es
Feedback
Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Ir al canal en Telegram

🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
6 757
Suscriptores
+1 78224 horas
+1 6637 días
+3 46630 días
Archivo de publicaciones
Yoshlikda olingan taʼlim va malaka bamisoli toshga oʻyilgan naqsh, kelajakdagi ulkan yutuqlar poydevoridir. SH.MIRZIYOYEV
Yoshlikda olingan taʼlim va malaka bamisoli toshga oʻyilgan naqsh, kelajakdagi ulkan yutuqlar poydevoridir. SH.MIRZIYOYEV

#Fraksiya_yigilishi Ekologiya qo‘mitasi raisi parlament so‘roviga javob berdi ❗️Fraksiya yig‘ilishida Ekologiya va iqlim o‘zg
+3
#Fraksiya_yigilishi Ekologiya qo‘mitasi raisi parlament so‘roviga javob berdi ❗️Fraksiya yig‘ilishida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi A.Abduhakimovning “2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi parlament so‘roviga javobi ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan yuborilgan so‘rovga taqdim etilgan javobga ko‘ra, konsepsiya ijrosida asosiy e’tibor ta’lim tizimiga qaratilmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 1 million 660 mingdan ortiq tarbiyalanuvchini qamrab olgan ekologik ta’lim-tarbiya ishlari yo‘lga qo‘yilib, minglab bog‘chalarda “Ekologik burchaklar” va “Ekologik yo‘lakchalar” tashkil etildi.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida esa 10 mingdan ortiq maktabda “Tabiatni asrashda mening hissam” tadbirlariga 1 million 646 mingdan ziyod o‘quvchi jalb qilinib, “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovi orqali ularning ekologik-huquqiy savodxonligi va mas’uliyati oshirilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida yoshlarning ilmiy, intellektual va volontyorlik salohiyati “yashil” taraqqiyotga yo‘naltirilmoqda. 203 ta oliy ta’lim muassasasida “O‘zbekiston ekovolontyor talabalar harakati”, 93 ta davlat oliygohida esa eko-klublar tashkil etildi. Talabalar o‘rtasida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” kabi tanlovlar o‘tkazilib, minglab yoshlarning ekologik bilim va faolligi oshirilmoqda.
Ekologik madaniyatni mahallalar va keng jamoatchilik orasida shakllantirish bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va ekologiya sohasidagi vakolatli tashkilotlar hamkorligida 61 mingdan ortiq targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi, 4 500 dan ziyod mahalla qamrab olindi. Bu tadbirlar chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish, ekologik qonunchilikni tushuntirish, ko‘chatlarni parvarish qilish, suvdan oqilona foydalanish va aholining ekologik mas’uliyatini kuchaytirishga qaratildi.
Mazkur konsepsiyada 2030-yilgacha aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha belgilangan vazifalardan kelib chiqib, uning ijrosi parlamentning doimiy nazoratida bo‘lishi qayd etildi. Shuningdek, so‘rovga javoban atroflicha ma’lumotlar taqdim etilgani ta’kidlanib, qo‘mita raisining javobi ma’lumot uchun qabul qilindi.Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasini
🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. Bizni kuzatishda davom eting, qonun loyihalaridagi yangiliklar bilan sizlarni batafsil tanishtirib boramiz.   ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

💬#Live #Fraksiya_yigilishi Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasini
💬#Live #Fraksiya_yigilishi Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. 🔺Bizni kuzatishda davom eting, qonun loyihalaridagi yangiliklar bilan sizlarni batafsil tanishtirib boramiz.

