es
Feedback
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Ir al canal en Telegram

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
200
Suscriptores
Sin datos24 horas
+27 días
-830 días
Archivo de publicaciones
AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQRARISH VA BANDLIK MASALALARI O‘RGANILDI Tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda hokim yorda
+2
AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQRARISH VA BANDLIK MASALALARI O‘RGANILDI
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda hokim yordamchilari faoliyatining samaradorligini tahlil qilish ishlari davom etmoqda.
Bugun Nurafshon saylov okrugi deputati A.Rasulov hamda kotibiyat mutaxassisi O.Nosirov ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Ishchi guruh Nurafshon MFYda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish: Aholiga imtiyozli kreditlar ajratish va o‘zini o‘zi band qilish borasidagi loyihalar;
Samaradorlik tahlili: Belgilangan "Yo‘l xaritalari"ning ijrosi va mahalla drayverlaridan foydalanish darajasi.
"Hokim yordamchisi — islohotlarning mahalladagi asosiy bo‘g‘ini. Bizning maqsadimiz faqat hisobotlarni ko‘rish emas, balki real natijalarni, har bir xonadonning daromadi oshganini va yangi ish o‘rinlari yaratilganini ko‘rishdir,"
DEPUTAT_FAOLIYATI

"Китоб овози" газетасининг 2026 йил 15 апрелдаги № 4-сонида халқ депутатлари туман Кенгаши депутати, Носирова Лобар Алихоновн
"Китоб овози" газетасининг 2026 йил 15 апрелдаги № 4-сонида халқ депутатлари туман Кенгаши депутати, Носирова Лобар Алихоновнанинг КЕЛАЖАК КАСБЛАРИ бугунги таълим ривожининг асосий мезони номли мақоласи чоп этилди. Халқ депутатлари Китоб туман Кенгаши

YOShLAR — VATAN TAYANChI VA HIMOYAChISI ! Bugun, tuman Kengashi deputati Temirov Sharif Jurayevich tomonidan Kitob tumani O‘q
+3
YOShLAR — VATAN TAYANChI VA HIMOYAChISI !
Bugun, tuman Kengashi deputati Temirov Sharif Jurayevich tomonidan Kitob tumani O‘quv sport texnika markazi binosida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ular o‘rtasida sportning texnik turlarini ommalashtirishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi: •Yoshlar ongiga Vatan sarhadlarini himoya qilishdek muqaddas burchni singdirish; •Maktab o‘quvchilarini o‘q otish sportiga qiziqtirish va ushbu sport turini tumanimizda yangi bosqichga olib chiqish; •Chaqiriqqacha bo‘lgan boshlang‘ich tayyorgarlik (ChQBT) fani sifatini oshirish. Seminarda tuman Mudofaa ishlari bo‘limi mas’ullari, umumta’lim maktablarining ChQBT fani o‘qituvchilari hamda Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti xodimlari ishtirok etdilar.
"Bizning vazifamiz — nafaqat jismonan baquvvat, balki ruhan tetik, ona Vatanini ko‘z qorachig‘idek asraydigan mard o‘g‘lonlarni tarbiyalashdir,"
DEPUTAT_FAOLIYATI

📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Temirov Sharif Jurayevich tomonid
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Temirov Sharif Jurayevich tomonidan joriy yilning 09-aprel kuni 58-ds-341-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. 📩 Deputatlik so‘roviga tuman Elektr ta'minoti korxonasi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va ta
+1
🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining navbatdagi o‘rganishi.
O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash hamda sohadagi mavjud holatni tahlil qilish maqsadida, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Egamberdiyev Baxriddin Boltayevich tumandagi maktabgacha ta’lim bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
✅ Qonun ustuvorligi: Sohadagi islohotlarning hayotga tatbiq etilishi va qonunchilik talablariga rioya qilinishi;
✅ Sifat va mazmun: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolajonlarga berilayotgan ta’lim-tarbiya sifati hamda metodik ta’minot;
✅ Shart-sharoitlar: Bog‘chalardagi moddiy-texnik baza, sanitariya-gigiyena talablari va bolalarning sog‘lom ovqatlanishi;
✅ Qamrov darajasi: Tumandagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish borasidagi istiqbolli rejalar.
DEPUTAT_FAOLIYATI

🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Fa
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Facebook 👉🏻 🌐 YouTube

Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida! Bugun 96-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida
+3
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!
Bugun 96-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Kengash raisi S. Qodirov so‘zga chiqib, yoshlarga O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni haqida batafsil ma’lumot berdi.
Seminarda quyidagi asosiy masalalar tushuntirildi:
Bolalarning huquqiy maqomi va davlat tomonidan beriladigan kafolatlar;
Ta’lim olish va shaxsiy daxlsizlik huquqi;
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan seminarda bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob oldilar.
🎯 Maqsad: Yoshlarning huquqiy bilimini oshirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari bilan tanishtirish.
DEPUTAT_FAOLIYATI

AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQRARISH VA BANDLIK MASALALARI O‘RGANILDI Tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda hokim yorda
+2
AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQRARISH VA BANDLIK MASALALARI O‘RGANILDI
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda hokim yordamchilari faoliyatining samaradorligini tahlil qilish ishlari davom etmoqda.
Bugun Nurafshon saylov okrugi deputati A.Rasulov hamda kotibiyat mutaxassisi O.Nosirov ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Ishchi guruh Nurafshon MFYda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish: Aholiga imtiyozli kreditlar ajratish va o‘zini o‘zi band qilish borasidagi loyihalar;
Samaradorlik tahlili: Belgilangan "Yo‘l xaritalari"ning ijrosi va mahalla drayverlaridan foydalanish darajasi.
"Hokim yordamchisi — islohotlarning mahalladagi asosiy bo‘g‘ini. Bizning maqsadimiz faqat hisobotlarni ko‘rish emas, balki real natijalarni, har bir xonadonning daromadi oshganini va yangi ish o‘rinlari yaratilganini ko‘rishdir,"
DEPUTAT_FAOLIYATI

20-25-Aprel kunlari uchun ish reja ANONSI 20-Aprel Kengash raisi tomonidan 96-sonli maktabda bola huquqlarining kafolatlari t
20-25-Aprel kunlari uchun ish reja ANONSI
20-Aprel
Kengash raisi tomonidan 96-sonli maktabda bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida o'quv seminari tashkil etish
👤Mas’ul: O.Nosirov –bosh mutaxassisi
21-Aprel
tuman Kengashi deputati M.Ismoilov Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonuni to'g'risida joylarda targ'ibot tadbirlari tashkil etish.
👤 Mas’ul: J.Ergashev–bosh mutaxassisi
22-Aprel
Varganza saylov okrugi deputati Z.Radjabova tomonidan «Yoshlar daftari» dagi mablag‘lar maqsadli sarflanishining holati.
👤Mas’ul: O.Nosirov–bosh mutaxassisi
23-Aprel
Istiqbol saylov okrugi deputati Z.Norova tomonidan mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablarining sport zallari holatini o'rganish.
👤Mas’ul: J.Ergashev–bosh mutaxassisi
24-Aprel
Xalqlar Do'stligi saylov okrugi deputati G'.Uzoqov tomonidan mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi holatini o'rganish
👤Mas’ul: O.Nosirov–bosh mutaxassisi

🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Fa
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Facebook 👉🏻 🌐 YouTube

