cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi

Kinematografiya agentligining telegramdagi rasmiy sahifasi rasmiy veb sayt: https://uzbkino.uz Facebook: https://www.facebook.com/uzbekkino.uz/ ishonch telefoni: +(998 71) 277 81 07 email: [email protected] Manzil: Toshkent sh. Chilonzor ko'chasi 1a

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
2 373
Suscriptores
+124 horas
-197 días
+1330 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Shuhrat Abbosov haqida kitob chop etildi Taniqli kino va teatr rejissyori, professor Shuhrat Abbosov haqida “Shuhrat Abbosov zamondoshlar xotirasida” nomli kitob chop etildi. Adiba Nosirova muallifligidagi kitobda rejissyorning hayoti va ijodi, uning o‘zbek kinosidagi o‘rni, mashhur filmlari hamda Nabi G‘aniyev, Komil Yormatov, Yo‘ldosh Aʼzamov kabi ijodkorlar haqida eksklyuziv maʼlumotlar keltirilgan. “Shuhrat Abbosov zamondoshlar xotirasida” kitobi taqdimoti XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Milliy madaniyatimiz va sanʼatimizning benazir darg‘asi, buyuk kino va teatr rejissyori, professor Shuhrat Abbosovning boy ijodiy va pedagogik faoliyati O‘zbekistonning ko‘plab zamonaviy rejissyorlari uchun oliy ibrat maktabi bo‘lib kelmoqda. O‘tgan davrning 50 yillari oxirida sanʼat olamiga kirib kelgan mahoratli rejissyor o‘z asarlari bilan O‘zbekiston milliy ekran va sahna sanʼatining ijodiy imkoniyatlarini yana-da kengaytirib, uni milliy maʼnaviyatimizning ajralmas qismiga aylantirdi. Kinematografiya agentligi Axborot xizmati 🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Mostrar todo...
👏 2
#Faxr ⚡️ Birinchi o'zbek kinooperatori va o'zbek kinosan'atining asoschisi - Xudoybergan Devonovning fotosuratlari UNESСОning Jahon xotirasi ro'yxatiga kiritildi. 👉 Batafsil ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Mostrar todo...
👍 3👏 1
Xorij kino xabarlari #UzuklarHukumdori Warner Bros: “Uzuklar hukmdori” filmining yangi qismi 2026-yilda chiqadi Warner Bros. Discovery kompaniyasi rahbari Devid Zaslav 2026-yilda “Uzuklar hukmdori”ning yangi qismi chiqishini ma'lum qildi. Film "Uzuklar hukmdori: Gollum ovi" (A Hunt for Gollum) deb nomlanadi. Endi Serkis uning rejissyori va bosh qahramoni bo'ladi.
"Hozirda loyiha senariysi yozuvchilar Uolsh va Boyens tomonidan yaratilmoqda va bunda hali aytilmagan hikoyalar ochib beriladi", deydi Devid Zaslav.
Trilogiya muallifi Piter Jekson va hammualliflar Fren Uolsh va Filippa Boyens ijrochi prodyuser sifatida ishlaydi. Filmning barcha qismlari shu paytgacha 2,9 mlrd dollar daromad keltirdi. 🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Mostrar todo...
Navoiyda o'tkazilgan Kinokarvon tadbirlaridan reportaj 📺 "Navoiy" telekanali "Diyor 24" informatsion dasturi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati 🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Mostrar todo...
🎬 "Mulla Nasriddin" kinoloyihasi haqida reportaj "Sevimli" telekanali "Zamon" informatsion dasturi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati 🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Mostrar todo...
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat-e’tibor hamisha diqqat markazimizdadir. Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biri sanaladi. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha jonajon xalqimizning ardog‘idadir. Xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka, baxt-u saodat arimasin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Hurmat bilan, Kinematografiya agentligi jamoasi
Mostrar todo...
