"EVRIKA" O'QUV MARKAZI
Ir al canal en Telegram
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "EVRIKA" o'quv markazining rasmiy kanali 💡 Yuqori darajadagi oliy ta'lim dargohlarida talaba bo'lmoqchimisiz ? Unda biz bilan hamkorlikda bo'ling Admin - @Muhammad_Mirsaidov
Mostrar más889
Suscriptores
Sin datos24 horas
+17 días
-1430 días
Archivo de publicaciones
⚡️Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talabaga Prezident granti beriladi
Kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talaba Prezident grantini oladi. Imtihonlarda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball. Agar talaba kontraktga qabul qilingan bo'lsa ham, Prezident grantiga loyiq ko'rilsa, grant asosida o'qiydi.
🇺🇿 Prezident granti stipendiyasi talabaga oyma-oy to‘lanadi. Lekin agar talaba birorta fanini "a’lo" bahoga yopolmasa ham, keyingi semestrda prezident granti stipendiyasini emas, oddiy stipendiya oladi. Keyingi semestrni "a’lo" bahoga yopsa, talaba yana grant stipendiyasini olishda davom etadi. Bu stipendiya miqdori Prezident stipendiyasi bilan bir xil. O‘qishni tugatguncha grant stipendiyasini uzluksiz olgan talabalar o‘z sohasi bo‘yicha magistraturaga grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi.✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
📌 Nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?
Agar siz xususiy universitetda o‘qiysiz va o‘qishingizni davlat universitetiga ko‘chirmoqchi bo‘lsangiz, bu imkoniyat mavjud! Har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha ko‘chirish uchun ariza topshirish mumkin.
✅ O‘qishni ko‘chirish jarayoni:
1️⃣Ariza topshirish: my.uzbmb.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting va kerakli hujjatlarni yuklang (transkript yoki zachotka).
2️⃣Imtihonlar: 15-20 avgust oralig‘ida test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
3️⃣Natijalar: Test natijasiga ko‘ra ko‘chirish tasdiqlanadi yoki turdosh bo‘lmagan yo‘nalishda kontrakt asosida o‘qish davom ettiriladi.
Qanday yo‘llar mavjud?
☝️ Turdosh yo‘nalishga – maxsus test topshirish orqali.
☝️Noturdosh yo‘nalishga – kontrakt to‘lovi asosida o‘tish mumkin.
🚩Eslatma: Hujjatlarni vaqtida topshirish va imtihonga tayyorgarlik ko‘rish muhim!
✔️ @mandatjavobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.
✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
⚡️Rasman: qabul jarayonlari yakunlandi
732 411 nafar abituriyent OTM bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tdi📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti: 🇺🇿 O‘zbek tili — 644 021 nafar; 🇷🇺 Rus tili — 71 476 nafar; 🔘 Qoraqalpoq tili — 14 959 nafar; 🔘 Boshqa tillar — 1 949 nafar. 📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti: 👦🏻 erkaklar — 346 299 nafar 👧🏻 ayollar — 386 112 nafar.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:🌍 @Talimgaoid_perevod
❗️ Abituriyentlarni ro‘yxatga olish rasman yakunlandi
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: bugun, 26-iyun soat 23:59 gacha.
👉 @xushnudbek 👈
Qo‘shimcha eslatma!
#abituriyent
Kollej yoki texnikumlarga kirishni xohlovchi abituriyentlar ham my.uzbmb.uz sayti orqali bugun soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Prezident farmoniga ko‘ra, o’tgan yildan boshlab OTM va professional ta’lim muassasalariga hujjatlar qabuli bir vaqtda amalga oshiriladigan bo‘lgan.
Oldingidek kollej/texnikum uchun alohida ro‘yxatdan o‘tilmaydi. Kirish imtihonlari ham bir marta o‘tkaziladi va unda to‘plagan bali bilan xohlasa OTMga, xohlasa kollej/texnikumga kirish tanlovida qatnashishi mumkin.
Ya’ni hujjat topshirish ham, imtihon ham bitta bo’ladi.
Test natijalari chiqqach, dastlab OTMga kirmoqchi bo’lganlar beshta yo’nalish tanlaydi. Mandat natijasiga ko’ra, bironta oliygohga kira olmasa, undan keyin xohlaganlar o’sha imtihonda to’plagan bali bilan kollej/texnikumni tanlaydi.
Bir o’q bilan ikki quyonni urish, deb aytsa ham bo’ladi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Имтиҳон вақтидаги ҳаяжонни қандай жиловлаш мумкин?
