es
Feedback
NeoJadid

NeoJadid

Ir al canal en Telegram

Dunyoga o'zbekona nazar. Aloqa: @NeojadidBot

Mostrar más
1 842
Suscriptores
-224 horas
-77 días
+230 días
Archivo de publicaciones
Repost from Najmiddin Turon
КИМ НИМАНИ ЯХШИ КЎРАР Эҳтимол, бизнинг халқ илму маърифатни, тарбия ва таълимни, ҳунар ва саноатни яхши кўрар, деб ўйлайдурғондурсиз? Йўқ, бу фикрингиз ёнглиш. Эшонларимиз тоат ва ибодат, панду насиҳат, зикру тасбеҳ ўрниға тўйлардан тўн киюб, кўб ошаб, кўп ухлашни яхши кўрурлар. Уламоларимиз дарсу таълим ўрниға, бир-бирлари ила ўрун талашиб, мукаррир ва мударрис бўлишни, ўзлари бўлолмай қолсалар, эшикма-эшик юруб сайловни бузишни яхши кўрурлар. Имомларимиз, халойиқға ваъз ва насиҳат ўрниға, тўй ва жанозаларда юруб, жома кийишни яхши кўрурлар. Бойларимиз орқа-ўнглариға қарамасдан, фойда ва зарарларини ойирмасдан бир-бирлариға рақобат қиламан деб, "бонка" ва "кридит"ларини кўпайтуруб, дўффилари тор келганда рус ва яҳудийларнинг молларини букуб-синишини яхши кўрурлар. Мўйсафидларимиз намоз ва ниёз ўрниға, масжид эшигига йиғилуб ўтуруб, ҳар кимни ғийбат ва шикоят қилишни яхши кўрурлар. Муаллимларимиз бир-бирларидан қизғонишуб, болаларни арзон ўқитаман деб, бир ўзларига юз, юздан ортуқ бола йиғуб, ўзлари тўй ва маъракаларда болаларнинг умрини бекор ўткаришни яхши кўрарлар. Савдогарларимиз: "Тўйликни тўйи ўтар, тўйсизни куни ўтар" деган сўзга амал қилмай, қайси маҳаллада тўй бўлса, дастурхончилик қилишни яхши кўрурлар. Дўкондорларимиз ишларини тартиб-ла солмай, замонаға мувофиқ иш юритмай, Маллахон замонидан қолғон эски дўкон, эски тос, эски тартибларини яхши кўрурлар. Оналаримиз билим ва тарбия ўрниға эрлари ила урушуб-талашуб қизлариға мол қилмакни яхши кўрурлар. Оталаримиз болалариға ўқутмак ва таълим бермак ўрниға "Ўғлум, эмди каттакон йигит бўлдинг, шунча ўқуганинг етар, пул топ!" — деб "ташишка" — ҳаммоллик қилдиришни яхши кўрурлар. Заргарларимиз йигирма тийинлик кумуш, ўн тийинлик тилло орасиға мум ва сақичлар жойлаб, исмини қиз ҳайрон, зебигардон қўюб, беш-ўн сўмга сотишни яхши кўрурлар. Табибларимиз долчин, занжабил, ҳуббул малик, филфил каби бир неча атторни қутисида йўқ нарсалардан мураккаб дору ва маъжунлар ясаб, бечора нодон халқни пулини олишни яхши кўрурлар. Машшоқ ва ҳофизларимиз тўй ва базмларга бир мардакни(нг) исмини бачча қўюб, ўзлари ила баробар олиб юруб, "миллий адабиёт" ўрниға "Хоним ялола, бегим ялола" деб баччага ташланаётган пулларни бўлуб олишни яхши кўрурлар. Саводхонларимиз жарида ва журналлар, тарих ва рўмонлар ўрниға Дақёнус замонидан қолғон, хурофотлар ила тўлғон "Андоғ урдиларки, гард-гард бўлуб кетди", деб лофлар ёзилғон китобларни оғизларини қуфуртуруб ўқумоқни яхши кўрурлар. Ёшларимиз илм ва маърифатли бўлишни, ҳунар, санъат ўргонишни ўрниға, ўзларига зеб беруб тор шим ила калта камзул, қотирма ёқаларга бино қўйишни яхши кўрурлар. Ишчиларимиз илм ва ҳунардан маҳрумлиги сабабли бошқа миллатлар илму маърифатлари соясида кунига 4-5 сўм ишлаб турган бу замонда кунига уч тангаға мардикорликни, ойиға ўн беш сўмға қоровулликни, йигирма сўмға фанар ёқишни, ўн сўмға кўнка йўлини тозалашни ва шуларга ўхшаш энг паст ва оғир хизматларни яхши кўрурлар. Болаларимиз оталаримизнинг илм қадрин билмаган, илм учун пулни кўзлари қиймаганлик сабабли ўқумоқ ва ўрганмоқ ўрнига "Оҳ, пул, жоним пул", деб "ташишка" — ҳаммолликни яхши кўрурлар. Муҳаррирларимиз кўб-кўб оқча олиб, оз-оз ёзишни яхши кўрурлар. Муштарийларимиз фойдали мақолалар ўрниға хабарларни яхши кўрурлар. Шоирларимиз миллий шеър ва адабиёт ёзишни ўрниға мувашшаҳми ёки "қошингдан, кўзингдан", — деб, жавонларни мақтаб фасод ахлоқға сабаб бўладурғон шеърлар ёзишни яхши кўрурлар. Аммо мен бўлсам, ҳозирги замонда индамасдан туришни яхши кўрурман. 1913 йил Абдулла Авлоний https://t.me/NajmiddinTURON

