"EVRIKA" O'QUV MARKAZI
Ir al canal en Telegram
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "EVRIKA" o'quv markazining rasmiy kanali 💡 Yuqori darajadagi oliy ta'lim dargohlarida talaba bo'lmoqchimisiz ? Unda biz bilan hamkorlikda bo'ling Admin - @Muhammad_Mirsaidov
Mostrar más887
Suscriptores
-124 horas
Sin datos7 días
-1530 días
Archivo de publicaciones
💡 Foydasi:
✔ IELTS Writing Task 1 & 2 uchun real IELTS mezonlariga yaqin baholash beradi
✔ Qayerda xato qilayotganingizni ko‘rsatadi
✔ Qaysi kriteriya pastligini aniqlaydi
https://t.me/EVRIKA_MARKAZ https://t.me/ingliz_tili_IELTS9
#KUN_IQTIBOSI
Buyuk aqllar hamisha o‘rtacha aqllarning shiddatli qarshiliklariga duch keladi. Chunki o‘rtacha aqllarning egalari eskicha fikrlashdan yiroq, o‘z salohiyatidan mardona va halol foydalanadigan kishilarni qabul qila olmaydi.
✍️ Albert Eynshteyn
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Farzandingizning bilimi uchun sarflanadigan arzimagan 10,15 so'mni deb tez ochilib-yopilib ketadigan markazlarga berib, yo'qotilgan vaqt uchun afsus chekmang
"Evrika" bilan hamkorlikda bo'ling.
Bizning maqsadimiz : ta'limni sharqona tarbiya bilan birga olib borish.
Murojaat uchun :
📞 +998995259536 -Ustoz Narziyeva
#Kun_iqtibosi
Nimanidir o‘rganishga bo‘lgan kuchli istak, bu - allaqachon ellik foiz muvaffaqiyatdir.
✍Deyl Karnegi
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
💥Imtihonga kirishdan avval quyidagi muhim tavsiyalarga amal qiling!
1⃣ Ruhiy tayyorgarlik
➡️ O‘zingizga ishoning. Siz tayyorlandingiz, demak, natijaga erishishingiz mumkin. Salbiy fikrlar o‘rniga “Men buni uddalayman!” – degan fikrni takrorlang.
➡️ Imtihonni hayot-mamot deb qabul qilmang. Bu sizning bilim darajangizni o‘lchaydigan sinov, xolos. Hattoki muvaffaqiyatsizlik — bu tajriba.
➡️ Tinim oling. Imtihondan oldin kechasi kamida 7 soat uxlang. Uyqusizlik diqqatni susaytiradi.
2⃣ Amaliy tayyorgarlik
➡️ Hujjatlarni tayyorlang. Pasport, ruxsatnoma kabi zarur narsalar oldindan tayyor bo‘lsin.
➡️ Imtihon joyini oldindan bilib oling. Qayerda, qaysi binoda, qaysi vaqtda bo‘lishingizni aniqlang. Kechikish stressni kuchaytiradi.
➡️ Nonushta qiling. Yengil, lekin quvvat beruvchi taomlar tanlang (masalan, tuxum, banan, yong‘oq). Juda ko‘p yeyishdan yoki och qolishdan saqlaning.
3⃣ Test yoki yozma imtihon davomida
➡️ Savollarni to‘liq o‘qing. Shoshilmang, birinchi o‘qishda noto‘g‘ri tushunish xatolikka olib keladi.
➡️ Osonlardan boshlang. Bu sizga ishonch beradi va vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi.
➡️ Murakkab savolda to‘xtab qolmang. Belgilab qo‘ying va oxirida qaytib o‘ting.
➡️ So‘nggi 5 daqiqada javoblaringizni yana bir bor ko‘zdan kechiring.
4⃣ Ruhiy barqarorlikni saqlash
➡️ Imtihon zalida chuqur nafas oling, bu asabni tinchlantiradi.
➡️ O‘zingizni boshqalar bilan solishtirmang, har kimning tayyorgarlik darajasi boshqacha.
➡️ Xato qildim deb o‘ylamang, keyingi savolga e’tibor bering.
