cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Seb's

Welcome to Seb's

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
292
Suscriptores
+724 horas
+477 días
+4730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

House of cardsAnonymous voting
  • Ko'rganman
  • Ko'ryapman
  • Ko'rmaganman
0 votes
Kinomanlarni chorlang bu yoqqa! Bugungi menyuda sizlarga kinoga aloqador bo'lgan, telegramdagi eng sara bloglarni taqdim etamiz. 📼 "Seb's" - Ritmga solingan film, taqrizlarni muhokama qilish uchun maxsus Jazz klubi! 📼 "Katta Og'a" - Kino olamiga prizma! 📼 "Independent for CINEMA" - Mustaqil fikr! Mustaqil ijod! Mustaqil kino! 📼 "Kino ekrani" - Kinematografiyaning siz bilmagan tomonlari! 📼 "Kinoindustriya" - Kino sanoat oxirgi insaydlari va har kuni kinotavsiya. 📼 "Full Film Jacket" - Filmlar, seriallar, tv shoular va shu bilan animelar haqida kanal. 📼 "To'rtinchi devor" -Yangi chiqgan va chiqayotgan film va seriallar haqida fikrlar. Agar siz ham kino haqidagi o‘z qarashlaringizni kengaytirmoqchi bo‘lsangiz biz bilan birga bo‘ling! Barcha kanallarga qo‘shilish: https://t.me/addlist/jTrPaEEGJzRjNTI6
Mostrar todo...
Yozda nima ko'ramiz? Filmlar: 1. Leave the world behind 2. No hard feelings 3. Saltburn 4. Superbad 5. Zombieland 6. Silver linings playbook 7. The good, the bad and the ugly 8. Once upon a time in the West 9. Shoun of the dead Filmlarni iloji boricha har xilroq qilib tanlab oldim, o'zi bor yozganlarim shular edi zerikmasliginglar uchun P.S: baribir eng yaxshi yoz atmosferasiga ega bo'lgan film "Palm springs" men uchun faqat u haqida halicha yozmadim
Mostrar todo...
s
Mostrar todo...
Барчангизни "Катта Оға" ҳамжамиятига таклиф қиламиз! Ушбу жой барча кино санъати ёқтирувчилар учун бўлиб, бу ерда сиз севимли фильмларингизни муҳокама қилишингиз, ўз фикрларингиз билан бошқалар билан бўлашишингиз ва кино оламидаги янгиликларни билиб боришингиз мумкин. Бизнинг ҳамжамиятимизда сизни кутади: 🎥 Қизиқарли тақриз, эсселар ва мақолалар. 🎬 Кино оламидаги қизиқарли янгиликлар. 🎞 Машҳур ва янги фильмларнинг муҳокамаси. 📽 Фильмлар ва сериаллар бўйича топлар ва рўйхатлар. Гуруҳ мавзудан четламаслиги ва тартиб интизом бўлиши учун махсус қоидалар ёзиб чиқилган ва ушбу қоидаларга жиддий қаралади. Қоидаларга риоя ҳолатларда гуруҳ аъзоси гуруҳдан огоҳлантиришсиз четлатилиши мумкин. Гуруҳга қўшилиш: @KattaOgaHamjamiyati ✔️ Барчангизни ушбу ҳамжамиятимизда кутиб қоламиз. Ҳурмат билан телеграм канал Катта Оға 🎬
Mostrar todo...

#dailyGriffin Family guy To'liq 12-mavsum (Audio va subtitr inglizcha): (P.S: Fayllarning yuzidagi coverga e'tibor bermanglar, ichida aniq Family Guy) 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism | 7-qism | 8-qism | 9-qism | 10-qism | 11-qism | 12-qism | 13-qism | 14-qism | 15-qism | 16-qism | 17-qism | 18-qism | 19-qism | 20-qism | 21-qism 11-mavsum
Mostrar todo...
Seb's

#dailyGriffin To'liq 11-mavsum. Audio: ingliz 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism | 7-qism | 8-qism | 9-qism | 10-qism | 11-qism | 12-qism | 13-qism | 14-qism | 15-qism | 16-qism | 17-qism | 18-qism | 19-qism | 20-qism | 21-qism | 22-qism.

