es
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Ir al canal en Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
4 710
Suscriptores
-1424 horas
-597 días
-1 74630 días
Archivo de publicaciones
❗️ Hurmatli yangihayotliklar! 💡 16-iyul kuni soat 02:00 dan 03:00 ga qadar 110/10 kV kuchlanishli “Istiqbol” podstansiyasida
❗️ Hurmatli yangihayotliklar! 💡 16-iyul kuni soat 02:00 dan 03:00 ga qadar 110/10 kV kuchlanishli “Istiqbol” podstansiyasida elektr tarmoqlarida avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida rejali ta’mirlash ishlari olib boriladi. 📍 Shu sababli quyidagi mahallarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin: 📌 “Yangi Turmush” MFY 📌 “Humo” MFY 📌 “Olchazor” MFY 📌 “Marhamat” MFY 📌 “Yangi Choshtepa” MFY 📌 “Choshtepa” MFY 📌 ”Yangi Hayot” MFY 📌 “Oriyat” MFY 📌 “Gulshanobod” MFY 📌 “Tashabbus” MFY 📌 “Yangi Umid” MFY 📌 “Zarbdor” MFY 📌 “Yorqin Hayot” MFY 📌 “Xushnud” MFY 📌 “Yangi Darxon” MFY 📌 “Yo‘ldosh” MFY 📌 “Mash’al” MFY 📌 “Charog‘on” MFY 📌 “Do‘stlik” MFY iste’molchilarining ayrim qismi 🛠️“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali ma’lum qilishicha, ta’mirlash ishlari yakunlangach, elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 🏆 “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 2-mavsumi boshlandi Bugun, 15-iyuldan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 🏆 “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 2-mavsumi boshlandi Bugun, 15-iyuldan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi loyiha kiritish bosqichi boshlandi. Tashabbuskor fuqarolar 3-avgustgacha o‘z loyihalarini “Openbudget.uz” portalida ilgari surishlari mumkin. ☑️ Shuningdek, tashabbuskorlar 3-avgustga qadar sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni ham taqdim etishlari mumkin. 🏆 Eslatib o‘tamiz, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi. Mavsum reja-kalendari bilan mazkur post orqali tanishishingiz mumkin. Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating! #tashabbusli_budjet #open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

👍 Nikohlanuvchi juftliklar uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi 🇺🇿 Yangihayot tumani “Yoshlarni oilaviy hayotga t
+8
👍 Nikohlanuvchi juftliklar uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi 🇺🇿 Yangihayot tumani “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi” tomonidan bir guruh nikohlanuvchi juftliklar uchun oiladagi er-xotinning huquq va majburiyatlariga oid o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 👍 Davra suhbati tarzida bo‘lib o‘tgan mazkur seminarda mas'ul rahbarlar hamda mutaxassislar yoshlarga nikohdagi huquqiy majburiyatlar, oilada huquqiy munosabatlarning kelib chiqishi, to‘y-ma’rakalarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat asosida baxtli turmush kechirish haqida zarur tavsiya va maslahatlar berishdi. 👍 Bundan tashqari, oilaviy-huquqiy munosabatlar, turmush psixologiyasi, reproduktiv salomatlik asoslari, ota-onalikning ijobiy koʻnikmalari, maʻnaviy-axloqiy qadriyatlar haqida tushunchalar berildi.Tadbir yakunida esa yoshlarga maxsus sertifikatlar hamda esdalik kitobchalari topshirildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#OAVvaBiz 🇺🇿 Yangihayotda anomal issiq ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar OAV nigohida _______ #СМИиМы 🇺🇿 Меры по смягчению последствий аномальной жары в Янгихаётском районе в объективе СМИ 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

