Enigma Uz
Ir al canal en Telegram
Oʻzbekcha subtitrdagi eng TOP film va seriallar. Yangiliklar: t.me/tortinchi_devor Donat uchun: t.me/choychaqauz Quiz arxivi : t.me/Enigma_Quiz Admin: t.me/TashpulatoffJamshid
Mostrar más2 537
Suscriptores
+224 horas
+47 días
-2430 días
Archivo de publicaciones
2 537
+1
Eʼtibor bergan boʻlsangiz, Kristofer Nolanning "Odissey" filmidagi Agamemnon obrazi dubulgʻasi dum qismida tilla(rang?) bezak mavjud.
Ushbu bezak odam umurtqasidan ilhomlanilgan boʻlib, aslida bu haqida hech qaysi yunon darsliklarida ham, Homerning Illiadasida ham maʼlumot uchramaydi. Shundan kelib chiqib baʼzi tanqidchilar buni Agamemnon obrazining mol-davlat, obroʻ-eʼtiborga oʻchligi, kibri va sindirib boʻlmas hokimiyati ramzi sifatida taʼriflashmoqda.
Manbaning oʻzida esa dubulgʻa bronzadan yasalgani, yonoq tomondan himoyalari, to‘rtta pati va ot yolidan ishlangan toj qismi borligi aytiladi. Ushbu taʼrifga nisbatan yaqin koʻrinishni "Troya" filmidagi Agamemnon versiyasida koʻrishingiz mumkin.
Sizga qaysi biri yoqdi degan savol berish mantiqsizlik boʻlsa kerak?)
Enigmamemnon 🦍
2 537
[postda spoyler boʻlishi mumkin]
Ohirida salbiy qahramon yoki yovuzlik gʻalaba qiladigan filmlarga variantlar ekan)
Siz yana qaysi filmlarni roʻyhatga qoʻshgan yoki olib tashlagan boʻlardingiz?
2 537
+3
Disneyning yangi loyihasi Instagram uçunmi?
"Hexed", Disney studiyasining yangi "original" multfilmi treyleri eʼlon qilingandan keyin tarmoqlarda köpçilikning eʼtiroziga uçradi.
Birinçidan, "original" deya baholanayotgan loyihaning hikoyasi heçam originalga öxşamaydi. Voqealar markazida yana öşa boşqalardan ajralib turadigan "özgaça" qahramon özida sehr qila oliş qobiliyati borligini bilib qoladi. Buyoği: You're a wizard, Harry!
Ikkinçidan, ekranda röy beradigan hamma voqealar sahnaning örtasiga surib qöyilgandek. Boşqaça aytganda, gorizontal formatni 9:16 telefon ekraniga moslab atrofini orqa fon sifatida hikoyada ishtirok etmaydigan yoki ahamiyatsiz narsalar bilan töldirişgan. Hozirda eng ommabop marketing strategiyasi: ijtimoiy tarmoq sabab hamma narsani şu ekranga siğdirib, kesişga möljallangan "kontent" yaratiş baʼzi studiyalarning qoidasiga aylanib borayotgani açinarli hol, albatta.
Qaysi taniqli studiya birinçi bölib töliq vertikal film ishlab chiqaradi deb öylaysiz?
@Enigma_Uz 🎞
2 537
Repost from Kino ekrani
Post yozishga qo'l bo'shamayapti, shunga bir qiziqroq so'rovnoma o'tkazamiz mayli.
Botga - @kinoekranibot - o'zingiz eng zo'ri deb bilgan -
Rejissyor - Aktyor - Aktrisa -ismini yozib jo'nating. Har bir kategoriya uchun bittadan ism! Misol uchun:
Rejissyor - Kventin Tarantino Aktyor - Leo Dikaprio Aktrisa - Natali PortmanOvoz yig'ish jarayoni 48 soat davom etadi. Keyin yakuniy ro'yxatni kanalda e'lon qilib boraman. O'zingiz bilgan boshqa kinomanlarga yuborib qo'ying. (G'oya o'ris kino kanallariga tegishli) @kinoekrani
2 537
Qiziq fakt: Studiya nomi 1957-yil Sovetlar tomonidan fazoga uchirilgan daydi it - Laykadan olingan.
