Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
Ir al canal en Telegram
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
200
Suscriptores
Sin datos24 horas
+27 días
-830 días
Archivo de publicaciones
Repost from N/a
QASHQADARYO AXBOROTI | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kelib tushayotgan murojaatlar joyida o‘rganilib, ularni tezkor hal etish choralari ko‘rilmoqda.
😊👍#15aprel
|📷INSTAGRAM |🗳 FACEBOOK
|✉️TELEGRAM |📹YOUTUBE
|✉️RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
+2
🏥 Tibbiy xizmat sifati va aholi roziligi — deputat nazoratida O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman Kengashi deputati N.Ochilova hududdagi 1-sonli oilaviy poliklinika faoliyatini atroflicha o‘rgandi. O‘rganish davomida deputat quyidagi dolzarb savollarga javob izladi va mavjud holatni tahlil qildi: Muassasaga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, ko‘rsatilayotgan xizmatlardan qanchalik mamnun ekanliklari so‘raldi. Tibbiy madaniyatni yuksaltirish va bemorlarga xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lish masalalariga e’tibor qaratildi. Poliklinikadagi shtat birliklari, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari soni ko‘zdan kechirildi. Kadrlar tanqisligi bor-yo‘qligi, ayniqsa, tor soha mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoj tahlil qilindi. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash hamda laboratoriya tahlillarining amalda qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi tekshirildi.
Repost from N/a
+8
#qonun_ijrosi
📌 Senatorlar va mahalliy Kengashlarning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan
Joriy yilning 15 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Zumrad Bekatova hamda Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi Ismigul Xushmurodova tomonidan Dehqonobod tumanida targ‘ibot tadbiri va amaliy o‘rganishlar o‘tkazildi.
Xususan, Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Dehqonobod tuman hokimi Sherzod Shokirov, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari ham ishtirok etdi.
🔹 Tadbir davomida:
Senatning 14-yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar, jumladan, ushbu majlisda muhokama qilinib, maqullangan qonunlar yuzasidan qisqacha axborot berildi; Hudud deputatlari tomonidan amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surildi.Shundan keyin, Senatga kelib tushayotgan murojaatlarni joyida o‘rganish, tezkor va samarali hal etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
📍 Jumladan, Dehqonobod tumani Oqrabot mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaat tuman hokimi, murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddilar, mahalla faollari hamda tegishli tashkilotlar vakillari va murojaat qilgan fuqarolarning vakillari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.O‘rganishlar natijasida murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilgani, masala deyarli o‘z yechimini topgani hamda ayni paytda yakuniy tasdiqlash bosqichida ekani ma’lum qilindi. Eng muhimi, murojaat qilgan fuqarolarning murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilayotgani va uni hal qilish bo‘yicha masullar ular istirokida holatni to‘liq o‘rganib chiqib, hal qilish yuzasidan ko‘rilayotgan choralardan xabardor ekanini aytib, minnatdorchilik bildirdi. ✅Yanada ahamiyatlisi, bunday amaliy o‘rganishlar orqali murojaatlar shunchaki ko‘rib chiqilmayapti, balki joyida hal etish, muammolarni tizimli bartaraf qilish mexanizmi shakllanmoqda. 📊 Bu esa aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 😎 Facebook | 😎 Instagram | 😎 X | 😎 You Tube 💬 Fikr bildirish
Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Zilola Norova tomonidan “Toshkent” mahalla fuqarolar yig'ini, Chuqurchashma ko‘chasi aholisining murojaati asosida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda ushbu ko‘chaga 6 dona yangi simyog‘och o‘rnatish va hududning elektr ta’minotini yaxshilash masalasi ilgari surilgan.
DEPUTAT_FAOLIYATI
Deputat so‘rovi: 22-sonli oilaviy poliklinika jihozlari yangilanadi.
Kitob tumani, “Sariosiyo” mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 22-sonli oilaviy poliklinika faoliyati tuman Kengashi deputati Razzoqova Dilorom Sattorovna tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida tibbiyot muassasasida bir qator moddiy-texnik kamchiliklar aniqlandi.
Mazkur muammolarni bartaraf etish, hudud aholisiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun munosib sharoit yaratish maqsadida deputat tomonidan Kitob tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi (tuman tibbiyot birlashmasi) rahbariyatiga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi.
Aholi salomatligi va tibbiyot xodimlarining ish sharoitini yaxshilash deputatning doimiy e’tiborida bo‘lib qoladi.DEPUTAT_FAOLIYATI
+2
📢 Yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchi!
