cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

JIZZAX VILOYATI PEDAGOGIKA MARKAZI

🏬Jizzax viloyati PYMOʻMM axborot kanali 📠Tel: 72-226-08-23 📲Murojaat: Matbuot kotibi: Kanalga ulanish: https://t.me/jizzaxmalaka 🎞YouTube kanalga ulanish: https://www.youtube.com/@UmidaUmarova-gf6gc 🔈Facebook https://www.facebook.com/profile.ph

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 631
Suscriptores
Sin datos24 horas
-217 días
-3430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Matematika va tabiiy fan o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan kasbiy rivojlanish treningi davom etmoqda. Bugun mashg‘ulotlarning ikkinchi kunida Singapurlik ta’lim ekspertlari tomonidan o’quvchilarning tabiiy-ilmiy hamda matematika fanlari bo‘yicha savodxonligini oshirish doirasida taqdimotlar qilindi. Shuningdek, trening davomida o’qitishda noodatiy yechim topish metodlari o’rgatilib, amaliy mashg’ulotlar olib borilmoqda. 💬Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱 Telegram | 📒Facebook 📹YouTube |  📸 Instagram
Mostrar todo...
#Muvaffaqiyatli_islohotlar So‘rovga asoslangan taʼlim (SAT) va 5E modeli yondashuvi Matematika va tabiiy fan o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan kasbiy rivojlanish treningining uchinchi kunida Singapurlik taʼlim ekspertlari ilmiy jarayon ko‘nikmalari, so‘rovga asoslangan taʼlim (SAT) hamda uning tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan 5E modeli bo'yicha mashg’ulotlar olib bordilar. Shuningdek, Ilmiy tadqiqotning 5E modelidagi ✅Jalb qilish ✅Tadqiq qilish ✅Tushuntirish ✅Ishlab chiqish ✅Baholash bo‘yicha tushunchalar berdilar. 💬Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱 Telegram | 📒Facebook 📹YouTube |  📸 Instagram
Mostrar todo...
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ва Сингапурнинг Marshall Cavendish Education ташкилоти ҳамкорлигида математика ва табиий фан ўқитувчилари учун семинар-тренинг ташкил этилмоқда. Бугун тадбирнинг очилиш қисми ўтказилиб, машғулотларга старт берилди. Унда вазирлик, А.Авлоний номидаги миллий-тадқиқот институти ва Marshall Cavendish Education ташкилоти масъуллари, ҳамда Республикамиздан жалб этилган 200 нафар ўқитувчи ва 60 нафар координаторлар иштирок этди. Ушбу касбий ривожланиш курсида тайёрланган 200 нафар тренерлар мамлакатимизнинг 14 ҳудудидаги ўқитувчиларга янги билим ва кўникмаларни етказадилар. ✅Тренингда хорижий мутахассислар томонидан: ➖Таълим тажрибаси ва жараёнларни режалаштириш, ➖Устозлар учун иш режасини тайёрлаш ва тақдим этиш, ➖PISA тадқиқотлари ва унинг аҳамияти каби мавзуларда сўз юритилади. Иштирокчилар Сингапур ёндашувларидан фойдаланиб, инновацион дарс ўтиш усулларини ўзлаштиради ва амалиётга тадбиқ этади. Тренинг жорий йилнинг 12 июлига қадар давом этади.
Mostrar todo...
00:56
Video unavailableShow in Telegram
#Muvaffaqiyatli_islohotlar Matematika va tabiiy fan o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan seminar-trening jarayonlaridan video lavha. ⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring Telegram | Facebook YouTube |  Instagram
Mostrar todo...
1 кун.mp419.52 MB
01:30
Video unavailableShow in Telegram
#Nocomment #Muvaffaqiyatli_islohotlar Matematika va tabiiy fan o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanish treningida o’qitishda noodatiy yechim topish metodlari bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazilmoqda. 💬Institutining rasmiy sahifalari: 📱 Telegram | 📒Facebook 📹YouTube |  📸 Instagram
Mostrar todo...
final11.mp422.28 MB
01:59
Video unavailableShow in Telegram
#Muvaffaqiyatli_islohotlar Trening haqida tinglovchi fikri ❓Singapurlik ta’lim ekspertlari tomonidan olib borilgan treningda ishtirokchilar qanday bilim, ko’nikmalarga ega bo’ldilar? Ularning fikrlari bilan qiziqdik. 💬Institutining rasmiy sahifalari: 📱 Telegram | 📒Facebook 📹YouTube |  📸 Instagram
