Jahongir Ahmedov | Rasmiy
Ir al canal en Telegram
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Odilxo‘jayevich Ahmedovning rasmiy kanali.
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
301
Suscriptores
Sin datos24 horas
+37 días
+1430 días
Archivo de publicaciones
Kino sohasida boshqaruv o‘zgaradi.
Davlat filmning ijodiy jarayoniga aralashadigan buyurtmachi emas, sohani rivojlantiradigan va moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydigan strategik hamkor bo‘ladi.
Xususiy kinostudiyalar, mustaqil prodyuserlar va ijodkorlar esa industriyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi.
S. Sh. Mirziyoyeva
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari
✅ Instagram | ✅ Telegram
“O‘zbekfilm” — shunchaki kinostudiya emas.
Bu — qariyb bir asr davomida xalqimizning tarixi, taqdiri, orzu-armonlari va kechinmalarini ekranda aks ettirgan milliy kino maskani.
Endigi vazifa — uni zamonaviy O‘zbekiston kino industriyasining milliy brendi va tayanch markaziga aylantirish.
S. Sh. Mirziyoyeva
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari
✅ Instagram | ✅ Telegram
Repost from Saida Mirziyoyeva
“O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdim. “O‘zbekfilm” shunchaki kinostudiya emas, balki qariyb bir asr davomida xalqimizning tarixi, taqdiri, orzu-armonlari va kechinmalarini ekranda aks ettirgan milliy kino maskanidir. Endigi vazifa — uni zamonaviy O‘zbekiston kino industriyasining milliy brendi va tayanch markaziga aylantirish.
Buning uchun kino sohasida boshqaruv tizimi o‘zgarishi kerak. Bundan buyon davlat filmning ijodiy jarayoniga aralashadigan buyurtmachi emas, sohani rivojlantiradigan va moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydigan strategik hamkor bo‘ladi. Xususiy kinostudiyalar, mustaqil prodyuserlar va ijodkorlar esa industriyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi.
Kinoni ishlab chiqarishdan tomoshabingacha bo‘lgan butun zanjir — moliyalashtirish, distributsiya, prokat, festivallar va eksport — zamonaviy talablar asosida yangilanadi. Milliy kino merosini saqlash, restavratsiya va raqamlashtirish tizimi kuchaytiriladi, yangi avlod ijodkorlarini tayyorlash va xalqaro tajriba almashinuviga keng yo‘l ochiladi.
Eng muhimi, sohada professional muhit va o‘zini o‘zi boshqarish madaniyati shakllanib, kinoijodkorning fikri, tajribasi va kasbiy obro‘si munosib qadrlanadi.
Tashrif yakunida Abu Ali ibn Sinoning bolaligi haqidagi tarixiy film suratga olinayotgan maydonda bo‘ldim. Ulkan dekoratsiyalar va ijodiy jamoaning mehnati menda katta taassurot qoldirdi. Ijodiy jamoaga omad tilayman. Premyerada ko‘rishguncha!
—
Я посетила «Узбекфильм» и ознакомилась с текущим состоянием и деятельностью студии. Это не просто съёмочная площадка, а колыбель национального кинематографа, который уже почти век отражает на экране историю, судьбу, сокровенные чаяния и переживания нашего народа. Наша общая задача сегодня — превратить «Узбекфильм» в национальный бренд и опорный центр современной киноиндустрии Узбекистана.
Для этого необходимо изменить систему управления отраслью. Отныне государство будет не заказчиком, вмешивающимся в творческий процесс, а стратегическим партнёром, создающим условия для развития и финансовой поддержки. Главной же движущей силой индустрии призваны стать частные киностудии, независимые
продюсеры и авторы.
Вся цепочка от кинопроизводства до зрителя — финансирование, дистрибуция, прокат, участие в фестивалях и экспорт — будет модернизирована в соответствии с мировыми стандартами. Планируется укрепить систему сохранения, реставрации и оцифровки национального наследия, а также расширить возможности для подготовки нового поколения специалистов и международного обмена опытом.
