Arnasoy.uz | Rasmiy kanal
Ir al canal en Telegram
Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati Web-sayt : https://gov.uz/oz/arnasoy Facebook : https://bit.ly/3VWYvmx YouTube : http://bit.ly/4mMiFwz Instagram : http://bit.ly/4gT2wn Hokimga murojaat: ✍️ @Arnasoy_murojaatbot ☎️ 72-372-10-00
Mostrar más3 153
Suscriptores
-124 horas
-207 días
-9930 días
Carga de datos en curso...
Canales Similares
Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
septiembre '26
septiembre '26
+46
en 4 canales
agosto '26
+84
en 13 canales
Get PRO
julio '26
+126
en 14 canales
Get PRO
junio '26
+138
en 18 canales
Get PRO
mayo '26
+125
en 13 canales
Get PRO
abril '26
+141
en 18 canales
Get PRO
marzo '26
+158
en 17 canales
Get PRO
febrero '26
+79
en 15 canales
Get PRO
enero '26
+96
en 28 canales
Get PRO
diciembre '25
+1 204
en 13 canales
Get PRO
noviembre '25
+89
en 21 canales
Get PRO
octubre '25
+62
en 18 canales
Get PRO
septiembre '25
+85
en 16 canales
Get PRO
agosto '25
+174
en 12 canales
Get PRO
julio '25
+128
en 13 canales
Get PRO
junio '25
+76
en 10 canales
Get PRO
mayo '25
+1 864
en 8 canales
Get PRO
abril '25
+160
en 13 canales
Get PRO
marzo '25
+220
en 20 canales
Get PRO
febrero '25
+114
en 12 canales
Get PRO
enero '25
+168
en 13 canales
Get PRO
diciembre '24
+98
en 6 canales
Get PRO
noviembre '24
+2 746
en 7 canales
Get PRO
octubre '24
+154
en 12 canales
Get PRO
septiembre '24
+154
en 7 canales
Get PRO
agosto '24
+131
en 11 canales
Get PRO
julio '24
+121
en 11 canales
Get PRO
junio '24
+137
en 11 canales
Get PRO
mayo '24
+416
en 7 canales
Get PRO
abril '24
+171
en 10 canales
Get PRO
marzo '24
+67
en 4 canales
Get PRO
febrero '24
+57
en 11 canales
Get PRO
enero '24
+141
en 19 canales
Get PRO
diciembre '23
+33
en 4 canales
Get PRO
noviembre '23
+59
en 7 canales
Get PRO
octubre '23
+99
en 6 canales
Get PRO
septiembre '23
+69
en 0 canales
Get PRO
agosto '23
+69
en 0 canales
Get PRO
julio '23
+44
en 0 canales
Get PRO
junio '23
+55
en 0 canales
Get PRO
mayo '23
+49
en 0 canales
Get PRO
abril '23
+41
en 0 canales
Get PRO
marzo '23
+44
en 0 canales
Get PRO
febrero '23
+58
en 0 canales
Get PRO
enero '23
+103
en 0 canales
Get PRO
diciembre '22
+1 130
en 0 canales
Get PRO
noviembre '22
+47
en 0 canales
Get PRO
octubre '22
+53
en 0 canales
Get PRO
septiembre '22
+39
en 0 canales
Get PRO
agosto '22
+1 063
en 0 canales
Get PRO
julio '22
+1 035
en 0 canales
Get PRO
junio '22
+74
en 0 canales
Get PRO
mayo '22
+81
en 0 canales
Get PRO
abril '22
+135
en 0 canales
Get PRO
marzo '22
+130
en 0 canales
Get PRO
febrero '22
+54
en 0 canales
Get PRO
enero '22
+56
en 0 canales
Get PRO
diciembre '21
+51
en 0 canales
Get PRO
noviembre '21
+75
en 0 canales
Get PRO
octubre '21
+39
en 0 canales
Get PRO
septiembre '21
+61
en 0 canales
Get PRO
agosto '21
+90
en 0 canales
Get PRO
julio '21
+65
en 0 canales
Get PRO
junio '21
+78
en 0 canales
Get PRO
mayo '21
+44
en 0 canales
Get PRO
abril '21
+52
en 0 canales
Get PRO
marzo '21
+131
en 0 canales
Get PRO
febrero '21
+55
en 0 canales
Get PRO
enero '21
+44
en 0 canales
Get PRO
diciembre '20
+3 605
en 0 canales
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 16 septiembre | +2 | |||
| 15 septiembre | +4 | |||
| 14 septiembre | +4 | |||
| 13 septiembre | +3 | |||
| 12 septiembre | +1 | |||
| 11 septiembre | 0 | |||
| 10 septiembre | +1 | |||
| 09 septiembre | 0 | |||
| 08 septiembre | +4 | |||
| 07 septiembre | +3 | |||
| 06 septiembre | +2 | |||
| 05 septiembre | +6 | |||
| 04 septiembre | +3 | |||
| 03 septiembre | +4 | |||
| 02 septiembre | +6 | |||
| 01 septiembre | +3 |
Publicaciones del Canal
+6
ARNASOY TUMANI — YANGIBOSTON MAHALLASIDA “SHUKRONALIK” TADBIRI