Bugun O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini keng tushuntirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Mirova Nargiza Sayfullayevna hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari faol ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida yoshlarga oid davlat siyosatining quyidagi ustuvor yo‘nalishlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; Yosh avlodning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga ko‘maklashish; Ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishlari uchun sharoit yaratish; Yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish; Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligini ta’minlash masalalari. Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va kelgusidagi rejalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.DEPUTAT_FAOLIYATI
+5
🏠 Uyma-uy muloqot: Ijtimoiy himoya qonun ustuvorligida
Tuman Kengashi deputati Odiljon Qodirov tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xonadonbay targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Navbatdagi uchrashuvlar davomida «Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Kimlar bepul yoki imtiyozli asosda ijtimoiy yordam olish huquqiga ega? Nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularning huquqiy himoyasi. Har bir xonadonning ehtiyoji o‘rganilib, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimidagi yangiliklar tushuntirildi.💬 "Bizning vazifamiz — qonunlarda belgilangan imtiyoz va yordamlar har bir ehtiyojmand xonadonga kirib borishini ta’minlash. Uyma-uy yurish orqali biz nafaqat qonunni targ‘ib qilyapmiz, balki odamlarning real muammolarini joyida o‘rganyapmiz," DEPUTAT
+1
💧 Suv xo‘jaligi ob’yektlarida ochiqlik va samaradorlik o‘rganilmoqda.
O'zLiDeP Kitob tuman Kengashi apparat rahbari V. Parmonova hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi J. Ergashev ishtirokida Kitob tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi faoliyati bilan tanishildi.
O‘rganish jarayonida muassasaning ish tartibi, aholi va dehqon xo‘jaliklarini suv bilan uzluksiz ta’minlash borasidagi tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Sohadagi islohotlar: Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va suv yo‘qotishlarini kamaytirish chora-tadbirlari;
🔹 Ishchi-xodimlar bilan muloqot: Mutaxassislar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari va ularning ijtimoiy himoyasi;
🔹 Muammolar va yechimlar: Mavjud texnik vositalarning holati va ularni yangilash bo‘yicha takliflar o‘rganildi.
Xalq deputat Kitob tuman Kengashi
|Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|
+2
🏥 Tibbiy xizmat sifati va aholi roziligi — deputat nazoratida O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman Kengashi deputati D.Razzoqova hududdagi 22-sonli oilaviy poliklinika faoliyatini atroflicha o‘rgandi. O‘rganish davomida deputat quyidagi dolzarb savollarga javob izladi va mavjud holatni tahlil qildi: Muassasaga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, ko‘rsatilayotgan xizmatlardan qanchalik mamnun ekanliklari so‘raldi. Tibbiy madaniyatni yuksaltirish va bemorlarga xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lish masalalariga e’tibor qaratildi. Poliklinikadagi shtat birliklari, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari soni ko‘zdan kechirildi. Kadrlar tanqisligi bor-yo‘qligi, ayniqsa, tor soha mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoj tahlil qilindi. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash hamda laboratoriya tahlillarining amalda qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi tekshirildi.
+3
🏠Ma’naviyat va tarbiya maskanlari e’tiborda
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Kitob tuman Kengashi raisi G. Sattorova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O. Nosirov tumandagi 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni va ma’naviy muhitga qaratildi.
✅ Bolalar salomatligi: Oshxona faoliyati, taomnoma va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati;
✅ Ta’lim sifati: Mashg‘ulot xonalarining jihozlanishi va metodik qo‘llanmalarning mavjudligi;
✅ Milliy qadriyatlar: Yosh avlodni milliy an’analar ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
DEPUTAT
🏛 Хизmat сифати — эътибор марказида: Депутат ФҲДЁ бўлимида бўлди
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Норова Зилола туман ФҲДЁ органида фуқароларга хизмат кўрсатиш ҳолати ва яратилган шароитлар билан яқиндан танишди.
Ўрганиш давомида депутат қуйидаги масалаларга алоҳида эътибор қаратди:
✅ Хизмат тезкорлиги: Фуқароларнинг мурожаатларини қабул қилиш ва ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнидаги навбатлар ҳолати;
✅ Шароитлар: Бинонинг ҳолати, фуқаролар учун кутиш залларидаги қулайликлар ва рақамлаштирилган хизматларнинг ишлаш даражаси;
✅ Мулоқот маданияти: Ходимларнинг фуқаролар билан муомаласи ва ҳуқуқий маслаҳат бериш сифати.
💬 «ФҲДЁ бўлими — инсон ҳаётидаги энг муҳим воқеалар муҳрланадиган маскан. Шу боис, бу ерда тирбандликларнинг олдини олиш ва ҳар бир фуқарога юқори маданият билан тезкор хизмат кўрсатиш устувор вазифа бўлиши шарт»
ДЕПУТАТ
+1
📢 Pensiya ta’minotidagi yangiliklar: Deputat targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etmoqdaTuman Kengashi deputati Radjabova Zulyaxo Narziqulovna tomonidan «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati va sohaga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Uchrashuvlar davomida fuqarolarga quyidagi muhim masalalar tushuntirildi: ✅Pensiya tayinlashda ish stajini inobatga olishning soddalashtirilgan tartiblari; ✅Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar va "Yagona milliy mehnat tizimi" orqali ma’lumotlarni olish qulayliklari; ✅Kam ta’minlangan oilalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar.
💬 «Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo‘lish — har bir fuqaroning o‘z huquqlaridan to‘laqonli foydalanishini ta’minlaydi. Maqsadimiz — pensiya yoshidagi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholimizning turmush darajasini yaxshilashga ko‘maklashish»DEPUTAT
Hududlarda infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda.