Самое важное — в сфере должны сформироваться подлинно профессиональная среда и культура саморегулирования, где мнение, опыт и авторитет каждого режиссёра и других создателей кинопродукции ценятся по достоинству.
В завершение визита я побывала на съёмочной площадке исторической картины о детстве Абу Али ибн Сины. Меня очень впечатлили масштабные декорации и работа творческого коллектива. Желаю создателям удачи. До встречи на премьере!
+3
So‘nggi kunlarda mening nomimdan Telegram’da soxta akkaunt ochilib, turli odamlarga xabarlar yozilayotgani aniqlanmoqda.
Unda lavozimim ko‘rsatilgan, ishonarli suratim qo‘yilgan, hatto kostyum-shim-u, galstukdagi rasmlarimdan foydalanilgan.
Eng muhimi, mening nomimdan mamlakatimizdagi obro‘li insonlarga, xususan, san’atdagi ustozlarimizga murojaat qilinmoqda.
O‘zbekiston Xalq artisti Yodgor Sa’diev, O‘zbekiston Xalq artisti Farrux Zokirov, O‘zbekiston san’at arbobi Zulfiqor Musoqov kabi ustozlarimizga ham shunday xabarlar borgan.
Ustozlar meni yaxshi tanishadi. Yillar davomida shakllangan ustoz-shogird munosabatimiz bor. Shu sababli soxta akkaunt orqali yozilgan xabarlarga ishonib, javob berishgan.
Masalan:
— Ustoz, assalomu alaykum, yaxshimisiz?
— Va alaykum assalom, Jahongir. Yangi ishlarni yaxshi boshlab oldingmi?
— Rahmat. Men hozir prokuraturadaman, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidaman, maxsus xizmatlar bilanman…
Shu tariqa turli «ilmoqli» gaplar, intrigalar va provokatsion xabarlar tarqatishga urinishlar bo‘lmoqda.
Buning maqsadi nima — odamlarda men haqimda shubha uyg‘otishga, ishonchga putur yetkazishga erishish.
Ochig‘ini aytsam, bunday narsalardan qo‘rqib, ortga chekinadigan odam emasman.
Aksincha, bugun har bir qadamimizga qanchalik katta e’tibor qaratilayotganini yana bir bor his qilyapmiz.
Men sovuqqonlik bilan o‘z vazifamni davom ettirayapman.
Chunki hozir shaxsiy obro‘ yoki kimningdir men haqimda nima deyishi emas, soha taqdiri va uni o‘zgartirish, sog‘lomlashtirish mas’uliyati har narsadan muhim.
Kino sohasida yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolarni ochiq ko‘rib, ko‘rsatib, ularga yechim izlayapmiz. Bu oson jarayon emas. Mas’uliyat katta. Qabul qilinayotgan qarorlar esa kimlargadir yoqmasligi tabiiy.
Shuning uchun bunday provokatsiyalar, soxta akkauntlar, intrigalar va turli axborot xurujlari buyog‘iga ham bo‘lishi mumkin.
Bo‘laversin.
Biz esa ishlashda davom etamiz.
Mening nomimdan yozilgan har qanday xabarga ishonishdan oldin, uning aynan menga tegishli ekanini tekshirib ko‘rishingizni so‘rayman.
Qolganiga esa vaqt va natija javob beradi.
#OchiqMuloqot #Kino #O‘zbekKinosi
✅ Instagram | ✅ Telegram
Uzdiplomat saytida jurnalist Anora Sodiqovaning surishtiruvi e’lon qilindi. Faqat Agentlikka aloqador masalada hech kim Agentlikdan hech narsani surishtirmagani qiziq bo‘ldi.
