cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Boysun Tumani Hokimligi

Hurmatli do‘stlar ushbu kanal Boysun tuman hokimligining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
4 388
Suscriptores
+18124 horas
+2997 días
+51030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

❗️“Сурхондарё сув таъминоти” АЖнинг собиқ мансабдорларига нисбатан жиноят иши қўзғатилган ДХХ Сурхондарё вилоят бошқармаси тергов бўлими томонидан “Сурхондарё сув таъминоти” АЖнинг мансабдор шахслари ва бошқаларга нисбатан жиноят иши қўзғатилган. Унга кўра, ➖ 17.03.2021 йилдан 02.02.2022 йилгача “Сурхондарё сув таъминоти” АЖ (аввалги МЧЖ) директори лавозимида ишлаган Г.Б. “Сурхондарё сув таъминоти” АЖга қарашли таъмирлаш-тиклаш унитар корхонаси раҳбари Р.Ж., фуқаролар М.А., Х.Б, Х.З, Х.Ш., К.З. билан; ➖ 21.02.2022 йилдан 11.08.2023 йилгача “Сурхондарё сув таъминоти” АЖ директори лавозимида ишлаган С.Х. фуқаролар Х.З., Н.А., Н.А. билан олдиндан жиноий тил бириктириб, сохта маълумотларни расмийлаштириш орқали жамият балансидаги жуда кўп миқдордаги темир ҳамда чугун қувурларни ўзлаштириш ва растрата йўли билан талон-торож қилган. Тергов жараёнида юқоридаги шахслар томонидан жами 2 млрд. 82 млн. сўм миқдорида зарар етказилганлиги аниқланиб, 1 млрд. 404,5 млн. сўм қисми қайтарилиши таъминланган. Ҳозирда Тергов бўлими томонидан ушбу шахсларга нисбатан Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг 167-моддаси 3-қисми а-банди ва 209-моддаси 2-қисми а-банди билан айб эълон қилиниб, терговга оид барча ҳужжатлар жиноят ишини кўриб чиқиш учун судга юборилган. Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
🔔  Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 74-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda ❗️Sessiya ishini Boysun tumani hokimligi Axborot xizmatining You Tube platformasidagi rasmiy sahifasida jonli efiri orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz mumkin. 📹 Jonli efirni tomosha qilish uchun havola: 🟢 https://www.youtube.com/live/YSJzN-ZYEUk?feature=shared Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
UzA Surxondaryo katta o‘zgarishlar sari yuz tutmoqda Yurtimizning barcha hududlari bo‘lgani kabi Surxondaryo viloyatida ham sezilarli ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda, olib borilayotgan islohotlar samaralari yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Berdiqobilovich Qosimov bilan muloqotimiz mavzusi keyingi paytlarda vohada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va kelgusida ro‘yobga chiqariladigan ishlar, istiqbolli loyihalar haqida bo‘ldi. Batafsil 🔝 https://uza.uz/oz/posts/surxondaryo-katta-ozgarishlar-sari-yuz-tutmoqda_601205 Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Mostrar todo...
🤪 1
🇺🇿 Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi. ✔️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi. ✔️ Bugungi “Siyosiy-maʻrifat soati”da hokimlik apparat xodimlari hamda mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi. Mazkur o‘quv soatida: O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti, videolavha namoyishi: "Biz uchun muhim", “Bir chimdim ma’naviyat” rukni, “Mahalladan gapiramiz” rukni haqida ma’lumot berildi. 🗣Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin. 👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Mostrar todo...
👍 2
00:18
Video unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum! Bugun 24-may, juma. 👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Mostrar todo...
🤼 Kurash xalqimizning qadimiy milliy sport turlaridan biridir. Soʻnggi yillarda ushbu milliy sport turini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish, bu boradagi xalqimizning qadimiy anʼanalarini targʻib etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-sonli qarori ijrosini taminlash hamda Surxondaryo viloyati sport boshqarmasining yillik kalendar rejasiga asosan bugun Boysun tumanidagi sport maktabida 2009-2010-2011 yillarda tug'ilgan o'g'il va qiz bolalar o'rtasida sportning kurash turi boyicha viloyat chempionati musobaqasi bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada tumanlardan tashrif buyurgan 300 nafarga yaqin yosh sportchilar ishtirok etishdi. Musobaqada g'olib va sovrindor boʻlgan sportchilar Surxondaryo viloyati sport boshqarmasining 1-2-3 darajali diplomi va medallari bilan taqdirlandilar. 👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Mostrar todo...
