📞 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qabul komissiyasi huzuridagi "Call-center" o'z faoliyatini boshladi! Hurmatli abituriyentlar! Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qabul komissiyasi maslahat markaziga 2024-2025-o’quv yili qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo'lganda murojaat etishingiz mumkin. 🌐🌐🌐🌐🌐🌐🌐 +998 (66) 233 73 68 +998 (66) 233 76 31 +998 (66) 233 47 56 +998 (66) 233 62 56 Ish vaqti: dushanbadan shanbaga qadar 08:00 dan 18:00 gacha. (tushlik 13:00-14:00) ⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️ 🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 | 📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 | 🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
Mostrar todo...
Green_and_Purple_Gradient_Call_Center_Company_Mobile_Video_1_gif.mp40.27 KB
3
Photo unavailableShow in Telegram
🎉🎉🎉🎉🎉 Bugun ushbu quvonchli kunda menejment kafedrasi v.b. dotsenti Ahtamova Mohigul Erkinovnaning tavallud ayyomi. Hurmatli Mohigul Erkinovna! Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 💥 ⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️ 🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 | 📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 | 🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
Mostrar todo...
🎉 6👍 5🥰 4 2❤‍🔥 1🤗 1
#Ovozli_chat Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat 📆 2024-yil 4-iyun (bugun) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi. ✅ Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. 🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va ishtirokchilarning savollariga batafsil javob beradi. 🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
Markaziy Osiyo xalqlarining ilk yozma manbasi qaysi?Anonymous voting
  • Qutadg‘u bilig
  • Urxun – Enasoy bitiklari
  • Avesto
  • Shiroq va To‘maris afsonalari
0 votes
👏 1
Repost from Edu.uz
Sarmishsoyda ikki kunlik talaba yoshlar turizm festivali bo‘lib o‘tdi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda Navoiy viloyati Sarmishsoy darasida "Yoshlar turizmi: milliy madaniyat va etnosport" turizm festivali oʻtkazildi. Ikki kun davom etgan festivalda OTM talabalari, tyutorlar, yoshlar yetakchilari faol ishtirok etdi. Tadbir doirasida talabalar tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, arqon tortish, chillak kabi xalqona bellashuvlar, psixologik treninglar va intellektual o‘yinlar o‘tkazildi. Talaba yoshlar Sarmishsoy darasiga sayohat qilish barobarida qadimiy Nur qal’asi, Nurota tumanining "Chashma" tarixiy-me’moriy majmuasini hamda Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyini ham borib ko‘rishdi. Tadbir doirasida oliygohlar yoshlar boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari o‘rtasida memorandum imzolandi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTub
Mostrar todo...
MVI_9944.mp429.68 MB
👏 8👍 3🔥 2🤓 2 1😁 1🎉 1🐳 1💯 1🏆 1🤗 1
02:55
Video unavailableShow in Telegram
🔹🔹🔹🔹 #Yoshlar_turizm_festivali Ichki turizm, milliylik va etnosport orqali Samarqand va Navoiyni birlashtirgan festival Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan Navoiy viloyati Sarmishsoy darasida "Yoshlar turizmi: milliy madaniyat va etnosport" turizm festivali oʻtkazildi. Festival davomida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetlari professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari ishtirokida milliylik va ichki turizmni oʻz ichiga olgan turli loyihalar amalga oshirildi. Festivalning ikkinchi kunida Navoiy viloyatidagi diqqatga sazovor joylar, xususan Sarmishsoy darasi, Qatagʻon qurbonlari xotira muzeyi, Oqtepa maskani, Nurota majmuasiga sayohat tashkil etildi. ⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 | 📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 | 🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
Mostrar todo...
MVI_9944.mp429.68 MB
👍 10🔥 4❤‍🔥 2😢 1🐳 1🤝 1🗿 1