Chegaradan "toza telefon" bilan o'tish yo'riqnomasi.
На границе могут сделать полную копию вашего телефона — и точечная чистка переписок в этом случае не поможет. А что поможет? Исчерпывающая инструкция «Медузы» для всех, кто едет в Россию

Jadidlarning o'zbek va boshqa tillarga munosabati, o‘sha paytdagi til siyosati haqida yaxshi podkast bo'libdi.

Turkiston Muxtoriyatining mag'lubiyatga uchraganining asosiy sababi, Shavkat Mirziyoyev kabi yetakchisi bo'lmaganidir. Akademik Azamat Ziyo.

Bizning milliy valyutamizga hatto imzosini muhrlabdi, yaramas Trump
Bizning milliy valyutamizga hatto imzosini muhrlabdi, yaramas Trump

AQSh - Kelajagi buyuk davlat. Donald Trump Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Donald Trump The Atlantic jurnali prezident Donald Trump, mayda diktatorlar kabi, hamma narsani o'z nomi bilan bog'lashni sevishi haqida yozibdi. Trump o'z prezidentlik vakolatlaridan foydalanib, pasport va yangi banknotalardan tortib hukumat binolari yoki katta infrastrukturaviy loyihalarga o'z nomi, rasmi yoki kamida imzosini muhrlab qolishga urinayotgan ekan. Masalan, - 14-iyun (AQSh bayrog'i kunini) "AQSh bayrog'i kunini /Prezident Trump tug'ilgan kuni"ga o'zgartirgan. - John Kennedy San'at Markazini "Donald Trump va John Kennedy San'at Markazi" deb qayta nomlagan. - Trump ko'prigi.. - Trumpdan Afg'on xalqiga yordam :D. va hokazo.

Farengeyt Press'dan miyani SI'ga outsours qilib yubormaslikda yordam beruvchi kitoblar chiqmoda:

O‘lgan sherni eshak ham tepa oladi. Afrika maqoli. O'lgan prezidentni "chempion tadbirkorlar" ham tepa oladi. O'zbek maqoli.

Сегодня ты играешь джаз, а завтра Родину продашь...

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga bu yil kirgan talabalari soniga ko'ra eng top 3ta o'quv markazi (tartibsiz): - Nexus - Inspiring Education - Qorako'l Ziyo. Reklama emas, shunchaki tavsiya.

