es
Feedback
Rahmonov Sherzod Shuxratovich

Rahmonov Sherzod Shuxratovich

Ir al canal en Telegram

Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Ulanish: https://t.me/+SGQdyY2fisRjNzgy

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
9 118
Suscriptores
-724 horas
-837 días
-3 15030 días
Archivo de publicaciones
Kattaqoʻrgʻon tumani Yangiobod mahallasida amaliy seminar tashkil etildi Bugun tumanimizning Yangiobod mahallasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident topshirig‘iga asosan o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida amaliy seminar tashkil etildi. Unda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, Samarqand viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i  Sherzod Rahmonov, sektor rahbarlari, tashkilot mas’ullari, vakillar va mahalla raislari ishtirok etib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ichki yo‘llarni tartibga keltirish hamda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdilar. Seminarda namunaviy ko‘chalar barpo etish, sanitariya holatini yaxshilash, ko‘chat ekish va tomorqalardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilinib, mas’ullarga vazifalar belgilandi. “Dolzarb 40 kunlik” bunyodkorlik ishlari mahallalar qiyofasini obod etish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. 🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 🌐Telegram🔹Instagram🔹Facebook🌐Web sayt

🇺🇿“O‘zbek orzusi” maxsus hujjatli filmini o‘tkazib yubormang! Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar — shaffof ta’lim tizimi, yoshlarning ishlashi uchun qulay sharoitlar, foizsiz ta’lim kreditlari hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari ko‘plab yigit-qizlarning hayotida muhim burilish yasamoqda. Yoshlar siyosati natijasida ro‘yobga chiqqan maqsadlar va tengdoshlarimiz taqdiridagi ijobiy o‘zgarishlar haqida hikoya qiluvchi “O‘zbek orzusi” maxsus filmida tomosha qiling. Premyerani bugun soat 15:15 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qiling. #Mirziyoyev #PresidentUZ #NewUzbekistan 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, farzandlarimizning porloq
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, farzandlarimizning porloq kelajagi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnatlaringiz, bedor tunlaringiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, kuch-g‘ayrat va barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz. Siz bildirayotgan yuksak ishonchni oqlash, Vatanimiz ravnaqi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida biz — yoshlar hamisha Siz bilan birgamiz!

Yoshlar yetakchilarining ish samaradorligi xususida suhbatlashdik Ishtixon tumanidagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘
+4
Yoshlar yetakchilarining ish samaradorligi xususida suhbatlashdik Ishtixon tumanidagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashdik. Muloqot davomida har bir yoshlar yetakchisi o‘z mahallasidagi yoshlarning manfaatlarini ta’minlash, ularning muammo va takliflariga yechim topishda yanada faol bo‘lishi, ish samaradorligini oshirishi hamda doimiy ravishda o‘z ustida ishlab, kasbiy salohiyatini yuksaltirib borishi muhim ekani tushuntirildi. Yoshlar bilan ishlash tizimida natijadorlikni oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida tegishli vazifalarni belgilab oldik. @sherzod_rahmonov

Bugun Ishtixon tumanidagi Xalqobod mahallasida mahalla yettiligining faoliyati bilan tanishdik. Unda mahalla yettiligi o‘rtas
+2
Bugun Ishtixon tumanidagi Xalqobod mahallasida mahalla yettiligining faoliyati bilan tanishdik. Unda mahalla yettiligi o‘rtasidagi hamkorlik, hududdagi shart-sharoitlar hamda yoshlar yetakchisining faoliyatini o’rgandik. Shuningdek, mahallada yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida gaplashdik Yakunda tumanda yangi bunyod etilgan sport maktabi faoliyati bilan ham tanishib, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdik. @sherzod_rahmonov

Ishtixondagi xalqaro maktab faoliyati bilan tanishildi Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Sherzod Rahmonov Ishtixo
+7
Ishtixondagi xalqaro maktab faoliyati bilan tanishildi Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Sherzod Rahmonov Ishtixon tumani Xalqobod mahallasida joylashgan Samarqand xalqaro maktabi faoliyati bilan tanishdi. Ushbu ta’lim maskanida xitoy tilini o‘rganishga qiziqayotgan viloyat yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida yoshlarga maktabning ta’lim imkoniyatlari, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirish istiqbollari hamda kelgusidagi xalqaro ta’lim va hamkorlik dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

