es
Feedback
Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Ir al canal en Telegram

🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
6 754
Suscriptores
-224 horas
+1 6867 días
+3 49130 días
Archivo de publicaciones
Bilasizmi, haqiqiy lider barcha muvaffaqiyatlarni faqat o‘ziga bog‘lab qo‘ymaydi. U jamoa a’zolarining bilimini, tajribasini
Bilasizmi, haqiqiy lider barcha muvaffaqiyatlarni faqat o‘ziga bog‘lab qo‘ymaydi. U jamoa a’zolarining bilimini, tajribasini va salohiyatini rivojlantirib, ularni mustaqil va kuchli mutaxassislar darajasiga olib chiqadi. Bunday lider: ✔️Bilimini boshqalar bilan baham ko‘radi; ✔️Xodimlariga ishonch bildiradi va vakolat beradi; ✔️Jamoa a’zolarining o‘sishi uchun imkoniyat yaratadi; ✔️Har bir insonning kuchli tomonlarini kashf etadi; ✔️O‘zidan keyin ham muvaffaqiyatli ishlay oladigan jamoani shakllantiradi. Aslida, liderning kompitentligi uning qancha odamni boshqarganida emas, balki qancha yangi liderlarni yetishtira olganida namoyon bo‘ladi. Chunki kuchli lider izdoshlar emas, balki yangi yetakchilarni tarbiyalaydi. Qisqa xulosa: “Liderning eng katta yutug‘i — jamoani o‘ziga qaram qilib qo‘yish emas, balki ularni ham muvaffaqiyat qozona oladigan darajada kuchli qilishdir.”

🏆 IYUN OYI REYTING NATIJALARI! “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi faoliyati doirasida hududlarda yosh xotin-qizlar bila
🏆 IYUN OYI REYTING NATIJALARI! “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi faoliyati doirasida hududlarda yosh xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi natijalari bo‘yicha 2026-yil IYUN oyi reyting natijalari tahlil qilindi. Reyting hududlardagi yo'nalish kesimida faoliyatni tashkil etish jarayonlari, ijtimoiy tarmoqlardagi targ‘iboti yuzasidan belgilangan indekatorlar asosida ishlab chiqildi. 👏 Shuningdek, Xorazm, Farg'ona va Sirdaryo viloyati ham yuqori natijalar qayd etib, eng faol hududlar qatoridan joy oldi. Bu natijalar hududlarda: -ekologik madaniyatni oshirish; -yosh xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash; -sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish; -ijtimoiy tarmoqlardagi faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatkichlari asosida shakllantirildi. 🌱 Har bir hududning sa’y-harakati va fidokorona mehnati yurtimizda ekologik ong va sog‘lom jamiyatni shakllantirishga xizmat qilmoqda. 💚 Barcha hududiy jamoalarni tabriklaymiz va yanada yuqori natijalar sari muvaffaqiyat tilaymiz! Telegram | Instagram | Facebook

Maqsadni katta qo‘yib, faqat oldinga intilamiz ❗️Sportda g‘alaba va mag‘lubiyat doim yonma-yon turadi, buni tan olish kerak.
+4
Maqsadni katta qo‘yib, faqat oldinga intilamiz ❗️Sportda g‘alaba va mag‘lubiyat doim yonma-yon turadi, buni tan olish kerak. Bugun dunyoning eng kuchli jamoasi, deya aytilayotgan terma jamoalar ham ilk mundialda yuqori natijaga erishmagan. Futbol bo‘yicha jahon chempionati eng nufuzli sport musobaqalaridan biri va unda albatta tajriba muhim ahamiyatga ega. ✅Xalqimizning necha yillik orzusi amalga oshib, Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etgani mamlakatimiz tarixida yangi sahifadir. Yigitlar borini berishdi, ayrim jihatlarda tajriba yetishmagani bor gap. ✊Bo‘ldi, biz jahon chempionatida ishtirok etdik, endi debyutant bo‘lmaymiz. Maqsadni katta qo‘yib, Prezidentimiz yaratayotgan sharoitlardan unumli foydalangan holda xalqimiz ishonchini oqlash va yangi marralar sari faqat oldinga intilamiz. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube

🏆 IYUN OYI REYTING NATIJALARI! “Yosh ekologlar” qanoti faoliyati doirasida hududlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligi bo
🏆 IYUN OYI REYTING NATIJALARI! “Yosh ekologlar” qanoti faoliyati doirasida hududlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligi bo‘yicha 2026-yil IYUN oyi reyting natijalari tahlil qilindi. Reyting hududlarda yo‘nalishlar kesimida faoliyatni tashkil etish jarayonlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi targ‘ibot ishlari yuzasidan belgilangan indikatorlar asosida shakllantirildi.
Natijalar quyidagi mezonlar asosida baholandi: 🌱 ekologik madaniyatni yuksaltirish; 🌱 yoshlarni qo‘llab-quvvatlash; 🌱 sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish; 🌱 ijtimoiy tarmoqlardagi faollik va tashabbuskorlik.
Har bir hududning fidokorona mehnati va tashabbuslari yurtimizda ekologik ongni yuksaltirish hamda yanada yashil kelajakni barpo etishga munosib hissa qo‘shmoqda. 💚 Barcha hududiy jamoalarni erishilgan natijalar bilan tabriklaymiz va kelgusi oylarda yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilaymiz!

#Ekopartiya #Elon "ECO YOUTH SUMMIT" loyihasi O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan joriy yilning 8-9-iyul kunlari “ECO YO
#Ekopartiya #Elon "ECO YOUTH SUMMIT" loyihasi O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan joriy yilning 8-9-iyul kunlari “ECO YOUTH SUMMIT” loyihasi tashkil etiladi. Mazkur loyiha ekologik masalalarga befarq bo‘lmagan, o‘z salohiyatini namoyon etishni istagan hamda yangi bilim va tajriba orttirishga intiluvchi yoshlarni birlashtiradi.
Loyiha davomida siz: - Ekologiya va barqaror rivojlanish mavzularida trening va seminarlar; - Yetakchi mutaxassislar hamda ekspertlar bilan uchrashuvlar; - Jamoaviy loyihalar va ekologik tashabbuslarda ishtirok etish; - Liderlik, muloqot va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish; - Faol va tashabbuskor yoshlar bilan yangi tanishuvlar.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga SERTIFIKAT taqdim etiladi. 📝 Loyihada ishtirok etish istagida bo'lsangiz, quyidagi LINK orqali ro'yxatdan o'tishingiz so'raladi. Barchangizni loyihada kutib qolamiz!Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

🇺🇿Milliy terma jamoamiz Toshkentda

🟢 Iyun oyini ham maqsadli vazifalar bilan yakunladik✔️ Yangicha yondashuv, maqsad, harakat bilan navbat IYUL oyiga 🔝

🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar #Mirziyoyev #Yoshlar #30iyun
+3
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar #Mirziyoyev #Yoshlar #30iyun

“Aziz o‘g‘il-qizlarim! Men sizlardagi shijoat, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, doim ruhlanaman. Siz – aziz
“Aziz o‘g‘il-qizlarim! Men sizlardagi shijoat, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, doim ruhlanaman. Siz – aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: katta-katta marralar sari olg‘a qadam tashlang, o‘qing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang, qiyinchilikdan cho‘chimang, mehnatdan qochmang! Shuni bilingki, ortingizda sizlarni katta umidlar bilan voyaga yetkazgan ota-onangiz bor, sizlarga bilim va tarbiya bergan, kasb o‘rgatgan ustoz va murabbiylaringiz bor, sizlarga hamisha tayanch va suyanch bo‘ladigan, ishonadigan va doim qo‘llab-quvvatlaydigan Prezidentingiz bor! Yo‘lingiz ochiq, niyatingiz ulug‘, qaddingiz baland bo‘lsin!
– dedi Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot yakunida. Davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimizdagi barcha yoshlarni bayram bil
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimizdagi barcha yoshlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.
Biz islohotlarimizning ilk kunlaridan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarishni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olganmiz”,
– dedi Prezidentimiz. Yurtimizning har bir mahallasida o‘g‘il-qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, ularga ko‘makchi bo‘ladigan yoshlar yetakchilari korpusi shakllantirildi. Yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat va ezgu insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash maqsadida nuroniy otaxon va onaxonlarimizning boy hayotiy tajribasidan foydalanish keng yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinib, barcha vazirlik va idoralar yoshlar muammolarini o‘rganish va yechim topish masalasiga to‘liq safarbar qilindi.

Prezidentimiz amalga oshirilgan sa’y-harakatlar hisobiga yurtimizda yoshlar bilan ishlash muhiti tubdan o‘zgarganini ta’kidla
Prezidentimiz amalga oshirilgan sa’y-harakatlar hisobiga yurtimizda yoshlar bilan ishlash muhiti tubdan o‘zgarganini ta’kidladi. Xususan, bilim olish, kasb-hunar egallash, til o‘rganish, ish topish va biznes boshlashda qiyinchilikka uchragan 1,5 million yoshlarning muammosi “Yoshlar daftari” orqali hal qilindi. Alohida dasturlar asosida jozibador biznes muhiti va imtiyozli resurslar natijasida yosh tadbirkorlar soni 5 karra ko‘payib, 287 mingdan oshdi. O‘quv markazlarini ko‘paytirishga qulay sharoit yaratilgani uchun xorijiy tillarni intensiv o‘rganayotgan yigit-qizlarimiz 3,5 millionga yetdi. Iqtidorli o‘quvchi va talabalarimiz nufuzli fan olimpiadalarida 434 ta, yosh sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda 2 ming 245 ta medalni qo‘lga kiritdi. Tarbiyasi og‘ir yoshlarga huquq-tartibot idoralari va hokimlar biriktirilgani uchun ikki yilda yoshlar jinoyatchiligi 2,5 karra kamaydi.
“Lekin bu – yoshlar bilan bog‘liq barcha masalalar hal bo‘ldi, degani emas,
– dedi davlatimiz rahbari. Yoshlar masalalari uchun mas’ul idoralar, vazirlar, hokimlar, rektorlar, texnikum va maktab direktorlari yoshlar muammosi, ehtiyoj va qiziqishlari bo‘yicha tinimsiz ishlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

#Etirof #Tabrik #Yosh_ekologlar 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengas
#Etirof #Tabrik #Yosh_ekologlar 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi Yoshlar qanoti yetakchisi yosh iqtidor egasi Paxlavon G‘ulomov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Uning erishgan yutuqlari:
Prezidentimiz tomonidan BYD (Song plus champion) avtomobili bilan taqdirlangan. “Zayed Sustainability Prize” loyihasining O‘rta Osiyo va Yevropa yoshlari elchisi etib saylangan. Ekologiya va muqobil energiya sohasida ko‘plab innovatsion ixtirolar muallifi. IELTS (7.5 ball) va SAT (1450 ball) kabi yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan.
🌟Biz O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan bunday yoshlarimiz bilan faxrlanamiz! Paxlavonga kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz!

Yangi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish – davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿Yangi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish – davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri. #Yoshlar #30iyun

Yangi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish – davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus koʻrgazmada mamlakat
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus koʻrgazmada mamlakatimizning faol va izlanuvchan yoshlari bilan uchrashdi. — Президент Шавкат Мирзиёев встретился с активной и инициативной молодежью страны на специальной выставке, организованной по случаю Дня молодежи в Олимпийском городке. #Mirziyoyev #tanishuv #yoshlar #kurgazma Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

30-iyun — Yoshlar kuni muborak! 💙 Aziz yoshlar! Sizning shijoatingiz, bilimga chanqoqligingiz, tashabbuskorligingiz va yuksa
30-iyun — Yoshlar kuni muborak! 💙 Aziz yoshlar! Sizning shijoatingiz, bilimga chanqoqligingiz, tashabbuskorligingiz va yuksak maqsadlaringiz Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining eng katta kuchidir. Yuragingizdagi orzular hech qachon soʻnmasin, intilishlaringiz ulkan yutuqlarga aylansin. Har bir qadamingiz muvaffaqiyat, har bir gʻoyangiz taraqqiyot sari xizmat qilsin. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

#Fraksiya_yigilishi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiyamiz fraksiyasining navbatdagi yigʻilishida hayotiy muhim qonun loyihalari qizgʻin muhokama qilindi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakil
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni ⚡️Barcha mukofotlangan yoshlarni chin dildan qutlaymiz💐

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakil
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt