Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
Ir al canal en Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
4 718
Suscriptores
-624 horas
-507 días
-1 73930 días
Archivo de publicaciones
+4
🇺🇿 Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligi o‘rganilmoqda
👍 Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosarining Yangihayot tumanida aholi osoyishtaligini ta’minlash hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlash borasidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
📍 Xususan, Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari mas’ullar hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamrohligida "Do‘stlik" va "Xushnud" mahallalarida bo‘lib, tungi vaziyat, hududlarda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar hamda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
📌 O‘rganishlar davomida mas’ullar va profilaktika inspektorlariga aholi osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, tungi nazorat tadbirlarini samarali tashkil etish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
+7
🇺🇿 "Yoshlar kuni" doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
👍 Bugun "Yoshlar kuni" doirasida 329-sonli umum ta’lim maktabida tuman hokimi o‘rinbosarlari, mas’ul rahbarlar, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirmagan yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
👆 Uchrashuv davomida yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirmaslik sabablari, ularning bugungi kundagi bandligi hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan muhokama qilindi.
📌 Shuningdek, yoshlar va ularning ota-onalari bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolari tinglandi hamda ularga oliy ta’lim va texnikumlarda tahsil olish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
+4
🇺🇿 Harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
📌 Yangihayot tumanida har hafta payshanba kuni “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazish an’anasi davom etmoqda.
👍 Xususan, bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimi, tuman prokurori, mas’ul rahbarlar hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
📌 Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, unda yoshlarning kelgusi rejalari, ularni qiziqtirgan savollar, fikr-mulohazalari hamda taklif va tashabbuslari tinglandi.
✅ Shuningdek, tadbir davomida yoshlarga ta’lim olish imkoniyatlari, bandligini ta’minlash, amaldagi qonunchilikda belgilangan imtiyozlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bo‘yicha zarur yo‘l-yo‘riqlar berildi.
❓ Hafta davomida Yangihayot tumanida qanday tadbirlar bo‘lib o‘tadi?
🇺🇿 Hurmatli yangihayotliklar va tumanimiz mehmonlari!
🥳 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangihayot tumanida "Mustaqillik to‘yi" shiori ostida qator madaniy-ma'rifiy va ommaviy tadbirlar tashkil etiladi.
🖼 Hafta davomida sizni quyidagi manzillarda bayramona tadbirlar kutmoqda:
📆 Payshanba, 23-iyul soat 18:00 da
"Binokor" mahallasi, 292-sonli umumta'lim maktabi yonida festival bo‘lib o‘tadi.
🎉 Tadbir doirasida konsert dasturi, rolik va filmlar namoyishi, sport musobaqalari hamda interfaol o‘yinlar tashkil etiladi.
📆 Shanba, 25-iyul soat 09:00 da
Qo‘rg‘ontepa ko‘chasida "Umummilliy birdamlik" yurish marafoni bo‘lib o‘tadi.
📆 25-iyul soat 18:00 da
Xushnud mahallasi binosi yonida festival tashkil etiladi.
🎉 Festival dasturidan konsert chiqishlari, rolik va filmlar namoyishi, sport musobaqalari hamda interfaol o‘yinlar o‘rin olgan.
😊Barchangizni ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
🇺🇿 Tuman hokimi 10 dan ortiq fuqaroning murojaatini tingladi
👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabulda mahallalarda istiqomat qiluvchi 10 dan ortiq fuqaro o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va tashabbuslari bilan tuman hokimiga murojaat qildi.
👍 Xususan, “Yangi Darxon” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro hudud infratuzilmasini yaxshilash, dam olish o‘rindiqlarini o‘rnatish hamda ko‘chalarni yoritish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarini bildirdi. Tuman hokimi mazkur takliflar yuzasidan zarur tushuntirishlar berib, ushbu ishlar belgilangan reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta’kidladi.
👍 Yana bir fuqaro sog‘lig‘ini tiklash masalasida murojaat qildi. Murojaat yuzasidan mas’ul mutasaddilarga vaziyatni atroflicha o‘rganish hamda fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
👍 Shuningdek, qabul davomida uy-joy, bandlik, tadbirkorlik, kommunal xizmatlar hamda boshqa masalalarga oid murojaatlar ham ko‘rib chiqildi. Ularning bir qismi joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi.
❓ Yangihayot tumanida aholi murojaatlari bilan ishlash borasida qanday ishlar amalga oshirildi?
❓Joriy yilning birinchi yarim yilligida fuqarolar murojaatlarining qanchasi ijobiy hal etildi?
🇺🇿 Bizda navbatdagi brifing aynan shu mavzuga bag‘ishlandi.
👩💻 Ma’lumotlar Yangihayot tumani hokimining matbuot kotibi Maftunaxon Abdushukurova tomonidan taqdim etildi.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Qurilishiga start berilgan Toshkent – Samarqand yangi avtomagistrali, Nurafshonda tamal toshi qo‘yilgan Kelajak texnologiyalari markazi va boshqa keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari Toshkent viloyatini Yangi O‘zbekiston iqtisodiy va texnologik taraqqiyotining qudratli tayanchiga aylantiradi.
—
Новая автомагистраль Ташкент – Самарканд, Центр технологий будущего в Нурафшане и другие масштабные созидательные проекты превратят Ташкентскую область в мощную опору экономического и технологического развития Нового Узбекистана.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from E-auksion_Toshkent_shahar
+3
E-auksion.uz savdo platformasidan Yangihayot tumani hududidan o'tgan yerustki metro yo'lining tagida joylashgan tayyor loyiha-smeta asosida "Savdo va maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchalarni tashkil etish uchun" mo'ljallangan bo'sh turgan yer maydonlarni 60 oy muddatga ijaraga oling!
Batafsil:
🔷 Turon metro bekatidan boshlab Qipchoq metro bekati tomon 8 ta do‘kon qurish uchun 👉 (Ko'rish uchun)
🔷 Qipchoq metro bekatidan boshlab Turon metro bekati tomon 8 ta do‘kon qurish uchun 👉(Ko'rish uchun)
🔷 Turon metro bekat ostida 6 ta do‘kon qurish uchun (Ko'rish uchun)
Izoh: Auksionda shakllangan narx - yillik ijara haqini ifodalaydi!!!
Ma'lumot olish uchun:
☎️ (71) 202 21 11
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#videoInfografika
🇺🇿 Yangihayot tumanida kommunal sohada amalga oshirilgan ishlar
📊 Ushbu video infografikada 2026-yilning 6 oyi mobaynida Yangihayot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi hamda “Yangihayot-Maxsustrans” avtotransport filiali tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishing!
+3
👍 Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yangihayot tumanida bo‘ldi
🇺🇿 Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yangihayot tumanida bo‘lib, aholi osoyishtaligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib bordi.
✔️ Xususan, Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari mas’ullar hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamrohligida tumandagi bir nechta mahallalarda bo‘lib, tungi vaziyat, hududlarda olib borilayotgan profilaktik ishlar hamda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.
📌O'rganishlar davomida mas’ullar va profilaktika inspektorlariga aholi osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, tungi nazorat tadbirlarini samarali tashkil etish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
❗️ Yangihayot tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi ogohlantiradi!
🐕 Quturish — odamlar va issiq qonli hayvonlarda uchraydigan o‘ta xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, asosan kasallangan hayvonning tishlashi, tirnashi yoki so‘lagi orqali yuqadi. Ushbu kasallikning oldini olishda har bir fuqaroning ogohligi va mas’uliyati muhim ahamiyatga ega.
❕ Hurmatli Yangihayot tumani fuqarolari!
👆 Quturish kasalligidan himoyalanish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
➡️ uyda boqilayotgan it va mushuklarni har yili quturish kasalligiga qarshi emlating;
➡️ hayvonlarni nazoratsiz qoldirmang va ularni belgilangan veterinariya-sanitariya qoidalariga muvofiq parvarish qiling;
➡️ egasiz va daydi hayvonlarga yaqinlashmang, ularni bezovta qilmang;
🐈⬛ Agar hayvonning xatti-harakatlarida g‘ayritabiiy holatlar (tajovuzkorlik, haddan tashqari bezovtalik, ko‘p so‘lak oqishi va boshqalar) kuzatilsa, bu haqda zudlik bilan veterinariya xizmatiga xabar bering.
