PolicyLab.UZ
Ir al canal en Telegram
Jahon siyosati va iqtisodiyoti tahlili
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
479
Suscriptores
+3324 horas
+397 días
+10830 días
Carga de datos en curso...
Canales Similares
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
junio '26
junio '26
+464
en 5 canales
mayo '260
en 3 canales
Get PRO
abril '26
+26
en 8 canales
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 25 junio | +1 | |||
| 24 junio | +33 | |||
| 23 junio | +3 | |||
| 22 junio | +6 | |||
| 21 junio | 0 | |||
| 20 junio | 0 | |||
| 19 junio | +1 | |||
| 18 junio | 0 | |||
| 17 junio | +2 | |||
| 16 junio | +24 | |||
| 15 junio | +3 | |||
| 14 junio | +3 | |||
| 13 junio | +8 | |||
| 12 junio | +7 | |||
| 11 junio | +5 | |||
| 10 junio | +3 | |||
| 09 junio | +7 | |||
| 08 junio | +14 | |||
| 07 junio | 0 |
Publicaciones del Canal
The Economist: Jahon chempionatida g‘alaba qozonish siri nimada?
The Economist nashrining tahliliga ko‘ra, futbol bo‘yicha muvaffaqiyatga erishishda boylik, aholi soni, jismoniy ko‘rsatkichlar va geografik omillar muhim rol o‘ynaydi. Biroq eng katta ustunlikni immigratsiyaga ochiqlik va xorijda shakllangan iste’dodlardan foydalanish beradi.
1930 yildan buyon Jahon chempionatida 80 dan ortiq davlat ishtirok etgan bo‘lsa-da, kubokni atigi 8 ta mamlakat qo‘lga kiritgan. Tahlilchilar milliy terma jamoalarning futbol muvaffaqiyatining qariyb 70 foizi mamlakatning boyligi, aholisi, o‘rtacha bo‘yi va geografik joylashuvi bilan izohlanishini aniqlagan.
Shunga qaramay, boylikning o‘zi yetarli emas. AQSH va Fors ko‘rfazi davlatlari katta moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lsa-da, futbol bo‘yicha kutilgan natijalarga erisha olmayapti. Aholi sonining ko‘pligi ham muvaffaqiyat kafolati emas. Masalan, Xitoy va Hindiston milliarddan ortiq aholiga ega bo‘lishiga qaramay, ular tarixda atigi bir marta Jahon chempionatiga chiqqan.
Eng katta ustunlik esa futbol madaniyati shakllangan hududlarda kuzatiladi. Janubiy Amerika va Yevropa mamlakatlari murabbiylar sifati, futbol infratuzilmasi va raqobat muhiti bo‘yicha boshqa mintaqalardan ancha oldinda. Masalan, Ispaniyada eng yuqori darajadagi murabbiylar soni 2 mingdan ortiq bo‘lsa, Hindistonda bu ko‘rsatkich 50 nafar atrofida.
Yaponiya alohida misol sifatida keltiriladi. Mamlakat 1992 yilda uzoq muddatli “100 yillik strategiya”ni qabul qilib, professional klublar, bolalar akademiyalari va murabbiylar tayyorlash tizimini rivojlantirdi. Natijada Yaponiya 1998 yildan beri biror marta ham Jahon chempionatini o‘tkazib yubormadi va bugun kuchli terma jamoalardan biriga aylandi.
Biroq ko‘plab davlatlar uchun bundan ham tezroq yo‘l mavjud - diaspora va muhojirlar salohiyatidan foydalanish. Senegal, Marokash, Kabo-Verde va Kyurasao kabi davlatlar xorijda tug‘ilgan yoki tarbiya topgan futbolchilar hisobiga sezilarli natijalarga erishmoqda. Masalan, Marokashning 2022 yilgi Jahon chempionatidagi yarim finalga chiqgan tarkibidagi 26 futbolchining 14 nafari xorijda tug‘ilgan edi.
Bugungi kunda Jahon chempionatida o‘z tug‘ilgan mamlakatidan boshqa davlat sharafini himoya qilayotgan futbolchilar ulushi 1994 yildagi 9 foizdan 24 foizga yetgan. Ispaniya yulduzi Lamine Yamal, Angliya futbolchilari Bukayo Saka va Markus Reshford, shuningdek Fransiya terma jamoasining ko‘plab yetakchilari muhojir oilalar farzandlari hisoblanadi.