Maqolaga “Jahongir Ahmedov aytgan 23 million kredit qarzi yolg‘on” deb sarlavha qo‘yilgan. Bu yerda yolg‘on bor. Ammo mening postimda emas, sarlavhada. Chunki men kredit qarzi deb aytmaganman, kredit majburiyati deganman. Moliya bo‘yicha savodi bor odam bu ikki jumlaning farqini darrov anglashi kerak.
Qolaversa, kredit yo‘q bo‘lsa, garov nega qo‘yiladi? Garov qo‘yilishi uchun kredit shartnomasi imzolanishi kerak-ku! Kredit shartnomasi imzolanib, garovga mol-mulk qo‘yilgani kredit majburiyati bor, degani. Bularni tushunish uchun iqtisodiyot fanlari doktori bo‘lish shart emas.
Uch tomonlama imzolangan kredit shartnomasini e’lon qilishga boshqa tomonlarning ham roziligi kerakligi bois e’lon qilmayapman. Agar kimdir uni o‘z ko‘zlari bilan ko‘raman, desa, marhamat eshigimiz ochiq.
Soliqdan qarz ham, ish haqidan qarz ham real vaziyat. Ular bor.
Bu hali qarzlarimizning hammasi emas. Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi 2,3 mlrd so‘m, VGIKning Toshkent filiali 3,8 mlrd so‘m qarzga botgan. Agentlik faoliyat yuritayotgan bino – “Renessans kino uyi” esa qurilganiga 3 yildan oshgan bo‘lsa-da, hali rasman qabul qilinmagan. Kadastr hujjatlari yo‘q.
Men rahbar bo‘lib kelganimda, Agentlikning ikkala xizmat mashinasiga ham MIB tomonidan taqiq qo‘yilgan edi. Poytaxt kinoteatrlaridan biri sud orqali 300 million so‘m qarzni undirishga qaror chiqartirgan ekan.
Agentlikning hududiy bo‘limlari 20 ga yaqin bino, 1,76 gektar yer maydoni, 21 ta mashina va boshqa mol-mulklari bilan egasiz qolgan. Chunki hududiy bo‘limlarni tugatish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy ishlar oxiriga yetkazilmagan.
Bu hammasi emas albatta. Rahbariyat topshirig‘i bilan Agentlikka bog‘liq hamma narsa to‘liq xatlovdan o‘tkazilmoqda. Xatlov yakuniga yetgach, rahbariyatga axborot beriladi. Jurnalistlar uchun ham matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Endi adolat bilan aytinglar: men yuqorida keltirilgan vaziyatning yaratuvchisimanmi? Yoki uni ustiga kelgan, buyog‘iga bor mas’uliyat yelkasiga tushayotgan rahbarmi?
Men faoliyatimning boshidan beri ochiq bo‘lishga, to‘g‘ri bo‘lishga harakat qilyapman.
Bundan keyin ham shunday bo‘ladi.
Rahmat.
✅ Instagram | ✅ Telegram
⚡️ “O‘ZBEKFILM”NING 1 MLRD SO‘MDAN ORTIQ SOLIQ QARZI TO‘LIQ QOPLANDI.
Auksionga qo‘yilish arafasida turgan 12 ta avtomobil ham kinostudiya ixtiyoriga qaytarildi.
Endi navbat – xodimlarning to‘planib qolgan 3 mlrd so‘mdan ortiq ish haqi qarzdorligini qoplash. Bu qarzni ham to‘laymiz.
Eng katta masala – “O‘zbekfilm” zimmasidagi 22 mln yevro kredit majburiyati.
Kinostudiyani o‘zining 10 gektarlik yer maydoni bilan birga garovdan ozod qilish, kredit majburiyatini hal etish bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda jiddiy ish olib boryapmiz.
“O‘zbekfilm” inqirozning emas, milliy kinoning ramzi bo‘lishi kerak.
