Nurobod yoshlari
Ir al canal en Telegram
Nurobod tumanidagi yoshlarga oid barcha yangiliklarni ushbu kanalda kuzatib boring.
Mostrar más735
Suscriptores
-224 horas
-97 días
-3930 días
Archivo de publicaciones
🌍 G‘OLIB BO‘LING VA CHET ELGA SAYOHAT QILING! ✈️🔥
Bilimingizni sinab ko‘ring, sardorlik mahoratingizni namoyish eting va “ZAKOVAT” o‘yinining bosh sovrinini qo‘lga kiriting! 🏆
🧠 Bolalar sardorlari o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini!
🎁 SOVRINLAR:
🥇 1-O‘RIN — 🌍 Qo‘shni mamlakatga SAYOHAT!
🥈 2-O‘RIN — 🏛️ Buxoroga SAYOHAT!
🥉 3-O‘RIN — 🎁 Esdalik SOVG‘ALARI!
🔥 Eng kuchli sardor kim? Eng bilimdon jamoa qaysi? Buni aynan siz hal qilasiz!
📅 19-sentabr
⏰ 14:00
📍 Yoshlar markazi
🤝 Okey Tour va O‘zbekiston Bolalar Tashkiloti hamkorligida
💥 Bilimingizni sinang. G‘alaba sari qadam tashlang. Balki keyingi sayohat egasi aynan SIZ bo‘larsiz! 🌍🏆
Repost from Rahmonov Sherzod Shuxratovich
Tarixiy muvaffaqiyat: O‘zbekiston parashaxmat terma jamoasi Olimpiadada ilk bor bronza medallarini qo‘lga kiritdi!
⚡Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan 3-shaxmat paralimpiadasida dunyoning 36 ta davlatidan 41 ta jamoa va 164 nafar yetakchi shaxmatchilar ishtirok etdi. Nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini 3 ta tarkib munosib himoya qildi.
🔥Hal qiluvchi 7-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Isroil ustidan 2.5 : 1.5 hisobida yorqin g‘alabani qo‘lga kiritdi!
🇺🇿Musobaqa yakuniga ko‘ra, Polsha 1-o‘rin, Kuba 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, terma jamoamiz 11 ochko jamg‘arib, faxrli 3-o‘rin va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
✅Bu — o‘zbek parashaxmati tarixida Olimpiadada qo‘lga kiritilgan ilk bronza medalidir!
Barcha yurtdoshlarimizni va jamoamizni ushbu tarixiy natija bilan chin daldan tabriklaymiz!
@sherzod_rahmonov
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
🧢Samarqanddagi Shaxmat Olimpiadasining ilk kuni
Samarqand mezbonlik qilayotgan Shaxmat Olimpiadasining ochilish marosimi va musobaqaning ilk kuni haqidagi taassurotlar.
Tadbirda, FIDE prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Viswanatan Anand hamda O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev bilan birgalikda musobaqaning ilk kunidagi muhit, ochilish marosimi va Samarqanddagi shaxmat bayrami haqida suhbatlashdik.
Samarqand bugun dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini bir maydonda jamlagan xalqaro shaxmat markaziga aylandi.
#ChessOlympiad #Samarkand2026
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Repost from UzChess
+7
🇺🇿 Shaxmat Olimpiadasining ilk kunidayoq 10 000 dan ortiq xalqaro va mahalliy mehmon Expo markazlariga tashrif buyurdi.
Bir vaqtning o‘zida 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasi, FIDE Kongressi va Shaxmat Paraolimpiadasi o‘tkazilmoqda. Olimpiadada 202 ta davlatdan 2 000 dan ortiq shaxmatchi, Paraolimpiadada esa 35 ta davlat vakillari ishtirok etmoqda.
Bunday yirik tadbir uchun uchta yirik maydon, 40 dan ortiq mehmonxona, transport, xavfsizlik va xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Minglab volontyorlar, davlat tashkilotlari vakillari hamda mahalliy va xorijiy tadbirkorlar mehmonlarga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasining muvaffaqiyatli o‘tishi uchun bor kuch va mas’uliyat bilan xizmat qilmoqda.
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Repost from Nurobod tumani hokimligi
+4
NUROBODDA NAVBATDAGI MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI
Bugun Nurobod tumani hokimligi binosi oldida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarga munosib ish o‘rinlarini taklif etish hamda ish izlayotgan fuqarolarni ish beruvchilar bilan bevosita bog‘lash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Yarmarkada tumandagi korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari hamda boshqa ish beruvchilar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari fuqarolarga taqdim etildi.