Nashr xulosasiga ko‘ra, futbol muvaffaqiyati faqat pul yoki aholi soniga bog‘liq emas. Kuchli futbol tizimi, uzoq muddatli strategiya va eng muhimi, turli kelib chiqishga ega iste’dodlarni o‘z safiga jalb qila olish zamonaviy futbolning asosiy g‘alaba formulasiga aylanmoqda.
| 2 | Axios: Sun’iy intellekt bo‘yicha global poyga tobora keskinlashmoqda
Axios nashrining yozishicha, AQSHning sun’iy intellekt sohasidagi boshqa davlatlardan ustunligi isqarmoqda. AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyadan iborat Five Eyes razvedka alyansi yaqinda sun’iy intellekt yaqin oylarda hukumatlar va yirik kompaniyalar uchun jiddiy kiberxavf tug‘dirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Nashrga ko‘ra, AQSHning Anthropic va OpenAI kompaniyalari hali ham eng ilg‘or modellarni yaratmoqda. Biroq Xitoy va Yaponiya ancha arzon va samarali modellar bilan kutilganidan tezroq rivojlanmoqda. Five Eyes ekspertlari bu jarayon yillar emas, balki oylar masalasi ekanini ta’kidladi.
Yaponiyaning Sakana AI kompaniyasi ishlab chiqqan Fugu Ultra tizimi turli ochiq sun’iy intellekt modellarini birlashtirib, AQSHning eng ilg‘or tizimlariga yaqin natijalar ko‘rsatmoqda. Xitoyning GLM-5.2 modeli esa hozir eng ko‘p muhokama qilinayotgan tizimlardan biri hisoblanadi. Ayrim reytinglarga ko‘ra, u OpenAI’ning GPT-5.5 modeliga yaqin natija ko‘rsatmoqda, biroq undan taxminan besh baravar arzon ishlaydi. Dasturlash bo‘yicha esa u dunyodagi eng kuchli ochiq modellar qatoriga kiradi.
Yevropa ham bu poygadan chetda emas. Italiyaning Domyn kompaniyasi Yevropa Ittifoqining barcha 24 rasmiy tilini qo‘llab-quvvatlaydigan Europa nomli yangi sun’iy intellekt modelini yaratmoqda. Loyiha Nvidia bilan hamkorlikda Yevropadagi eng yirik superkompyuter bazasida amalga oshirilmoqda.
Natijada, sun’iy intellekt bo‘yicha global raqobat endi faqat AQSH va Xitoy o‘rtasidagi kurash emas. Yaponiya, Yevropa va boshqa texnologik markazlar ham tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Shu sababli AQSHning bu sohadagi ustunligi saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, u avvalgidek mutlaq emas va tobora kuchliroq bosim ostida qolmoqda. | 329 |
| 3 | WP: AQSHning 250 yilligi nega butun dunyo uchun muhim?
Washington Post nashriga ko‘ra, AQSHning 250 yilligi nafaqat Amerika tarixidagi muhim sana, balki erkinlik, demokratiya, tenglik va inson qadr-qimmati kabi qadriyatlarning bugungi ahvolini baholash uchun ham muhimdir. Nashrda qayd etilishicha, ushbu g‘oyalar AQSHda paydo bo‘lmagan. Ular qadimgi Afina demokratiyasi, Rim huquqiy an’analari, xristian tamoyillari va Britaniya siyosiy tajribasi orqali shakllanib, 1776 yilgi Mustaqillik deklaratsiyasida o'zining yorqin ifodasini topgan.
So‘nggi 250 yil davomida AQSH dunyo bo‘ylab demokratiya va erkinlik tarafdorlari uchun ilhom manbai bo‘lib kelgan. Inson huquqlari va siyosiy erkinliklar uchun kurashgan ko‘plab harakatlar Amerika tajribasini namuna sifatida ko‘rgan. Shu sababli AQSHning o‘z qadriyatlariga bo‘lgan munosabati butun dunyoda kuzatilmoqda.
Maqolada G‘arb mamlakatlarida tarixiy merosga nisbatan ishonchning susayib borayotgani qayd etiladi. Ta’lim va jamoatchilik muhokamalarida ko‘pincha G‘arb sivilizatsiyasining kamchiliklari va xatolariga urg‘u berilmoqda, demokratiya, qonun ustuvorligi va inson huquqlari kabi yutuqlar esa yetarlicha e’tirof etilmayapti.