Siz Laika studiyasining qaysi filmlarini tomosha qilgansiz?
2 537
Boyotaning san'atshunos oʻgʻli yohud eng yaxshi animatsion kompaniyalardan birini tirik tutib turgan nepotizm
"Coraline", "Corpse Bride" yoki "Kubo and the Two Strings" multfilmlarini koʻrgan boʻlsangiz kerak. Koʻrmagan boʻlsangiz ham, hech boʻlmaganda nomini eshitgansiz. Koʻrganlar esa yaxshi biladi - bular oddiy multfilm emas, haqiqiy sanʼat namunalaridan.
Bu filmlarni yaratgan Laika studiyasi esa gʻalati paradoksning ichida yashaydi. Deyarli har safar tanqidchilar tomonidan maqtaladi, mukofotlarga nomzod boʻladi, tomoshabinlar muhabbatini qozonadi... lekin kassaga kelganda negadir ishlar unchalik yurishmaydi. Shuncha mehnat, shuncha yillik ishlab chiqarish jarayoni, oxirida esa box office xarajatni zoʻrgʻa qoplaydi yoki koʻpincha umuman qoplamaydi.
Shunday ekan, tabiiy savol tugʻiladi: nega Laika haligacha bankrot boʻlmagan?
Javobni topish uchun studiya prezidenti Travis Knightning Wikipedia sahifasiga bir nazar tashlash kifoya. Travisning dadasi Phil Knight siz mabodo qayeradir eshitib qolgan boʻlishingiz mumkin boʻlgan kompaniya - Nike'ning asoschisi hamda direktori hisoblanadi. Laika yillar davomida aynan Phil Knightning mablagʻlari hisobiga yashab kelmoqda.
Xullas, ba'zida sanʼatni tomoshabin emas, boy ota saqlab qolar ekan.
Aytgancha, Laika naq 15 yildan beri ishlab kelayotgan yangi animatsiyasi Wildwood nihoyat shu yilning kuzida ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan. Bu safar ham sanʼat gʻalaba qiladimi yoki yana kassada yengiladimi - buni vaqt koʻrsatadi. Ungacha treylerdan bahramand boʻlib turishingiz mumkin.
2 537
Repost from Oldies Station
+2
28-iyun yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan musiqali quiz sovgʻalari!
1-oʻringa: ABBA guruhining Arrival albomi plastinkasi sovet nashri("Dancing Queen", "Money, Money, Money" xitlari bilan)
2-oʻrin: Slow&Mellow turkumidagi plastinkalarning 4-qismi(Phil Collins, Eric Clapton hamda George Michael musiqalari oʻrin olgan)
3-oʻrin: Alan Parsons Project* guruhining sovetcha tanlanma xitlari("Eye in the Sky", "Lucifer")
Disklar uchun homiylar qidirilmoqda!
Qatnashish: BEPUL!
Roʻyhatdan oʻtish: @dr_tashpulatoff
2 537
Repost from Oldies Station
Pa, pa l'americano!
Oldies Stationda Global Quiz!
Inglizcha boʻlmagan musiqalar dunyosidan tuzilgan har biri 7ta savolli 5ta raund - 5ta sirli davlat musiqasi bilan quizli oʻyin. Va birinchi marta erkin "stavka"li raund!
Vaqti: 28-iyun(yakshanba)
Soat: 21:00
Manzil: @oldies_st kanali
Qatnashish: BEPUL
Oʻyinda faqat roʻyhatdan oʻtish orqali qatnashish mumkin. Batafsil keyinroq.
Sovrinlar: 3TA PLASTINKA, 3TA DISK
Sovgʻalar haqida keyinroq alohida post boʻladi.
Homiylarni hamkorlikka chorlab qolamiz.
Roʻyhatdan oʻtish: @dr_tashpulatoff
Barchangizni kutib qolamiz! Xatto "qoʻshiq eshitmayman" deydiganlarning ham foydasi tegib qolishi mumkin!)
📻 @oldies_st