Ваниҳоят имтиҳонлар бошланиш арафасидамиз. Аслида ҳар қандай имтиҳон эмоцияларга бой, ҳаяжонли ўтади. Aбитуриентнинг имтиҳон вақтида муваффақиятга эришиши икки омилга боғлиқ: назарий ва психологик тайёргарлик. У мавзуларни қанчалик яхши ўзлаштирган бўлса ҳам, имтиҳон вақтидаги ҳаяжон душманга айланиши мумкин.
➖Диққатни жамланг.
Титул варағини тўлдириш каби барча расмиятчиликларни бажариб бўлгач, диққатни жамлашга ва атрофни унутишга ҳаракат қилинг. Сиз учун фақат вазифалар матни ва соатлар мавжуд бўлиши керак. Қатъий белгиланган вақт жавоблар сифатига таъсир қилмаслиги керак. Жавобни киритишдан олдин саволни икки марта ўқинг ва сиздан нима талаб қилинаётганини тўғри тушунганингизга ишонч ҳосил қилинг.➖Осонидан бошланг.
Тест ечишни сизда шубҳа туғдирмайдиган саволларга жавоб беришдан бошланг. Узоқ ўйлантирадиган саволларга кўп тўхталманг. Шунда анча тинчланасиз, юклама енгиллашади. Мия янада аниқ ишлай бошлайди. Қолган бутун куч ва диққатни қийин саволларга йўналтириш мумкин бўлади.➖Шошманг, тестни охиригача ўқинг
Вазифани биринчи сўзлариданоқ унинг шартини тушунаман деб шошқалоқлик қилманг. Бунда энг осон саволларга ҳам хато жавоб бериш эҳтимоли ошади. Шошқалоқлик натижасида жавоби миянгизда нақд бўлган саволни ҳам бой беришингиз мумкин.➖Фақат тест ҳақида ўйланг.
Янги вазифани ўқиётганда аввалги ҳамма нарсани унутинг. Тестлардаги вазифалар бир-бири билан боғлиқ эмас, шунинг учун сиз илгари қўллаган қоидалар ва формулалар янги вазифани тўғри ҳал қилишга халақит беради.➖Муваффақиятсизликни унутинг.
Агар биронта тестга жавобни билмасангиз, бу муваффақиятсизлик таъсирида қолиб кетманг. Янги саволни янги имконият сифатида қабул қилинг. Аввалги вазифалар натижасидаги тушкунлик кейинги топшириқлар самарасига таъсир кўрсатмасин.➖Истисно қилинг.
Тўғри жавобни билмасангиз, нотўғрилигига ишончингиз комил бўлган жавобларни кетма-кет чиқариб ташланг. Бу вариантлар ўртасида танлов доирасини торайтиради.➖Текшириб кўринг.
Бажарган топшириқларингизни текшириб чиқишга вақт ажратинг, ҳеч бўлмаганда кўз югуртириб, хатоларни кўриш учун вақт топинг.➖Тахмин қилинг.
Аниқ жавобга ишончингиз комил бўлмаса, интуитив равишда бирор вариантни танланг. Баъзида интуицияга ишониш керак.#abituriyent #qabul2025 #talim Қабулга оид янгиликлар: 👉 @davlattestmarkazi
⚡️Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!
✅ Bugun (25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.
👨🏻💻 Abituriyentlar bugun (25-iyun) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va ertaga (26-iyun) 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
Hurmatli abituriyentlar!
✔️ Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta'lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta'lim muassasasini ham) tanlashda e’tiborli bo‘ling!
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz
▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
▶️ To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:🌍 @Talimgaoid_perevod
Кириш имтиҳонлари 14 июлдан бошланиши мумкин
Ўтган йили ОТМларга кириш имтиҳонлари 14 июлдан 25 июлгача ўтказилганди, бу йил ҳам саналар ўзгаришсиз қолиши мумкин, деди Билим ва малакаларни баҳолаш агентлигидан Жамшид Одилов. Унинг айтишича, тест синовлари учун бинолар рўйхати шакллантирилган. Якуний қарорлар ариза топшириш якунланганидан кейин қабул қилинади.
📹 Қабул-2025: энг муҳим саволлар
❗️Qabul tugashiga 1 kun qoldi
#abituriyent
Bugun, 24-iyun soat 09:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 607 ming 586 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🔹 O‘zbek tili — 533 514 nafar;
🔹 Rus tili — 60 374 nafar;
🔹 Qoraqalpoq tili — 12 048 nafar;
🔹 Boshqa tillar — 1 650 nafar.
📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻♂️ erkaklar — 281 330 nafar
🙋🏻♀️ ayollar — 326 256 nafar
❗️Ma’lumot uchun: o’tgan yili 23-iyun soat 18:00 holatiga 650 ming 715 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi. Ko’rinib turibdiki, joriy yilda abituriyentlar soni biroz kamroq.