Tadbir davomida ish izlayotgan fuqarolarga mavjud vakansiyalar, mehnat shartlari va ishga joylashish tartibi bo‘yicha zarur ma’lumotlar berildi. Fuqarolar ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Aholi bandligini ta’minlash, yangi daromad manbalarini yaratish va har bir fuqaroning mehnat qilish imkoniyatini kengaytirish — Nurobod tumanida olib borilayotgan ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
✅@nur_press
Repost from Nurobod tumani hokimligi
+2
Ijtimoiy himoyadan — barqaror daromad sari: Mash’alda amaliy ishlar
Ayni paytda Nurobod tumani hokimi Maxsud Buranov boshchiligida tumanning Mash’al mahallasida ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalarning holatini xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida har bir oilaning ijtimoiy holati, yashash sharoiti, bandligi, daromad manbalari va mavjud imkoniyatlari chuqur o‘rganilib, xonadonlarda aniqlangan muammolarni joyida hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilanmoqda.
Shuningdek, reestrga kiritilgan oilalarni barqaror daromad manbaiga ega qilish, ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va tomorqa imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha individual yondashuv asosida amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Bu kabi xonadonbay o‘rganishlarning asosiy maqsadi — har bir oilaning ehtiyojini aniq belgilash, mavjud imkoniyatlarini ishga solish va ularni bosqichma-bosqich ijtimoiy himoyaga muhtojlik holatidan chiqarishdan iborat.
✅@nur_press
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
+7
⚡️Jizzaxda yoshlar uchun yana 2 ta yangi manzil!
Mirzacho‘lda Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limi uchun zamonaviy bino, Arnasoyda esa bir vaqtning o‘zida 500 nafargacha yoshni qamrab oladigan Yoshlar markazi ishlay boshladi.
Bu yerda yoshlar bilim olishi, kasb va xorijiy tillarni o‘rganishi, IT va ijodiy yo‘nalishlarda shug‘ullanishi, o‘z g‘oya va tashabbuslarini amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Yoshlar, yangi maskanlar Siz uchun. Imkoniyatlardan foydalaning!
#yoshlar_markazi
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Vebsayt
Repost from Alisher Sadullaev
+6
Davlatimiz rahbarining Koreya Respublikasiga tashrifi muhim uchrashuv va muzokaralar bilan davom etmoqda.
Prezidentimiz “Chong Va De” qarorgohida tantanali kutib olingach, Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan yuzma-yuz hamda delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi.
Muloqotlar yakunida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar almashildi.
@alisher_sadullaev
Repost from Yetakchi akademiyasi Samarqand viloyati
♟Shaxmatsevar yoshlar uchun ajoyib imkoniyat!
✅O‘zbekiston yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash markazi tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida shaxmat turniri tashkil etilmoqda. Musobaqa orqali ishtirokchilar o‘z bilim va strategik fikrlash qobiliyatini sinab ko‘rish, kuchli raqiblar bilan bellashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🗓Ro‘yxatdan o‘tish: 9–14-sentyabr
🤖Ro‘yxatdan o‘tish: @shahmat_musobaqasi_bot
Shoshiling, o‘z imkoniyatingizni sinab ko‘ring va g‘oliblar safidan joy oling!
Yetakchi_akademiyasi_Samarqand
🎼“Mohir pianinochi” tanloviga start berildi
Yosh iste’dodlarni kashf etish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Bolalar tashkiloti tomonidan “Mohir pianinochi” tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlovning birinchi bosqichi 20-avgustga qadar onlayn formatda bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun o‘zingiz ijro etgan fortepiano asarining 5 daqiqagacha bo‘lgan sifatli videoyozuvini tayyorlab, uni Telegram’dagi @pianinochiBot orqali yuborishingiz kifoya.
Natijalar 10-sentyabrga qadar Agentlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
Fortepiano sadolari ostida yangi iste’dodlarni birgalikda kashf etamiz!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Repost from Nurobod tumani hokimligi
"Bugun nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqamiz madaniy hayotidagi muhim voqeaga guvoh bo‘lib turibmiz. Shunday kunda sizlarni Toshkent Zamonaviy san’at markazida qutlash men uchun katta sharaf. Bugun Markaziy Osiyoda ilk bor zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi muassasa o‘z eshiklarini ochmoqda", - Saida MirziyoyevaPrezident Administratsiyasi rahbari mazkur markaz O‘zbekistonning dunyoga ochiqligi, yangilikka intilishi hamda turli madaniyatlar va qarashlarga bo‘lgan yuksak hurmatining amaliy ifodasi ekanligini ma'lum qildi.
