cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Elektron kutubxona

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Murojaat uchun: @kutubxonachibot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
38 190
مشترکین
-924 ساعت
-687 روز
+10430 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#Nazmiy Hammamiz quyoshda kuygan jizzamiz, qachon tiz cho‘kuvdik, hamon izzamiz, sirqirab og‘riydi shishgan tizzamiz, o‘rindan ozgina tursak maylimu? O‘tganlar bari bek, qolgan javdirar, gardanda ko‘rinmas g‘ullar shaldirar, mehnatdan yorilgan qo‘llar qaltirar, o‘z bekim yerida yursak maylimu? Nasimlar gullamish ozod tog‘larda, ozodlik mujdasi so‘lu sog‘larda, bobolar qiynalib tikkan bog‘larda ag‘anab bir xayol sursak maylimu? Necha ming alloma, jo‘mardlar o‘lgan, tafakkur sasigan, ruhlari so‘lgan, urug‘lar aynigan tap-taqir cho‘lda o‘z bekim davlatin qursak maylimu? Yuz ellik yildirki mana shu holat, hanuz davom etar makkor tijorat, bilmadim, qayerdan ushbu jaholat, nega siz bo‘lmaysiz sira xijolat? Nega men so‘rayman sizdan ijozat?! - Shavkat Rahmon 📚 @e_kutubxona
نمایش همه...
👍 31🔥 10 2🌚 2😭 2🤓 2🕊 1💯 1🤝 1
💬
⬆️
🌐 Jahon adabiyoti 📓 "Samandarlar bilan jang" ✍ Karel Chapek ⚙ Roman ⚖ 12,2 MB 🔎 PDF 📄 296 sahifa Chex yozuvchisi Karel Chapek o‘zining «Salamandralar bilan jang» romanida 1930-yillardagi xalqaro siyosatni, shu jumladan, Germaniyada bosh ko‘targan fashizmni qattiq hajv qilgan. Romanga go‘yo Indoneziya orollaridan birida uchragan aqlli maxluq salamandralarni “odamiylashtirish” haqidagi fantastik uydirmani asos qilib olingan. Ulkan foyda olish uchun har qanday qabihlikdan qaytmaydigan sanoatchilar salamandralardan arzon ishchi kuchi sifatida foydalanadilar. Salamandralar esa o‘z navbatida insoniyat jamiyatining barcha illatlarini o‘zlashtirib olib, odamlar bilan raqobat qila boshlaydilar. Salamandralar hayotini tasvirlar ekan, yozuvchi o‘sha davr siyosatining satirik manzarasini chizib beradi. 📚 @e_kutubxona
نمایش همه...
Karel Chapek. Samandarlar bilan jang (roman).pdf12.21 MB
👍 27🔥 4🤔 4 2😁 2🤓 1
💬
⬆️
O‘qidingizmi? 📖 Baxtiyor Abdug‘afur: «Madaminbek: Qonli gullar vodiysi»Anonymous voting
  • O'qidim
  • O'qiyapman
  • O'qimoqchiman
  • O‘qishim ham mumkin, o‘qimasligim ham
0 votes
🔥 13👍 7 5🤝 2
💬
⬆️
Assalomu alaykum! Qurbon hayiti muborak bo‘lsin, azizlar!
نمایش همه...