✅ Instagram | ✅ Telegram
Repost from BOLALAR KONTENTI.UZ | RASMIY KANAL
#bolalar_uchun
#mustaqillik_bayrami
🇺🇿 VATANIMIZ MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI VA YANGI O‘QUV YILI MUBORAK BO‘LSIN!
Qadrli yurtdoshlar, aziz bolajonlar va muhtaram ota-onalar!
Sizlarni Vatanimizning eng ulug‘ ayyomi —Mustaqilligimizning 35 yilligi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik erkin orzu qilish, bilim olish va o‘z kelajagimizni bunyod etish imkoniyatidir. Bolalar uchun sifatli va mazmunli kontentlar yaratish ana shu imkoniyatlardan biri.
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi buyurtmasi bilan tayyorlanayotgan ertak kitoblar, ensiklopediyalar, badiiy film va seriallar, multfilmlar, shou dasturlar hamda boshqa loyihalarning barchasi bolalar uchun va bolalar bilan birga yaratilmoqda.
Yangi o‘quv yili har bir bolajon uchun foydali bilimlar, qiziqarli kashfiyotlar, yaxshi do‘stlar va katta yutuqlarga boy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, farzandlarimiz sog‘lom, baxtli va erkin orzular bilan ulg‘aysin!
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi va yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin!
📱 Telegram | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 X
+3
TONG OLDIDAN…
O‘zbekiston san’at arbobi Zulfiqor Musoqovning Fayzulla Xo‘jayev haqidagi filmi premyerasini o‘tkazdik.
Filmni tomoshabin juda iliq qabul qildi. Ta’sirlandi. Zalda film oxirigacha o‘ziga xos sukut hukm surdi – hamma ekrandagi voqealarni yurakdan o‘tkazib ko‘rdi.
Agentlik rahbari sifatida so‘zga chiqar ekanman, beixtiyor ko‘p yillardan beri ko‘nglimda tugib yurgan bir mavzuni ko‘tardim.
Qatag‘on qurbonlari orasida shoirlar, yozuvchilar, olimlar, ma’rifatparvarlar bilan bir qatorda kino ijodkorlari ham bor edi.
Ulardan biri – Sulaymon Xo‘jayev.
U «Turon» truppasida Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligida Behbudiy va boshqa ma’rifatparvarlar bilan yelkama-yelka ishladi. «Behbudiy» maktabida dars berdi.
Keyin kinoni tanladi.
Va 1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘oloni haqida «Tong oldidan» filmini yaratdi.
O‘sha davrda 1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘oloni haqida kino olish — oddiy ijodiy qaror emas edi.
Bu – katta jasorat, qahramonlik edi.
Buning uchun Sulaymon Xo‘jayev Jizzax, Toshkent atrofi, Janubiy Qozog‘iston va Qirg‘izistonga bordi. Voqealar ishtirokchilari va tirik guvohlar bilan uchrashdi. Materiallar to‘pladi.
U xalq xotirasi hali tirik paytda tarixni ekranda qoldirmoqchi bo‘ldi.
Ammo…
«Tong oldidan» ekranga chiqmadi.
1932-yil filmni birinchi ko‘rishdayoq komissiya uni «xavfli» deb baholadi.
Ko‘p o‘tmay, Sulaymon Xo‘jayevning o‘zini ham qamoqqa olishdi.
1937-yil 14-avgustda O‘zSSR NKVD qoshidagi «uchlik» Sulaymon Xo‘jayev, Xudoyorxonning nabirasi Mansurbek va yana besh kishini «aksilinqilobiy tashkilot» tuzganlikda ayblab, otuvga hukm qilganini Bahrom Irzayevning Oyina.uz saytida e’lon qilingan maqolasida o‘qigan edim.
Oradan olti kun o‘tib – 20-avgustda ular Malik sovxozi atrofidagi maxsus obyektda otib tashlangan.
Sulaymon Xo‘jayev 45 yoshda edi.
