cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

19-ИДУМ ҳаёти|Расмий канал

✔Олмалиқ шаҳар 19-мактабнинг Расмий канали мактабда бўлиб ўтган тадбир,янгиликлар ва бошқа ҳабарлар. (Олмалиқ шаҳар 19-ИДУМ) Мурожаат учун: @maktabim_hayoti_19 @maktab_hayoti_19 🇺🇿Олмалиқ шаҳар мактабгача ва мактаб таълими бўлими.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
360
Suscriptores
Sin datos24 horas
+47 días
+630 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

⚡️Maktablarda 2023-2024-oʻquv yili tugashiga ham ikki hafta qoldi, 25-may,shanba kuni oʻquv yilining ohirgi dars kuni boʻladi. 2023-2024-oʻquv yili yakunlanishiga ham ikki hafta vaqt qoldi,maktablarda taʼtil muddatlari qanday belgilangan? VMning 140-sonli qarori bilan tacdiqlangan Nizomga koʻra taʼtillarning (kanikul) muddatlari quyidagicha belgilangan: ➖kuzgi taʼtil — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun ➖qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun; ➖bahorgi taʼtil — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun; ➖yozgi taʼtil — oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentyabrgacha. Bayram kuniga toʻgʻri kelib, qoldirilgan mavzular ixchamlashtirilgan (tigʻizlashtirilgan) holda oʻtiladi va jurnalga yoziladi.
👉@maktab_hayoti_19
Mostrar todo...
👍 5
Media sohasiga qiziquvchilar uchun muhim yangilik! ❗️Agar siz ijtimoiy tarmoqlarda kontent yurgizishni va sifatli video,rasmga olishni bilsangiz @maktabim_hayoti_19 ga murojaat qiling.
👉@maktab_hayoti_19
Mostrar todo...
👍 4👌 2🔥 1
Media sohasiga qiziquvchilar uchun muhim yangilik! ❗️Agar siz ijtimoiy tarmoqlarda kontent yurgizishni va sifatli video,rasmga olishni bilsangiz @maktabim_hayoti_19 ga murojaat qiling.
👉@maktab_hayoti_19
Mostrar todo...
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Alfraganus universiteti hamda MY5 telekanali hamkorligida “Gravitatsion idrok” loyihasiga start berilmoqda. Ushbu intellektual shou 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Har bir dasturda yurtimizning 3 ta hududidan 5 nafardan jami 15 nafar bitiruvchilar ishtirok etadi. Mazkur loyihada g‘olib bo‘lgan 5 nafar o‘quvchilar Alfraganus universitetiga grant asosida 4 yil bepul tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi. ❗️ “Gravitatsion idrok” shousida eng iqtidorli o’quvchilarimiz tomonidan yangi marralar zabt etiladi! Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mostrar todo...
👍 4😍 3
⚡️⚡️⚡️ 19-Maktabda o'z ish faoliyatini olib borgan o‘qituvchilar,hamda direktorlar.
👉@maktab_hayoti_19
Mostrar todo...
👍 12 3🔥 1
9-may – Xotira va qadrlash kuni! ⚡️Olmaliq shahar 19-IDUM jamoasi barchani 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklaydi! Vatanimiz ozodligi va xalqimizning baxtu saodati uchun hayotini qurbon qilgan insonlarni doimo xotirlaymiz va qadrlaymiz! Hech bir xonadonni tinchlik-farovonlik, qut-baraka va osoyishtalik tark etmasin!
👉@maktab_hayoti_19
Mostrar todo...
👍 2 2
# 9- may Xotira va qadrlash kuni ✅Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 19-sonli ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabining 10-"V" sinf óquvchilari sinf rahbari Xolmurodova Gulbahor boshchiligida "Kórpasoy" MFYda istiqomat qilib kelayotgan mehnat faxriysi, uzoq yillar davomida maktabda yosh avlodga bilim berib hozirgi vaqtda nafaqa gashtini surayotgan Muborak aya holidan xabar olib dildan suhbat qurishdi. Onaxon kózlarida quvonch yoshlari bilan ótgan davrni xotirladi. Shu kunlarga yetkizgani uchun shukrona qilib qóllarini duoga ochdi. Óquvchilar onaxonni bayram bilan tabriklab, maroqli suhbat uchun minnatdorlik sifatida esdalik uchun suratga tushishdi. 🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati ————————————————— Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.me/olmaliqmmtb
Mostrar todo...
😍 6👍 4 1
XOTIRA MUQADDAS QADR ABADIY! ⚡️Millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Qadr -insonni yuksaklikka ko‘tarib,orzu-intilishlariga,maqsad-maslaklariga oliyjanoblikka yetaklaydi.9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bugun 19-IDUM’ning yosh milliy gvardiyachilari Olmaliq shahridagi Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yishib,bugungi tinch va osuda kunlar uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimizni yod etdilar.
Xotira maydonidagi urush va ayriliqlardan qaddi dol Motamsaro ona haykali har birimizni hushyorlikka chorlaydi, bugungi yorug‘ kunlarimizning qadriga yetib yashashga daʼvat etadi.
👉@maktab_hayoti_19
Mostrar todo...
👍 3👏 3
Oliy taʼlimda oʻzgarish: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga berilmaydi — grantlar har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi Bundan tashqari, yangi tartibga koʻra, muayyan bir yoʻnalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball toʻplagan abituriyent, tanlagan oliy taʼlim muassasasidan qatʼi nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Yaʼni, yuqori ball olgan yoshlar oʻqishga kirmay qolmaydi.
👉@maktab_hayoti_19
Mostrar todo...
👍 4
⚡️1.5 oydan keyin qabul boshlanadi! 🇺🇿 Amaldagi tartiblarga ko'ra, 20-iyundan 20-iyulgacha davlat oliygohlariga hujjat topshirish jarayoni bo'lib o'tadi. Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishadi. Bundan tashqari my.gov.uz portali orqali ham hujjat topshirish mumkin. Rejalashtirilgan ishlarga ko'ra, joriy yilgi qabuldan hujjat topshirgan abituriyentlar avval kirish imtihonlarida qatnashib, so‘ngra to‘plagan balliga qarab yo‘nalishlarni tanlashi mumkin bo'ladi. ✅ @imtihonmarkazi
Mostrar todo...
👍 7