"Yoshlikda olingan taʼlim va malaka bamisoli toshga oʻyilgan naqsh, kelajakdagi ulkan yutuqlar poydevoridir". SH.MIRZIYOYEV
"Yoshlikda olingan taʼlim va malaka bamisoli toshga oʻyilgan naqsh, kelajakdagi ulkan yutuqlar poydevoridir". SH.MIRZIYOYEV

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O'zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat milliy tanlovi g'oliblariga yo'llagan t
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O'zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat milliy tanlovi g'oliblariga yo'llagan tabrik so'zlari yoshlar tashabbusini yuksak baholaydi. Respublikamizda ilk bor tashkil etilgan mazkur milliy tanlov mamlakatimizda yosh avlodni kasb-hunarga yo'naltirish, ularning iste'dod va salohiyatini yuzaga chiqarish, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo'lidagi muhim qadam bo'ldi. Tanlovning dastlabki bosqichida 124 mingdan ziyod o'g'il-qizlarimizning faol ishtirok etgani hamda 22 ming nafar yoshning ishlash, ta'lim olish va mehnat bozorida o'z o'rnini topish imkoniyatiga ega bo'lgani yoshlar tashabbuslarini amaliy natijalarga aylantirish borasidagi davlat siyosatining samarasini yaqqol ko'rsatadi.

“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi gʻoliblariga tabrik — Поздравление победителям Национального
“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi gʻoliblariga tabrikПоздравление победителям Национального конкурса профессионального мастерства «Созидатели Нового Узбекистана» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🟢 "Yashil tashabbuslar" forumi muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi ✅Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan "Yashil tashabbuslar" forumi ekologik innovatsiyalar, eko-startaplar va istiqbolli tashabbuslarni bir maydonga jamladi.
Forumda O‘zbekiston Ekologik partiyasi ham faol ishtirok etib, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning innovatsion g‘oyalarini rag‘batlantirishga qaratilgan muloqotlarda qatnashdi. Tadbir davomida respublika bo‘ylab taqdim etilgan 443 ta eko-startap orasidan saralangan 87 ta finalchi loyiha o‘z ishlanmalari va innovatsion yechimlarini namoyish etdi.
🟢 Forum ekologik innovatsiyalarni rivojlantirish, yosh tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlash va "yashil" kelajak sari yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarini rivojlantirish, goʻsht va sut mahsulotlari ishlab ch
+2
Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarini rivojlantirish, goʻsht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам развития отраслей животноводства и птицеводства, увеличению производства мясной и молочной продукции, а также внедрению в отрасль современных технологий. #Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #chorvachilik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

⚡️Agro sohadagi startaperlar uchun yangilik! Agro sohada startapingiz bormi? Uni investorlar oldida taqdim etib, rivojlantiri
⚡️Agro sohadagi startaperlar uchun yangilik! Agro sohada startapingiz bormi? Uni investorlar oldida taqdim etib, rivojlantirish uchun investitsiya olishni xohlaysizmi? “Yoshlar Ventures” jamg‘armasi O‘zbekiston bo‘ylab agro yo‘nalishidagi startaplarni qabul qilishni boshladi.
Quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan jamoalar ariza topshirishi mumkin: Aqlli issiqxonalar; Precision Agriculture; Agrotexnologiyalar; WaterTech; ClimateTech; Supply Chain; AgriFinTech; ExportTech.
Agar startapingiz agro sohasidagi muammoni hal qilsa, yo‘nalishingiz ro‘yxatda bo‘lmasa ham ariza topshirishingiz mumkin. Arizalar 11-avgustgacha qabul qilinadi. Saralangan jamoalar "The Art of Pitch" kursida ishtirok etib, 26-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Demo Dayda o‘z startaplarini investorlar oldida taqdim etish va investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. ✔️Ariza topshirish uchun havola

🌿“Yashil tashabbuslar” forumi: 100 million so‘mlik grant va innovatsion g‘oyalar maydoni Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Yashil innovatsiyalar” tanlovining hal qiluvchi bosqichiga yetib keldik. Dastlabki 443 ta eko-startap orasidan saralab olingan eng istiqbolli 87 ta loyiha endi finalda o‘z salohiyatini namoyish etadi. Forum doirasida ishtirokchilarni nimalar kutmoqda? Ekologik va texnologik yechimlarning amaliy namoyishi, davlat idoralari, biznes vakillari, investorlar hamda soha ekspertlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot hamda 100 million so‘mgacha bo‘lgan grantlarni qo‘lga kiritish mexanizmlari va yaratilgan imkoniyatlar bo‘yicha batafsil ma’lumot. O‘tkazilish vaqti va joyi: 7-avgust, soat 10:00da, poytaxtimizdagi “Zakovat Arena” binosida. Ekologiya va zamonaviy innovatsiyalar birlashgan ushbu yirik platformaning bir qismiga aylaning. Balki keyingi yirik grant sohibi aynan sizning jamoangizdir! Telegram | Instagram | Facebook