Haq gapni aytish har qanday davrda ham oson bo‘lmagan.
Ammo Sulaymon Xo‘jayev o‘z davrida kino orqali tarixga yuzlanishga jur’at qildi.
Eng hayratlanarlisi – «Tong oldidan» hanuzgacha 1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘oloni haqida yaratilgan yagona film bo‘lib turibdi.
Qariyb bir asr o‘tdi.
Bugun qatag‘on qurbonlarini xotirlar ekanmiz, ular orasida kino ijodkorlari ham bo‘lganini unutmasligimiz kerak.
Sulaymon Xo‘jayev – ana shunday kinoijodkor.
Ruhlari shod bo‘lsin.
✅ Instagram | ✅ Telegram
Repost from O‘zbekiston Kinematografiya agentligi
+9
⚡️Yuksak e’tirof
✨O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bir guruh kinoijodkorlar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
📸Taqdirlash marosimidan fotoreportaj.
✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram
Repost from O‘zbekiston Kinematografiya agentligi
+9
🇺🇿 YUKSAK E’TIROF
🎬 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan kino sohasi vakillariga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram
Repost from O‘zbekiston Kinematografiya agentligi
+6
#Taqdirlash
⚡️ Kino sohasi vakillari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi
✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram
Repost from Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
+9
#Taqdirlash
⚡️ Madaniyat va san’at sohasi vakillari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi
✅Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/210981
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt|YouTube|Mediabank
Repost from O‘zbekiston Kinematografiya agentligi
+3
⚡️ “O‘zbekfilm” masalasi kun tartibida
“O‘zbekfilm” Milliy kinokonsernidagi moliyaviy majburiyatlar, boshqaruv va faoliyatdagi jiddiy kamchiliklar Boshqaruv kengashida tanqidiy muhokama qilindi.
Tashkilot rahbariyati faoliyati qoniqarsiz deb topildi.
Direktor Bahodir Muhamedov va direktor o‘rinbosari Mirshod Mardonovga hayfsan berildi. Direktor o‘rinbosarlari Farhod Usmonov, Saidakbar Abilov hamda ishlab chiqarish bo’limi boshlig’i Muzaffar O’razkulovlar lavozimidan ozod etildi (arizasiga muvofiq). Xarajatlarni maqbullashtirish maqsadida 20 ta shtat birligi qisqartirildi.
“O‘zbekfilm” Boshqaruv kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi.
Yig‘ilish yakunida “O‘zbekfilm”ning yangi biznes-rejasi va zamonaviy boshqaruv modelini ishlab chiqish vazifasi belgilandi.
✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram
Энг кўп берилаётган савол: «Ижодингиз нима бўлади?»
Бу ҳақда кўп ўйлайман. Ижодий жамоамни соғинаман. Суратга олиш майдонида юрганим ҳатто тушларимга ҳам киради.
Аммо соҳадаги муаммоларни кўриб, бошқа бир савол туғилади: буни ким қилиши керак?
Агар ҳамма ўз ижодини, ўз киносини, пули қачон тушишини ўйласа, соҳани ким ўйлайди? Худди: «Онанинг кўнгли болада, боланинг кўнгли далада», дегандек.
Ич-ичимдан бир овоз: «Бу — бир миссия. Уриниб кўр. Чин юракдан. Фақат ўзингни эмас, соҳани ўйлаб ҳаракат қил», деяпти.
Шунинг учун ўзим учун бошқаришга қулай, иложи борича узоқроқ ўтиришга мўлжалланган тизим яратишга уринмаслигим керак, деб ўйлайман.
Аксинча, шундай тизим қилайликки — замонавий бошқарувга эга, бозор тамойилларига асосланган, шаффоф ва ижодий муҳит ҳукм сурадиган.
Директор ким бўлишидан қатъи назар, тизим ишлайверсин.
Ижодкорлар мени эмас, халқимизни «рози» қилишсин.