👍 O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda 🇺🇿 Yangihayot tumani hokim
+4
👍 O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda 🇺🇿 Yangihayot tumani hokimligi mas’ul xodimlari tomonidan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlash hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. 👍 Xususan, "Sof til" maxsus Telegram boti orqali kelib tushayotgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda. Shuningdek, qonunchilik talablariga zid holatlarning oldini olish, yozuvlar va e’lonlarni davlat tili me’yorlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha ham izchil ishlar davom etmoqda. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🚧 Mustaqillik shoh ko‘chasida nimalar o‘zgarmoqda? Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik shoh ko‘chasida yo‘l qoplamasi, yoritish, suv qochirish tizimi va bekat infratuzilmasini kompleks yangilash ishlari davom etmoqda. Ayni paytda birinchi bosqich doirasidagi asosiy ishlar yakunlanmoqda. Ko‘chaning bir qismida asfaltlash ishlari tugallandi va ushbu yo‘nalish qisqa muddatlarda transport harakati uchun ochilishga tayyorlanmoqda. Birinchi bosqich doirasida: Yo‘l qoplamasi23 039 m² eski asfalt qoplamasi frezalandi; — 23 039 m² yirik donali asfalt-beton yotqizildi; — 28 984 m² bazalt geoto‘ri o‘rnatildi; — 23 039 m² maydonga PShMA-20 qoplamasi yotqizilmoqda. PShMA-20 yuqori transport yuklamasiga, issiq ob-havo sharoitida deformatsiya va g‘ildirak izlari hosil bo‘lishiga chidamliligi hamda uzoq muddat xizmat qilishi bilan ajralib turadi. 🌧 Suv qochirish tizimi va yo‘l elementlari1 143 metr suv qochirish lotogi yangilandi; — 111 metr metall quvur almashtirildi; — 1 300 metr yangi bordyur o‘rnatildi; — yo‘l chetidagi 1 143 metr bordyur yangilandi; — ajratuvchi tasmadagi 566 metr eski bordyur demontaj qilindi. Mazkur ishlar yog‘ingarchilik vaqtida suvning yo‘l yuzasida to‘planib qolishining oldini olish, asfalt qoplamasining xizmat muddatini uzaytirish va harakat xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi. 💡Yoritish tizimi34 ta eski yoritish ustuni demontaj qilinmoqda; — 67 ta yangi yoritish ustuni o‘rnatilmoqda. 🚌 Bekat infratuzilmasi3 ta yangi avtobus maydonchasi tashkil etilmoqda; — 3 ta zamonaviy bekat pavilyoni o‘rnatilmoqda; — yo‘lovchilar uchun kutish hududlari kengaytirilmoqda; — taktil yo‘naltiruvchi plitalar yotqizilmoqda. Bu avtobuslarning bekatlarga erkin yaqinlashishi, yo‘lovchilarning xavfsiz chiqib-tushishi va qulay sharoitda kutishini ta’minlaydi. 👷 Ishlarga 30 dan ortiq maxsus texnika, shuningdek, 250 nafardan ziyod ishchi va malakali mutaxassis jalb qilingan. Barcha jarayonlar belgilangan texnologik talablar va muhandislik yechimlari asosida olib borilmoqda. Telegram | Instagram | Facebook

💦 Yangihayotda anomal issiq ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar davom etmoqda 🚍 Yangihayot tumanida maxsus texnikalar yordamida asosiy ko‘chalar, yo‘l bo‘ylari, daraxtlar hamda ko‘kalamzor hududlarda kunning belgilangan vaqtlarida suv sepish ishlari muntazam amalga oshirilmoqda. 🇺🇿 Mazkur chora-tadbirlar anomal issiq ob-havo sharoitida aholi uchun qulay muhit yaratish, hududlarda nisbatan salqinlikni saqlash, daraxt va yashil maydonlarning sog‘lom o‘sishi uchun zarur sharoitni ta’minlash hamda yashil hududlarni asrashga xizmat qilmoqda. 🎬 Jarayonlar videomizda _____ 💦 В Янгихаёте продолжаются меры по снижению последствий аномальной жары. 🚍 В Янгихаётском районе с помощью спецтехники в определённое время суток регулярно поливают водой главные улицы, обочины дорог, деревья и зелёные зоны. 🇺🇿 Данные меры служат созданию комфортной среды для населения в условиях аномально жаркой погоды, поддержанию относительной прохлады на территориях, обеспечению необходимых условий для здорового роста деревьев и зелёных насаждений, а также сохранению зелёных зон. 🎬 Процесс — в нашем видео. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🚨Ogoh bo‘ling, firibgarlar! Xabaringiz bor, ayni kunda aholi xonadonlariga aqlli hisoblagichlar o‘rnatish ishlari poytaxt tu
+1
🚨Ogoh bo‘ling, firibgarlar! Xabaringiz bor, ayni kunda aholi xonadonlariga aqlli hisoblagichlar o‘rnatish ishlari poytaxt tumanlarida davom etmoqda. Bu jarayonlardan esa o‘z manfaati yo‘lida foydalanmoqchi bo‘lgan firibgarlar turli nayranglarni o‘ylab topmoqda.
So‘nggi vaqtlarda bo‘layotgan murojaatlarga ko‘ra, firibgarlar fuqarolarga (asosan yoshi katta, pensionerlarga) telefon qilib, ularning xonadoniga aqlli hisoblagich o‘rnatishni bahona qilib, pasport ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda. Aziz hamshaharlar! Unutmang, hisoblagich o‘rnatish uchun iste’molchidan hech narsa yoki hech qanday ma’lumot talab etilmaydi. Mahallalarda aqlli hisoblagich o‘rnatish ishlari boshlanganda, bu haqda mahalla fuqarolar yig‘ini orqali xabardor etiladi. Mazkur jarayon bilan bog‘liq savollaringizga fuqarolar yig‘inida tashkil etiladigan vaqtinchalik shtablardagi mutaxassislardan javob olishingiz mumkin. Ma’lumotlaringizni hech kimga bermang. Ogoh bo‘ling, firibgarlarga aldanib qolmang.
🚨 Будьте бдительны: мошенники! В настоящее время в районах столицы продолжается установка «умных» счётчиков. Этим пользуются мошенники, которые придумывают различные схемы обмана.
По поступающим обращениям стало известно, что злоумышленники звонят гражданам (чаще всего пожилым людям и пенсионерам), представляясь сотрудниками, занимающимися установкой «умных» счётчиков. Под этим предлогом они пытаются получить паспортные данные и другую личную информацию. ❗️
Напоминаем:
• Для установки «умного» счётчика
не требуется
предоставлять паспортные данные или какую-либо другую информацию. • О начале работ жителей заранее уведомляют через органы самоуправления граждан (махаллинские комитеты). • По всем вопросам, связанным с установкой счётчиков, можно обратиться к специалистам временных штабов, организованных при махаллинских комитетах. 🔒
Не сообщайте никому свои персональные данные!
Будьте внимательны и не поддавайтесь на уловки мошенников.
Instagram | Facebook | Website | Cabinet | Chat | YouTube