🔈 “O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI BO‘YICHA YANGI TO‘PLAM TAQDIM ETILMOQDA “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, ustuvor yo‘nalishlari va asosiy maqsadlarini sodda hamda tushunarli shaklda yorituvchi yangi to‘plam tayyorlandi. To‘plam Strategiyaning yangilangan tahriri asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda 5 ta ustuvor yo‘nalish doirasidagi 100 ta maqsad, ularning aholi hayotidagi amaliy ahamiyati va kutilayotgan natijalar aks ettirilgan. Ayniqsa, taʼlim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya, infratuzilma, ekologiya va iqtisodiy rivojlanish kabi sohalarga oid ustuvor vazifalarga alohida eʼtibor qaratilgan. Mazkur to‘plam keng auditoriyani “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, asosiy maqsadlari hamda kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan ustuvor islohotlar bilan sodda va tushunarli shaklda tanishtirishga mo‘ljallangan. Undan taqdimotlar, davra suhbatlari, seminar-treninglar, targ‘ibot tadbirlari hamda aholini Strategiyaning mazmun-mohiyati bilan tanishtirishda samarali foydalanish mumkin. 📥 To‘plamni yuklab olish Markaz rasmiy sahifalari Website | Telegram | Facebook | Youtube

#deputat_ayol_rubrikasi 🇺🇿Deputat- Litvinova Olga Ivanovna Ta'lim, ilm-fan, madaniyat va yoshlar siyosatini rivojlantirish
#deputat_ayol_rubrikasi 🇺🇿Deputat- Litvinova Olga Ivanovna Ta'lim, ilm-fan, madaniyat va yoshlar siyosatini rivojlantirish yoʻlida izchil faoliyat yuritayotgan, uzoq yillik pedagogik tajriba hamda yuksak davlat eʼtirofiga ega parlament vakili. 🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi. Maʼlumotlar: -1967-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. -Oliy maʼlumotli. -Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. -Mutaxassisligi — matematika va informatika oʻqituvchisi.
🌿 Parlamentdagi faoliyati Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi sifatida taʼlim tizimini rivojlantirish, yoshlar salohiyatini qoʻllab-quvvatlash hamda madaniy-maʼrifiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi qonunchilik tashabbuslarida faol ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi va Qonunchilik palatasining Odob-axloq komissiyasi aʼzosi hisoblanadi.
🏅 Davlat mukofotlari • "Doʻstlik" ordeni (2011-yil). • "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni (2017-yil). https://t.me/olga_litvinova_deputat "Deputat ayol" rubrikasi mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyat farovonligi va xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish yo‘lida faoliyat olib borayotgan deputatlar faoliyatini yoritishga bag‘ishlanadi Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram | Facebook

#xotira 4-avgust… Adajonim tibbiyot fanlari doktori, professor, mehnat faxriysi Matkarimov Boqijon Djurayevich bu foniy dunyoni tark etganlariga 5 yil to’ldi. Vaqt o’tmoqda, ammo Siz qoldirgan mehr, nasihat, ilm va ezgu nom qalblarimizda hamon barhayot. Sizning ovozingiz, tabassumingiz, har bir o’git va duolaringiz xotiralarimizning eng aziz sahifalarida mangu yashaydi. Sizni sog’inamiz… Har kuni, har lahza. Inson umr bilan emas, qoldirgan ezgu izlari bilan yashaydi. Siz esa qalbimizda va duolarimizda abadiy yashaysiz. Ruhingiz shod, joyingiz jannatda bo’lsin, adajon…