Repost from Latipov [uz]
Prezident Administratsiyasi to‘g‘risidagi qonunda umrbod immunitet fonida unchalik ko‘zga tashlanmaydigan, ammo baribir tilga olishni istagan yana bir nechta jihatlar bor. Postlar ko‘payib ketgani uchun uzr, lekin bunday qonunlar har kuni ham qabul qilinmaydi. 1) Birinchi masala – to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunlar, aniqrog‘i, ushbu yondashuvdan chekinish. Muayyan tartib-taomilni bevosita qonunning o‘zida belgilash o‘rniga, uni prezident hujjati bilan belgilash taklif etilmoqda. Masalan, shu paytgacha «Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi qonunda vazirlar va ularning o‘rinbosarlarini prezident lavozimga tayinlashi va ozod qilishi, boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – qo‘mitalar, agentliklar, inspeksiyalar rahbarlarini prezident, ularning o‘rinbosarlarini esa prezident bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tayinlashi belgilangan edi. Endi o‘rinbosarlar bo‘yicha quyidagi formula joriy etilmoqda: ular «prezident tomonidan belgilanadigan tartibda» lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi. Shunga o‘xshash o‘zgartirishlar boshqa qonunlarda ham kiritilmoqda – soliq organlari, ichki ishlar vaziri o‘rinbosarlari va hokim o‘rinbosarlari bo‘yicha ham. Ya’ni kim tayinlashi qonunda bevosita ko‘rsatilishi o‘rniga, alohida ravishda prezident belgilaydigan tartibga havola paydo bo‘lmoqda. Hozircha bu kadrlar bo‘yicha vakolatlar aynan kimga berilishi tushunarsiz. Biroq yangi qonun Administratsiya rahbariga keng vakolatlar berayotganini hisobga olsak, bunday qarorlarning hech bo‘lmaganda bir qismi Prezident Administratsiyasi rahbariga o‘tishi mumkin, deb taxmin qilish mumkin. Hozircha bu faqat taxmin – tegishli tartibni hali ko‘rish kerak. Shunchaki eslatib o‘tmoqchiman: ko‘p yillardan beri to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunlar ulushini oshirish siyosati e’lon qilib kelinadi. «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida ularning ulushini kamida 60 foizga yetkazish maqsadi qo‘yilgan edi (2025 yilda taxminan 13 foiz). Bunday yondashuvning mazmuni ham aynan asosiy qoidalar keyinchalik qabul qilinadigan ko‘plab qonunosti hujjatlarida emas, qonunning o‘zida belgilanishidan iborat. 2) Ikkinchi masala – Administratsiyaning o‘z normativ hujjatlarini chiqarishi. Endi Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishlari normativ-huquqiy hujjatlar tizimiga kiritiladi va butun mamlakat hududida barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar uchun majburiy bo‘ladi. Bunda bunday farmoyishlarni ishlab chiqish, kelishish, imzolashga kiritish va e’lon qilish tartibi Administratsiyaning o‘z Reglamenti bilan belgilanadi. Taqqoslash uchun: «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonun NHHlarni tayyorlashning butun bir tartibini nazarda tutadi – huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertiza, manfaatdor idoralar bilan maxsus elektron tizim orqali kelishish va hokazo. Qonunlar, prezident farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari, jumladan, Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi. Bu tartiblar Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishlariga aynan qanday tatbiq etilishi Konstitutsiyaviy qonunning o‘zidan tushunarli emas – unda Administratsiya Reglamentiga havola berilgan. Shu sababli hozircha kelishish yoki ekspertiza umuman bo‘lmaydi, deb aytib bo‘lmaydi. Lekin Reglamentning o‘zi bo‘lmasa, qanday filtrlar nazarda tutilganini tekshirishning ham imkoni yo‘q. U ochiq e’lon qilinmaydi, xuddi 2024-yildan beri Vazirlar Mahkamasi Reglamenti kabi. 3) Yana bir tushunarsiz ifoda bor. Prezident Administratsiyasining vakolatlari qatorida u «belgilangan tartibda Administratsiyaga kiritilgan qonunchilik hujjatlarini yakuniy ishlab chiqishni tashkil etishi» qayd etilgan. Holbuki, prezident va Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari haqida gap ketganda, shu yerning o‘zida bevosita «loyihalar» so‘zi ishlatilgan. Bu yerda texnik savol tug‘iladi. Agar qonunchilik hujjatlarining loyihalari nazarda tutilgan bo‘lsa, buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shunday yozish kerak edi. Chunki «qonunchilik hujjatlari» – bu allaqachon normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zi, Konstitutsiya esa qonunlar uchun alohida tartibni belgilaydi: qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadi, Senat tomonidan ma’qullanadi, prezident tomonidan imzolanadi va rasman e’lon qilinadi. Ya’ni Administratsiya parlamentdan keyin qabul qilingan qonun matnini shunchaki «yakuniy ishlab chiqishi» mumkin emas. Bu Konstitutsiyaga zid bo‘lardi. Ehtimol, gap faqat qabul qilinishidan oldin Prezident Administratsiyasiga kelib tushadigan loyihalar haqida ketayotgandir, ammo amaldagi formulirovkada loyihalar emas, hujjatlarning o‘zi haqida so‘z bormoqda. Shunga aniqlik kiritilsa yaxshi bo‘lardi. 4) Yana bir prinsipial masala – Konstitutsiyaviy sud. Konstitutsiya va «Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, konstitutsiyaviy qonunlar maxsus tekshiruvdan o‘tishi kerak: Konstitutsiyaviy sud ular Prezident tomonidan imzolanishidan oldin Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlaydi. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risidagi qonun aynan Konstitutsiyaviy qonun hisoblanadi: parlament uni 6-7-avgust kunlari qabul qilgan, prezident esa 14-avgust kuni imzolagan. Demak, prezident imzolashidan oldin Konstitutsiyaviy sud ushbu qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqishi kerak edi. Hozircha ochiq manbalarda aynan shu qonun bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudning e’lon qilingan qarorini topa olmadim. Bu tekshiruv o‘tkazilmaganini anglatmaydi, albatta. Lekin sudning qarori va undagi dalillarni, ayniqsa umrbod immunitetga oid normalar bo‘yicha asoslantirishni ko‘rish muhim bo‘lardi. Konstitutsiyaviy sudning qarorlari va xulosalari ular qabul qilingan kundan boshlab uch kun ichida rasman e’lon qilinishi kerak. Ular rasman e’lon qilingan kundan kuchga kiradi. Agar Konstitutsiyaviy sud bu masalani 14-avgust kuni – yoki undan oldin – ko‘rib chiqqan bo‘lsa, sudning qarori yoki xulosasi qabul qilingan kundan boshlab uch kun ichida rasman e’lon qilinishi kerak. Agar u aynan 14-avgust kuni qabul qilingan bo‘lsa, hujjat 17-avgustdan kechiktirmay e’lon qilinishi lozim.   @latipovuzb