#ob_havo 📆 Bugun 15-iyul, haftaning chorshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayot tumanida jazirama issiq kunlarida maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlikni ta’minlash choralari belgila
+6
🇺🇿 Yangihayot tumanida jazirama issiq kunlarida maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlikni ta’minlash choralari belgilandi 📌 Bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimi boshchiligida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari, sohaga daxldor mas’ul rahbarlar hamda tumandagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etdi. 🏫 Yig‘ilishda yozning jazirama issiq kunlarida bog‘chalarda tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish, xonalardagi harorat me’yorini qat’iy nazorat qilish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Bu borada harorat ko‘tarilishi yoki ko‘zda tutilmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, tuman hokimligi mas’ullariga zudlik bilan xabar berishning tezkor aloqa tizimi joriy etilishi belgilandi. 👍 Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi muammolarni vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish va oldini olish maqsadida tuman kommunal soha vakillari, tibbiyot xodimlari, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda tuman mas’ul rahbarlaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzildi. Ushbu guruh muassasalarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, sifatli ovqatlanish va toza ichimlik suvi ta’minoti ustidan doimiy nazorat olib boradi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi va Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining qo‘shma sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 📌 Sessiyada mas’ul rahbarlarning Yangihayot tumanida xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi, tumanda 2026-yil ikkinchi chorak yakuni bo‘yicha huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligi hamda Yangihayot tumani adliya bo‘limining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati davomida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati yuzasidan axborot va hisobotlari tinglandi. 👍 Shuningdek, sessiya davomida Yangihayot tumanida 2026-yil yakuni va 2027-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash, Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi sessiyalarida aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasining axborotini, hokim hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish tartibini tasdiqlash, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish va boshqa bir qaror muhim masalalari ko‘rib chiqildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

❗️Hurmatli yangihayotliklar! 💡 Yuzaga kelgan nosozlik sababli, “Yo'ldosh” mavzesidagi mahallalarda elektr ta’minotida uzilis
❗️Hurmatli yangihayotliklar! 💡 Yuzaga kelgan nosozlik sababli, “Yo'ldosh” mavzesidagi mahallalarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Hozirda avariya tiklash brigadasi tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi 👍 Bugun Yangihayot tuman
+5
🇺🇿 Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi 👍 Bugun Yangihayot tumani hokimi hududdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlarini olib bordi. 👍 O‘rganishlar davomida muassasalarda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ayniqsa yozning issiq kunlarida ularning salomatligi va qulayligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xonalardagi havo harorati, sovitish va shamollatish tizimlarining holati, ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik, bolalarning xavfsiz hamda qulay muhitda bo‘lishi alohida e’tibor berildi. 🥗 Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanishi, taomnoma asosida ovqatlantirish jarayoni, ta’lim-tarbiya va mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ham o‘rganildi. 👍 Tuman hokimi muassasa rahbarlari va mas’ullar bilan muloqot qilib, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, bolalar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy sharoitlarni yanada yaxshilash hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati sifatini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#Sessiya #Yangihayot 🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 ❗️Ayni damda Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 32-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
#Sessiya #Yangihayot 🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 ❗️Ayni damda Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 32-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. 🎥 JONLI EFIR 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