#ANONS 🟢 Avgust oyida yangi loyihalar va muhim tadbirlar O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining Yoshl
#ANONS 🟢 Avgust oyida yangi loyihalar va muhim tadbirlar O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash kompleksi tomonidan 2026-yil avgust oyida qator loyiha, tanlov, uchrashuv va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Oy davomida: ✔️ “Muvaffaqiyat formulasi” loyihasi; ✔️ “Deputat ayol” rubrikasi; ✔️ “Bilimdon” viktorina tanlovi; ✔️ “Yashil hayot” podkasti; ✔️ “Ecostartaper” loyihasi; ✔️ “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi raislari ishtirokida Xotin-qizlar forumi; ✔️ Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan hududlarda plogging aksiyalari tashkil etiladi. Mazkur tadbirlar yoshlar va xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ekologik bilim va madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi. Yangiliklarni kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook

🌟 MUVAFFAQIYAT FORMULASI 🎙 Spiker: Abdugʻafforova Sevinch - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Ural davlat iqti
🌟 MUVAFFAQIYAT FORMULASI 🎙 Spiker: Abdugʻafforova Sevinch - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Ural davlat iqtisodiyot universiteti talabasi.
-University of Messina hamda НИУ ВШЭ universitetlarining 100% grant sohibasi; -O'zbekiston–Ozarbayjon xalqaro hamkorlik dasturida bosh delegat; -XVI Yevrosiyo yoshlar iqtisodiyot forumi sovrindori; -Biznes Fabrika" tanlovi g'olibi hamda xalqaro startap tanlovi sovrindori; -Ilmiy maqolalar muallifi va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar ma'ruzachisi; -ClimateScience Olympiad ishtirokchisi; -Buyuk Britaniyaning LSE Foundation dasturi bitiruvchisi.
📅 Sana: 14-avgust 🕗 Vaqt: 20:00 Xalqaro grantlar, nufuzli universitetlar, ilmiy faoliyat va global imkoniyatlar sari yo'l qanday boshlanadi? Bu savollarga javobni "Muvaffaqiyat formulasi"ning navbatdagi sonida birgalikda izlaymiz. Sizni jonli suhbatda kutamiz! Bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram | Facebook

🚀 Respublika bo'ylab Yashil Qo'llar plogging tadbirlari! 🗓 Sana: 9 Avgust ⏰ Vaqt: 8:30 📍 Joylar: Quyidagi 10ta shaharda 🔵
🚀 Respublika bo'ylab Yashil Qo'llar plogging tadbirlari! 🗓 Sana: 9 Avgust Vaqt: 8:30 📍 Joylar: Quyidagi 10ta shaharda 🔵Toshkent shahar: Xalqlar do'stligi metro 🔵Jizzax shahar: G'ozg'ontepa mahallasi 🔵Farg'ona shahar: Al-Fargʻoniy bog'i 🔵Samarqand shahar: Mikrorayon 1- Bekat (Damir Zapravka) 🔵Andijon shahar: Navoiy bog'i 🔵Buxoro shahar: Somoniylar maqbarasi 🔵Xorazm (Urganch): Avesto park 🔵Surxondaryo (Termiz): Termiz Davlat Universiteti 🔵Qashqadaryo (Qarshi): Milliy bog' 🔵Qoraqalpog'iston respublikasi (Nukus): Do'stlik kanali
Talablar: 🔵 Ijobiy kayfiyat 🔵 Jismoniy tayyorgarlik 🔵 Mas’uliyat 💫 Nimalar taqdim etiladi: 🔵 Sertifikat 🔵 Chiqindilarni yig‘ish asboblari 🔵 Suv & sneyklar
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: @yashilqollarbot 🤝 Homiy: @BeTraderuzb 👉 Qo‘shiling: @yashilqollar

#Qonunchilikdagi_yangiliklar 7-avgustdan O'zbekistonda uy hayvonlarini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanadi
"Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida"gi qonun kuchga kirmoqda. Mazkur qonunga ko‘ra 7-avgustdan boshlab uy hayvonlarini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanadi.
Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube