ch
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

前往频道在 Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

显示更多
未指定国家未指定类别
4 710
订阅者
-1424 小时
-597 天
-1 74630 天
帖子存档
Ayrim tumanlarda amalga oshirilayotgan loyihalarda kambagʻal oilalar ishtiroki 15 foizga ham yetmayapti. Qoraoʻzak, Marhamat,
Ayrim tumanlarda amalga oshirilayotgan loyihalarda kambagʻal oilalar ishtiroki 15 foizga ham yetmayapti. Qoraoʻzak, Marhamat, Mirishkor, Nurobod va Termiz tumanlari misolida bu boradagi sustkashliklar koʻrsatib oʻtildi. Achinarlisi, 960 ta kambagʻal oila yashaydigan 32 ta mahallada birorta ham ehtiyojmand odam doimiy ishga joylashtirilmagan. 883 ta mahallada esa bankirlar xonadonbay yurib, loyiha qilmagan, tadbirkorlar bilan uchrashmagan. Shuning uchun yil boshidan mahallada ishni toʻgʻri tashkil qilmagan 152 nafar rahbar ishdan olindi, yana 700 nafariga intizomiy chora koʻrildi. Mahallalarda soliq tushumlari, jinoyatchilikni jilovlash va aholi muammolarini hal etish boʻyicha ham masʼullarga savollar qoʻyildi. Davlatimiz rahbari mahalla odamlar uchun chinakam “ishonch, tayanch va imkoniyatlar markazi” boʻlishi zarurligini taʼkidladi. Facebook|Instagram|X

Tahlillar ayrim mahallalarda muammolar vaqtida hal etilmayotganini ko‘rsatmoqda. Shu yilning o‘zida Xalq qabulxonalari orqali
Tahlillar ayrim mahallalarda muammolar vaqtida hal etilmayotganini ko‘rsatmoqda. Shu yilning o‘zida Xalq qabulxonalari orqali 87 ta mahallaning har biridan 200 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Bu mahalla raislari hududi bo‘yicha master reja qilishni, bo‘sh yerlar, bino-inshootlarni iqtisodiy aktivga aylantirishni o‘ylamayotgani, tuman, viloyat, respublikadan kelgan rahbarlarga aniq masala qo‘ya olmayotgani bilan ham bog‘liq. Shuningdek, “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida joriy yil 7,5 trillion so‘m ajratilgan bo‘lsa-da, 2 ming 136 ta mahallada birorta loyiha g‘olib chiqmagan. Davlatimiz rahbari mahalladagi hamjihatlik, daxldorlik va tashabbuskorlik aynan shunday amaliy natijalar bilan o‘lchanishini ta’kidladi. Yig‘ilishda mahallalarda kichik loyihalarni ko‘paytirish va aholini ishli qilish masalalari tanqidiy tahlil qilindi. So‘nggi olti oyda banklar tomonidan kichik-kichik loyihalar uchun 18,5 trillion soʻm resurs ajratildi. Mazkur mablagʻlar hisobidan 110 mingta mikroloyiha amalga oshirilib, 259 ming odam ishli boʻldi. Lekin 47 ta mahallada bor-yoʻgʻi 2 tadan mikroloyiha ishga tushirilgan. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha t
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Davlatimiz rahbari bu yil infratuzilmani yaxshilash, odamlar va tadbirkorlar uchun sharoit yaratish maqsadida tumanlarga o‘rtacha 250 milliard so‘mdan, mahallalarga esa 5,5 milliard so‘mdan mablag‘ berilganini ta’kidladi. Tuman hokimlari va mahalla raislarining tushum bo‘yicha vakolatlari kengaytirilgani natijasida hududda qoladigan qo‘shimcha daromad 2 barobargacha ko‘paydi. Tumanlarda o‘rtacha 22 milliard so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ qoldi, mahalla budjetiga esa o‘rtacha 150-200 million so‘m tushdi.
“Lo‘nda aytganda, hududdagi masalalarni hal qilish uchun hokimda ham, mahalla raisida ham, umuman, “yettilik”ning har bir vakilida resurs va vakolat bor. Yetishmayotgan jihat – mas’uliyat va tashabbuskorlik,
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