🏢 Ko‘p qavatli uylar atrofi va hududlar obodligi nazoratda Bugun Kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov tumandagi ko‘p qavatli uy-joylar
+3
🏢 Ko‘p qavatli uylar atrofi va hududlar obodligi nazoratda
Bugun Kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov tumandagi ko‘p qavatli uy-joylar hududida bo‘lib, u yerda olib borilayotgan obodonlashtirish va tozalik ishlarining holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor aholining yashash sharoitlari, uylar atrofidagi sanitariya-gigiyena holati hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi masalalariga qaratildi.
Jarayon davomida quyidagilar ko‘zdan kechirildi:
✨ Ko‘p qavatli uylar atrofidagi yo‘laklar va maydonchalarning ozodaligi;
🌳 Hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlarga shakl berish ishlari;
🗑 Chiqindi yig‘ish nuqtalarining holati va tartibga solingani.
Mutasaddilarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududni doimiy ravishda "Yashil makon" va ozodalik talablariga mos holda saqlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
DEPUTAT_FAOLIYATI

⚡️ KITOB TUMANIDA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK MASALALARI E’TIBOR MARKAZIDA. “Aholining sanitariya-epidemiologik oso
+3
⚡️ KITOB TUMANIDA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK MASALALARI E’TIBOR MARKAZIDA. “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta'minlash maqsadida Kitob tumanida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida tuman Kengashi raisi S.Qodirov hamda O‘zbekiston “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi N.Turayev ishtirok etishdi.
Ishchi guruh tumandagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan:
Markazdagi laboratoriya uskunalari va jihozlarning holati;
Aholi salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar;
Sanitariya qoidalari va normalariga rioya etilishi ustidan nazorat tizimi;
Xodimlarning ish sharoitlari va mutaxassislarning salohiyati tahlil qilindi.
"Aholining salomatligi va xavfsizligi har qanday islohotning bosh mezonidir. Sanitariya barqarorligini ta'minlash esa tuman rivoji va xalqimiz farovonligining muhim omili hisoblanadi,"
DEPUTAT_FAOLIYATI

📍 MAHALLADAGI ISHLAR SAMARADORLIGI DEPUTATLAR NAZORATIDA Surum MFYda aholi turmush darajasini yaxshilash va ijtimoiy himoyan
+3
📍 MAHALLADAGI ISHLAR SAMARADORLIGI DEPUTATLAR NAZORATIDA
Surum MFYda aholi turmush darajasini yaxshilash va ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Surum saylov okrugi deputati A.Rasulov hamda tuman Kengashi kotibiyat mutaxassisi J.Ergashev ishtirok etishdi.
🤝 Hamkorlikdagi faoliyat tahlili Ishchi guruh tomonidan mahalla tizimining asosiy bo‘g‘inlari hisoblangan mutasaddilarning faoliyati ko‘zdan kechirildi:
MFY raisi — mahalladagi umumiy ijtimoiy muhit va obodonlashtirish ishlari; Hokim yordamchisi — aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish; Ijtimoiy xodim — ehtiyojmand qatlamni aniqlash va ularga manzilli ijtimoiy xizmat ko‘rsatish; Xotin-qizlar faoli — ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish. Asosiy e’tibor mazkur mas’ullarning hamkorlikdagi ishlari qanchalik samarali ekanligi va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimiga qaratildi. DEPUTAT_FAOLIYATI

Xalq deputatlari tumani Kengashining navbatdagi qarori tasdiqlandi. Unda Prezidentimizning PQ-44-sonli qarori ijrosini ta’min
+1
Xalq deputatlari tumani Kengashining navbatdagi qarori tasdiqlandi. Unda Prezidentimizning PQ-44-sonli qarori ijrosini ta’minlash va tumanni sanoati rivojlangan hududga aylantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
💰 Investitsiya va Ish o‘rinlari: 2026-yilda jami 42,4 mln dollar qiymatidagi 12 ta yirik investitsiya loyihasi ishga tushiriladi. Natijada 467 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
“Qashqadaryo Kuangxin Calsium Industry” MChJ tomonidan 30 mln dollarlik qurilish materiallari (16 turdagi mahsulot) ishlab chiqarish quvvati barpo etiladi. Bu yerda 200 nafar kitoblik yoshlar ish bilan ta’minlanadi.
Tumandagi mikrokalsit xomashyosini chuqur qayta ishlash orqali tayyor mahsulot turlarini ko‘paytirish choralari ko‘riladi.
✅ Nazorat: Ushbu qaror ijrosi har oyda tuman Kengashida tanqidiy muhokama qilib boriladi. Maqsad — qog‘ozdagi raqamlarni aholi hayotida aks etadigan real natijalarga aylantirish!
DEPUTATLAR_FAOLIYATI