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangiboston mahallasida “Shukronalik” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, mustaqillikning xalqimiz hayotidagi o‘rni, bugungi bunyodkorlik va taraqqiyot jarayonlari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan Vatan, istiqlol va shukronalikni tarannum etuvchi fikrlar bildirilib, ijodiy chiqishlar namoyish etildi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, yig‘ilganlarda Vatanga muhabbat va ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
| 2 | MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘ NE’MAT, SHUKRONALIK — QALB E’TIROFI
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Arnasoy tumanida “Shukronalik” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyati Kengashi raisi Nusratilla Markayevich Pardayev hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari Mehribon Abdurahmonova ishtirok etdi.
Tadbir davomida mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning qadri, bugungi taraqqiyot va bunyodkorlik jarayonlari haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuvda istiqlol yillarida mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, inson qadri va manfaatlarini ta’minlash, milliy qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mustaqillik bergan imkoniyatlar, bugungi tinch va farovon hayotning qadriga yetish, erishilgan yutuqlarni asrab, ularni yanada ko‘paytirish har birimizning mas’uliyatimiz ekani ta’kidlandi.
Ijodkorlar tomonidan Vatan, istiqlol, tinchlik va shukronalikni tarannum etuvchi fikrlar hamda ijod namunalari tadbirga alohida mazmun bag‘ishladi.
“Shukronalik” tadbiri mustaqillikning 35 yillik yo‘liga nazar tashlash, bugungi kunning qadrini chuqur his etish, xalqimizning birdamligi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan mazmunli uchrashuv bo‘ldi.
Mustaqillik — erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevori. Uni qadrlash, Vatan ravnaqi uchun sidqidildan xizmat qilish esa barchamizning sharafli burchimizdir.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube | 476 |
| 3 | OILAVIY NIZOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
Arnasoy tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman Ichki ishlar bo‘limining mas’ul xodimlari tomonidan Baxtli mahallasida yuzaga kelgan oilaviy nizo mahallaga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida oiladagi vaziyat, nizoning kelib chiqish sabablari va tomonlarning o‘zaro munosabatlari atroflicha muhokama qilindi. Mas’ullar tomonidan nizo ishtirokchilarining fikr va mulohazalari tinglanib, har bir tomonning pozitsiyasiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari tomonidan oiladagi vaziyat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Suhbat davomida oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat, murosaga kelish, bir-birini tinglash va kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish muhimligi ta’kidlandi.
Mas’ullar tomonidan nizoli vaziyatni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berilib, tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchilik muhokama qilindi. Ko‘rilgan choralar natijasida oilaviy nizo bartaraf etilib, tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishildi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube | 380 |
| 4 | TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK!
Arnasoy tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Ubaydullayev Elyor Abduhakimovichni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz.
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik va farovonlik tilaymiz. Ichki ishlar organlaridagi mas’uliyatli faoliyatingizda ishlaringiz doimo samarali bo‘lib, yangi yutuq va muvaffaqiyatlarga erishib borishingizni tilaymiz.
El-yurt osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi xizmatlaringizda kuch-g‘ayrat va omad yor bo‘lsin.
Oila davrasida yaqinlaringiz mehridan bahramand bo‘lib, doimo sog‘-salomat va xotirjam hayot kechirishingizni tilaymiz.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube | 430 |
| 5 | Davlatimiz rahbari "Markaziy Osiyo - Koreya Respublikasi" biznes sammitida ishtirok etdi.