“Mutlaq hokimiyat odamni mutlaq buzadi” Avliyosini ham, farishtasini ham buzvoradi. Bu tarix o‘giti. Achchiq tajribalar xulosasi. Shuning uchun ham konstitutsiya bor – xalqni emas, hukmifarmolarning hokimiyat ishqi alangasini bosib turish uchun bor. Hokimiyatlarning bo‘linishi va o‘zaro tiyib turish tamoyili oltinga teng qoida. Qonun oldida shohu gado tengligi adolatning o‘q tomiri. Kuni kecha Prezident Adminstratsiyasi haqida qonun qabul qilingani e’lon qilindi. Mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega, aslida Konstitutsiyaga bitta alohida bob sifatida kirishi kerak bo’lgan, ahamiyatiga nisbatan olganda asronomik tezlikda qabul qilingan qonun bo’ldi bu. Adminstratsiyaga misli ko’rilmagan vakolatlar berildi (de facto bor edi, de jure mustahkamlab qo‘yishdi), ammo bu dargohi oliyni nima tiyib turishi, mas‘uliyati, javobgarligi nimadan iboratligini ko‘rmadim. Idora mansabdorlariga berilgan imtiyozu immunitetlarga-ku Lyudovik XIV ham, Mari-Antuanetta ham havas qilsa ajabmas. Negadir kundalik har bir voqeaga munosabat bildiradigan ayrim jurnalistu blogerlarning jimligi ham tushunarsiz. Ammo o‘sha indamay turganlarning ham miyasida sassiz charh urayotgan savollarni jurnalist Shuhrat Latipov dangal yozibdi. Gapning indallosi, jurnalist so‘ragan savollari ham, bildirgan havotiri ham jiddiy va kaminaniki bilan mushtarak, umid qilamanki, kim savol bersa ovozini o‘chiravermasdan, madaniy dunyoning madaniy taomillariga amal qilgan holda, ushbu idora bilan ishlovchi aqli o‘tkir siyosatshunoslar, huquqshunoslar, jurnalistu blogerlar tahliliy javoblar bilan chiqadi, tushuntiradi, muloqot qiladi (profilaktik suhbat emas, ommaviy suhbat 😊). Ha umid qilaman … faqat.