❕ Agar hayvon tishlasa yoki tirnasa:
🚰 Jarohatlangan joyni darhol 10–15 daqiqa davomida sovunlab, oqar suv bilan yaxshilab yuving;
🏥 Yaqin atrofdagi tibbiyot muassasasiga zudlik bilan murojaat qiling;
👨🔬 Hayvon haqidagi ma’lumotlarni veterinariya mutaxassislariga yetkazing.
⚡️ Eslatib o‘tamiz, quturish kasalligining klinik belgilari namoyon bo‘lgandan keyin uni davolashning deyarli imkoni yo‘q. Shu bois kasallikning oldini olish, uy hayvonlarini o‘z vaqtida emlash va shubhali holatlarda zudlik bilan mutaxassislarga murojaat qilish inson hayoti va salomatligini saqlab qolishning eng samarali yo‘lidir.
❗️ Aziz yurtdoshlar!
🔺 O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrang. Uy hayvonlarini o‘z vaqtida emlating, veterinariya qoidalariga rioya qiling va quturish kasalligining oldini olishda faol ishtirok eting.
📍 Manzil: Yangihayot tumani, 1-tor Rayhon ko‘chasi, 4-uy
☎️ Murojaat uchun telefon: +998-71-257-05-82
Repost from Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali
Yong’in soat 12:29 da o’chirildi.
Aytilgan manzilda tan jarohati olgan fuqarolar yo’q.
Hozirda yong’in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmiqda.
Repost from Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali
Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumot.
Bugun, 22-iyul kuni soat 12:00 da Toshkent shahar Yangihayot tumani, Qipchoq ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadon yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga koְ‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 12:09 da yetib borib, hozirda yong‘in o’chirish ishlari olib borilmoqda.
Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to’liq nazoratga olingan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar to’g’risida xabar kelib tushmadi.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Hokimlarga tovar va xizmatlar taklifini ko‘paytirish orqali inflyatsiyani jilovlash bo‘yicha ishlarini yanada kuchaytirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❗️ Hurmatli "Choshtepa" mahallasi ahli!
♻️ Hududdagi elektr tarmoqlarida avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida ta'mirlash ishlari olib borilayotgani sababli, bugun kun davomida elektr energiyasi ta'minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Yangihayot tumani bo‘limi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raydi.
👍 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda
⚡️ Xabaringiz bor, joriy yilning 1-iyulidan 31-iyuliga qadar respublikamiz bo‘ylab “Xavfsiz va sog‘lom yurt” kompleks keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda.
🇺🇿 Mazkur tadbir doirasida Yangihayot tumani Migratsiya va personallashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududidagi mehmonxonalar, qurilish obyektlari, sanoat zonalari hamda turli tashkilotlarda profilaktik va targ‘ibot ishlari izchil olib borilmoqda.
⚡️ Tadbirlar davomida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash, ularga sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish, pasport-viza qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda. Shuningdek, bo‘limning tunu-kun faoliyat yurituvchi ishonch telefon raqamlari ko‘rsatilgan flayerlar tarqatilib, tashrif buyurgan mehmonlarning “E-mehmon” elektron tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tishi ta’minlanmoqda.
⭕️ Bundan tashqari, korxona va tashkilotlar mas’ullariga amaldagi qonunchilik asosida xorijiy fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, uning ahamiyati hamda anomal issiq ob-havo sharoitida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan talablar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
Repost from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Основные результаты Ташкента в сфере инвестиций и экономического развития за шесть месяцев 2026 года
В первом полугодии 2026 года Ташкент стал одним из ведущих регионов страны по привлечению инвестиций и темпам экономического развития. Привлечённые средства направлены на создание новых производственных мощностей, повышение экспортного потенциала, обеспечение занятости населения, расширение ассортимента отечественной продукции и устойчивый рост экономики столицы.
За отчётный период валовой территориальный продукт (ВТП) Ташкента составил 226,0 трлн сумов, увеличившись на 13,3 процента по сравнению с аналогичным периодом прошлого года.