—
Глава нашего государства принял участие в бизнес-саммите «Центральная Азия – Республика Корея».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 451 |
| 6 | Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasining birinchi sammitida nutq so‘zladi.
—
Президент нашей страны выступил на первом саммите государств Центральной Азии и Республика Корея.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 430 |
| 7 | ⚡️⚡️⚡️Pensiya hisobida ish haqi davri kengaytiriladi
Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi davrini amaldagi 5 yildan bosqichma-bosqich 20 yilgacha oshirish taklif etilmoqda.
📆 Bunda davr har yili 1 yildan kengaytiriladi. Hisobga olinayotgan davrning ish haqi eng past bo'lgan 10 foizi chiqarib tashlanadi hamda tartib 2016-yildan keyingi elektron ma’lumotlar asosida qo‘llanadi.
🎯Mazkur yondashuv pensiya miqdorini fuqaroning uzoq yillik mehnati, rasmiy ish haqi, ish staji va to‘langan ijtimoiy solig‘iga to‘laroq bog‘lashga qaratilgan.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube | 537 |
| 8 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на первом саммите «Центральная Азия – Республика Корея»
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the First “Central Asia – Republic of Korea” Summit
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 466 |
| 9 | Jizzaxlik taekvondochi Ozoda Sobirjonova: Mening eng katta maqsadim — Olimpiada chempioni bo‘lish
Katta sportda har bir g‘alaba ortida uzoq va mashaqqatli mehnat, qat’iyat va matonat mujassam. Ayniqsa, xalqaro maydonda Vatan sharafini munosib himoya qilish sportchidan nafaqat yuksak mahorat, balki sabr-toqat, ruhiy barqarorlik va har bir musobaqadan to‘g‘ri xulosa chiqara olishni talab etadi. Jizzaxlik taekvondochi Ozoda Sobirjonova ana shunday fazilatlari bilan katta sportda o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda.
Osiyo va jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarda munosib natijalar qayd etib kelayotgan Zomin qizi bugun oldiga yanada yuksak maqsad qo‘ygan — "Los-Anjeles–2028” Olimpiadasida chempion bo‘lish.
Ozodaning katta sportdagi yo‘li 2010-yildan boshlangan. Zomin tumanining Yom qishlog‘ida tug‘ilgan sportchi dastlab murabbiy Muzaffar Xamroqulovdan taekvondo sir-asrorlarini o‘rgandi.
Keyinchalik Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida mahoratini yanada oshirdi.
Tuman va viloyat miqyosidagi musobaqalardagi g‘olibliklar Ozodaning iqtidori va sportdagi salohiyatini namoyon etdi. 2017-yilda yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida g‘olib chiqqan sportchi oradan bir yil o‘tib, xalqaro musobaqada ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Iqtidorli sportchining shakllanishida murabbiylari Xudoyor Ahmadjonov, Dadaxon G‘afforov va Jasur Boyqo‘ziyevlarning mehnati alohida ahamiyatga ega. Ustozlarining qimmatli tavsiya va ko‘rsatmalarini puxta o‘zlashtirgan Ozoda yil sayin o‘z imkoniyatlarini tobora yuqori darajada namoyon eta boshladi.
2018-yilda Tunisda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo‘lgan taekvondochi oradan bir yil o‘tib, Osiyo chempionatida ham sovrindorlar safidan joy oldi. Bu natijalar uning xalqaro maydondagi jiddiy qadamlaridan biri bo‘ldi.
2021-yilda esa Livandagi "Beirut Open” turnirida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan Ozoda endi shunchaki medal uchun emas, balki chempionlik uchun kurashishga tayyor ekanini isbotladi.
Shundan so‘ng uning sportdagi natijalari yanada salmoqli tus oldi. O‘tgan yili Jizzaxda o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida barcha raqiblarini ortda qoldirib, mamlakat chempioni bo‘lgan qahramonimiz bu yil ham yurtimiz sport muxlislarini quvontirmoqda.
