"EVRIKA" O'QUV MARKAZI
Ir al canal en Telegram
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "EVRIKA" o'quv markazining rasmiy kanali 💡 Yuqori darajadagi oliy ta'lim dargohlarida talaba bo'lmoqchimisiz ? Unda biz bilan hamkorlikda bo'ling Admin - @Muhammad_Mirsaidov
Mostrar más886
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
-2230 días
Archivo de publicaciones
⚡️KVOTA-2026
#abituriyent
MAGISTRATURA. KECHKI
JAMI: 1 ming 393 ta
2026/2027-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2026
MAGISTRATURA. KUNDUZGI
#abituriyent
✅ Jami: 22 050 ta.
2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2026
BAKALAVR. MASOFAVIY
#abituriyent
Jami: 20 ming 810 ta
2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2026
BAKALAVR. KECHKI
#abituriyent
Jami: 28 ming 942 ta
2026/2027-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2026
BAKALAVR. KUNDUZGI
#abituriyent
Jami: 155 ming 852 ta.
2026/2027-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Kvotalar tasdiqlandi
#abituriyent
Davlat qabul komissiyasi tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari umumiy qabul parametrlari, jumladan, quyidagilar tasdiqlandi:
➖ Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshirilishi hisobiga ajratilgan qabul parametrlari;
➖ Bakalavriat va magistratura bo‘yicha umumiy qabul parametrlari ta’lim shakllari hamda o‘qitish tillari kesimida;
➖ Tillar, maxsus pedagogika, sport, san’at va boshqa yo‘nalishlarning ixtisoslashuviga ko‘ra qabul taqsimoti;
➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari;
➖ Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun qo‘shimcha 1 foizlik davlat granti kvotalari;
➖ Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 5 foizlik davlat granti kvotalari;
➖ Qurolli Kuchlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari farzandlari uchun davlat granti kvotalari;
➖ Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanomaga ega fuqarolar uchun alohida 5 foizlik qabul ko‘rsatkichlari;
➖ Bojxona organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari;
➖ “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha 10 foizlik davlat granti kvotalari;
➖ O‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari;
➖ Xorijdagi yosh vatandoshlar uchun ajratilgan 30 ta davlat granti o‘rinlari;
➖ Davlat granti ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti;
➖ Kamida 5 yillik ish stajiga ega fuqarolarni kechki ta’limga tavsiya etish huquqiga ega vazirlik va idoralar ro‘yxati;
➖ Maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va san’at sohalari uchun maqsadli qabul parametrlari;
➖ Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun dual ta’lim asosidagi bakalavriat qabul parametrlari;
➖ Oliy malaka toifasiga ega maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika magistraturasiga masofaviy ta’lim bo‘yicha maqsadli qabul;
➖ 5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlar uchun 2 500 ta alohida to‘lov-kontrakt o‘rni;
➖ Xotin-qizlar uchun kunduzgi ta’limga qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti;
➖ Green University uchun vakant davlat buyurtmasi o‘rinlari hisobidan 100 ta qabul parametri;
➖ Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari.
👉 @xushnudbek 👈
Har bir oliygohda oʻqishni koʻchirish uchun berilgan arizalarni sizningcha nechta mas'ul koʻrib chiqadi deb oʻylaysiz?
📚 Ўзбекистонда кутубхоналар сони нечта?
🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, Ўзбекистонда 2026 йил 1 январь ҳолатига 17 763 та кутубхона фаолият юритмоқда.
📚 Уларда 89,2 млн нусхада китоб ва журналлар мавжуд.🇺🇿 Ҳудудлар кесимида кутубхоналар сони қуйидагича: Самарқанд вилояти — 2 044 та; Қашқадарё вилояти — 1 767 та; Сурхондарё вилояти — 1 600 та; Фарғона вилояти — 1 575 та; Наманган вилояти — 1 477 та; Тошкент вилояти — 1 446 та; Тошкент шаҳри — 1 217 та; Хоразм вилояти — 1 100 та; Қорақалпоғистон Республикаси — 1 058 та; Андижон вилояти — 1 058 та; Бухоро вилояти — 1 049 та; Сирдарё вилояти — 887 та; Жиззах вилояти — 810 та; Навоий вилояти — 675 та.
📌 Маълумот учун, ушбу кўрсаткичга республика ҳудудидаги барча кутубхоналар, таълим муассасалари, ташкилотларга қарашли ахборот-ресурс марказлари ҳамда ахборот-кутубхона марказлари киритилган.
#Kun_iqtibosi
Yaxshi tarbiya ko‘rgan odamning hislatlaridan biri shuki, bunday odam o‘z faoliyatida boshqalardan bir qadam oldinga o‘tsa - darrov orqaga qaraydi, sheriklariga yordam qo‘lini uzatadi, safini kengaytirib, yangi g‘alabani ko‘zlaydi.
✍ Abdulla Qahhor
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yer yuzidagi eng quruq cho‘l — Atakama qaysi mamlakat hududida joylashgan?
+1
📚 “Evrika” o’quv markazi o’quvchisi Shaxboz Husenov - Navoiy shahridagi Prezident maktabi kirish imtihonining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o’tib, 2-bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritdi!
Ushbu natija bilan o’quvchimizning ustozi hamda ota-onalarini tabriklaymiz. Keyingi bosqichda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Ustoz - Z. Ortiqova
💡Evrika — natijalar sari ishonchli qadam!
❗️2026/2027-o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotalari umumiy soni e’lon qilindi
#abituriyent
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, yangi o’quv yilida davlat granti kvotasi 36 ming 23 ta, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy qabul esa 234 mingdan ortiq etib belgilangan.
Ustuvor yo‘nalishlar sifatida muhandislik, IT, pedagogika va agrar sohalar tanlangan.
👉 @xushnudbek 👈
Қуйидагилардан қайси бири қайта тикланадиган энергия манбаи ҳисобланади?
#Kun_iqtibosi
"Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi. Agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi. Agar kishi fikrlamasa, aqlda ham shunday holat yuz beradi"✍️ Leonardo da Vinchi. 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Rasmiy_bayonot
❗️O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar 2026-yildan inobatga olinadiIjtimoiy tarmoqlarda xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish jarayonida milliy va xalqaro sertifikatlarning inobatga olinishi yuzasidan ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilan ma’lum qilamiz: 📄 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda chet tili hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berish tartibi joriy etilgan. 📌 Mazkur qaror 2026-yil 12-iyundan kuchga kirgan va uning talablari 2026-yildagi o‘qishni ko‘chirish jarayonida ham to‘liq qo‘llaniladi. O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar: 🌍 @Talimgaoid_perevod
#iqtibos
Dunyodagi hech bir oliygohda o‘qitilmaydigan bir fan borki, bu fanning imtihonidan ko‘cha supuruvchi muvaffaqiyatli o‘tishi, doktorlik dissertatsiyasini yoqlayotgan olim esa o‘ta olmay qolishi mumkin. Bu fan – axloq va insoniylik fani!
✅Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
🔹Telegram | 🔹Facebook | 🔹Instagram
Quyidagilardan qaysi biri haqiqatan ham baliq nomi hisoblanadi? 🐟