#YangihayotAI #IjtimoiyRolik 🚫 Biz korrupsiyaga qarshimiz! ➡️ Agar siz poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish yoki boshqa korrupsion holatlarga duch kelsangiz, bu haqda, albatta, Bosh prokuraturaning 1161 — ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling. 🟡 Korrupsiyaga murosasiz munosabat — adolatli va farovon kelajak sari muhim qadamdir. _______________ #YangihayotAI #СоциальныйРолик 🚫 Мы против коррупции! ➡️ Если вы столкнулись со взяточничеством, злоупотреблением должностным положением или другими случаями коррупции, обязательно сообщите об этом по телефону доверия Генеральной прокуратуры — 1161. 🟡 Бескомпромиссное отношение к коррупции — это важный шаг к справедливому и процветающему будущему. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#Live #Qabul 🇺🇿 Ayni vaqtda Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimining fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabuli bo’lib o’tmoqda. 👍 Unda tuman hokimi hududning turli mahallalarida istiqomat qiluvchi 10 ga yaqin fuqaroning muammo va takliflarini o’rganmoqda 📌 Qabul natijalariga batafsil keyinroq to’xtalamiz _________ 🇺🇿 В настоящее время в хокимияте Янгихаётского района проходит очередной личный приём граждан, который проводит хоким района. 👍 На приёме хоким района изучает проблемы и предложения около 10 граждан, проживающих в различных махаллях. 📌 Подробнее о результатах приёма мы сообщим позже. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Bizda navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi. 📌 Brifingda Yangihayot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan 5-iyuldan 5-sentabrga qadar respublikamizda o'tkazilayotgan "Dolzarb 60 kun" tadbirlari doirasida yoz mavsumida yong‘inlarning oldini olish, shuningdek, cho‘milish mavsumida suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda fuqarolar hushyorligini oshirish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. 🧯 Yoz mavsumida yong‘inlarning oldini olish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim? 🏊‍♀️ Suv havzalarida qanday ehtiyot choralariga amal qilish kerak? 👍 Ushbu videoda shu kabi savollarga to‘liq javob beriladi. Brifingni tomosha qiling va yaqinlaringiz bilan ulashing! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#ob_havo 📆 Bugun 16-iyul, haftaning payshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

❗️ Hurmatli yangihayotliklar! 💡 16-iyul kuni soat 02:00 dan 03:00 ga qadar 110/10 kV kuchlanishli “Istiqbol” podstansiyasida
❗️ Hurmatli yangihayotliklar! 💡 16-iyul kuni soat 02:00 dan 03:00 ga qadar 110/10 kV kuchlanishli “Istiqbol” podstansiyasida elektr tarmoqlarida avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida rejali ta’mirlash ishlari olib boriladi. 📍 Shu sababli quyidagi mahallarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin: 📌 “Yangi Turmush” MFY 📌 “Humo” MFY 📌 “Olchazor” MFY 📌 “Marhamat” MFY 📌 “Yangi Choshtepa” MFY 📌 “Choshtepa” MFY 📌 ”Yangi Hayot” MFY 📌 “Oriyat” MFY 📌 “Gulshanobod” MFY 📌 “Tashabbus” MFY 📌 “Yangi Umid” MFY 📌 “Zarbdor” MFY 📌 “Yorqin Hayot” MFY 📌 “Xushnud” MFY 📌 “Yangi Darxon” MFY 📌 “Yo‘ldosh” MFY 📌 “Mash’al” MFY 📌 “Charog‘on” MFY 📌 “Do‘stlik” MFY iste’molchilarining ayrim qismi 🛠️“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali ma’lum qilishicha, ta’mirlash ishlari yakunlangach, elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 🏆 “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 2-mavsumi boshlandi Bugun, 15-iyuldan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 🏆 “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 2-mavsumi boshlandi Bugun, 15-iyuldan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi loyiha kiritish bosqichi boshlandi. Tashabbuskor fuqarolar 3-avgustgacha o‘z loyihalarini “Openbudget.uz” portalida ilgari surishlari mumkin. ☑️ Shuningdek, tashabbuskorlar 3-avgustga qadar sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni ham taqdim etishlari mumkin. 🏆 Eslatib o‘tamiz, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi. Mavsum reja-kalendari bilan mazkur post orqali tanishishingiz mumkin. Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating! #tashabbusli_budjet #open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