Jumladan, mart oyida Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilgan jahon ochiq chempionatida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Ayniqsa, Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda o‘tkazilgan Osiyo chempionatidagi zafar uning bugungi sport faoliyatidagi eng muhim natijalaridan biri bo‘ldi. Mazkur g‘alaba Ozodaga "Los-Anjeles–2028” Olimpiadasi uchun muhim reyting ochkolarini taqdim etdi.
Olimpiada muhiti Ozoda uchun begona emas. 2024-yilda Parijda o‘tkazilgan to‘rt yillikning eng nufuzli sport anjumanida u 67 kilogramm vazn toifasida bahslarda qatnashib, beshinchi o‘rin bilan cheklangan edi. Biroq bu ishtirok uning sport faoliyatida katta tajriba maktabi bo‘ldi.
Endi Ozoda navbatdagi Olimpiadaga avvalgidan ko‘ra tajribali, ruhan toblangan va yirik musobaqalar mas’uliyatini chuqur his qilgan sportchi sifatida tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ayni paytda O. Sobirjonova terma jamoa tarkibida bosh murabbiy Pavel Xan qo‘l ostida Yaponiyada bir necha kundan so‘ng start oladigan Osiyo o‘yinlariga hozirlik ko‘rmoqda. Mazkur nufuzli musobaqada yuqori natija qayd etish kelgusi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritish imkonini beradi.
— Mening eng katta maqsadim — Olimpiada chempioni bo‘lish, — deydi qahramonimiz. — Buning uchun hali oldinda juda ko‘p mehnat va mashaqqat talab etadigan yo‘l borligini yaxshi bilaman. Har bir mashg‘ulotda o‘zimni yanada kuchliroq sportchi sifatida tarbiyalashga harakat qilyapman. Ishonchim komil, astoydil mehnat va to‘g‘ri tayyorgarlik bilan bu safar eng katta orzuimni ro‘yobga chiqaraman.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X| | 455 |
| 10 | 🎥 Videoreportaj: Jizzaxda turli millat vakillari ishtirokida gastronomik festival o‘tkazildi
Jizzax shahridagi Ekologik bog‘da turli millat vakillari ishtirokida gastronomik festival tashkil etildi. Festivalda qozoq, qirg‘iz, rus va koreys milliy madaniy markazlari vakillari o‘z xalqlarining milliy taomlari, qadriyatlari, urf-odatlari va an’analarini namoyish etdi.
Rang-barang milliy liboslar, qadimiy madaniyatni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar hamda mazali milliy taomlar festivalga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Talaba-oshlar, yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlar turli xalqlarning mehmondo‘stligi, kundalik hayoti va boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
📹 Batafsil — videolavhada.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X| | 509 |
| 11 | 📢 “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
Avtomobilsozlik sanoatining yirik korxonalari bilan kooperatsiya o‘rnatish, o‘z mahsulotingizni bevosita buyurtmachilarga taklif qilish yoki tarmoq ehtiyojidan kelib chiqib yangi mahsulot va butlovchi qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapsizmi?
29–30-sentabr kunlari Jizzax shahrida “Milliy sanoat zanjiri” avtomobilsozlik sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yirik sanoat korxonalari bilan bevosita muloqot qilish, ularning mavjud va istiqboldagi ehtiyojlarini o‘rganish, o‘z ishlab chiqarish imkoniyatlarini namoyish etish hamda yangi kooperatsiya loyihalarini shakllantirish imkonini beradi.
✅ Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Buning uchun yuqoridagi QR-kodni skanerlang va ro‘yxatdan o‘ting.
🗓 29–30-sentabr, 2026-yil
📍Jizzax shahri, “Olimpiya zaxiralari kolleji” binosi
☎️Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 97 754 23 99
+998 97 888 10 01
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X| | 373 |
| 12 | "Ertalabdan beri gapirayapman, hech kim suv ham bermaydi menga" - Shavkat Mirziyoyev
«Ko‘chalarda oddiy yurgan odamlarni, yoshlarni ko‘rib, qani endi ular hozirgi kunlari hayotlaridagi eng baxtli kunlar ekanini bilsalar, deyman. Eng baxtli kunlaringiz — mana shu. Buning qadriga yetinglar.