O’tgan yili jami 894 ming abituriyent hujjat topshirgan, keyinroq 90 ming kishi to’lovlarni qilmagani uchun chiqarib tashlanib, yakunda jami 805 ming abituriyentga testga kirishga ruxsat berilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
#Kun_iqtibosi
🖇 Menimcha, barcha eski kitoblarni o‘qib tugatmagan insonning, yangi kitoblarni ulardan afzal deyishlikka hech qanday haqqi yo‘q.
✍️ Sharl Lui Monteske
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#диққат 🚕🚕🚕🚕🚕
❗️Ўзбекистонда кредит ажратилишини ўзига ўзи тақиқлаш имконияти пайдо бўлди
Жисмоний шахслар ўзига ўзи кредит олишни тақиқлаш орқали, уларнинг хабарисиз номларига кредит расмийлаштирилиши эҳтимолини йўққа чиқаради. Тақиқни онлайн тарзда фаоллаштириш ва бекор қилиш мумкин, бу хизматдан фойдаланиш бепул.
🇺🇿QIZILTEPALIKLARGA QO‘SHILING👇
✅https://t.me/qiziltepadabugun
📌 Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?
✅JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 187 ming 500 so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.
❓To‘lovni amalga oshirmasa nima bo’ladi?
⚠️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.
❓Bo’lib-bo’lib to’lasa ham bo’ladimi?
✅ Ha, ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizning farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.
❕LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin.
❓Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
✈️ Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
⚡️Diqqat! Abituriyentlar uchun muhim eslatma!
⏳2025-yil 25-iyun soat 23:59 – Oliy ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning SO‘NGGI SANASI!
❌So‘nggi kunlarga qoldirmang! Har yili qabul oxirida abituriyentlar oqimi ortadi, tizim sekinlashadi va shoshilinch xatolar yuzaga kelishi mumkin.
🔹 ERTA RO‘YXATDAN O‘TING!
🔹 Test to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshiring!
🔹 Fanlar majmuasi, ta’lim tili va test hududini diqqat bilan tanlang!
ℹ️ 25-iyun 23:59 gacha shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Ammo qabul tugagach, barcha ma’lumotlar qat’iy hisoblanadi!
✅Eslatma:
✔️ Shaxsiy kabinetingizda ma’lumotlaringizni tekshiring.
✔️To‘lov amalga oshirilganligiga ishonch hosil qiling.
✔️So‘nggi kunlarda tizimga kirish qiyin bo‘lishi mumkin – hozirroq harakat qiling!
🌐Ro‘yxatdan o‘tish uchun: my.uzbmb.uz
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍 @Talimgaoid_perevod
Қуйидагиларнинг қайси бири фазовий маълумотлар соҳасидаги махсус ваколатли давлат органи ҳисобланади?
VAQT shunday narsaki:
— Uni ko‘rib turasan, ammo ushlolmaysan…
— Unda yura olasan, yugura olasan, ammo to‘xtata olmaysan…
— Undan xursand bo‘lishing mumkin, ammo hafa bo‘lolmaysan
— O‘tayotgan VAQT qadrini ota-onangizda ko‘ring, bolalaringizda ko‘ring…
— Kechagina sizni qo‘llarida ko‘tarib yurgan ota-onangiz, bugun sizni qo‘llaringizga muhtojdirlar...
— Kechagina sizni qo‘lingizda turgan farzandlaringiz, bugun sizni qo‘llari bilan ushlab turishibdi…
— Nolimang, VAQT bu imtihon.
— Hayot esa bir katta maktabdir…
O‘tayotgan umringizni o‘z ustingizda ishlashga, foydali ilmlarni o‘rganishga, savob ishlarga, yaxshiliklarga sarf qiling!
Biz bilan birga bo‘ling
Bizni kuzatishda davom eting:👇👇
https://t.me/qiziltepaziyosi
📍Президент Фармонига асосан давлат фуқаролик хизмати жорий қилинадиган вазирликлар рўйхати:
➖Иқтисодиёт ва молия вазирлиги;
➖Инвестициялар, саноат ва савдо вазирлиги;
➖Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги;
➖Қишлоқ хўжалиги вазирлиги;
➖Сув хўжалиги вазирлиги;
➖Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги;
➖Транспорт вазирлиги;
➖Энергетика вазирлиги;
➖Тоғ-кон саноати ва геология вазирлиги;
➖Рақамли технологиялар вазирлиги;
➖Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазирлиги;
➖Соғлиқни сақлаш вазирлиги;
➖Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги;
➖ Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги;
➖Спорт вазирлиги;
➖Маданият вазирлиги;
➖Адлия вазирлиги;
➖Ташқи ишлар вазирлиги.
Каналга уланиш — @hrm_uzb