Mostrar todo...
tinglovchi fikri.mp431.40 MB
Repost from UZBEK - GOLD
Photo unavailableShow in Telegram
#Диққат ‼️Педагоглар ҳар 5 йилда малака оширишади Президент Қарори Мактабгача ва мактаб таълими ташкилотларининг ходимлари учун 5 йилда бир маротаба ишдан ажралган ҳолда ўтказиладиган малака ошириш курслари жорий қилинади. 2024 йил 1 июлдан мактабгача ва мактаб таълими ташкилотлари ходимларининг хорижда малака ошириш курсларида ўқиганлиги ёки стажировкадан ўтганлиги ҳақидаги ҳужжатлари (диплом, сертификат, гувоҳнома ва бошқалар) миллий узлуксиз касбий ривожлантириш тизимида малака оширганлик тўғрисидаги ҳужжат сифатида тан олинади. (Обуна бўлинг👇) https://telegram.me/+qPWcSydXCL02MTEy
Mostrar todo...
Rossiya Federatsiyasi Vladivostok shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Rossiya toʻrtinchi taʼlim forumida A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti rektori A.Ismailov ishtirok etdi 1. Forumda «Zamonaviy sharoitda oʻqituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini transformatsiya qilish” mavzusida taqdimot qildi. Taqdimotda Oʻzbekistonda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi pedagoglarini malakasini oshirish boʻyicha olib borilayotgan soʻnggi islohotlar mazmuni bilan tanishtirildi. 2. Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasi qoshidagi taʼlim va fan masalalari boʻyicha quyi komissiyasining 6-yigʻilishida ishtirok etib, institut va Rossiya taʼlim akademiyasi, A.I.Gersen nomidagi RDPU oʻrtasida olib borilgan ishlar, istiqboldagi rejalar toʻgʻrisida taqdimot qildi. 3. Rossiya taʼlim akademiyasi vitse-prezidenti V.M.Fillipov bilan uchshashib, oʻqituvchilar salohiyatini rivojlantirish, stajirovkalarni tashkil etish va oʻquv uslubiy taʼminot boʻyicha tajriba almashish masalalari yuzasidan muloqot olib borildi hamda oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuv imzolandi. 4. Taʼlim sifatini baholash federal instituti direktor oʻrinbosari I.Denisenko bilan uchrashuv oʻtkazilib, unda PISA tadqiqot natijalarini tahlil qilish, ularni taʼlim sifatini yaxshilash, malaka oshirish tizimini takomillashtirishda qoʻllash, BRICS mamlakatlari ishtirokida joriy qilinadigan umumiy oʻrta taʼlimni takomillashtirish loyihasi yuzasidan fikr almashilib, istiqboldagi hamkorlik imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring Telegram | Facebook YouTube |  Instagram
Mostrar todo...
02:37
Video unavailableShow in Telegram
#PISA_2025 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy milliy-tadqiqot instituti tomonidan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamkorligida PISA 2025 o‘quvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini kodlashtirish bo‘yicha trening o’tkazildi. Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring Telegram | Facebook YouTube |  Instagram
Mostrar todo...
pisa.mp436.93 MB
Photo unavailableShow in Telegram
✅ Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot boʻlib oʻtmoqda. Unda Prezident maktabi baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi hisobiga bir yilni oʻzida bilimlarni oʻzlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshganligi aytib oʻtildi. Shuningdek, bu yil maktablarni 14 mingdan ziyod oʻquvchi oltin va kumush medallar bilan bitirganligi, “katta beshlik” fan olimpiadalarida qoʻlga kiritilgan medallar oxirgi toʻrt yilda 2 karra koʻpayganligi qayd etildi. Prezident farzandlarimizni tarbiyalab, oʻqitib, mana shunday yutuqlarga erishishiga sababchi boʻlgan ota-onalar, ustoz va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildirdi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.