👍 Nikohlanuvchi juftliklar uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi 🇺🇿 Yangihayot tumani “Yoshlarni oilaviy hayotga t
+8
👍 Nikohlanuvchi juftliklar uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi 🇺🇿 Yangihayot tumani “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi” tomonidan bir guruh nikohlanuvchi juftliklar uchun oiladagi er-xotinning huquq va majburiyatlariga oid o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 👍 Davra suhbati tarzida bo‘lib o‘tgan mazkur seminarda mas'ul rahbarlar hamda mutaxassislar yoshlarga nikohdagi huquqiy majburiyatlar, oilada huquqiy munosabatlarning kelib chiqishi, to‘y-ma’rakalarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat asosida baxtli turmush kechirish haqida zarur tavsiya va maslahatlar berishdi. 👍 Bundan tashqari, oilaviy-huquqiy munosabatlar, turmush psixologiyasi, reproduktiv salomatlik asoslari, ota-onalikning ijobiy koʻnikmalari, maʻnaviy-axloqiy qadriyatlar haqida tushunchalar berildi.Tadbir yakunida esa yoshlarga maxsus sertifikatlar hamda esdalik kitobchalari topshirildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#OAVvaBiz 🇺🇿 Yangihayotda anomal issiq ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar OAV nigohida _______ #СМИиМы 🇺🇿 Меры по смягчению последствий аномальной жары в Янгихаётском районе в объективе СМИ 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

👍 O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda 🇺🇿 Yangihayot tumani hokim
+4
👍 O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda 🇺🇿 Yangihayot tumani hokimligi mas’ul xodimlari tomonidan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlash hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. 👍 Xususan, "Sof til" maxsus Telegram boti orqali kelib tushayotgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda. Shuningdek, qonunchilik talablariga zid holatlarning oldini olish, yozuvlar va e’lonlarni davlat tili me’yorlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha ham izchil ishlar davom etmoqda. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🚧 Mustaqillik shoh ko‘chasida nimalar o‘zgarmoqda? Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik shoh ko‘chasida yo‘l qoplamasi, yoritish, suv qochirish tizimi va bekat infratuzilmasini kompleks yangilash ishlari davom etmoqda. Ayni paytda birinchi bosqich doirasidagi asosiy ishlar yakunlanmoqda. Ko‘chaning bir qismida asfaltlash ishlari tugallandi va ushbu yo‘nalish qisqa muddatlarda transport harakati uchun ochilishga tayyorlanmoqda. Birinchi bosqich doirasida: Yo‘l qoplamasi23 039 m² eski asfalt qoplamasi frezalandi; — 23 039 m² yirik donali asfalt-beton yotqizildi; — 28 984 m² bazalt geoto‘ri o‘rnatildi; — 23 039 m² maydonga PShMA-20 qoplamasi yotqizilmoqda. PShMA-20 yuqori transport yuklamasiga, issiq ob-havo sharoitida deformatsiya va g‘ildirak izlari hosil bo‘lishiga chidamliligi hamda uzoq muddat xizmat qilishi bilan ajralib turadi. 🌧 Suv qochirish tizimi va yo‘l elementlari1 143 metr suv qochirish lotogi yangilandi; — 111 metr metall quvur almashtirildi; — 1 300 metr yangi bordyur o‘rnatildi; — yo‘l chetidagi 1 143 metr bordyur yangilandi; — ajratuvchi tasmadagi 566 metr eski bordyur demontaj qilindi. Mazkur ishlar yog‘ingarchilik vaqtida suvning yo‘l yuzasida to‘planib qolishining oldini olish, asfalt qoplamasining xizmat muddatini uzaytirish va harakat xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi. 💡Yoritish tizimi34 ta eski yoritish ustuni demontaj qilinmoqda; — 67 ta yangi yoritish ustuni o‘rnatilmoqda. 🚌 Bekat infratuzilmasi3 ta yangi avtobus maydonchasi tashkil etilmoqda; — 3 ta zamonaviy bekat pavilyoni o‘rnatilmoqda; — yo‘lovchilar uchun kutish hududlari kengaytirilmoqda; — taktil yo‘naltiruvchi plitalar yotqizilmoqda. Bu avtobuslarning bekatlarga erkin yaqinlashishi, yo‘lovchilarning xavfsiz chiqib-tushishi va qulay sharoitda kutishini ta’minlaydi. 👷 Ishlarga 30 dan ortiq maxsus texnika, shuningdek, 250 nafardan ziyod ishchi va malakali mutaxassis jalb qilingan. Barcha jarayonlar belgilangan texnologik talablar va muhandislik yechimlari asosida olib borilmoqda. Telegram | Instagram | Facebook