Manfaatli bo'lsin!Biz, USTOZLAR, jamoamiz bilan birga 31-yanvar, 1-2-7-8-fevral kuni imtihon topshiruvchilarning barchasiga omad tilaymiz! Alloh o'zi madadkor bo‘lsin! Bizni tanlaganingizdan bag‘oyat mamnunmiz!!! 😊 @onatili_milliysertifikat_A
Talaba boʻlmoqchimisiz, unda, albatta, oʻqing!
Abituriyent - bu hayotini oʻzgartirish uchun yoʻlga chiqqan shaxs. Hamma ham odam boʻlib tugʻiladi, ammo kimdir inson boʻlib, kimdir odamligicha vafot etadi. Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas.
Agar hamma narsaga loqayd boʻlsang, faqat oʻzingni oʻylasang, dangasa, tanbal boʻlsang va hech boʻlmasa, bir marta hayotingni oʻzgartirishga urunib koʻrmasang, insonlikka daʼvo qilma.
Inson uchun doimo harakatda boʻlmoq - tiriklikning belgisi.
☝️Sen bugundan abituriyentsan, bu degani talabalik tomon yoʻl olding. Demak, sen hayotingni oʻzgartirishni xohlaysan. Shunday ekan, quyidagilarni yodda tut:
Hech qachon vaqtim yoʻq dema!
– Hohish boʻlsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan mashhurlarning sutkasi senikidan ortiq emas.
Hech qachon eslab qololmayman dema!
— Inson istasa, hammasini yodda saqlaydi, Alloh senga bergan xotiraga shubha qilma. Xotirangni boʻysundir.
Hech qachon tushunmayman dema!
— Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan.
...Davomi audioda 👇
@AbituriyentUz✅️- taʼlimga oid yangiliklar!
Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
❗️Endi chet tili 1-fan bo‘lgan yo‘nalishlarga B1 daraja bilan ham hujjat topshirsa bo‘ladi
#abituriyent
Bu bo’yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
✅ Unga ko‘ra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.
📜 Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda:
🔹 B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;
🔹 B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.
ℹ️ Ma’lumot uchun, bungacha faqat B2 dan yuqori darajadagi sertifikat uchun xorijiy til blokidagi testlardan 100 foiz ball berilar edi. Endi esa B1 sertifikati uchun ham 75 foizga teng miqdorda ball beriladigan bo’ldi. Bunda fanlar majmuasida chet tili fani birinchi bo’ladimi, ikkinchi bo’ladimi, farqi yo’q.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Til o’rganib ,ingliz tilidan muddatidan oldin ballni naqd qilmoqchimisiz?
Marhamat, “Evrika” o’quv markazida Ingliz tilidan gramatika va sertifikat uchun yangi guruh darslari 2026 yil Yanvar oyida boshlangan. Darslar haftada 3 kun bo’lib o’tadi. Darslarni o’z fanining fidoyi ustozi, malakali hamda ko’plab o’quvchilarning sertifikat olishiga sababchi bo’layotgan Elmira Qalandarova ustoz olib boradilar
Shoshiling, bu imkoniyatni qo’ldan boy bermang
Murojaat uchun raqamlar :
+998995259536 -ustoz Narziyeva
+998992971889 - ustoz Qalandarova
⚡️ Diqqat ! Diqqat !
Yuqoridagi natijalar kabi asosiy hamda majburiy fanlardan milliy sertifikat olmoqchimisiz ?
“Evrika” o’quv markazida ona tili va adabiyotdan milliy sertifikat uchun navbatdagi qishki qabul ochilmoqda. Darslar 5-Fevraldan boshlanadi !
🗓️Darslar 3 oy davom etib,Aprel oyidagi milliy sertifikatga tayyorlaniladi Darslarni oliy toifali pedagog hamda yuzlab o’quvchilarning sertifikat olishiga sababchi bo’layotgan ustoz G. Narziyeva olib boradilar. ⌛ Shoshiling, joylar soni cheklanganMurojaat uchun : +998995259536 -ustoz G. Narziyeva
#Bizning_faxrimiz
#Tabriklaymiz
#Evrika
"Evrika" o'quv markazi o'quvchisi Amonova Barchinoy matematika fanidan milliy sertifikat sohibasi bo'lib, navbatidan oldin ushbu fandan ballni naqd qilib qo'ydi. Tabriklaymiz!
Ustoz - O.Jahonov