🔥 1
📣Turkiy tilli davlatlar kinoijodkorlari hamkorligida “Mulla Nasriddin” filmi yaratiladi Bugun Renessans kino uyida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY hamkorligida yaratiladigan “Mulla Nasriddin” kinoloyihasining ozarbayjonlik kino vakillari tomonidan taqdimoti boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Kinematografiya agentligi rahbariyati, Ozarbayjon Madaniyat vazirligi boʻlim boshligʻi Rashad Azizov, ozarbayjonlik prodyuserlar Zaur Darabzoda va Azer Kuliyev, Ozarbayjon xalq artisti Vagif Mustafoyev hamda Agentlik huzuridagi Badiiy kengash aʼzolari ishtirok etdi. Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston davlatlari kino ijodkorlari tomonidan yaratiladigan badiiy filmning senariy muallifi va rejissyori Vagif Mustafoyev. Ushbu filmning salkam yarim soati Oʻzbekistonga bagʻishlanadi. Suratga olish ishlarining asosiy manzillari xususan, Buxoro va Xivada boʻlib oʻtadi. XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida ushbu loyihaning suratga olish ishlariga start berilishi kelishib olindi. Bundan tashqari, uchrashuvda Ozarbayjon bilan hamkorlikda suratga olinadigan oʻzbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashhur shoir, dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda haqidagi kinoloyiha ham muhokama qilindi. Badiiy kengash aʼzolari tomonidan loyiha ijobiy maʼqullandi va senariy ustida ish boshlash shuningdek, Oʻzbekiston va Ozarbayjondan tomondan ijodiy guruhlar tashkil etish va biriktirish taklifi berildi. Tomonlar kelgusidagi madaniy aloqalarni yuqoridagi kabi loyihalar bilan mustahkamlash oʻrinli ekanligini taʼkidladi. Kinematografiya agentligi Axborot xizmati 🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Mostrar todo...
👏 3
▶️Navoiyda “Kinokarvon” tadbirlari davom etmoqda Kinematografiya agentligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida oʻtkazilayotgan “Kinokarvon” tadbirlari Navoiyda davom etmoqda. Aksiya doirasida kinoijodkorlar 7-may kuni Navoiyning Nurota va Qiziltepa tumanidagi madaniyat markazlarida aholi bilan ijodiy uchrashuvlar o'tkazdi. Ushbu uchrashuvlar davomida aholi bilan ijodiy muloqot tashkil etildi. Kinematografiya agentligi Axborot xizmati 🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Mostrar todo...
👍 1
📣Uchquduqda “Sudya” filmi namoyish etildi Navoiyda boʻlib oʻtayotgan “Kinokarvon” tadbirlari doirasida Uchquduq tuman yoshlar markazida ijodiy uchrashuv hamda “Sudya” filmi namoyishi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, harbiylar, ularning oila aʼzolari va talaba yoshlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirlar doirasida ijodiy jamoa Navoiyning Tomdi, Uchquduq tumanlari va Zarafshon shahridagi madaniyat markazlarida aholi bilan ijodiy uchrashuvlar oʻtkazdi va milliy filmlar namoyishi boʻlib oʻtdi. Kinematografiya agentligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida oʻtkazilayotgan “Kinokarvon” bundan oldin Fargʻona, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida boʻldi. Aksiya butun respublika boʻylab oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, qolgan viloyatlarda ham ijodiy safarlarini davom ettirishi koʻzda tutilgan. Kinematografiya agentligi Axborot xizmati 🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Mostrar todo...
👍 3
#StarWars #Disney+ Xorij kino xabarlari "Star Wars: The Acolyte" serialining treyleri e'lon qilindi Disney+ striming xizmatining “Star Wars: The Acolyte” seriali rasmiy treylerini namoyish qildi. Serial 4 iyundan katta ekranlarga chiqariladi. Unda sirli qora kuchlarga qarshi kurash haqida hikoya qilinadi. "Akolit" filmidagi asosiy rollarni Li Jung-Je va Amandla Stenberg ijro etgan. Loyihaning yaratuvchisi Lesli Xadland. Aktyorlar tarkibidan shuningdek, Kerri Enn-Moss, Dafne Kin, Jodi Tyorner-Smit va boshqalar o'rin egallagan. 🌐Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Mostrar todo...