📑 Tomorqa — daromad va oziq-ovqat xavfsizligi manbai. Bugun Kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov va O'zbekiston Ekologik partiyasi tum
+2
📑 Tomorqa — daromad va oziq-ovqat xavfsizligi manbai.
Bugun Kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov va O'zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi I.Ashurov tomonidan tumandagi aholi xonadonlarida “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
O‘rganishning asosiy e’tibori xonadonlarda tashkil etilgan issiqxonalar holatiga qaratildi. Mazkur qonun talablaridan kelib chiqib, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, ekin turlarini ko‘paytirish va issiqxona xo‘jaligini yuritishning afzalliklari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi:
Samaradorlik: Issiqxonalarda mahsulot yetishtirishning bugungi holati;
Huquqiy ko‘mak: Tomorqa egalariga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va huquqiy kafolatlar tushuntirildi;
Amaliy yordam: Tomorqadan yiliga 2-3 marotaba hosil olish va ichki bozorni arzon mahsulotlar bilan ta'minlash choralari ko‘rildi.
DEPUTAT_FAOLIYATI

🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Fa
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Facebook 👉🏻 🌐 YouTube

Jamiyatda teng huquqlilik va adolat ustuvorligi ⚖️ Tuman kengashi deputati Mirova Nargiza Sayfullayevna ishtirokida O‘zbekist
+4
Jamiyatda teng huquqlilik va adolat ustuvorligi ⚖️
Tuman kengashi deputati Mirova Nargiza Sayfullayevna ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Uchrashuvda deputat N.Mirova qonunning tub mohiyati bo‘lgan quyidagi asosiy prinsiplarga alohida to‘xtalib o‘tdi: 🔹 Qonuniylik va demokratizm — har bir fuqaroning huquqiy himoyasini ta’minlash asosi; 🔹 Teng huquqlilik — ayollar va erkaklarning jamiyat boshqaruvidagi o‘rnini mustahkamlash; 🔹 Jins bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi — har qanday kamsitish holatlariga qonuniy chek qo‘yish; 🔹 Ochiqlik va shaffoflik — gender tengligini ta’minlashda jamoatchilik nazoratining o‘rni. Muloqot davomida ushbu prinsiplarning hayotimizdagi amaliy ahamiyati va xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilindi. DEPUTAT_FAOLIYATI

Repost from N/a
QASHQADARYO AXBOROTI | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kelib tushayotgan murojaatlar joyida o‘rganilib, ularni tezkor hal etish choralari ko‘rilmoqda. 😊👍#15aprel |📷INSTAGRAM |🗳 FACEBOOK |✉️TELEGRAM |📹YOUTUBE |✉️RADIO FM 102.3 TELEGRAM |📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM

🏥 Tibbiy xizmat sifati va aholi roziligi — deputat nazoratida O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to
+2
🏥 Tibbiy xizmat sifati va aholi roziligi — deputat nazoratida O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman Kengashi deputati N.Ochilova hududdagi 1-sonli oilaviy poliklinika faoliyatini atroflicha o‘rgandi. O‘rganish davomida deputat quyidagi dolzarb savollarga javob izladi va mavjud holatni tahlil qildi: Muassasaga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, ko‘rsatilayotgan xizmatlardan qanchalik mamnun ekanliklari so‘raldi. Tibbiy madaniyatni yuksaltirish va bemorlarga xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lish masalalariga e’tibor qaratildi. Poliklinikadagi shtat birliklari, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari soni ko‘zdan kechirildi. Kadrlar tanqisligi bor-yo‘qligi, ayniqsa, tor soha mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoj tahlil qilindi. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash hamda laboratoriya tahlillarining amalda qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi tekshirildi.