Nashr fikricha, har qanday jamiyat o‘z tarixidagi xatolarni tan olishi zarur. Biroq faqat salbiy jihatlarga e’tibor qaratish fuqarolarning o‘z qadriyatlari
va institutlariga bo‘lgan ishonchini zaiflashtirishi mumkin. Demokratiya va erkinlik faqat qonunlar yoki davlat institutlari bilan emas, balki fuqarolarning ularga bo‘lgan ishonchi orqali ham saqlanib qoladi.
Shunday qilib, AQSHning 250 yilligi o‘tmishni nishonlashdan ko‘ra kengroq ma’noga ega. Bu mamlakatning demokratiya, erkinlik va inson qadr-qimmati kabi tamoyillarga sodiqligini yana bir bor tasdiqlash imkoniyati sifatida baholanmoqda. Chunki bugungi kunda ham dunyoning ko‘plab mamlakatlari AQSHni ushbu qadriyatlarning muhim himoyachilaridan biri sifatida ko‘rishda davom etmoqda. | 289 |
| 4 | The Economist: Qrim Rossiya uchun muammoga aylanmoqda
The Economist nashrining yozishicha, Ukraina dron hujumlari tufayli Rossiya 2014 yilda anneksiya qilgan Qrim tobora xavfsiz hududdan jang maydoniga aylanib bormoqda.
So‘nggi oylarda Ukraina muntazam ravishda Qrimdagi harbiy obyektlar, temir yo‘l stansiyalari, neft bazalari, elektr tarmoqlari va logistika infratuzilmasiga zarbalar bermoqda. Natijada yarimorolda elektr energiyasi uzilishlari, yoqilg‘i taqchilligi va transport muammolari kuchaygan. Kerch parom qatnovining to‘xtashi esa Qrimning asosiy ta’minot yo‘llaridan birini izdan chiqardi.
Ta’kidlanishicha, Qrim Rossiya uchun nafaqat strategik harbiy tayanch, balki ramziy ahamiyatga ham ega. 2014 yilda Qrimning qo‘shib olinishi Vladimir Putinning eng katta siyosiy yutuqlaridan biri sifatida ko‘rilgan edi. Biroq bugun yarimorol aholisi o‘zini tobora himoyasiz his qilmoqda. Mahalliy aholining aksariyati hanuz Rossiyani qo‘llab-quvvatlasa-da, urushdan charchoq kuchaymoqda. Ko‘plab odamlar elektr uzilishlari, dron hujumlari va iqtisodiy qiyinchiliklardan norozi. Ayrim badavlat fuqarolar oilalarini Rossiyaning boshqa hududlariga ko‘chirmoqda.
Maqolada qayd etilishicha, Ukraina zarbalari Rossiya armiyasining mutlaq ustunligi haqidagi tasavvurni zaiflashtirmoqda. Shu bilan birga, Rossiyaning o‘zida ham urushdan charchoq kuchayib bormoqda. Hukumat va’da qilgan yirik harbiy muvaffaqiyatlar amalga oshmayapti, iqtisodiy bosim ortmoqda va jamiyatda urushning maqsadi haqida savollar ko‘paymoqda. | 252 |
| 5 | Foreign Affairs: “China First” strategiyasi nega muvaffaqiyat qozonmaydi?
Xitoy tashqi siyosati bo'yicha ekspert Patrisiya Kimning fikricha, bugun ko‘pchilik AQSH global liderlikdan chekinayotgan bir paytda Xitoy uning o‘rnini egallashi mumkin deb hisoblamoqda. Biroq Pekinning amaliy siyosati bunga tayyor emasligini ko‘rsatmoqda
Xitoy AQSH kabi ittifoqlar tizimini yaratish yoki dunyodagi mojarolar uchun mas’uliyat olishni istamaydi. Aksincha, u iqtisodiy hamkorlik va siyosiy aloqalarni kengaytiradi, lekin xavfsizlik bo‘yicha qat’iy majburiyatlardan qochadi. Muallif buni “China First” deb ataydi - ya’ni global mas’uliyatdan ko‘ra milliy manfaatlarni ustun qo‘yis Bu yondashuv Rossiya va Eron misolida yaqqol ko‘rindi. Pekin Moskva va Tehronni iqtisodiy hamda diplomatik jihatdan qo‘llab-quvvatladi, ammo harbiy jihatdan bevosita yordam berishdan tiyildi. Hatto Rossiyada 2023-yildagi “Vagner” isyoni paytida ham Xitoy Putin tomonida ochiq chiqish qilmadi.