"Toshkent azaldan turli xalqlar va madaniyatlarni o‘zaro bog‘lab kelgan shahardir. Asrlar davomida turli qarashlar, urf-odatlar va madaniyatlar uning o‘ziga xos muhitini shakllantirgan",
- dedi Saida Mirziyoyeva✅@nur_press
Repost from Samarqand viloyati hokimligi 🇺🇿
Bugun, 7 - sentabr kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:
☀️ +33°...+22°, Ochiq havo
Hozir: ☀️ +22°, ⬆️ 1.7 m/s
Tong: ☀️ +26°
Kun: ☀️ +32°
Oqshom: ☀️ +28°
Namlik: 14%
Shamol: G'arbiy, 5.8 m/s
Bosim: 759 mm sim. ust.
Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 06:05
Quyosh botishi: 18:55
Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi
Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
+9
Markaziy Osiyo yoshlarining tashabbuslari tinglandi: RCOY 2026 doirasidagi ochiq suhbat
"RCOY Central Asia 2026" konferensiyasi doirasida BMT Bosh kotibi yordamchisi Felipe Paullier hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirokida yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida Markaziy Osiyo yoshlar tashkilotlari o‘rtasida mintaqaviy hamkorlik mexanizmini yaratish, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun BMT tizimidagi imkoniyatlarni kengaytirish, shuningdek, sun’iy intellekt va innovatsiyalarning mehnat bozoridagi o‘rni kabi muhim masalalar qizg‘in muhokama qilindi.
Batafsil
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Repost from Alisher Sadullaev
Samarqanddagi XII global konferensiya o‘z yakuniga yetdi
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi o‘z ishini yakunladi. Yopilish marosimida anjumanning yakuniy deklaratsiyasi o‘qib eshittirildi.
Hujjatda inson huquqlarini himoya qilish, iqtisodiy bandlikni taʼminlash, barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, shuningdek, raqamli xavfsizlik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
To‘liq nutq — videoda.
#12IPU #Samarqand
@alisher_sadullaev
Repost from Rahmonov Sherzod Shuxratovich
+9
🌍 Samarqandda Markaziy Osiyo yoshlarining iqlim o’zgarishlari bo’yicha konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Samarqandda RCOY Central Asia 2026 — Markaziy Osiyo yoshlarining uchinchi submintaqaviy iqlim konferensiyasi o‘tkazildi.
“Markaziy Osiyo yoshlari iqlim, suv va barqaror rivojlanish uchun” mavzusidagi konferensiyada mintaqaning 9 davlatidan 100 nafarga yaqin yoshlar va mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva, BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, BMT Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paullier, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etib, yoshlar bilan fikr almashdi.
Konferensiya davomida iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, cho‘llanish, muzliklarning erishi, yashil innovatsiyalar va barqaror rivojlanish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy tashabbus va yechimlari ko‘rib chiqildi.
Konferensiya Markaziy Osiyo yoshlarining ekologik masalalardagi faolligini oshirish, tajriba almashish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qildi.
@sherzod_rahmonov
Repost from Rahmonov Sherzod Shuxratovich
😂😘
Ayni paytda Samarqand shahrida iqlim o‘zgarishi, suv resurslari va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan RCOY Central Asia 2026 — Markaziy Osiyo yoshlarining uchinchi submintaqaviy iqlim konferensiyasi davom etmoqda…
“Markaziy Osiyo yoshlari iqlim, suv va barqaror rivojlanish uchun” mavzusidagi konferensiyada mintaqaning 9 davlatidan 100 nafarga yaqin yoshlar va mutaxassislar ishtirok etmoqda…
@sherzod_rahmonov
Repost from Samarqand viloyati hokimligi 🇺🇿
Samarqandlik yoshlar xalqaro konferensiyada faol ishtirok etmoqda
Samarqand shahrida Parlamentlararo Ittifoqning Yosh parlament a’zolari XII global konferensiyasi davom etmoqda.
«Murakkab davrda inson huquqlari, adolat va inson qadr-qimmatini tiklash yo‘lida» mavzusida o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro anjumanda dunyoning 58 ta mamlakatidan yosh parlament a’zolari hamda 11 ta xalqaro tashkilot vakillaridan iborat 250 ga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.
Anjuman 6-sentyabrga qadar davom etadi.
Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