Repost from Latipov [uz]
Kecha Prezident Administratsiyasi to‘g‘risidagi yangi konstitutsiyaviy qonun menda uyg‘otgan shubhalar haqida yozgandim. Uni qanchalik ko‘p o‘qisam, menda shunchalik kuchli bir savol tug‘ilyapti: endi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi hokimiyat organi sifatidagi mustaqil rolidan nima qoladi? Konstitutsiyaning 114-moddasiga ko‘ra, ijro etuvchi hokimiyatni aynan Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. U iqtisodiy va ijtimoiy siyosat, vazirlik va idoralar faoliyati, fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradi. Hukumat qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi va natija uchun javobgar bo‘lishi kerak. Ammo yangi qonun hukumat ustidan Prezident Administratsiyasi tomonidan kuchli nazoratni belgilayapti — nafaqat qarorlar qabul qilingandan keyin, balki ular qabul qilinishidan oldin ham. Masalan, PA Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari loyihalarini yakuniy ishlab chiqishni tashkil etish huquqini oladi. Bundan tashqari, Administratsiya Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarini mustaqil ravishda ishlab chiqishi mumkin bo‘ladi. Ya’ni rasman hukumat hisoblanmaydigan va Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kirmaydigan organ hukumat hujjatlari loyihalarini o‘zi tayyorlashi, keyin esa ularning qanday amalga oshirilayotganini nazorat qilishda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Davom etamiz. Administratsiya prezident qarorlarini ijro etishda Vazirlar Mahkamasi va unga bo‘ysunuvchi organlarning idoralararo hamkorligini muvofiqlashtiradi, davlat dasturlari va milliy loyihalar ijrosini monitoring qiladi, Vazirlar Mahkamasining o‘zi va uning tuzilmalari faoliyati samaradorligini tahlil qilishda ishtirok etadi. PA rahbari yoki Administratsiyaning boshqa vakolatli mansabdor shaxsi Vazirlar Mahkamasi, uning Prezidiumi, komissiyalari, kengashlari, vazirliklar hay’atlari va boshqa organlar yig‘ilishlarida qatnashib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirish huquqiga ega bo‘ladi. Bunga men avval yozgan yana bir jihat qo‘shiladi: Administratsiya davlat organlari rahbarlariga majburiy topshiriqlar berishi, mansabdor shaxslar samaradorligini baholashi va ularning javobgarligi masalasini qo‘yishi mumkin. PA rahbari esa mamlakat bo‘ylab davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun majburiy bo‘lgan o‘z normativ farmoyishlarini chiqarish huquqini oladi, bundan tashqari, ular ierarxiya bo‘yicha hukumat qarorlaridan yuqori turadi. Prezident vakolatlarini ta’minlash bilan ijro etuvchi boshqaruvni yoki ijro etuvchi hokimiyat funksiyalarini amalda bajarish o‘rtasidagi o‘sha chegara qayerda? Men huquqshunos emasman, lekin bu qonun Konstitutsiyaga qanchalik mos kelishi haqida ekspert fikrini juda eshitgim keladi. Balki kelajakda unga o‘zgartirishlar kiritilar. Sobiq adliya vaziri Ruslanbek Davletov «Hoshimov iqtisodiyoti» loyihasiga bergan intervyusida hokimiyatlar bo‘linishining mazmuni vakolatlarni shunchaki rasman taqsimlash emas, balki bir markazda haddan tashqari ko‘p hokimiyat jamlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan tizim yaratish ekanini aytgandi.
«Yakka hokimlik har doim subyektivizmga olib keladi va ko‘proq, masalan, shu ishtirokchilarni manfaatlarini e’tiborga olmaslikka olib keladi. Aynan mana shu ishtirokchilar deganda butun jamiyatdagi ishtirokchilar… har xil aholi qatlamlari manfaatni e’tiborga oladigan tizim, hokimiyatni bo‘linish prinsipi bilan bevosita bog‘liq. Chunki ijro hokimiyati o‘zini ko‘proq vakolatga ega bo‘lishini xohlaydi va qandaydir islohotlar yuritish uchun o‘zini qadamlarini bosadi. Lekin umummilliy manfaatlar, ularni o‘ziga-o‘zi, masalan, qonunlarni o‘ziga-o‘zi belgilab beradigan bo‘lsa, albatta o‘zini foydasiga qonun chiqaradi, ijro qiluvchi organ. Kollegial yondashuv, mana shu qaror qabul qilishni umummilliy manfaatlar e’tiborga olinishini majburlash, kimgadir ko‘p hokimiyat bermaslik. Qani natijasida bu boyagi ko‘p fikrlilikka olib keladi. Ko‘p fikrlik har doim rivojlanishga olib keladi ko‘p fikrlilik», — degandi Davletov.
