cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Biologiya akademiyasi

Repetitsion testlar Qo'shimcha ma'lumotlar Masala mashqlar va ularning yechimlari . Farrux Pardayevning shaxsiy telegram kanali . Sifatli reklama : @evrica_bio_academy_reception Kanal yaratildi: 5 - sentabr 2019 -yil

Mostrar más
Uzbekistán19 195El idioma no está especificadoEducación55 305
Publicaciones publicitarias
671
Suscriptores
Sin datos24 horas
-57 días
-4330 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

...
Mostrar todo...
Faktchek: hali mandat chiqmadi, lekin ayrim abituriyentlarga o‘qishga kirgani haqida rasmiy xabar keldi Mendagi maʼlumotlarga ko‘ra, mandat eʼlon qilish uchun barcha narsa tayyor. UzBMB saytiga natijalar yuklangan ham. Bugun (21-avgust, dushanba) kun davomida eʼlon qilinish ehtimoli katta. Natijalar tayyorligini ayrim abituriyentlarga kelgan xabardan ham bilsa bo‘ladi. Masalan, mandat.uzbmb.uz saytida baʼzi abituriyentlarning sahifasida o‘qishga kirgani haqida maʼlumot paydo bo‘ldi. Masalan, 4935529 (B.Nurmurodov) yoki 4765122 (X.Norbo‘tayeva) ID raqamli abituriyentlarni qidirsangiz, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga to‘lov-kontrakt asosida (sariq rang) o‘qishga qabul qilingani haqida maʼlumot chiqib keladi. Lekin eng qizig‘i ushbu abituriyentlar umumiy ro‘yxatda ko‘rinmayapti. Menimcha, saytga ular o‘qishga kirgani haqida maʼlumot joylangani uchun ular hali javobi eʼlon qilinmaganlar ro‘yxatidan chiqib ketgan. Bunaqasini avvalgi yillarda uchratmagandim, o‘zim uchun ham qiziq bo‘ldi. Hozircha UzBMB bunga izoh bermadi, lekin katta ehtimol bilan tizimni tekshirish uchun 2-3 nafar abituriyentda sinov tariqasida mandatni chiqarib ko‘rishgan bo‘lsa kerak. Xullas, qissadan hissa shuki, Nurmurodov va Norbo‘tayevani o‘qishga kirgani bilan tabriklaymiz :) 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
🤩ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!! ⚖TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI 👮‍♂ICHKI ISHLAR AKADEMIYASI 🎓BARCHA YURISPRUDENSIYA YOʻNALISHLARIGA HUQUQ fanidan 2023-2024 - oʻquv yili uchun tayyorlov kurslarimizga qabul boshlanganligini maʼlum qilamiz (15-avgustdan 30-avgustgacha) Sizni kutib turibdi: ✅0 dan Sifatli darslar (Offline va Online) ✅Zamonaviy oʻquv qo'llanmalar ✅Haftalik, oylik nazorat testlar 🏆Eng asosiysi - TALABALIK!!! 👨‍🏫👩‍🏫Shuningdek, Oʻqituvchilar uchun MAXSUS ATTESTATSIYA ga tayyorlov guruhlari ham mavjud ☎️Murojaat uchun: +998994164147 👇Ro'yxatdan o'tish uchun: @Yuridik_Academy
Mostrar todo...
⚡️RASMAN: test sinovlari 1-avgustdan 13-avgustgacha bo’ladi Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib: 1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
Repost from Xushnudbek.uz
⚡️RASMAN: test sinovlari 1-avgustdan 13-avgustgacha bo’ladi Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib: 1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
❗️Texnikum va kollej bitiruvchilari diqqatiga! #abituriyent Joriy 2023-yilda texnikum yoki kollejni tugatgan bitiruvchilar my.uzbmb.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tayotganda taʼlim muassasasini tugatgan yil sifatida 2023-yil chiqmayotganini aytishmoqda. Buning sababi oddiy. Avval ham eʼlon qilganimizdek, joriy yil texnikum va kollejni tugatganlar diplom bilan emas, balki maktabning 11-sinf shahodatnomasi bilan o‘qishga topshiradi. Ko‘pchilik diplom bilan topshiraman, deb o‘ylab adashyapti. Hatto ayrimlar "kollejim haligacha diplomni bermayapti, men o‘qishdan qolib ketaman", deb xavotir ham olishmoqda. Yo‘q, yo‘q va yana yo‘q! Sizlar maktabning 11-sinfini tugatgansizlar va abituriyent sifatida aynan maktab shahodatnomasi bilan topshirasizlar. Tugatgan yilga ham 2023-yilni emas, maktabni tugatgan yilni ko‘rsatasizlar. ❓To'lov masalasi-chi? Va o‘z-o‘zidan testga kirish uchun to‘lov ham qilishlaringiz kerak. Ko‘pchilik, "biz 2023-yilda kollej yoki texnikumni tugatdik, demak biz joriy yilgi bitiruvchi sifatida to‘lov qilmaymiz", deb o‘ylashmoqda. Lekin unaqa emas. Yuqorida aytganimdek, joriy yil texnikum va kollejni tugatganlar o‘qishga maktab shahodatnomasi bilan hujjat topshiradi va o‘z-o‘zidan avvalgi yillardagi bitiruvchi hisoblanadi. Shu sababli ular ham testga kirish uchun 165 ming so‘m to‘lov qilishadi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
🔄 “Perevod” uchun bugundan arizalar qabul qilinadi. Tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish #perevod Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi: 1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham. 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20079 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20258 ‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20079 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20258 4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring. 5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi. Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin. 8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala. *** Arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga. ☝️Qabul 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi. Kerakli hujjatlar: ◾️ ariza (onlayn tarzda) ◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli) ◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun). 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
00:15
Video unavailableShow in Telegram
1.61 MB
Барчамизга курбон хайити муборак булсин.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
DIQQAT ! DIQQAT ! 1-iyuldan "Evrika" o'quv markazida turk tilidan guruhlar ochilmoqda.. ✅ MAGISTRATURA va DOKTORANTURAda o‘qimoqchimisiz.? Unda Turk tili kurslarimiz aynan siz uchun. ✅  Ishlaydiganlar Turk tili sertifikati bilan maoshingizni ustama bilan oling. ✅Institut, Universitet hamda Maktab o‘qituvchilari uchun alohida guruh shakllantiriladi. Kursimiz umuman olganda barcha turk tiliga qiziquvchilar uchun ✅ Darsning yuqori sifatiga 100% kafolat beriladi. 👩‍🏫 Öğretmen:  Sitora Şokirova 📍 Manzil: "Evrika" o‘quv markazi. (1-son kasb-hunar maktabi binosi) 📞  +998 90487 20 00 📞 +998 99525 95 36
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.