Muallifning fikricha, Xitoyning bu siyosati qisqa muddatda foyda keltiradi ya'ni u xarajatlarsiz ta’sirini kengaytiradi. Ammo uzoq muddatda muammo shundaki, Pekinning sheriklari ham unga to‘liq ishonmaydi va boshqa davlatlar bilan ham aloqalarni saqlab qoladi. Shuning uchun Xitoyning ko‘plab hamkorlari zarurat tug‘ilganda uning manfaatlari uchun katta tavakkal qilishga tayyor emas.
Maqolaning asosiy xulosasi shuki, Xitoy global ta’sirini oshirmoqda, lekin AQSH kabi xalqaro tartib uchun mas’uliyat olishni istamaydi. Natijada u ko‘plab hamkorlarga ega bo‘lsa-da, haqiqiy ittifoqchilarga ega emas. Muallif bu holatni AQSH uchun ham ogohlantirish deb hisoblaydi ya'ni faqat tor milliy manfaatlarga asoslangan tashqi siyosat oxir-oqibat zaif ittifoqlar va beqaror dunyo tartibiga olib keladi. | 166 |
| 6 | The National Interest: “Nikson doktrinasi” Yaqin Sharqqa qaytmoqda
Tahlilchi Eldar Mamedovning fikricha, AQSH va Eron o‘rtasidagi Islomobod memorandumi Yaqin Sharqda yangi siyosiy tartib shakllanayotganidan dalolat beradi.
Gap shundaki, AQSH endi mintaqadagi barcha muammolarni o‘zi hal qilishni emas, balki bu vazifani mintaqaviy davlatlarga topshirishni istamoqda. Bu yondashuv 1969-yilda prezident Richard Nikson ilgari surgan siyosatga o‘xshaydi. Yangi tizimda Pokiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Qatar va Misr kabi davlatlar xavfsizlik va diplomatik masalalarda ko‘proq mas’uliyat olishi kutilmoqda. Pokistonning AQSH va Eron o‘rtasidagi asosiy vositachi sifatida chiqishi bunga misol bo‘ldi.
Mamedov fikricha, AQSH ushbu siyosat orqali Yaqin Sharqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy aralashuvni kamaytirib, mintaqani mahalliy kuchlar muvozanati orqali boshqarishga harakat qilmoqda. | 165 |
| 7 | 🇮🇷🇺🇸 Eron TIV: Trampning tahdidlariga qaramay, Eron va AQSH o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtatilmagan
Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bagae Shveysariyaning Byurgenstok shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yuzasidan bayonot berdi. Uning ta’kidlashicha, AQSH Prezidenti Donald Trampning tahdidlariga qaramay, Tehron va Vashington o‘rtasidagi muzokaralar uzilmagan.
Bagaening so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar davomida qisqa tanaffus vaqtida Trampning bayonotlari ommaviy axborot vositalarida tarqalgan. Shundan so‘ng Eron delegatsiyasi Eron, AQSH, Qatar va Pokiston ishtirokidagi to‘rt tomonlama uchrashuvda qatnashmasligini bildirgan. Biroq tomonlar vositachilar orqali o‘zaro xabar almashishni davom ettirgan.
Shveysariyada bo‘lib o‘tgan texnik muzokaralarda Qatar va Pokiston vositachi sifatida ishtirok etdi. Muzokaralar chog‘ida Tramp Eron Livandagi o‘ziga yaqin guruhlarni jilovlamasa, yangi zarbalar berilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens ham Eron delegatsiyasi muzokara maydonini tark etmagani, ular faqat ayrim uchrashuvlarda qatnashmaganini ma’lum qildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar ma’lum darajada oldinga siljishga erishilganini e’lon qildi. Qatar va Pokiston ma’lumotiga ko‘ra, Shveysariyada tuzilgan Yuqori darajadagi qo‘mita Eron va AQSH o‘rtasida 60 kun ichida kelishuvga erishish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ma’qullagan. Shuningdek, texnik maslahatlashuvlar davom ettiriladi. | 174 |
| 8 | Blumberg: Eron urushi energiya xavfsizligi bo‘yicha muhim saboq bo‘ldi
Milliarder va Nyu-Yorkning sobiq meri Maykl Blumberg fikricha, Eron urushi dunyoga energiya xavfsizligini faqat neft va gazga tayanib ta’minlab bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Kelajakda barqarorlik va xavfsizlikning eng muhim sharti energiya manbalarini diversifikatsiya qilish bo‘ladi.