Ilgari prezident huquqiy jihatdan ijro etuvchi hokimiyat bilan ancha yaqin bog‘liq edi: u Vazirlar Mahkamasining raisi bo‘lgan (1990–2003-yillarda). Keyinchalik esa Vazirlar Mahkamasi alohida, mustaqil ijro etuvchi hokimiyat organi sifatida ajratildi, prezident esa barcha hokimiyat tarmoqlarining kelishilgan faoliyatini ta’minlaydi. Agar men to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, prezidentlik instituti uch hokimiyat tarmog‘idan yuqoriroq turib, tiyib turish va muvozanat mexanizmini ta’minlashi kerak. Bir izoh berib o‘taman: men Davletovning bu gaplarini uning yaqinda lavozimidan ketgani bilan bog‘liq holda va, albatta, kimningdir buyurtmasi bilan keltirayotganim yo‘q. Uning Prezident Administratsiyasidagi faoliyatiga baho bera olmayman (u yerda qanday ishlaganini bilmayman). Ammo adliya vaziri sifatida, mening nazarimda, u o‘z davrining eng progressiv rahbarlaridan biri edi. Shu sababli uning hokimiyatlar bo‘linishi haqidagi fikrlari bu muhokama kontekstida menga o‘rinli tuyuladi. Menga Prezident Administratsiyasi o‘z tabiati bo‘yicha davlat rahbarining apparati — prezidentga o‘z vakolatlarini amalga oshirishda yordam beradigan tuzilma bo‘lishi kerakdek tuyulardi. Ammo hozir menda shunday taassurot borki, bu institut o‘z apparati orqali amalda ijro etuvchi hokimiyatning kuchli unsurlariga ega yana bir markazga aylanmoqda — potensial ravishda ustun markazga. Ha, siz aytishingiz mumkin: bu vakolatlarning bir qismi PAda avval ham bor edi, barcha qarorlar amalda o‘sha yerda qabul qilinardi, qonun esa shunchaki shakllangan amaliyotni mustahkamlayapti. Ammo bu avvalgi amaliyot to‘g‘ri bo‘lganini anglatmaydi. Vakolatlar muvozanati haqidagi savol ham bundan yo‘qolib qolmaydi. Agar Administratsiya hukumat qarorlarini tayyorlasa, ularning ijrosini nazorat qilsa, hukumat va vazirlarni baholasa, ularning yig‘ilishlarida qatnashsa, kadrlar bo‘yicha qarorlarga ta’sir qilsa va shu bilan birga majburiy topshiriqlar bera olsa, prezidentlik instituti bilan ijro etuvchi hokimiyat o‘rtasidagi chegara xiralashishi xavfi paydo bo‘ladi. Javobgarlik masalasi ham bor. Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy maqomga, muayyan majburiyatlar va hisobdorlik shakllariga ega — parlament va prezident oldida. Vazir o‘z sohasi uchun, bosh vazir esa hukumat faoliyati uchun javob beradi. Prezident Administratsiyasi uchun esa qanday mutanosib javobgarlik va hisobdorlik mexanizmlari nazarda tutilgan? Agar qarorlarning muhim qismi boshqa organ tomonidan shakllantirilsa, muvofiqlashtirilsa va nazorat qilinsa, yakuniy natija uchun kim javob beradi? Shartli ravishda, yuqoridan tushirilgan islohot muvaffaqiyatsiz tugasa, natija uchun kim javob beradi? Ko‘rinib turibdiki, oxir-oqibat esa barcha tanqid va javobgarlik Vazirlar Mahkamasiga qoladi. Yoki oddiyroq vaziyatni tasavvur qilaylik. Davlat organi xodimi Vazirlar Mahkamasidan topshiriq oladi va uni tezda bajarishi mumkin. Ammo keyin shu masala bo‘yicha boshqa topshiriq — endi Prezident Administratsiyasidan keladi va barcha ishni qayta qilishga to‘g‘ri keladi. Menga shunga o‘xshash bir holatni aytib berishgandi. Bir idora xodimlari davlat aktivini xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan obyektlar ro‘yxatiga kiritish uchun ma’lumotnoma-asos tayyorlagan. Keyin esa qarama-qarshi mazmundagi topshiriq kelgan — aynan shu aktivni, aksincha, ro‘yxatga kiritmaslik nima uchun kerakligini asoslab berish talab qilingan. Bunday tizimda amaldorda hukumat topshirig‘ini bajarishga shoshilmaslik, avval Prezident Administratsiyasidan boshqa ko‘rsatma kelib qolmasligini kutish istagi tabiiy ravishda paydo bo‘lishi mumkin. Natijada parallel boshqaruv markazlari davlat apparati ishini tezlashtirish o‘rniga, aksincha, noaniqlik yaratishi va qarorlar uchun javobgarlikni pasaytirishi mumkin. Shundan keyin o‘zingga savol berasan: unda Vazirlar Mahkamasining hozirgi shakldagi roli va siyosiy salmog‘idan umuman nima qoladi? Menimcha, institut qancha ko‘p vakolat olsa, uning shaffofligi, javobgarligi va hisobdorligi mexanizmlari ham shuncha kuchli bo‘lishi kerak. Va bu mexanizmlar olingan hokimiyat ko‘lamiga mutanosib bo‘lishi lozim. @latipovuzb