При этом установленный прогноз в 11,2 процента был перевыполнен, а столица продемонстрировала самый высокий темп роста ВТП среди всех регионов республики.
Объём промышленного производства за шесть месяцев 2026 года составил 109,6 трлн сумов, что на 8,0 процента больше, чем за аналогичный период прошлого года. Установленный прогноз роста промышленности в 8,0 процента выполнен в полном объёме.
В инвестиционной сфере за отчётный период освоено 4,3 млрд долларов США прямых иностранных инвестиций и кредитов. Это в 1,5 раза больше, чем за аналогичный период прошлого года, что свидетельствует об укреплении доверия зарубежных инвесторов к экономике столицы.
Кроме того:
— запущено 249 инвестиционных проектов;
— введены в эксплуатацию новые проекты общей стоимостью 657,5 млн долларов США;
— создано 9,8 тысячи новых рабочих мест, обеспечивающих стабильный источник дохода для тысяч семей;
— экспортировано продукции на 1 млрд 546,9 млн долларов США, что на 43 процента больше, чем за аналогичный период прошлого года.
В рамках программы локализации реализовано 77 проектов и произведено продукции на 4,9 трлн сумов. Установленные показатели выполнены на 148 процентов.
Эти проекты способствуют расширению производства импортозамещающей продукции, насыщению внутреннего рынка отечественными товарами, снижению производственных затрат и развитию кооперационных связей между предприятиями.
За счёт проектов локализации экспортировано продукции на 121,6 млн долларов США. Это свидетельствует об укреплении позиций столичных предприятий на внешних рынках и повышении международной конкурентоспособности отечественной продукции.
Главный социальный эффект достигнутых результатов — создание новых рабочих мест, рост доходов населения, запуск современных производств, расширение промышленного потенциала и формирование дополнительных возможностей для развития экономической и социальной инфраструктуры города.
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Repost from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
+2
2026-yilning 6 oyida Toshkent shahrida investitsiyalar va iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishida erishilgan asosiy natijalar
2026-yilning birinchi yarmida Toshkent shahri investitsiyalarni jalb etish hamda iqtisodiy rivojlanish sur’atlari bo‘yicha mamlakatning yetakchi hududlaridan biri bo‘ldi. Jalb etilgan mablag‘lar yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, eksport salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash, mahalliy mahsulotlar turini kengaytirish hamda poytaxt iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlashga xizmat qildi.
Hisobot davrida Toshkent shahrining yalpi hududiy mahsuloti (YHM) 226,0 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizlik o‘sish demakdir.
Belgilangan 11,2 foizlik prognoz ortig‘i bilan bajarildi, natijada Toshkent shahri respublikada YHM o‘sish sur’ati bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etdi.
Shuningdek, 2026-yilning olti oyida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 109,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,0 foizga oshdi. Belgilangan 8,0 foizlik prognoz to‘liq bajarildi.
Investitsiyalar yo‘nalishida esa hisobot davrida 4,3 mlrd AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p bo‘lib, poytaxt iqtisodiyotiga xorijiy investorlarning ishonchi mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatadi.
Shuningdek:
— 249 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi;
— umumiy qiymati 657,5 mln AQSH dollari bo‘lgan yangi loyihalar foydalanishga topshirildi;
— 9,8 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, minglab oilalar uchun barqaror daromad manbai ta’minlandi;
— 1 mlrd 546,9 mln AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43 foizlik o‘sish qayd etildi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 77 ta loyiha amalga oshirilib, 4,9 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Belgilangan ko‘rsatkichlar 148 foizga bajarildi.
Mazkur loyihalar import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va yangi kooperatsiya aloqalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Mahalliylashtirish loyihalari hisobidan 121,6 mln AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirildi. Bu poytaxt korxonalarining tashqi bozorlardagi mavqei mustahkamlanib, mahalliy mahsulotlarning xalqaro raqobatbardoshligi oshib borayotganini ko‘rsatadi.
Erishilgan natijalarning asosiy ijtimoiy samarasi — yangi ish o‘rinlari, aholi daromadlarining oshishi, zamonaviy ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi, sanoat salohiyatining kengayishi hamda shaharning iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilganidir.
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