Photo unavailableShow in Telegram
Uni buni qo'yinglar, nimalar ko'rayapsilar shu kunlarda ? Men aytayotganlardan ham ko'rib turibsilarmi?
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
-Anavi DJ yaxshi ekan -Ha yangilardan, o'zini Avicii deb aytdi
Spotify tarixi yoxud: The playlist- #tavsiya #biografiya #musiqa #drama Musiqa eshitishning to'g'ri yo'li bormi ? Albatta ha, hozirga kelib ko'pchilik biladi buni- mualliflik huquqini hurmat qilish, ijod namunasini, ijodkorni ishini rag'batlantirish (pul to'lab eshitish). Lekin doim ham buni odamlarga tushuntirish oson bo'lmagan. Ushbu serial hozirgi kunda biz biladigan yetakchi musiqiy strim platformasi hisoblanadigan Spotify ning yaralish tarixi haqida hikoya qiladi. Aynan tarixi haqida uning yaratuvchilari Daniel Ek va Martin Lorentzon ning avval boshdan yugurib bu loyihani oyoqqa turg'izganicha bo'lgan qadamlarini ko'rsatadi. Bu jarayon naqadar qiyin kechganini hamda odamlar nega bu loyihaga ishonganini serial yaxshi ko'rsatgan degan bo'lardim. Masalan, musiqani yuklamasdan shunchaki ustiga bitta bosish orqali eshitish bu albatta o'sha payt uchun haqatan katta yangilik bo'lgani odamlarni bu loyihaga qiziqtirib, ishontirganini bizga aytsa serial, yana undan buni odamlarga yetkazish qanday qiyin bo'lganini ham aytishni unutmaydi. Qaroqchilikda yetakchi bo'lgan Pirate Bay bilan sudlashib yurgan odamni ularni sudda yutishdan ham ko'ra, odamlarga ularnikidan yaxshiroq taklif berib o'ziga og'dirish kattaroq yutuq bo'lishi aniq. Bu yo'lda qo'shiqchilardan mualliflikni olish, saytni dasturini tuzish, uni ro'yxatdan o'tkazish va yana qanchalab katta tashvishlarni boshidan o'tkazish kerak bo'ladi odam. Menga qiziq bo'lgan jihati Spotify yaratuvchilari AQShlik emasligi, aniqrog'i ularning katta IT giganti emasligi, "Silicon valley" da ishlamasligi, shunchaki oddiy odam ekanligi bo'ldi. Xullas yaxshi serialni ko'rib qo'yishni tavsiya qilaman, balki shundan keyin Spotifyni premium versiyasini sotib olib eshitarsiz (Crack versiyasini emas). Serialni ko'rish (Pastroq sifatda)
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
2020-yilgi Oltin Globusda Ricky Gervais taxminan shunaqa deb aytgan edi: Odamlar dangasa bo'lib ketayapti, hamma joy remake, sikvel, prikvel bo'lib ketdi. Yaqinda qulog'imga chalinib qoldi, hatto "Sophie's choice" ning ham davomi chiqishi mumkin ekan, qo'ysanglarchi. Nima bo'ladi unda, Meril Strip chiqib olib "Balki bunisidir-a?" deb aytadimi ? Hazil o'z yo'liga-yu rostdan davomli filmlar ko'payib ketdi. Prodyuserlar, ijodkorlar pul ishlagisi kelsa aybmas bu ham. Original loyihalar yo'qolib ketgani yo'q, hali ham ular topiladi, faqat anavi bahaybat sikvellar sadosida bizgacha eshitilmay qolayapti. Mana hali bir kun ham bo'lmadi "Gladiator 2" ning treyleri e'lon qilindi, mening shaxsiy fikrimcha agar Golivudda yagona davomini ishlash kerak bo'lmagan film bo'lsa, u ham "Gladiator" edi. Sababi filmning birinchi qismi haqiqatan ham daxshat chiqqan (ajoyib, katta uch qismga bo'lingandi