🗿 4👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
🗣Diqqat e’lon! ♟️Joriy yilning 24-may kuni Boysun tumanida sportning shaxmat turi bo‘yicha davlat idora va tashkilot xodimlari (erkak va ayollar) o‘rtasida "Rahbar kubogi" sport musobaqasini o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu sport tadbirida tumandagi davlat idora va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan professional va havaskor xodimlar ishtirok etishi belgilangan. 📆 Shaxmat musobaqasi, joriy yilning 24-may kuni Boysun tuman sport maktabida bo‘lib o‘tadi.Musobaqa soat 10:00 da boshlanadi. 👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Mostrar todo...
👍 5🗿 1
Boysun tumanida tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ro‘yxatga olish va hisobotlarni yuritish bo'yicha seminar tashkil etildi. Tumanda migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tuman shtabi tashkil qilingan bo‘lib, tuman ishchi guruhi tarkibi va shtab tarkibi a’zolari tomonidan ishlar tizimli olib borilmoqda. Bugun Boysun tumani hokimligida O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi, tumanga biriktirilgan vakil shtab rahbari X.T.Odinayev, tuman hokimi Bahodir Shukurov, sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi a’zolari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Davlatimiz Rahbarining tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish hamda tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriqlari ijrosini samarali ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar muhokama qilindi. Seminar davomida shtab rahbari X.Odinayev tomonidan sektorlar kesimida o‘rganilgan kamchiliklar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tildi. 👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Mostrar todo...
👍 1🗿 1
Tomorqa daromad manbai Yerga mehr berib, yer bilan tillasha olgan kishi bugun yaxshi daromad egasi hamda e’zozda bo‘lishi turgan gap. Davlatimiz rahbarining joriy yil 14-mart kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifida “Sayxunobod tajribasi”ni butun respublika bo‘ylab joriy etish vazifasi topshirilgan edi. Shunga asosan hududlarda aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ushbu tajriba asosida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Boysun tumanidagi aholi o‘z tomorqalarida issiqxonalar barpo etib, unda turli erta pishar poliz va sabzavot mahsulotlari shuningdek, gulchilik hamda ko‘chatchilik sohasini rivojlantirib, oila budjetiga qo‘shimcha daromad olib kelmoqdalar. Boysun tumanidagi Bog‘ibolo mahallasida istiqomat qilib kelayotgan tajribali dehqon 65 yoshli Yodgor Mamatmurodov o‘z xonadonidagi yerdan unumli foydalanib, daromad ko‘rmoqda. Farzandlari va oila a’zolarini ham mehnatga o‘rgatib, mahalliy bozorlarimizga poliz mahsulotlari va ko‘chat yetkazib, topayotgan daromadlaridan mamnun va ushbu tajribani mahalladagi fuqarolarga ham o‘rgatib kelmoqda. Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov Bog‘ibolo mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Yodgor Mamatmurodov xonadonida bo‘lib, ushbu xonadonda tashkil etilgan ko‘chatchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik hamda tomchilab sug‘orish tajribasi asosida tashkil etilgan issiqxonalarni ko‘zdan kechirdi. 👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Mostrar todo...
👍 8 1🗿 1
Maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi Bugun Boysun tumanidagi 39-son umumta’lim maktabida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tashkiliy boshqarma o‘rinbosari podpolkovnik Sh.B.Djalilov, Boysun tumani hokimi B.Shukurov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i F.Murtazoyev, tuman Davlat Soliq inspeksiyasi boshlig‘i T.Sarmanov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O.Sadatov hamkor tashkilotlar va tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari direktorlari ishtirokida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan ta’lim muassasalarida 25-may “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirlarini tinch osoyishta o‘tkazish, bitiruvchi yoshlarni jamoat joylarida, xonadonlarda kunduzgi va kechgi bazm, bayram kechalari tashkil qilishining oldini olish, xavfsizlik choralarini ko‘rish maqsadida maktab mas’ullariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Shuningdek, yig‘ilish davomida o‘quvchilar o‘rtasida og‘ir oqibatli ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish hamda bu borada hamkorlikda ishlarni tashkil etish ta’kidlab o‘tildi. 👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Mostrar todo...
👍 10
Archivo de publicaciones