💦 Yangihayotda anomal issiq ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar davom etmoqda 🚍 Yangihayot tumanida maxsus texnikalar yordamida asosiy ko‘chalar, yo‘l bo‘ylari, daraxtlar hamda ko‘kalamzor hududlarda kunning belgilangan vaqtlarida suv sepish ishlari muntazam amalga oshirilmoqda. 🇺🇿 Mazkur chora-tadbirlar anomal issiq ob-havo sharoitida aholi uchun qulay muhit yaratish, hududlarda nisbatan salqinlikni saqlash, daraxt va yashil maydonlarning sog‘lom o‘sishi uchun zarur sharoitni ta’minlash hamda yashil hududlarni asrashga xizmat qilmoqda. 🎬 Jarayonlar videomizda _____ 💦 В Янгихаёте продолжаются меры по снижению последствий аномальной жары. 🚍 В Янгихаётском районе с помощью спецтехники в определённое время суток регулярно поливают водой главные улицы, обочины дорог, деревья и зелёные зоны. 🇺🇿 Данные меры служат созданию комфортной среды для населения в условиях аномально жаркой погоды, поддержанию относительной прохлады на территориях, обеспечению необходимых условий для здорового роста деревьев и зелёных насаждений, а также сохранению зелёных зон. 🎬 Процесс — в нашем видео. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🚨Ogoh bo‘ling, firibgarlar! Xabaringiz bor, ayni kunda aholi xonadonlariga aqlli hisoblagichlar o‘rnatish ishlari poytaxt tu
+1
🚨Ogoh bo‘ling, firibgarlar! Xabaringiz bor, ayni kunda aholi xonadonlariga aqlli hisoblagichlar o‘rnatish ishlari poytaxt tumanlarida davom etmoqda. Bu jarayonlardan esa o‘z manfaati yo‘lida foydalanmoqchi bo‘lgan firibgarlar turli nayranglarni o‘ylab topmoqda.
So‘nggi vaqtlarda bo‘layotgan murojaatlarga ko‘ra, firibgarlar fuqarolarga (asosan yoshi katta, pensionerlarga) telefon qilib, ularning xonadoniga aqlli hisoblagich o‘rnatishni bahona qilib, pasport ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda. Aziz hamshaharlar! Unutmang, hisoblagich o‘rnatish uchun iste’molchidan hech narsa yoki hech qanday ma’lumot talab etilmaydi. Mahallalarda aqlli hisoblagich o‘rnatish ishlari boshlanganda, bu haqda mahalla fuqarolar yig‘ini orqali xabardor etiladi. Mazkur jarayon bilan bog‘liq savollaringizga fuqarolar yig‘inida tashkil etiladigan vaqtinchalik shtablardagi mutaxassislardan javob olishingiz mumkin. Ma’lumotlaringizni hech kimga bermang. Ogoh bo‘ling, firibgarlarga aldanib qolmang.
🚨 Будьте бдительны: мошенники! В настоящее время в районах столицы продолжается установка «умных» счётчиков. Этим пользуются мошенники, которые придумывают различные схемы обмана.
По поступающим обращениям стало известно, что злоумышленники звонят гражданам (чаще всего пожилым людям и пенсионерам), представляясь сотрудниками, занимающимися установкой «умных» счётчиков. Под этим предлогом они пытаются получить паспортные данные и другую личную информацию. ❗️
Напоминаем:
• Для установки «умного» счётчика
не требуется
предоставлять паспортные данные или какую-либо другую информацию. • О начале работ жителей заранее уведомляют через органы самоуправления граждан (махаллинские комитеты). • По всем вопросам, связанным с установкой счётчиков, можно обратиться к специалистам временных штабов, организованных при махаллинских комитетах. 🔒
Не сообщайте никому свои персональные данные!
Будьте внимательны и не поддавайтесь на уловки мошенников.
Instagram | Facebook | Website | Cabinet | Chat | YouTube

