cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Elektron kutubxona

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Murojaat uchun: @kutubxonachibot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
39 117
Suscriptores
+5124 horas
+4327 días
+62530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

O‘qidingizmi? 📖 Abdulqodir Samarqandiy: «Qalblardan so‘rang»Anonymous voting
  • O'qidim
  • O'qiyapman
  • O'qimoqchiman
  • O‘qishim ham mumkin, o‘qimasligim ham
0 votes
👍 22🔥 2😇 1
💬
⬆️
#Maqola Millatlar qanday taraqqiy etarlar? Millatlar taraqqiyig‘a bir necha sabablar bo‘lub, tub sababi ulamo ila ag‘niyoning hamiyyat va g‘ayratlaridur. Taraqqiy qilg‘on va yo endi taraqqiy qilguvchi millatlar ahvolig‘a diqqat qilinsa, mazkur ikki sinf muhtaramni o‘z millatlarig‘a so‘z va oqcha ila xidmat etganlari favran zohir bo‘lur. Har millatning ulamosi, ahli qalami, mutafakkiri o‘z millatining oyandasi uchun yo‘l ko‘rsatur, mashvarat berur, millat axloqining islohi uchun masjidlarda pand va nasihat berur, maktab va madrasalarda dunyo va oxiratda kerak ilm va fan, ta’lim berarlar, kitob va gazet ila ummatni muslihi uchun bahs va mukolamalar qilurlar. Taraqqiy qilguvchi millatlarning ulamosi zamondin boxabar bo‘lib, o‘z millatining “masoliha zamoniyya”si uchun sa’y etar, millatni peshraftig‘a oqcha ila, hayrat ila iona qilmoqni millat boylarig‘a taklif etar, tashviq va tahris etar. Xulosa, har millatni ulamosi, ahli qalami millat uchun so‘ylar, yozar va havoiji milliya va zamoniyani o‘z millat mansubasig‘a bildirarlar. Zamona ag‘niyolari o‘z millatlarini zamoniycha kerakligi yo‘linda oqcha sarf etarlar, masalan, yangi usulda zamonaviy maktablar bino etib, zamoniycha odam tayyorlamoq uchun harakat etarlar. Hukumatni o‘rta va oliy maktablariga o‘qiydurg‘on o‘z millat bolalarig‘a ionat etarlar. Va bechora hamjinslarini diniy va dunyoviy maktablarig‘a berub, o‘z xarajatlari ila o‘qutadurlar. Rus, armani, yahudiy va boshqa Rusiyadagi vatandoshlarimizni boylari doimo o‘z millatlari uchun katta xayr va ehsonlar qiladurlar, inchunin, Qafkoz, Qirim, Qozondaki musulmon birodarlarimizni boylari, ulamosi va ahli qalami, sohibi fikri o‘z birodarlarig‘a mol, oqcha, qalam va ilm ila ko‘b iona qiladurlar. Ammo bizni Turkistonda bu ishlardin so‘ylamoqqa hanuz navbat kelgan yo‘q. Har kim o‘z naf’i va o‘z shaxsiy ishi ila sargardon, umumiy yoinki diniy va milliy ishlarni oyandasi uchun, millatni zamona odamlaridek taraqqiy etmog‘i uchun, xaloyiqni isloh axloqi uchun g‘am tortuvchi va harakat etguvchi yo‘qdir. Bir karra diqqat qilib, mahalla-ko‘y va qishloq xalqlariga qaralsun. Avomlik, beilmlik naqadar ko‘paygan. Biz musulmonmiz. Musulmonlikg‘a ilm lozim, amal lozim. O‘qumoq kerak, nima uchun boshqa