Bugungi kunda quyosh va shamol energetikasi ko‘plab hududlarda an’anaviy yoqilg‘ilarga nisbatan arzonroq bo‘lib bormoqda. Hozir shamol va quyosh elektr energiyaning qariyb 14 foizini ishlab chiqarmoqda, 2025 yilda esa dunyoda yaratilgan yangi elektr quvvatlarining 90 foizi aynan qayta tiklanuvchi energiya hissasiga to‘g‘ri keldi.
Blumbergning ta'kidlashicha, energiya manbalarini diversifikatsiya qilish nafaqat iqtisodiy foyda beradi, balki davlatlarni urushlar, narxlar o‘zgarishi va ta’minotdagi uzilishlardan ham himoya qiladi. Shu bois hukumatlar qayta tiklanuvchi va atom energetikasiga ko‘proq sarmoya kiritishi, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishi va toza energiya rivojlanishiga to‘siqlarni kamaytirishi kerak. | 171 |
| 9 | ⚡ Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer iste’foga chiqdi
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer o‘z lavozimidan iste’foga chiqishini e’lon qildi.
Starmerning aytishicha, bu qaror uning faoliyatiga bo‘lgan jamoatchilik qo‘llab-quvvatlovi darajasi pastligi bilan bog‘liq. U bu haqda London shahridagi rasmiy qarorgohi - Dauning-strit 10-uy oldida ma’lum qildi. Shuningdek, Starmer Leyboristlar partiyasi rahbari lavozimini ham tark etadi.
U yozgi ta’til davri (sentyabrgacha davom etadi) yakunlangach, hukumat ishlarini yangi bosh vazirga topshiradi. | 252 |
| 10 | Jeffri Saks: Yaqin Sharqda tinchlik uchun “Buyuk Isroil” g‘oyasidan voz kechish kerak
Mashhur iqtisodchi va xalqaro munosabatlar eksperti Jeffri Saks fikricha, AQSh va Eron o‘rtasidagi sulh Yaqin Sharqda tinchlik uchun muhim qadam, lekin mintaqadagi asosiy muammo hanuz saqlanib qolmoqda. Mutaxassis ta’kidlashicha, so‘nggi o‘n yilliklarda Yaqin Sharqda yuz bergan ko‘plab urushlar ortida “Buyuk Isroil” (Greater Israel) g‘oyasi yotadi.
Saksga ko‘ra, bu g‘oya Isroilning xavfsizligini ta’minlash emas, balki uning hududiy va siyosiy ta’sirini kengaytirishni nazarda tutadi. Ayrim siyosatchilar Isroil nafaqat butun Falastin hududini, balki qo‘shni davlatlarning ayrim qismlarini ham nazorat qilishi kerak deb hisoblaydi. Aynan shu yondashuv Iroq, Suriya, Livan, G‘azo va Eron bilan bog‘liq mojarolarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib kelgan.
Saks AQSh ham ushbu strategiyaning salbiy oqibatlarini his qilayotganini ta’kidlaydi. Donald Tramp ma’muriyati Eron bilan kelishuvga erishishga intilayotgani ham, aslida, uzoq davom etgan va qimmatga tushgan urushlardan chiqish istagi bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Ekspertning fikricha, Isroilning Livandagi harbiy amaliyotlarini davom ettirishi va Hizbullohga qarshi hujumlarni kuchaytirishi AQSh-Eron tinchlik jarayoniga xavf tug‘dirishi mumkin. Shu bois Vashington va Tel-Aviv o‘rtasida kelishmovchiliklar kuchayib bormoqda.
Saksning asosiy xulosasi shuki, Yaqin Sharqda barqaror tinchlikka erishish uchun Falastin muammosini hal qilish zarur. Olim 1967-yil chegaralari asosida mustaqil Falastin davlatini tashkil etish, Isroil va Falastin xavfsizligini xalqaro kafolatlar bilan ta’minlash, shuningdek, Isroilning Livan va Suriyadagi harbiy ishtirokini tugatish kerakligini aytadi.