Ikki-uch kundan beri o‘sha to‘rt soatlik farq odamga juda qattiq ta’sir qilyapti. O‘rganish juda qiyin bo‘lyapti. Juda charchagan edim, lekin sizlarni ko‘rib kuch oldim, qudrat oldim”, — dedi Prezidentimiz. | 409 |
| 13 | Ketma-ket boʻlib oʻtgan 10 ta tadbir…
Hech qanday tanaffussiz va hatto tushliksiz davom etgan qariyb 10 soatlik ish vaqti…
Prezidentning Koreyaga tashrifi 1 kuniga nazar tashlasak.
Odatda Oʻzbekiston yetakchisining xorijiy tashriflari juda tigʻiz boʻlib, tadbirlar, uchrashuvlarga boy oʻtadi. Prezidentimiz hech bir tashrifda faqat siyosiy muloqotlar bilangina cheklanib qolmagan. Davlat rahbari har gal oʻsha mamlakatning yirik kompaniyalari, katta biznes egalari bilan shaxsan uchrashadiki, ular Oʻzbekiston iqtisodiyotiga yanada koʻproq sarmoya kiritsin, texnologiyasini olib kirsin, zavod, fabrika, qoʻshma korxona qursin, pirovardida oʻzimizning qora koʻzlar uchun yangi va yuqori daromadli ish oʻrinlari boʻlsin.
📆 15-sentyabr, Koreya tashrifining 2-kuni. Prezidentimizning ish jadvali shu qadar tigʻiz ediki, shu kuni biz jurnalistlarga ham oson boʻlmasligini erta tongdanoq payqadik. Davlat rahbari 1 kunning oʻzida 10 ta tadbirda ishtirok etdi. Koreya Parlamenti raisi va Bosh vaziri bilan uchrashuv, ushbu mamlakatning eng yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirokida 6 ta qabul, Oʻzbekiston — Koreya biznes forumida qatnashish va eng soʻnggida vatandoshlar bilan muloqot. Tasavvur qiling, ertalab soat 10 larda boshlangan tadbirlar ketma-ket, orada hech qanday tanaffuslarsiz, oʻrni kelganda aytishim kerak, hatto tushliksiz salkam 20:00 ga qadar davom etdi. Nafas rostlashga ulgurmasdik hatto.
🇺🇿 Vatandoshlar bilan muloqot taxminan 18:00 larda boshlandi. Bu vaqtga kelib, tan olaman biz juda toliqqan edik. Ammo oxirgi biznes uchrashuvni yakunlab, ketidan darrov yurtdoshlarimiz bilan muloqot uchun zalga kirib kelgan Prezidentimiz hamon ishchan kayfiyatda edi. Hech qanday mubolagʻasiz aytamanki, davlatimiz rahbarida hayratlanarli darajadagi energiya bor va uning juda yuqori darajadagi TEMPiga chidash oson emas.
⏰ Muloqot boshlanganiga 1 soatlar boʻlganida protokol xizmati rahbari Prezidentga “9 soat boʻldi” dedi past ovozda. Ya’ni davlat rahbari uzliksiz 9 soatdan beri ishlayotgan edi. Shu gapdan keyin ham Oʻzbekiston yetakchisi vatandoshlarimiz bilan 1 soat suhbatlashdi. Va shunda ham ertaga (ya’ni 16-sentyabrda) katta sammit borligi, unga tayyorgarlik koʻrish kerakligini aytgan holda Koreyada yashayotgan va tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz bilan xayrlashdi.
Ana shunaqa gaplar. Aslida, davlat rahbarining yurt taraqqiyoti yoʻlidagi har bir kunlik faoliyati, har bir xorijiy tashrifi ana shunday betinim oʻtadi. Men faqat bu safargisini batafsil sharhlashga urindim, xolos. Yuqoridagi videoda esa ushbu kun voqealarini 3 daqiqaga sigʻdirish uchun uning 20–30 barobarga qisqartirilgan variantini tomosha qilishingiz mumkin. | 425 |
| 14 | 🏗 Oltin Vodiy MFYda suv yig‘ish rezervari qurilishi o‘rganildi.
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi raisi B.Bayanasov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Usmonov tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari davom ettirildi.