👍 Yangihayot tumanida salqin muhitni ta’minlash qaratilgan ishlar davom etmoqda 🇺🇿 Anomal issiq ob-havo kuzatilayotgan kunlarda Yangihayot tumanida aholi uchun qulay sharoit yaratish va yashil hududlarni saqlashga qaratilgan suv sepish ishlar tizimli ravishda tashkil etilmoqda. 🚍 Maxsus texnikalar yordamida tumanning markaziy ko‘chalari, yo‘l yoqalari, daraxtlar va yashil maydonlarda suv sepish ishlari amalga oshirilmoqda. 💧 Ushbu tadbirlar yuqori havo harorati ta’sirini yumshatish, hududlarda nisbatan salqin muhitni shakllantirish hamda daraxt va ko‘kalamzorlarning parvarishini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Korxonalarning eksport salohiyatini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda 👍 Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi invest
+9
🇺🇿 Korxonalarning eksport salohiyatini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda 👍 Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Yangihayot tumanida bo‘lib, tuman hokimining o‘rinbosari va mutasaddilar bilan birga hududdagi bir qator ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini o‘rgandi.
📍 O‘rganishlar davomida mas’ullar “Perfect Leader Electrical” elektr texnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonasi, “Firdavs Shirinliklari” qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi, “Solid Cabel” elektr kabellari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonasi hamda “Maxcopper” MChJning mis quvur mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasida bo‘lib, ularning ishlab chiqarish quvvati, mavjud imkoniyatlari hamda eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdi.
👍 Shuningdek,, tashrif yakunida "Yangi Avlod" maxsus sanoat sonasida Yangihayot hamda Sergeli tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot ham tashkil etildi. Muloqotlar davomida korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ishlab chiqarish jarayonida uchrayotgan ayrim muammo va to‘siqlarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

💧 Yangihayotda suv sepish ishlari muntazam amalga oshirilmoqda 🇺🇿 Toshkent shahri bo'ylab anomal issiq ob-havo sharoitida aholi uchun qulay muhit yaratish va yashil hududlarni asrashga qaratilgan suv sepish hamda sug‘orish ishlari davom etmoqda. 🚍 Xususan, Yangihayot tumanida ham maxsus texnikalar yordamida tumanning asosiy ko‘chalari, yo‘l bo‘ylari hamda daraxtlar joylashgan hududlarda suv sepish ishlari olib borilmoqda. ⛲ Mazkur tadbirlar issiq kunlarda hududlarda nisbatan salqin muhitni ta'minlash va yashil maydonlarni asrash yaratishga xizmat qilmoqda. ______________ 💧 В Янгихаёте регулярно ведутся работы по поливу. 🇺🇿 В Ташкенте в условиях аномальной жары продолжаются работы по распылению воды и поливу, направленные на создание комфортной среды для населения и сохранение зелёных насаждений. 🚍 В частности, в Янгихаётском районе с помощью спецтехники ведутся работы по распылению воды на основных улицах, вдоль дорог и на территориях, где растут деревья. ⛲ Данные мероприятия служат для обеспечения относительно прохладной среды в жаркие дни и сохранения зелёных зон. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

📣 Diqqat e’lon! 🇺🇿 2026-yil 14-iyul kuni soat 16:00 da Yangihayot tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Yangi
📣 Diqqat e’lon! 🇺🇿 2026-yil 14-iyul kuni soat 16:00 da Yangihayot tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Ikkinchi chaqiriq o‘ttiz ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi. 🎬 Sessiya jarayonini Yangihayot tumani hokimligining rasmiy YouTube sahifasi orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 334-sonli umumta’lim maktabida yangi qo‘shimcha o‘quv binosi qurilmoqda 🧱 Ayni kunlarda Yangihayot tumanining "Yangi Darxon" mahallasida joylashgan 334-sonli umumta’lim maktabida keng ko‘lamli qurilish ishlari jadal davom etmoqda. 😄 Mazkur ta’lim muassasasida 720 o‘rinli yangi qo‘shimcha o‘quv binosi barpo etilmoqda. Hozirgi kunga qadar obyektning tom qismi to‘liq yopilgan bo‘lib, binoda ichki va tashqi pardozlash ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini o‘rnatish ishlari ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 🏫 Yangi qo‘shimcha o‘quv binosining bunyod etilishi maktabning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish, shuningdek, hududda ta’lim sifati va qamrovini yanada oshirishga xizmat qiladi. ______________ 🇺🇿 В школе No 334 строится новый дополнительный учебный корпус 🧱 В эти дни в общеобразовательной школе No 334, расположенной в махалле "Янги Дархон" Янгихаётского района, полным ходом идут масштабные строительные работы. 😄 В данном образовательном учреждении возводится новый дополнительный учебный корпус на 720 мест. На сегодняшний день кровля объекта полностью завершена, в здании ведутся внутренние и внешние отделочные работы. Наряду с этим поэтапно осуществляются работы по прокладке инженерно-коммуникационных сетей. 🏫 Строительство нового дополнительного учебного корпуса послужит дальнейшему укреплению материально-технической базы школы, созданию для учащихся современной и комфортной образовательной среды, а также повышению качества и охвата образования в регионе. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#ob_havo 📆 Bugun 14-iyul, haftaning seshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site