cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

G‘alati o‘ylar

Faqatgina men, shamol va qanotim bor uchmoqqa! Shaxsiy kanal. Murojaat uchun: @Baraka_qizi

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
516
Suscriptores
+2524 horas
+257 días
+1330 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Одамнинг бойиб кетиши уйғониш эмас. Уйғониш — унинг қандай бойиганини ўзи англаши, моҳиятига етиши, ҳаётидаги миссиясини билиб бориши.
Дее Хоним @qushch_a
Mostrar todo...
💯 5🔥 3
Yaqinda Usta va Margaritaʼni ham koʻrgandim, u haqida ham yozishim kerak aslida. Yaxshi qiz boʻlyapman shu kunlarda)
Mostrar todo...
🔥 5 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Kinofikr Shanba yana bir kinokashfiyot kuni bo‘ldi. Isfandiyorning tavsiyasi bilan "Lok" filmini ko'rdim. Kino nomi bosh qahramon nomi bilan atalgan boʻlib, rejissyor film orqali odamlar o'ziga bog'liq bo'lgan hamma narsaga, odamlarga mas'ul bo'lishini aytmoqchi bo'lgan, menimcha. Film 1,5 soat davom etadi va atigi bitta qahramonning hayoti yoʻldagi kechinmalari, diologlari orqali koʻrsatib beriladi. Lekin siz zerikmaysiz, bosh qahramonning holatlari, soʻzlari sizni kartina oxirigacha ushlab turadi. Lok 10 yillik ishidan, 15 yillik turmushidanda tug'ilajak bolasi uchun masʼuliyatini ustun qoʻyadi. Yaʼni u otasining xatosini takrorlashni xohlamaydi — bolasini tashlab qoʻyishni, otasiz oʻsishini xohlamaydi va hech narsaga qaramay, yoʻlga tushadi. Aslida, u juda yaxshi ota, mohir kadr. Ishdan boʻshatishganiga qaramay, vazifasini yaxshi tugallab qoʻyishga jon jahdi bilan kirishadi. P/s: Filmni koʻrishingiz kerak, albatta. Syujetni boshidan oxirigacha aytib berishni xohlamayman. Muhimi, sizniki deb hisoblagan odamlaringiz va narsalarga masʼuliyatli boʻling... Kino linki @qushch_a
Mostrar todo...
👍 6 4
#Kinofikr Shanba yana bir kinokashfiyot kuni bo‘ldi. Isfandiyorning tavsiyasi bilan "Lok" filmini ko'rdim. Di http://asilmedia.org/11311-lok-loke-locke-lokiy-lokey-uzbek-tilida-ozbekcha-tarjima-kino-hd.html
Mostrar todo...
Lok / Loke / Locke / Lokiy / Lokey Uzbek tilida O'zbekcha tarjima kino HD

Ivan Lock - namunali oilaviy odam va muvaffaqiyatli qurilish menejeri. Ertaga uning hayotidagi eng muhimlaridan biri, u martaba o'sishini kutmoqda. Ammo kechqurun telefon jiringlaydi, bu uning hayotini butunlay o'zgartiradi.Айван Лок — примерный семьянин и успешный руководитель строительства.

00:52
Video unavailableShow in Telegram
Bunga ham mening ssenariyim. G‘oya muallifi Isfandiyor. Mahoratli rejissyor o‘rtog‘im. Sizlarga maqtanishni xohladim. Anchadan beri o‘z ustimda ishlash uchun motivatsiya kerak edi)))
UBS bu — ideal reja!
“University of Business and Science” uchun reklama roligi. @qushch_a
Mostrar todo...
0nn3.06.2024 rolik.mp45.11 MB
👍 6🔥 3🎉 3 2
00:16
Video unavailableShow in Telegram
Ishxonam menga ko'p imkoniyatlar beryapti o‘z ustimda ishlashga. Bu men yozgan shu yilgi ssenariylarning uchinchisi). Kopirayterlikda professional bo'lishga harakat qilyapman. Sizga ham yoqadi degan umiddaman.) Gʻoya va ssenariy muallifi oʻzim. Alisher Uzoqov bilan ishlashimizni eshitib, ogʻzim qulogʻimga kelay degandi. Chunki bolaligimning bir qismi bu odam. Qaysidir maʼnoda, tarixiy kunlar men uchun. Sizlarga ham ilindim. Oddiy narsa, ammo men uchun qadrli... @qushch_a
Mostrar todo...
2.05 MB
👍 9🔥 4
Photo unavailableShow in Telegram
Va Qarorimni qaroringga topshirdim...
Mostrar todo...
17👏 16😍 4👍 3🤨 1
Tavakkal — har bir ishning onasi. Har qadamning boshi. Hayotning qonuni...
@qushch_a
Mostrar todo...
👍 10💯 4🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
Hayot qisqa. Sochni yuvmay yursa ham, kiyim bir biriga mos boʻlmasa ham, yarashmasa ham, oʻzimizga yoqqani maʼqul menimcha).
Mostrar todo...
12💯 9👍 7
Bugun xuddi bezori qizlarga oʻxshab kiyindim. Oq, koʻk, havorang, sariq, qora rangli bir nimalar kiydim. Baʼzida qoidalarni buzgim keladi. Hayot qonuni, kiyinish qonuni, ovqatlanish qonuni, yashash qonuni.. Oʻzim esa faqat ovqatlanish va kiyinish qonuninigina buza olarkanman.. Qolganlarini buzishga na jurʼat, na xohish yoʻq... Aslida, doim bir qolipda yashash qiyin. Doim qaysidir kiyimingni qaysidiriga moslab kiyish, odamlar koʻziga chiroyli koʻrinish, sochingni yuvib yurish, oʻzingga qarash.. Odamlarning nazdida besoʻnaqay koʻrinmaslik. Doim dietada yurish. Yuzingga nimadir toshmasligi uchun oʻzingni yaxshi koʻrgan shirinliklaringdan tiyish... Yaxshi koʻraman deb har kuni aytolmaslik. Mehr koʻrsatolmaslik.. Biz doim oʻzimizni cheklab yashaymiz, doim..
Mostrar todo...
💔 9🔥 3👍 1😁 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.