Avraam oldiga qonga belangan Moshe yugurib kelibdi: - Avraam, qochdik bu yerdan... Pogrom boshlandi, olomon yahudiylarni tutib uryapti. Avraam: - Bizga nima, biz pasport bo‘yicha rusmiz-ku. Moshe: - Ey ahmoq, pasportga emas, yuzinga qarab tushurishyapti. Prezident Administratsiyasi mansabdorlariga deputat va sudyalar tushida ko‘rmagan dahlsizlik va immunitet berilganini ko‘rib, shu anekdot esimga tushib ketdi. O‘zbekistonda kimnidir urgisi kelib qolsa, hech qachon pasport, Konstitutsiya yoki Qonunga qarab o‘tirishmagan.

Prezident Administratsiyasi haqidagi qonunga negativ munosabat yoki shunchaki qonundan odamni hayron qoldiradigan joyini iqti
Prezident Administratsiyasi haqidagi qonunga negativ munosabat yoki shunchaki qonundan odamni hayron qoldiradigan joyini iqtibos keltirilgan postlar (masalan Administratsya mansabdorlariga hatto deputat va sudyalarda yo'q dahlsizlik va immunitet berilganini) o'chirilyapti. Mana shu skrinshotda nima bor edi, o'chirtiriladigan?

Repost from Farengeyt Press
O‘smirlar ijtimoiy tarmoqlarda xuddi to‘liq stavkada ishlaydigan xodimnikiga teng miqdorda vaqt o‘tkazmoqda. Qizlar ijtimoiy
O‘smirlar ijtimoiy tarmoqlarda xuddi to‘liq stavkada ishlaydigan xodimnikiga teng miqdorda vaqt o‘tkazmoqda. Qizlar ijtimoiy tarmoqlarga haftasiga 35 soatdan ortiq vaqt sarflashmoqda, o‘g‘il bolalar ham ulardan qolishmaydi. Agar bu hol shunday davom etsa, o‘rtacha o‘smir o‘z hayotining 10 yildan ortiq vaqtini dumskrollingga (maqsadsiz kontentni to‘xtovsiz ko‘rishga) sarflaydi. Bu qanday oqibatlarga olib kelishi esa "Behalovat Avlod" kitobida batafsil yoritilgan.

Özbekistonda PhD darajasiga ega mutaxassis-tadqiqotçilar soni 15,5 ming nafarga yetibdi. Fan doktori ilmiy darajasiga ega mutaxassis-tadqiqotçilar soni esa deyarli 5 ming nafarni taşkil etgan. ...şulardan loaqal ming nafari fil suyagidan yasalgan qal’aga çekinmay, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlarni baholi qudrat şarhlab turganda edi. Essiz şunça intellektual kapital.