film: yo'qotish, qaytish, qasos), hamda yuqori notada yakun topgan, tushunayapsizlarmi yakun topgan. Endi uning davomini chiqarishmoqchi. Ridli Skott katta rejissyordir balki, lekin u bu filmni ham bir joyga tiqishiga ishonayapman negadir. Oxirgi chiqqan "Napoleon" filmi meni shu fikrga undamoqda, keyin "Training day" filmidagi vayb bilan kelgan Denzel Vashington ham. Bilmadim, ijodkorlar filmni yorvorib, meni qattiq adashganimni ko'rsatishlarini men ham xohlayman, lekin... Yaxshisi film chiqqanda ko'ramiz.
Mostrar todo...
Bir rohib aytgandi menga: Qachonki narsalarni so'zlash juda ham xavfli bo'ib ketganda, kuyla! Elvis (2022)- #drama #musiqa #tavsiya #biografiya Rock'n'roll qiroli Elvis Presleyning biografiyasi haqida hikoya qiluvchi film. Filmning xronologiyasiga juda chuqur to'xtalib o'tishni lozim deb o'ylamayman, whu sababli birdan uning yoqqan va yoqmagan tomonlarini sanab o'ta qolaman. Avvalo filmda Elvisning ro'lini ijro etgan Austin Butler (Ostin Batler) ning super ijrosini e'tirof etmasdan ilojimiz yo'q. Uning Elvisga bo'lgan transformatsiyasi ajoyib chiqqan. Va men uning bu ijrosi haqiqatan ham katta sovrinlarga loyiq deb o'ylayman. U ushbu ijrosi uchun Oltin Globusni yutgan, oskarda esa faqat nominatsiya bilan cheklangan (The Whale dagi ijro uchun Brandon Fraser ga yutqazgan. Brandonning ijrosini ham ko'rganman va menimcha ham u oskarga ko'proq loyiq edi, yanayam aytish qiyin). Filmdagi kostyumlar, dekoratsiyalar, makiyajlar kabi ishlar oldida qutqargan inson aynan Austin hisoblanadi. Nega aynan qutqargan deyapman? Shuni izohlab ketay, masalan men filmni tomosha qilishdab 48 soat oldin ham Elvisning bironta qo'shig'ini eshitmagan, uni yaxshi bilmaydigan odam edim. 2,5 soatlik biografiyadan yaxshigina narsalar chiqadi deb uni ko'rdim. Aldamayman yaxshi voqealar chiqdi. Lekin film Elvisdan ko'ra uning prodyuserining filmiga o'xshab qolgan, buni albatta o'shanaqa rakursni film uchun tanlagan Baz Luhrmanning qilgani aniq. Balki bu ro'lga Tom Hanksni olishgani uchun uning ekran vaqti hamda darajasini oshirib berishgandir. Film Elvisning ertaroq hayotidan boshlanishi kerakmidi bali, yok8 o'rtasiga ko'proq to'xtalishi kerakmidi, sababi uning turmush o'rtog'i Priscilla ni ham kichik epizodik obraz sifatida ko'rganmiz xolos. Xulosa sifatida aytsam bunaqa katta nomlar uchun film kamlik qilarkan, "Bohemian Rhapsody" da ham aytgandim, bular uchun hech bo'lmasa mini-serialmi qilib olish kerak, shunda yaxshiroq ish bo'ardi menimcha. Lekin baribir "Elvis" men ko'rgan eng yaxshi biografiyalardan biri sifatida qoldi, umumiy holda film yoqdi degan bo'lardim. Sababi undagi daxshat chiqqan Elvis performansi hamda, undagi bizga o'sha davr uchun berib ketilgan yaxshi ma'lumotlar, har xolda Elvisni Amerikada umuman musiqa olamida haqiqatan juda katta shaxs bo'lgani, undagi ma'daniyatni butunlay o'zgarishiga sababchi bo'lgani haqida, irqiy diskrminatsiya haqida bergan ma'lumotlari uchun. Filmni ko'rish
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.