📍 Navbatdagi o‘rganish ishlari Oltin Vodiy MFY hududida davlat dasturi asosida amalga oshirilayotgan suv yig‘ish rezervari (kanalizatsiya) qurilish obyektida olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining amaldagi holati, belgilangan loyiha asosida olib borilayotgani, ishlarning sifati hamda qurilish jarayonlarining borishi joyiga chiqqan holda atroflicha ko‘zdan kechirildi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, loyiha talablariga qat’iy rioya qilish hamda ishlarning borishini doimiy nazoratda ushlab borish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube | 497 |
| 15 | 🎥 Videoreportaj: Jizzax viloyatida “Aqlli hudud” vaziyatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda
Jizzax viloyatida davlat boshqaruvini raqamlashtirish va hududlardagi jarayonlarni zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilish ishlari kuchaytirilmoqda.
Prezidentimizning 2026-yil 8 iyuldagi qarori ijrosi doirasida barcha shahar va tumanlarda “Aqlli hudud” vaziyatlar markazlari tashkil etildi.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax shahridagi markaz faoliyati bilan tanishib, raqamli ma’lumotlar asosida muammolarni tezkor aniqlash va samarali qarorlar qabul qilish muhimligini ta’kidladi.
15-sentabr holatiga ko‘ra, shahar va tumanlarda markazlar uchun ajratilgan xonalarda ta’mirlash ishlari yakunlangan.
Jizzax shahridagi markaz UZINFOCOM tizimi orqali 30 ta vazirlik va idoraning 80 dan ortiq ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilingan.
Mazkur tizim iqtisodiyot, kommunal xizmatlar, qurilish, ekologiya, ijtimoiy soha va aholi murojaatlarini yagona raqamli platforma asosida monitoring qilish imkonini beradi.
📹 Batafsil — videolavhada.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X| | 467 |
| 16 | 🎥 Videoreportaj: Jizzaxda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda
Jizzax viloyatida 2026–2027 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida gaz va elektr ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish, ta’mirlash va raqamlashtirish ishlari kompleks tarzda amalga oshirilmoqda. Asosiy maqsad — aholi, ijtimoiy soha obyektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash.
Magistral gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash stansiyalarining texnik holati mustahkamlanib, elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlari yangilanmoqda. Gaz taqsimlash stansiyalarida bosim rostlash qurilmalari, berkitish va boshqa uskunalarning texnik holati ham nazoratdan o‘tkazilmoqda.
📹 Batafsil — videolavhada.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X| | 432 |
| 17 | 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi qatnashchilariga tabrik
—
Поздравление участникам 46-й Всемирной шахматной олимпиады
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X| | 427 |
| 18 | 🍂 KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati Berdiyev Xudoyor Mixliyevich tomonidan o‘z saylov okrugidagi ijtimoiy soha obyektlarining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida isitish tizimlarining holati, yoqilg‘i zaxirasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining mavsumga tayyorligi hamda obyektlarda zarur shart-sharoitlarning yaratilganligi ko‘zdan kechirildi.
📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, mavsumni barqaror va betalafot o‘tkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube | 463 |
| 19 | Assalomu alaykum, hurmatli arnasoyliklar! Kun xayrli bo‘lsin!
📆 Bugun: 16-sentyabr, chorshanba
📅 Yilning: 259-kuni
⏳ Yil yakuniga: 106 kun qoldi
📜 BUGUN TARIXDA
⚡️ 1908-yil — General Motors kompaniyasi AQShning Michigan shtatida tashkil etildi.
⚡️ 1920-yil — Nyu-Yorkdagi Uoll-stritda kuchli portlash sodir bo‘ldi.
⚡️ 1978-yil — Eronning Tabas shahrida kuchli zilzila yuz berdi.
⚡️ 1987-yil — 24 davlat ozon qatlamini himoya qilish bo‘yicha Monreal protokolini imzoladi.
🕯 BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR
🎬 Lauren Bacall — 1924-yil, amerikalik aktrisa.
🎤 B.B. King — 1925-yil, amerikalik blyuz musiqachisi.
🎭 Nick Jonas — 1992-yil, amerikalik xonanda va aktyor.
💬 KUN IQTIBOSI: “Muvaffaqiyat — har kuni qo‘yilgan kichik, ammo qat’iy qadamlarning natijasidir.”
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube | 532 |
| 20 | Arnasoyda fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi
Arnasoy tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Otaqulov Navruz Saitovich fuqarolarning shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida 2 ta murojaat tinglanib, har ikkala murojaat ham ijobiy hal etildi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube | 630 |