Millatning otasimi, xizmatçisimi? Amaldorlarning çiqişlarini diqqat bilan kuzatsangiz, özbek jamiyatining buguni va kelajagi haqida köp qiziq xulosalarga kelasiz. Masalan, quydagi uç kiçik epizodni olaylik. 1. Prezident Administratsiyasida diniy siyosat uçun mas’ullardan biri bölmiş Muzaffar Komilov Islom Sivilizatsiyasi markazidagi tadbirda şunday degandi:
Faqat davlat tomonidan emas, jamiyat ham harakat qilişi kerak. Jamiyat tayyor bölmasa, davlat heç qaçon yöl qöymaydi, jamiyatda pala-partişlik bölişini, men buni rasmiy odam sifatida aytyapman. Davlat kuçli, davlatning kuçi yetadi. Lekin jamiyat manfaatlari uçun jamiyatga yon bosyapti davlat, bu juda katta narsa, şuning uçun ham Islom Sivilizatsiya markazi qurilyapti, şuning uçun ham masjidlar qurilyapti. Asta-sekinlik bilan, jamiyatni tayyorlab işlansagina töğri yöl böladi.
2. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikerining örinbosari Alişer Qodirov Halqaro Paktlar va Konstitutsiyaga zid ravişda diniy senzurani qonuniylaştirgan normani kiritilganini "musulmonlarni xristian missiyonerlardan himoyalaş" bilan izohlabdi. 3. Qaysidir mayda amaldorça fuqaroga "sen men, ya’ni davlat bilan öynaşyapsanmi? Seni oyoğimning ostiga olaman hali" deb katta ketyapti. Bu uç epizodni boğlab turuvçi unsur amaldorlarning sözi va harakatidan yaqqol ufurib turuvçi paternalistik kayfiyatdir.
Paternalizm (otaliq) — göyoki şaxs yoki guruhning manfaatini közlab, uşbu şaxs yoki guruhning erkinligi yoxud mustaqilligini uning irodasiga zid ravişda çeklaş siyosatidir.
Paternalistik kayfiyatlar hukmron (odatda, qoloq) jamiyatlarda elita öz siyosatini tarğib etiş yoki oqlaş uçun "bir oila bölmiş millat" majozidan faol foydalanadi. Bu majozning markazida esa "mehribon, lekin qattiqqöl ota" modeli turibdi. Ya’ni, amaldor özini xalq xizmatçisi emas, "hali tayyor bölmagan, asl manfaatini farqlay olmaydigan" jamiyatda "ota örniga ota" sifatida köradi. "Qattiqqöl ota" modeliga köra: - ota oilaning farovonligi uçun mas’ul, şuning uçun oilaviy siyosatni belgilaşga töliq va çeklanmagan vakolatga ega. - ota farzandlariga haromni haloldan ajratişni örgatadi, kerak bölsa, taqiqlaş va jazolaş orqali. - ota farzandlariga öz sevgisini ba’zida körsatib turadi, lekin farzandlarni ja taltaytirib yuboriş ham joiz emas. "Xipçinni ayasang, farzandni yöqotasan". Bu modelda eng katta fazilat itoatdir, çunki itoat etgan millat ertami-keçmi donişmand hukmdor rahbarligida Navbatdagi Renessansga qadam qöyadi. Eng katta gunoh esa itoatsizlikdir, çunki bu oilada fasod çiqaradi, va alaloqibat parokandalikka olib keladi. Bir qaraşda çiroyli va silliq model, bekorga Konfutsiy ham davlatni oilaga öxşatmagan. Otang yaxşi bölsa, berdi Xudo, yomon bölsa, urdi Xudo deganlaridek, amaldor sinfi ma’rifatparvar, islohotparvar bölsa, maylin-u, ammo, lekin, biroq…Millatini badavlat qilgan har bir Lee Kuan Yew’ga öz qabilasini hor qilgan 99 ta Kongolik Mugabelar töğri keladi-da. Sovet halqining otasi Stalin ölişi bilanoq uning qilmişlarini oşkor qiliş davri boşlangan edi (Nikita Hruşyovning yopiq dokladi «О культе личности и его последствиях»). Foş etilgan dahşatli faktlardan ta’sirlangan şoir Aleksandr Galiç şunday yozgan edi: "Оказался наш Отец (Сталин) Не отцом, а сукою..." Xullas, özbek jamiyati "siyosiy idora işlarimizni qanday taşkil etsak, zolim yoki noqobil amaldorlar millatga iloji boriça kamroq zarar yetkazişi mumkin” degan savolga javob berişi şart. Kun tartibimizdagi asosiy masalalardan biri ham şu bo'lib turibdi.

Rasmiy Islom
Rasmiy Islom

Olimning gapi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori Nizomiddin Mahmudov alifbo islohoti masalasiga munosabat bildirdi. Bu olim, ustoz va ko‘p yillardan beri alifbo islohoti bo‘yicha ilmiy va ishchi guruhlar rahbari bo‘lib kelayotgan, ya’ni shu sohaning eng yetuk mutaxassislaridan birining izohlari ekani bilan ham alohida ahamiyatli. Ekspertlarga quloq solish kerak, birinchi navbatda. Hamma sohada, jumladan alifbo masalasida ham. O‘qib chiqishni tavsiya qilaman. https://www.gazeta.uz/uz/2026/07/31/alphabet/ @shahnozxon