#ob_havo 📆 Bugun 15-iyul, haftaning chorshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayot tumanida jazirama issiq kunlarida maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlikni ta’minlash choralari belgila
+6
🇺🇿 Yangihayot tumanida jazirama issiq kunlarida maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlikni ta’minlash choralari belgilandi 📌 Bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimi boshchiligida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari, sohaga daxldor mas’ul rahbarlar hamda tumandagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etdi. 🏫 Yig‘ilishda yozning jazirama issiq kunlarida bog‘chalarda tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish, xonalardagi harorat me’yorini qat’iy nazorat qilish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Bu borada harorat ko‘tarilishi yoki ko‘zda tutilmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, tuman hokimligi mas’ullariga zudlik bilan xabar berishning tezkor aloqa tizimi joriy etilishi belgilandi. 👍 Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi muammolarni vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish va oldini olish maqsadida tuman kommunal soha vakillari, tibbiyot xodimlari, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda tuman mas’ul rahbarlaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzildi. Ushbu guruh muassasalarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, sifatli ovqatlanish va toza ichimlik suvi ta’minoti ustidan doimiy nazorat olib boradi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi va Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining qo‘shma sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 📌 Sessiyada mas’ul rahbarlarning Yangihayot tumanida xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi, tumanda 2026-yil ikkinchi chorak yakuni bo‘yicha huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligi hamda Yangihayot tumani adliya bo‘limining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati davomida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati yuzasidan axborot va hisobotlari tinglandi. 👍 Shuningdek, sessiya davomida Yangihayot tumanida 2026-yil yakuni va 2027-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash, Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi sessiyalarida aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasining axborotini, hokim hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish tartibini tasdiqlash, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish va boshqa bir qaror muhim masalalari ko‘rib chiqildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

❗️Hurmatli yangihayotliklar! 💡 Yuzaga kelgan nosozlik sababli, “Yo'ldosh” mavzesidagi mahallalarda elektr ta’minotida uzilis
❗️Hurmatli yangihayotliklar! 💡 Yuzaga kelgan nosozlik sababli, “Yo'ldosh” mavzesidagi mahallalarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Hozirda avariya tiklash brigadasi tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi 👍 Bugun Yangihayot tuman
+5
🇺🇿 Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi 👍 Bugun Yangihayot tumani hokimi hududdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlarini olib bordi. 👍 O‘rganishlar davomida muassasalarda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ayniqsa yozning issiq kunlarida ularning salomatligi va qulayligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xonalardagi havo harorati, sovitish va shamollatish tizimlarining holati, ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik, bolalarning xavfsiz hamda qulay muhitda bo‘lishi alohida e’tibor berildi. 🥗 Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanishi, taomnoma asosida ovqatlantirish jarayoni, ta’lim-tarbiya va mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ham o‘rganildi. 👍 Tuman hokimi muassasa rahbarlari va mas’ullar bilan muloqot qilib, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, bolalar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy sharoitlarni yanada yaxshilash hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati sifatini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site