Yoshlarning taklif va tashbbuslari o'rganildi

Ayni paytda Viloyat hokimi Adiz Boboyev Toyloq tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazmoqda. Uchrashuv davomida yoshlarni
+6
Ayni paytda Viloyat hokimi Adiz Boboyev Toyloq tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazmoqda. Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo’llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va ta’lim yo’nalishidagi masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda. Bildirilgan har bir murojaat va taklif mas’ullar ishtirokida ko’rib chiqilmoqda. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

— Yana qaysi adabiyotlar bor? Mutolaa ilovasini yuklab oling @sherzod_rahmonov
+7
— Yana qaysi adabiyotlar bor? Mutolaa ilovasini yuklab oling @sherzod_rahmonov

Ayni paytda Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazi
+5
Ayni paytda Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Yig‘ilishda joriy yilning 6 oyi davomida mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqilyapti… Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Ayni paytda Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazi
+5
Ayni paytda Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Yig‘ilishda joriy yilning 6 oyi davomida mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqilyapti… Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

Yoshlar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda Xabaringiz bor viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’ining 30 yoshgacha bo’lg
Yoshlar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda Xabaringiz bor viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’ining 30 yoshgacha bo’lgan viloyat yoshlari uchun telegram murojaat kanali ishga tushurilgan edi. Mazkur telegram kanalga viloyat yoshlari tomonidan ushbu hafta mabaynida 103 ta murojaat yo’llanib, ularning 60 tasi ijobiy hal etildi. Vaqt talab etiladigan 43 ta murojaatlar ijroga qaratilgan va ijobiy hal etish choralari ko’rilmoqda. Shunday ekan o‘z murojaatingizni quyidagi raqamga ochilgan telegram kanal orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishingiz mumkin. 📞 +998 50 159 37 93 ✈️ Telegram havola➡️@YIASVB Yuborilgan murojaatlar Boshqarma tomonidan shaxsan ko‘rib chiqilib, tegishli viloyat, tuman va shahar tashkilotlari bilan hamkorlikda hal etiladi. 🇺🇿 Yoshlar manfaati – bosh maqsadimiz! #Murojaat #YoshlarBilanMuloqot Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

#Tavsiya Bu 8 ta kitob sizning fikrlashingizni, odatlaringizni va hayotga qarashingizni butunlay o'zgartiradi. @sherzod_rahmo
+8
#Tavsiya Bu 8 ta kitob sizning fikrlashingizni, odatlaringizni  va hayotga qarashingizni butunlay o'zgartiradi. @sherzod_rahmonov

Samarqand viloyatida o‘rganish ishlari yakunlandi Mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yangi tizimini joriy etish hamda Prezident tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida olib borilgan o‘rganish ishlari yakunlandi. O‘rganishlar davomida hududlardagi mavjud holat tahlil qilinib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, bandlik, ta’lim, tadbirkorlik hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida bir qator dasturlar ishlab chiqilib, amaliy qo’llash choralari ko’rildi. Shuningdek, hududlarda yoshlar bilan ishlashda yangi tizimni joriy etish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan respublika, tuman va shahar mas’ullarining hisobotlari tinglandi. @sherzod_rahmonov

🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning STRITBOL turi bo‘yicha Samarqand viloyati bosqichi musobaqasi o'tkaziladi
🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning STRITBOL turi bo‘yicha Samarqand viloyati bosqichi musobaqasi o'tkaziladi. Musobaqa shu yilning 25-iyul kuni Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo'lib o'tadi.
Mubaqada mahallalarda istiqomat qiluvchi, 16–21 yosh, 22–30 yosh toifasi bo'yicha o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari o‘zaro bellashadilar.
Manzil: Samarand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi Murojaat uchun: ☎️ 94 184 79 93 ☎️ 99 567 67 70 @sherzod_rahmonov

Ayni paytda Hududlarda yoshlar bilan ishlashning yangi tizimi: hisobotlar tinglanmoqda Ayni paytda hududlarda yoshlar bilan i
+4
Ayni paytda Hududlarda yoshlar bilan ishlashning yangi tizimi: hisobotlar tinglanmoqda Ayni paytda hududlarda yoshlar bilan ishlashda yangi tizimni joriy etish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman va shaharlar kesimida hisobotlar taqdim etilmoqda. Hisobotlar davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilinyapti. #YoshlarSiyosati #Samarqand #Hisobot

