cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

TATUQF.UZ |

🏛 TATU Qarshi filiali yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi 🌐 Veb sayt: http://tuitkf.uz ☎️ Telefon, Faks: 75 228-02-32 📩 E-mail: [email protected] ⬇️ Manzil: Qarshi shahri, Beshkent yo'li 3-km. Talabalar murojaati uchun: @hikmat_safarov

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 880
Suscriptores
-124 horas
-137 días
+10430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

❗️ Ertaga oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni! ✅ Ertaga (25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin. 📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Hurmatli abituriyentlar! ❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi soatlarni kutmang! Tezroq bir qarorga kelib, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring! ✅ Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta'lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta'lim muassasasini ham) tanlashda e’tiborli bo‘ling! 🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz ▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ▶️To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
01:29
Video unavailableShow in Telegram
#Yoshlar_oyligi_2024 ⚡️TATU Qarshi filiali jamoasi O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi kubogi sohibi Yoshlar oyligi doirasida yosh harbiy xizmatchilar va viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o'rtasida o‘tkazilgan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi kubogi uchun futbol musobaqasidan lavha 👉@TUITKF_UZ
Mostrar todo...
video_2024-06-24_18-09-52.mp432.23 MB
👍 4
#Yoshlar_oyligi_2024 ⚡️TATU Qarshi filiali jamoasi O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi kubogini qo‘lga kiritdi Yoshlar oyligi doirasida yosh harbiy xizmatchilar va viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o'rtasida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi kubogi uchun futbol musobaqasi oʻtkazildi. Natijada 🥇 1-o'rinni TATU Qarshi filiali jamoasi; 🥈 2-o'rinni Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrugi; 🥉 3-o'rinni esa Xalqaro innavotsion universiteti jamoasi gʻoliblilni qoʻlga kiritdi. 🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali jamoasini ushbu g‘alaba bilan muborakbod etamiz hamda viloyat II liga musobaqalarida omad tilab qolamiz. 👉@TUITKF_UZ
Mostrar todo...
👍 6
⚡️Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar 🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida IT mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda IT sohasiga qiziquvchi yoshlarni mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo‘naltirish va ishga joylashtirishga ko‘maklashish hamda IT sohasiga qiziquvchi maktab o‘quvchilari va abiturientlarni vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur yarmarkada TATU, Toshkent shahridagi INHA va Amity universitetlari mas’ul xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida IT sohasiga qiziquvchi iqtidorli maktab o‘quvchilari va abiturientlar uchun vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish bo‘yicha seminar treninglar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, bitiruvchi talaba-yoshlar uchun viloyatdagi soha korxona tashkilotlarining bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. 👉@TUITKF_UZ
Mostrar todo...
👍 9
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
OYINA.UZ’DAN “HAYITLIK” – 66 MILLION SOʻM VA QIMMATBAHO SOVGʻALAR! 🗓Календарь Taqvimni oching! 15-iyundan 2-sentabrgacha bo‘lgan muddatni belgilang – 80 kun! Mana shu 80 kunni qanday o‘tkazish bo‘yicha bizda daromadli taklif bor: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 15-iyun sanasidan sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan (qimmatbaho sovgʻalar ham bor) “Kitoblararo 80 kun” marafoniga start bermoqda! Marafon 4 bosqichdan iborat va har bir bosqich 20 kun davom etadi. Ishtirokchilar har bir bosqichda 2 tadan kitob o‘qishadi va yakunida onlayn sinovdan o‘tadi. Xullas, bor-yo‘g‘i 8 ta kitobni o‘qib, katta pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar yutib olishingiz mumkin! Ha, aytgancha, yaqinlaringiz va do‘stlaringizni ham marafonga taklif qiling! Toʻliq ma'lumot va marafonda ishtirok etish uchun bot: @oyinatanlovbot
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
👍 4
#qabul2024 #foydali #ovozli_chat ⚡️Joriy yil kollej yoki texnikumga kirish istagida bo‘lganlar ham 25-iyunga qadar OTM bakalavriati uchun talabgor abituriyentlar qatori bir vaqtda (5–25-iyun kunlari) ro‘yxatdan o‘tishlari lozim Onlayn ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan bugunga qadar Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirokida 4 ta ovozli chat o‘tkazilib, mavzuga doir barcha savollarga javob berilgan. 1-OVOZLI CHAT: 2024-yil 4-iyun kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi ➖➖➖
Mostrar todo...
record.ogg22.99 MB
👍 1
Repost from Edu.uz
#Ovozli_chat #qabul2024 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat boshlandi Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi. Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Chatga ulanish: 👉https://t.me/BaholashUz?livestream ❕ Eslatma: oldingi ovozli chatlarda javob berilgan yoki mavzuga aloqador boʻlmagan savollar berilmasligi so‘raladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida Favqulodda vaziyat boshqarmasi bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi O‘zbekistonga yoz fasli kelib, oqar suv havzalarida cho‘milish mavsumi boshlanganligi, shu sababli yoshlar o‘rtasida cho‘milish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar ko‘payotganligi aytib o‘tildi. Tadbirda cho‘milish qoidalariga amal qilish, suzish havzalarida “Xavfli!”, “Cho‘milish taqiqlanadi!” so‘zlarini ko‘rganda suvga tushmasligi, tubining holati va chuqurligi noma’lum bo‘lgan joylarda suvga sakramaslik bo‘yicha talaba-yoshlarga tushunchalar berildi. 👉@TUITKF_UZ
Mostrar todo...
⚡️Qarshi shahridagi viloyat musiqali drama teatrida “Vatan manzumasi” nomli adabiy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, el-yurt farovonligi uchun safarbarlik, vatanparvarlik, mardlik va jasorat singari ezgu fazilatlar aks ettirilgan mazkur tadbirda turli soha vakillari, harbiy xizmatchilar, shu jumladan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar qatnashdilar. Teatr sahnasida ijod ahlining Vatan, xalq, ona kabi mavzulardagi sheʼrlari oʻqildi, qoʻshiqlar ijro etildi. Yosh qalamkashlar ham oʻz ijod mahsullarini tomoshabinlar eʼtiboriga havola qildilar. 👉@TUITKF_UZ
Mostrar todo...
👍 1
01:16
Video unavailableShow in Telegram
#savol #ekspert_javobi Ta’lim krediti olish uchun qayerga murojaat qilish kerak? Ushbu savolga Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’uli javob berdi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
C8110_1.mp430.18 MB
👍 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.