cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

@IbnSinoMaktab.uz

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab +998909437002

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
3 091
Suscriptores
+1224 horas
+897 días
+55930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
#xalqaro_olimpiada #taqdirlash ⚡️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 9-14-iyun kunlari ilk marotaba oʻtkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining taqdirlash marosimi bo’lib bo’ldi. 🏆Unda Agentlik tizimidagi maktab o’quvchilari quyidagi natijalarni qayd etishdi 🥇OLTIN MEDAL:Mehrangiz Ahtamova — Navoiy shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi. 🥈KUMUSH MEDAL:Sardor Qurbonboyev — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi; ➖Abdurahmon Yokubjonov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi; ➖Mashhura Qudratova — Navoiy shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi. 🥉BRONZA MEDAL:Rasul Nekkulov — Qarshi shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi; ➖Rayxona G‘ofurova — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi; ➖Nursulton Ashiraliyev — Jizzax shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
#hamkorlik #taqdirlash_marosimi 📌 Xabaringiz bor, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Marshall Kavendish Ta'lim tashkiloti bilan hamkorlikda "Muvaffaqiyatli islohotlar - yuqori natijalar" konferensiyasi doirasida "Liderlik va o'zgarishlarni boshqarish" bo'yicha trening darslari o'tkazildi. ✔️Bugun 14-iyun ushbu konferensiyaning taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. ⚡️Unda yurtimizning 14 ta hududidan jami 160 dan ortiq ishtirokchilar O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Radjabov Sardor Baxtiyorovich tomonidan "SERTIFIKAT" va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓Talabgorning hujjati onlayn tarzda topshirilgandan soʻng qancha vaqtda xabar joʻnatiladi?
➖Oʻquvchining hujjatlari ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilgandan soʻng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.
Hujjatlarni tahrirlash uchun qancha muddat beriladi?
➖Hujjatlar tahrirlash uchun yuborilganda, oʻquvchilarga yuborilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar toʻgʻrilashga ruxsat beriladi.
Taqdim qilingan arizani qaytarib olsa boʻladimi?
➖Oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan arizani qaytarib olish yoki bekor qilish huquqiga ega.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
#Toshkent_shahri_ixtisoslashtirilgan_maktablar #qabul_2024 ✅ Ota-onalar uchun yanada qulaylik! ⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali topshiriladi. Shuningdek, Agentlik tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab – internatlari binolarida hujjatlarni ONLAYN topshirish uchun koʻmaklashuvchi SHTABlar tashkil qilindi. ❗️Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga tashrif buyuring va hujjatlaringizni topshiring. Maktablar lokatsiyalari: 📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram| Portal
Mostrar todo...
Mostrar todo...
@IbnSinoMaktab.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab +998909437002

#hamkorlik
Liderlik va o'zgarishlarni boshqarish
📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Marshall Kavendish Ta'lim tashkiloti (Singapur davlati) bilan hamkorlikda "Muvaffaqiyatli islohotlar - yuqori natijalar" konferensiyasi doirasida "Liderlik va o'zgarishlarni boshqarish" bo'yicha trening darslari bo'lib o'tmoqda. ✔️ Unda yurtimizning 14 ta hududidan 160 dan ortiq maktab rahbarlari hamda rahbar o'rinbosarlari ishtirok etishmoqda. ❗️Ma'lumot o'rnida, trening mashg'ulotlari joriy yilning 10-14-iyun kunlari Marshak Kavendish Ta'lim tashkiloti ekspertlari Atraju Kanan Ramdas va Abdul Mannan tomonidan olib boriladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
Mostrar todo...
03:21
Video unavailableShow in Telegram
DIYOR YANGILIKLARI | RESPUBLIKA ILMIY - AMALIY SEMINARI O‘TKAZILDI 6.06.2024-YIL #samarqandmtrk Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Mostrar todo...
4.06.06.2024.mp424.71 MB
#hamkorlik 📌 Joriy yilning 4-iyun kuni Farmatsevtika Texnik Universiteti hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'rtasida ta'lim sifatini yanada oshirish, o'quv jarayonini ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari bilan uzviyligini ta'minlash to'g'risida hamkorlik memorandumi imozlandi. Bunda ko'zlangan asosiy maqsad, o'quvchilarning kimyo va biologiya fanlaridan chuqur o'qitilishi va o'quv mashg'ulotlarining sifatli va samarali bo'lishi, ularni kasbga yo'naltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratish, ilmiy taqdiqot ishlarida amaliyotni keng targ'ib qilishdir. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
Mostrar todo...
#xalqaro_anjuman 📣 Joriy yilning 3-iyun kuni “INTERNATIONAL” hotel Tashkent mehmonhonasida Xitoy Sinjon tibbiyot universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkilotchiligida “Xitoy-O‘zbekiston an’anaviy Xitoy tabobati haftaligi” marosimini tantanali ochilishida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab vakillari ishtirok etdilar. ✅ Mazkur haftalikdan ko'zlangan asosiy maqsad  xalq tabobati madaniyatini rivojlantirish – umumiy sa’y-harakatlar bilan Xitoy va O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik ishlarini kuchaytirishdan iborat. 📗 Marosimda Xitoy Xalq Partiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi – Yuy Szyun, Xitoy Sinjon tibbiyot universiteti kommunistik partiyasi kotibi – Chjao Tyan’stze, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar va Sog‘liqni saqlash vazirlari o‘rinbosari hamda respublika va xorijiy davlatlar tibbiyot universitetlari rektorlari, professor o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar. 🟢 Marosim davomida Xitoy tabobati ko‘rgazmasi va talabalarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Marosim yakunida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi va Xitoy Sinjon tibbiyot universiteti huzuridagi an’anaviy xitoy tibbiyoti instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo’yicha dastlabki kelishivlar amalga oshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
Mostrar todo...
102.38 MB