👍 95🕊 27🔥 18💯 16🤝 10😇 9🌚 4 3
#Oʻtkan_kunlar — Fuzuliy yaxshi kitob, — dedi Kumush, — men ham yolg‘iz qolg‘an kezlarimda bu kitobdan boshimni ololmas edim, sizammi? Bu oliyjanob go‘zalga nima deyishni bilmas, qayerdan so‘z boshlashqa hayron edi: — Kim yig‘latdi sizni? — Yig‘labmanmi? — Ko‘zingiz, kiprakingiz... — O‘zi shunaqa... — Yig‘latg‘an men emasmi? — Kitobni nega yopdingiz? Ochib o‘qung, men eshitay. — Ota-ona rizolig‘ini bir tomchi ko‘z yoshingizga arzitdimmi? — Men rozi, men ko‘ndim, — dedi daf’atan Kumush, bu so‘zni nimadandir qo‘rqg‘andek shoshib aytdi. — Ko‘ndingiz... nega, a? Otabek hayrat va taajjub ichida edi. — Negaki, — dedi Kumush, — men sizga ishonaman... — Shuning uchun... — Shuning uchun ko‘ndim... — Ko‘nglingiz farishtalar ko‘nglidek. — Sizning ham ko‘nglingiz... Ikki jon, ikki yurak go‘yoki bittadek bir-birisini onglar, birisidan-birisiga o‘tib yurar edi shu vaqt. — Bo‘lmasa nega yig‘ladingiz? Bu savoldan Kumush bir muncha o‘ngg‘aysizlanib, uyat aralash bir tabassum bilan: — O‘zim... — dedi va keyinidan o‘zining hamma tilak va shartlari ma’nosini jam’i bo‘lg‘an, — menim unutmaysizmi? — degan so‘rog‘ini berdi. Ul nima deb aytishka so‘z topolmay qoldi. Chunki yurak sirini ifoda qilarliq jumla topish mumkin emas edi. Javob berish o‘rniga o‘zicha so‘zlandi: «Ota-ona orzusi...» — Bilaman, — dedi ovutquchi tovush bilan Kumush. — Manim orzumni ham bilasizmi? - Abdulla Qodiriy. "O‘tkan kunlar"dan 📚 @e_kutubxona
نمایش همه...
👍 27😭 20😎 3🔥 2🤓 1
💬
⬆️
📖
#ityurak - Hammasiga qanday ulgurasiz-a, Filipp Filippovich? - Odam hech qayoqqa shoshilmasa, hamma narsaga ulguradi. Agar men ham majlisdan majlisga sakrab, o'z vazifamni bajarish o'rniga ertadan kechgacha bulbulga o'xshab sayrab yurganimda hech qayerga ulgurmagan bo'lar edim, albatta. - Mixail Bulgakov, "Ityurak" 📚 @e_kutubxona
نمایش همه...
👍 12 2
💬
📖
"Aqlli bolalar nufuzli
نمایش همه...
🤓 4👍 1
#Maqola ✍ Mahmud Usmon 📓 «Forobiy, maymunlar va pashshalar» ⚙ Maqola ⚖ 0,7 MB 🔎 PDF 📄 3 sahifa 📚 @e_kutubxona
نمایش همه...
Forobiy, maymunlar va pashshalar.pdf7.25 KB
🔥 1
💬
⬆️
O‘qidingizmi? 📖 Shahodat Ulug‘: «Xaloskor Sulton Sayfiddin Qutuz»Anonymous voting
  • O'qidim
  • O'qiyapman
  • O'qimoqchiman
  • O‘qishim ham mumkin, o‘qimasligim ham
0 votes
💬
⬆️
HOKIM VA OLIM    Hishom ibn Abdulmalik imom A’mash rahimahullohga yozdi: "Menga Usmon ibn Affonning jinoyatlari va Aliy ibn Abu Tolibning manoqiblari haqida yozib yubor". A’mash rahimahulloh unga shunday deb maktub yozdi:    "Bismillahir Rohmanir Rohim. Agar Usmonning jinoyatlari yer aholisi jinoyati miqdorida bo‘lsa ham u senga zarar bermaydi. Agar Aliyning maqtovli ishlari yer aholisining maqtovli ishlari kabi bo‘lsada buni senga foydasi yo‘q. Sen o‘z ishingni ko‘r. Falonchining qulashi, pistonchining toyilishi bilan mashg‘ul bo‘lishdan to‘xta. Ular uchun sen javob bermaysan. Insonlarning yaxshiliklari o‘zlari uchundir, senga emas. O‘z ayblaringni tuzatish bilan shug‘ullan. Gunohlaringdan tavba qil. Hasanotlaringni ko‘paytir. Ana shu kitobingda qoladi. Insonning badbaxtligiga dalil uning boshqalar aybi bilan mashg‘ul bo‘lishidir". - Ayman Yog‘iy 📚 @e_kutubxona
نمایش همه...
👍 5
⬆️