Юрагимдан чиқди…
Repost from O‘zbekiston Kinematografiya agentligi
#tezkor #fake
⚡️ Jahongir Axmedov nomidan ijtimoiy tarmoqlarda soxta akkaunt ochilgan.
So‘nggi kunlarda Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Odilxo‘jayevich Ahmedovning nomi va fotosuratlaridan foydalanib, turli tashkilotlar, ularning rahbarlari, alohida shaxslar hamda fuqarolarga turli topshiriq va ma’lumot talablarini o‘z ichiga olgan soxta xabarlar yuborilayotgani kuzatilmoqda.
Bunday xabarlarga ishonmaslik va ularni tarqatmaslik so‘raladi.
📷 Jahongir Ahmedovning Instagram sahifasi: @jakhongir_akhmedov
Ogoh bo‘ling! Soxta xabarlarga aldanmang va ularni tarqatmang.
✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
🌐 Website | ✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ Telegram
“O‘ZBEKFILM”NI ASRASH — ENG MUHIM VAZIFA!
Muammolar ko‘p. Juda ko‘p.
Lekin bugun ularning hammasini birma-bir sanab o‘tirishni lozim topmadim. Chunki hozir hal qilinishi kerak bo‘lgan eng muhim masala – “O‘zbekfilm”ni asrash va uni garovdan xalos qilish.
Bugun “O‘zbekfilm”ning 22,9 million yevro miqdorida kredit majburiyati borligini bilarmidingiz? Studiyaning mol-mulki, jumladan, yer maydonlari ham ushbu kredit uchun garovga qo‘yilgan.
Bu hali hammasi emas.
Soliqlardan qariyb 1 milliard so‘mlikdan ortiq qarzdorlik to‘plangani sababli, kinostudiya balansidagi 12 ta avtomashina 12 kun ichida auksionga qo‘yilishi xavfi bor. Xodimlarning ish haqlari bo‘yicha ham yirik qarzdorliklar shakllangan.
Kinostudiya bir yilda kamida 60 milliard so‘mlik buyurtma bajarmasa, o‘zini saqlab turolmaydi. Ya’ni u amalda davlat buyurtmasiga qaram bo‘lib qolgan.
Biznes modeli yo‘q. Bozor mexanizmiga to‘liq o‘tilmagan.
Bu – oddiy raqamlar emas.
Bu raqamlar ortida bir asrlik o‘zbek kinosi tarixi, uning obro‘si va taqdiri turibdi.
“O‘zbekfilm”da ne-ne buyuk rejissyorlar, aktyorlar, operatorlar, rassomlar va kino mutaxassislari o‘z yo‘lini boshlagan. Xalqimiz bugun ham sevib tomosha qiladigan ko‘plab filmlar shu yerda yaratilgan.
Shuning uchun bugungi vazifa – studiyani shunchaki saqlab qolish emas.
Uni tubdan isloh qilish kerak.
Moliyaviy jihatdan barqaror, zamonaviy boshqaruvga ega, kuchli ijodiy jamoalarni birlashtiradigan, xususiy investitsiya va xalqaro hamkorlikni jalb qiladigan, o‘z mahsuloti bilan bozorga chiqadigan haqiqiy milliy kino kompaniyasi barpo etishimiz kerak.
Hurmatli Prezidentimiz “O‘zbekfilm”ga “Milliy” maqomini berdilar.
Menimcha, bu shunchaki maqom emas.
Bu — yuksak ishonch.
Bu — ulkan mas’uliyat.
Shu ishonchni oqlashimiz kerak.
“O‘zbekfilm” – oddiy kinostudiya emas. U – o‘zbek kinosi tarixi. Va endi u o‘zbek kinosi kelajagining ham tayanchi bo‘lishi kerak.
Hurmat bilan,
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori
Jahongir Ahmedov
✅ Instagram | ✅ Telegram