✅Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda Mahallalarda yoshlar bilan
+8
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muhokama qilish hamda tizim samaradorligini yanada oshirish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar qizg’in davom etmoqda. Bugun Respublika ishchi guruhi rahbari, O’zbekiston mahallalar uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev viloyatimiz yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy takliflar bildirildi. Muloqot davomida yoshlar tomonidan mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbus alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Shu munosabat bilan ishchi guruh rahbari Maroqand mahallasi infratuzilmasini joyiga chiqqan holda o‘rganib, kutubxona tashkil etish imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, mahalla yettiligi hamda mahalla faollari bilan suhbat o‘tkazilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mahalladagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va yoshlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

Respublika ishchi guruhi o’rganishlari davom etmoqda Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshl
+9
Respublika ishchi guruhi o’rganishlari davom etmoqda Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan hududlarda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda. Bugun mazkur o‘rganishlar Viloyatining barcha hududlarida o'tyapti. Jumladan, Toyloq tumanida ham ishchi guruh a’zolari tumanda yoshlar bilan ishlash tizimi, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan manzilli ishlash holati hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini joyiga chiqib o‘rgandi. Shuningdek, o‘rganishlar davomida yoshlar bilan bevosita uchrashilib, ularning muammolari, taklif va murojaatlari tinglandi. Mavjud masalalar tahlil qilindi va bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga amaliy tavsiyalar berildi hamda aniqlangan muammolarni joyida hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi. Hududlarda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlari qizg’in davom etmoqda. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

🇺🇿Davlatimiz rahbari mahalla raisi ijtimoiy muammolarni hal qilish, tozalikni ta’minlash va daromadni ko‘paytirishga xizmat
+2
🇺🇿Davlatimiz rahbari mahalla raisi ijtimoiy muammolarni hal qilish, tozalikni ta’minlash va daromadni ko‘paytirishga xizmat qiladigan loyihalarda tashabbuskor bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Bunday loyihalar uchun “mahalla yettiligi”ga 10 million so‘mdan grant ajratiladi. Agar 8 ming 992 ta mahallaning har birida bittadan shunday loyiha amalga oshirilsa, hududlardagi muhit sezilarli o‘zgaradi. Ushbu maqsadlar uchun jami 240 milliard so‘m resurs shakllantiriladi. Mahalla raisi o‘z hududining haqiqiy boshqaruvchisi bo‘lishi shart. Buning uchun u hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori, soliqchi va mahalla bankirining haftalik hamda oylik ish rejasini tasdiqlab beradi. Rais “yettilik” a’zolariga aniq vazifa qo‘yib, ulardan so‘rov qilib boradi. Shuningdek, “yettilik” faoliyatini metodik qo‘llab-quvvatlash va hududdagi muammolarga ilmiy yondashish uchun Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi. U “yettilik”ni o‘qitadi, mahallalardagi dolzarb masalalarga ilmiy yechimlar ishlab chiqadi. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube

🇺🇿 Prezident topshiriqlari amalda: Respublika ishchi guruhi Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyo
+4
🇺🇿 Prezident topshiriqlari amalda: Respublika ishchi guruhi Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 30-iyun kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatida keng qamrovli o‘rganish ishlari boshlandi. 🤝 Shu maqsadda mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muhokama qilish va tizim samaradorligini oshirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi. Ishchi guruh bugundan e’tiboran hududlarda o‘rganish ishlarini olib borib, mahallalardagi mavjud holatni tahlil qiladi hamda amaliy takliflarni shakllantiradi. 🔹 O‘rganishlar davomida Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ilg‘or tajribalar tahlil qilinib, ularni Samarqand viloyatida amaliyotga joriy etish imkoniyatlari o‘rganiladi. 📌 Asosiy yo‘nalishlar: • bitiruvchilar bandligini ta’minlash; • yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash; • bandlik va mehnat migratsiyasi; • jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish; • “og‘ir toifa”dagi yoshlar bilan ishlash; • “otaliq” mexanizmini takomillashtirish; • tizimni raqamlashtirish; • ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi; • “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Dolzarb – 90 kunlik”, “2+6” xorijiy tillarni o‘rganish va “Ko‘mak” dasturlari ijrosi; • yoshlar infratuzilmasi holati. 💬 O‘rganishlar yakunida mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqilib, yoshlar siyosatini yanada takomillashtirish, tizim samaradorligini oshirish hamda har bir mahallada yoshlar bilan ishlash sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram | 🔹Instagram 🔹Facebook | 🔹YouTube