millatlarda yuza bir nafar besavod yo‘q ekan, biza yuza bir nafar savodlik yo‘q? Boshqa millatning yosh bolalari maktabda, lekin bizniki hammollikda va gadoylikda. Boshqa millat ulamosiga tobe’ ekan, bizni ulamo bil’aks avomg‘a tobe’dur? Buning oxiri xarobdur. Yigirma, o‘ttuz sana so‘ngra yana yomonroq bo‘lur, musulmonlik, ilm va odob ila qoim millat axloq, fazl va hunar ila boqiy qolur. Bugun islohi maktab-madrasa, ya’ni islohi millatg‘a ko‘shish qilinmasa rabi asr so‘ngra diyonat barbod bo‘lur va aning javobi mas’uliyati bugungilarg‘a qolur, bu mas’uliyatdin qutulmoq uchun millatni diniy ilm va dunyoviy ilm-fanlar o‘qumoq uchun targ‘ib qilmoq kerakdur. Diniy ilm va fanlarning o‘rni maktab va madrasadur. Dunyoviy fanlarni o‘rni hukumat maktablaridur, ikkisig‘a o‘qumoq uchun oqcha lozimki, ul oqcha boylarni kissayi hamiyatidan chiqsa kerak. Har zamon uchun asbobi isloh va taraqqiyi ionat boshqarur. Millatg‘a ionat etmoq uchun, islohi maktab va mudarris uchun, rusiy maktablarig‘a bola tayyorlamoq uchun, dehqon va san’atkorlarni rivoj bermoq uchun “hamiyyati xayriya”, “nashri maorif”, qiroatxonalar, fo‘ndlar, kurujuklar, jaridalar, majallalar, nashriyotlar… kerakdur. Millatlar taraqqiysi shul ila bo‘lur va bu ishlarg‘a oqcha kerakdur, oqcha boylarda va afrodda! Maro ba tajriba ma’lum shud daro har kor, Ki qadri mard ba ilm ast qadri ilm ba mol. (Ma’nosi: menga tajribadan ma’lum bo‘ldiki, odamda qanchalik ilm bo‘lsa ham ilmning qadri moldadur). - Mahmudxo‘ja Behbudiy. “Samarqand” gazetasi, 1913-yil, 30-iyul. 📚 @e_kutubxona
Mostrar todo...
👍 15🔥 4😭 2
💬
⬆️
Repost from CODE_UZ
Photo unavailableShow in Telegram
O'quv kurslari 🎓 Idora: Brain development 📚 Texnologiya: SQL(PostgreSQL) 📞 Aloqa: +998 99 779 57 10, +998 91 572 12 13 ✍️ Mas'ul: Maxmudov Maxmudjon 👉 @maxmudmaxmudov, @Jumaniyazov_Bobur 📌 Hudud: Toshkent shahri 🏢 Manzil: Toshkent shahri. Chilonzor tumani, Choponota ko'chasi 6-uy 📍 Mo'ljal: Mirzo Ulug'bek metrodan 5 minutlik yo'l 💰 Narxi: 1 000 000 so'm ⏰ Murojaat qilish vaqti: 9:00 dan 23:00 gacha 😀 To'lov turi: Naqd pul, plastik kartalari orqali ‼️ Qo'shimcha: Sizlarni SQL (PostgreSQL) yani ma'lumotlar bazasidan kurslarimizga taklif qilamiz. Kursimiz 3-iyuldan ochilmoqda. Haftada 3 kun(toq kunlari) 2,5 soatdan soat 19:00 dan boshlab darslar o'tiladi. Kurs davomiyligi 1 oy(12 ta dars). Kurs davomida SQL(PostgreSQL) dan chuqur nazariyalarga va amaliy bilimga ega bo'lasiz. Kurs davomida SQL ning DDL,DML,DCL,TCL kommandalari barchasi o'tiladi. Bundan tashqari Function, Procedure, View, Indexsing lar ham o'tiladi. Shoshiling, joylar soni cheklangan!!!
Mostrar todo...
👍 11🔥 1
🌐 O‘zbek adabiyoti 📓 "Karvon yo‘llarida" ✍ Mirkarim Osim ⚙ Qissa ⚖ 3,6 MB 🔎 PDF 📄 86 sahifa 📚 @e_kutubxona
Mostrar todo...
Mirkarim Osim. Karvon yo'llarida (qissa).pdf3.57 MB
👍 3
💬
⬆️
#Maqola Aqlli bo‘lish uchun qanday kitoblarni o‘qish kerak? Sportchi o‘zi uchun yengil vazn yoki qulay raqib bilan cheklansa, uning mahorati oshadimi, musobaqalarda g‘olib bo‘ladimi? O‘qish ham shunday. Kishi o‘zini qiyin yozilgan, qalin jildli (“harflari ko‘p, rasmi kam”) kitoblarni, uzun maqolalarni oxirigacha o‘qishga majburlay olishi kerak. “Foydali kitob qiziq bo‘ladi. Qiziq kitob oson o‘qiladi”, degan fikrga aldanib qolish “barcha oson o‘qiladigan kitoblar hamisha foydalidir” yoki “foydali kitob hamisha qiziqarli yozilgan bo‘ladi”, degan xato xulosaga olib keladi va ko‘pgina yangi ma’lumotlardan to‘sib qo‘yadi. Deylik, siz bilim saviyangiz va tafakkuringizni kuchaytirish maqsadida yengil yozilgan kitobni o‘qiyapsiz. Ushbu kitob ichidagi gaplar oson fahmingizda o‘tiryapti. O‘zingizdan so‘rang, ehtimol siz shundoq ham xabaringiz bo‘lgan narsani o‘qiyotgandirsiz? Buning ham foydasi bor, albatta: avvallari olingan bilimni puxtalab olish, unitilayotgan narsani qaytarish kerakli mashg‘ulotlardan. Lekin eski narsani qaytarish yangi bilimlarni olish deganimas. Yengil yoki tanish narsalarni o‘qiyverish ongining chegaralanishiga olib keladi. Sizga zerikarli va yoki qiyin tuyulgan matnlar, ehtimol, malakangizni oshirish yoki dunyoqarash kengligi uchun foydali bo‘lib, unda yangicha yondashuvlar, avvallari uchramagan yangi ma’lumotlar, kashf qilinmagan olamlar bordir? Notanishlikni miya yoqtirmaydi, darrov diqqatni burish, kislorodni bo‘g‘ib, esnoq tuttirishga kirishib ketadi, qorinni ochirib qo‘yadi yoki hojatga chaqirib qoladi. Bunga sabab: miya organining dasturida “Zo‘riqmay kayf ol! Quvvatni asra!” buyrug‘i bitilgan. Ongli kishi bu jo‘ngina buyruq o‘rniga: “O‘qib o‘zgar, bo‘lmasam halok bo‘lasan! Bir oz qiynal, evaziga katta rohat topasan!” degan dasturni ham yoqa bilishi kerak. Kasbingiz yoki dunyoqarashingiz rivoji uchun foydali topilgan eng murakkab va eng semiz kitobni olib xijjalab o‘qishga o‘zingizni undang. O‘qish, tushunish qiyin kechayotgan vaqtda o‘zingizga “men yangi, notanish narsalarni ochyapman, shuning uchun miyam o‘zlashtirishi qiyin bo‘lyapti, oxirigacha o‘qisam yuz foiz bo‘lmasa ham, o‘n foizini tushunsam katta gap. Undan ozi qolsa ham roziman, chunki kamida qiyin kitob o‘qish ko‘nikmasini o‘zimda hosil qilyapman”, deng va oxirgi stari qadar kitobga xujum qiling. Qiyin kitoblarda ko‘pgina tushunarsiz qolgan ma’lumotlar baribir miyada iz qoldirardi. Bu safar tushunmasangiz, boshqa manbalarda xuddi shu ma’lumotlarni uchratib qolasiz va miyada “a ha!” alangasi bilan birdaniga murakkab narsani tushunib qolasiz. Shuning uchun to‘xtamay qiyin va uzun matnlar bilan ishlayverish kerak. Birinchi qor yer yuzasini oqartirmasa ham, u keyingi qor saqlanishi uchun yerni sovitib beradi. Boshlang‘ich, tushunarsiz ma’lumot ham xotirada o‘rnashmagandek ko‘rinadi. Ammo u fahm yuzasini keyingi o‘qishlar uchun birinchi sharoitlarni yaratib beradi. Sportchi og‘ir mashqlariga qaytaverganidek, katta va mushkul kitoblarni oxirigacha bitiring. - Jamshid Muslimov 📚 @e_kutubxona
Mostrar todo...
👍 42🔥 10💯 6😁 3🤔 3🤓 2😡 1
Bildirma Bugun Kitobxonlar klubi guruhida №195 kitob muhokamasi bo‘lib o‘tadi va unda Baxtiyor Abdug‘afurning "Madaminbek: Qonli gullar vodiysi" asari tahlil qilinadi. Muhokama vaqti: 20:00 dan 23:00 gacha
Mostrar todo...
👍 22🔥 4
Kitobxonlar klubi
YOZGANINGIZNI ANGLANG Yosh nosirga maslahatlar1. Sizni og‘rintirgan mavzu toping. Shunday mavzu topingki, u sizni tinmay bezovta qilaversin. Ichingizga sho‘ng‘igan payt yuragingizga o‘sha mavzuni singdirib ko‘ring. Yuragingiz, ha, bu mavzu boshqalarni ham o‘ylantirishi kerak, desagina uni asar mohiyatiga aylantiring. Shunda ayni o‘sha asar o‘quvchida haqiqiy qayg‘u hissini uyg‘otadi. • 2. Gapni ko‘paytirmang. Keling, bu borada gapni ko‘paytirib o‘tirmaylik. • 3. Soddalik. Bir tilning ikki daho farzandi Uilyam Shekspir va Jeyms Joys ijodiga bir nazar soling. Shekspirni mashhur qilgan o‘sha ulug‘vor “O‘lmoq yoki qolmoq” masala ham o‘ta qisqa yoritilgandi – eng uzun so‘z besh harfdan iborat. Joys ham istasa, Kleopatraning toji yang­lig‘ muhtasham jumlalar tuza olardi, biroq uning “Evelin” hikoyasini bir o‘qing-chi! Butun hikoya uch so‘z bilan ochib beriladi: “U charchagan edi”. Tildagi soddalik nafaqat farosat, balki muqaddaslik belgisidir. • 4. Jumlalarga jalloddek yondoshing. O‘quvchi yaxshi biladiki, siz istasangiz, Kleopatra uchun toj ham yasashingiz mumkin. Ammo sizdagi yetuklik ongingizdagi vazmin fikrlar bilan hisoblashmog‘i shart. Qoidangiz shunday bo‘lsin: agar siz tuzgan jumla hikoyangiz g‘oyasini zarracha bo‘lsa-da yoritolmasa, uni yo‘qoting. Qanchalar mukammal bo‘lmasin, baribir. Kerak emas! • 5. Nima demoqchisiz? Men antik mualliflarni purhasham nomlari yo bizdan ancha avval yashab o‘tganlari uchun emas, balki aytmoqchi bo‘lganlarini ham dangal, ham tashbehlarga ustalik bilan o‘rab ifoda qilganliklari uchun benihoya yaxshi ko‘raman. Yozganlarini anglab borar ekanman, o‘smirlikdagi almoyi-jalmoyi uslubda yozish, fikrimni Pikasso suvratlaridagidek uslubda aytish, jaz musiqasidek sirli va jozibador shakllar topish orzum puchga chiqdi. Aytadigan gapni boricha ayta olish yetuklik belgisidir. • 6. O‘quvchiga rahmingiz kelsin. O‘quvchilar siz kabi buyuk so‘z ustasi emas, hazrati oliylari. Ular o‘qishi, ma’rifatga erishishi kerak. Odam o‘qiydigan tilda yozish siz o‘ylaganchalik oson ish emas. Lekin hali xursand bo‘lmang. Oradan o‘n yillar o‘tgach, o‘zi nega yozyapman, degan savol tug‘iladi sizda. O‘shanda eski yozuvlaringizni o‘qib, tushunib, asl maqsadingizni aniqlab olishingiz mumkin. • 7. Nazariyani o‘rganing. Badiiy uslubni texnik jihatdan o‘rganib chiqishi uchun Uilyam Strank va E. B. Uaytning “Uslub unsurlari” kitobini tavsiya qilaman. E. B. Uayt, ta’bir joiz bo‘lsa, Amerikaning jahon adabiyotiga tuhfa qilgan eng kuchli adabiyotshunoslardan biridir. - Kurt VONNEGUT (1922–2007), AQSH adibi "Kitob dunyosi" gazetasidan 📚 @e_kutubxona
Mostrar todo...
👍 27🔥 11 5🤔 5👎 1💯 1
💬
⚡️
📖
Repost from Elektron kutubxona
Maxsus loyiha: Kitob almashamiz Bu yerda: Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, bepul berishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
Mostrar todo...
👍 28🕊 4🔥 2
♻️ Kitob almashamiz
O‘qidingizmi? 📖 Sharl Lui Monteske: «Qonunlar ruhi haqida»Anonymous voting
  • O'qidim
  • O'qiyapman
  • O'qimoqchiman
  • O‘qishim ham mumkin, o‘qimasligim ham
0 votes
👍 32🔥 7🤓 2
💬
⬆️
📖
#Hikoya 🌐 Jahon adabiyoti 📓 "Bir umrning zavoli" ✍ Stefan Sveyg ⚙ Hikoya ⚖ 0,2 MB 🔎 PDF 📄 16 sahifa 📚 @e_kutubxona
Mostrar todo...
Stefan Sveyg. Bir umrning zavoli (hikoya).pdf2.02 KB
👍 24🔥 10😭 5🕊 2
💬
⬆️
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.