Uzoqov G'ulom Baxronovich tomonidan Ulug'bek mahalla fuqarolar yig'ini, Paxtakor ko'chasini ichki yo‘llarini yaxshilash masalasi o‘rganilib, mazkur muammo yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishi nazoratga olindi.
KENGASH
+3
🏫 Deputat maktabdagi sharoitlarni o‘rgandi
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ochilova Nafisa Akmalovna 96-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasadagi mavjud sharoitlar va ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
📖 Ta’lim sifati va dars jarayonlari: O‘quvchilarning dars o‘zlashtirishi, darsliklar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda pedagoglarning zamonaviy metodikalardan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.🍎 Maktab oshxonasi:
O‘quvchilar uchun tayyorlanayotgan taomlarning sifati, sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi va mahsulotlarning saqlanish sharoitlari nazorat qilindi. Bolalarning sog‘lom ovqatlanishi deputatning doimiy e’tiborida ekanligi ta’kidlandi.💊 Tibbiyot xonasi va dori-darmonlar:
Maktab tibbiyot xonasidagi dori-darmon zaxirasi, ularning yaroqlilik muddati va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yaratilgan imkoniyatlar tekshirildi.
Mas’ullarga tibbiy xizmat sifatini doimiy nazoratda ushlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.DEPUTAT_FAOLIYATI
+1
📚Ta’lim sifati va yoshlar kamoli — ustuvor vazifa!
Bugun Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash hamda yoshlar ta’lim-tarbiyasini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nargiza Mirova ishtirok etib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berdi.
O‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning innovatsion usullarini joriy etish;
Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishda axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganishning ahamiyati;
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun doirasida yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish.Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar. DEPUTAT
⚡️ Hududda yangi simyog‘ochlar o‘rnatilmoqda: Deputat so‘rovi amalda
Avval xabar berganimizdek, Varganza mahalla fuqarolar yig'ini hududida eskirgan va yaroqsiz holga kelgan elektr tayanchlarini yangilash bo‘yicha 2026-yil 10-mart kuni Elektr tarmoqlari korxonasiga 40-ds-341-26-sonli deputat so‘rovi yuborilgan edi.
✅ Bugun ushbu so‘rov ijobiy natija berdi:
Hududga yangi, mustahkam beton tayanchlar (simyog‘ochlar) olib kelindi;
Mutaxassislar tomonidan o‘rnatish va montaj ishlari boshlab yuborildi;
Tez fursatda ushbu ko‘chada elektr ta’minoti sifati va xavfsizligi yaxshilanadi.
"Maqsadimiz — aholi uchun xavfsiz va uzluksiz energiya ta’minotini yaratish. Har bir murojaat e’tiborimizda."
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
+3
Tuman Kengashi deputati Norova Zilola Eshovna tashabbusi bilan tumandagi Inson ijtimoiy xizmatlari markazida «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida mazkur qonun talablarini joylarda samarali amalga oshirish, korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan qonun ijrosini ta’minlashda hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi |Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|
+3
🤝Kengash huzuridagi yangi tizim: Yoshlar taklifi — ekspertlar nigohida. Bugun xalq deputatlari Kengashi huzuridagi Ekspertlar guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv shunchaki muloqot emas, balki yoshlarning kreativ g‘oyalari va ekspertlarning ko‘p yillik tajribasini birlashtirgan o‘ziga xos «intellektual maydon»ga aylandi. Uchrashuv davomida: 🔹 Yoshlar tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ko‘rib chiqildi; 🔹 Hududiy muammolarni hal etishda innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi; 🔹 Ekspertlar har bir taklifning hayotiyligi va huquqiy asoslari bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berishdi. "Yoshlarning shijoati va ekspertlarning filtri birlashsa, qabul qilinayotgan qarorlar yanada sifatli va xalqchil bo‘ladi." ✅ Tadbir yakunida eng istiqbolli deb topilgan takliflar Kengash sessiyalari muhokamasiga kiritish uchun saralab olindi. 🚀 Bizning maqsad — yoshlar ovozini qarorlar qabul qilish jarayonining ajralmas qismiga aylantirish!
+2
🏥 Tibbiy xizmat sifati va aholi roziligi — deputat nazoratida O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman Kengashi deputati A. Usmonov hududdagi 11-sonli oilaviy poliklinika faoliyatini atroflicha o‘rgandi. O‘rganish davomida deputat quyidagi dolzarb savollarga javob izladi va mavjud holatni tahlil qildi: Muassasaga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, ko‘rsatilayotgan xizmatlardan qanchalik mamnun ekanliklari so‘raldi. Tibbiy madaniyatni yuksaltirish va bemorlarga xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lish masalalariga e’tibor qaratildi. Poliklinikadagi shtat birliklari, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari soni ko‘zdan kechirildi. Kadrlar tanqisligi bor-yo‘qligi, ayniqsa, tor soha mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoj tahlil qilindi. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash hamda laboratoriya tahlillarining amalda qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi tekshirildi.