Jeffri Saksning fikricha, Eron bilan sulh urush maydonida emas, diplomatik muzokaralar orqali erishilganining o‘zi ham mintaqadagi muammolarni harbiy yo‘l bilan emas, siyosiy kelishuvlar orqali hal qilish mumkinligini ko‘rsatadi. Uning nazarida, Yaqin Sharqning kelajagi yangi urushlarda emas, balki Falastin masalasiga adolatli yechim topilishida hal bo‘ladi. | 1 085 |
| 11 | 🇺🇸🇷🇺⚡️ Ilon Mask: insoniyat Quyosh energiyasining trilliondan bir ulushidan ham kamrog‘idan foydalanmoqda va biz hali Kardashev shkalasi bo‘yicha I tip sivilizatsiyaga ham yaqinlashganimiz yo‘q
🧪 NASA va MIT Energy Initiative tadqiqotlari tasdiqlashicha, Yer tomonidan ushlab qolinadigan Quyosh energiyasi ulushi Quyoshning umumiy quvvatiga nisbatan nihoyatda kichikdir.
🌞 Maskning ta’kidlashicha, insoniyat bugungi kunda Quyosh energiyasining atigi 0,0000000001 foizidan kamrog‘idan foydalanadi. Bu esa keyingi rivojlanish bosqichiga qanchalik uzoq ekanimizni yaqqol ko‘rsatadi.
📏 1964-yilda sovet astrofizigi Nikolay Kardashev sivilizatsiyalar taraqqiyotini ular foydalanishga qodir bo‘lgan energiya hajmi orqali baholovchi shkalani taklif qilgan:
• I tip — sayyoraning barcha energiyasidan foydalanadigan sivilizatsiya;
• II tip — o‘z yulduzining energiyasidan foydalanadigan sivilizatsiya;
• III tip — butun galaktika energiyasidan foydalanadigan sivilizatsiya.
🌍 Insoniyat hozircha I tip sivilizatsiyaning hatto 0,1 darajasiga ham yetmagan. Maskning fikricha, “hatto bir mikro-Kardashev darajasiga erishishning o‘zi ham hozirgi holatimiz bilan solishtirganda ulkan yutuq bo‘lar edi”.
🌌 Muammoning ko‘lami Quyosh tizimiga nazar tashlaganda yanada yaqqol ko‘rinadi:
Quyosh Quyosh tizimidagi umumiy massaning 99,86 foizini tashkil etadi. Yer esa uning nurlanishining juda kichik qismini ushlab qoladigan mitti zarracha xolos.
🏜️ Yerga yetib keladigan Quyosh energiyasining katta qismi okeanlar, cho‘llar va qutb hududlari tomonidan yutiladi. Bu hududlarda energiyani samarali yig‘ish ancha murakkab.
🚀 Shu sababli Quyosh quvvatining hatto milliondan bir qismini o‘zlashtirish uchun ham Yer resurslarining o‘zi yetarli emas. Bu fantastika emas, balki fizika qonunlaridir.
🛰️ Maskning ta’kidlashicha, kosmosni uzoq muddatli o‘zlashtirish insoniyatni sivilizatsion taraqqiyotning keyingi bosqichiga olib chiqadigan yagona yo‘ldir. Kardashev shkalasida yuqoriga ko‘tarilish uchun insoniyat Yer chegaralaridan chiqib, butun Quyosh tizimi resurslaridan foydalanishni o‘rganishi kerak.
https://t.me/policylaab | 235 |
| 12 | Geopolitical Futures: Yaqin Sharq uchun kurash – kim mintaqaning yetakchi kuchiga aylanadi?
Ridvan Bari Urkosta fikricha, Yaqin Sharq yangi tarixiy bosqichga kirmoqda. AQSh mintaqadagi harbiy mavjudligini kamaytirishga harakat qilayotgan bir paytda, mintaqada uchta asosiy kuch markazi shakllanmoqda: Turkiya boshchiligidagi sunniy davlatlar bloki, Isroil va Eron. Kelgusi o‘n yillikda aynan shu kuchlar o‘rtasidagi raqobat Yaqin Sharq taqdirini belgilaydi.
Ta’kidlanishicha, Turkiya so‘nggi 15 yil ichida eng katta geosiyosiy yutuqqa erishgan davlatlardan biri bo‘ldi. 2021-yildagi Shusha deklaratsiyasidan so‘ng Anqara Janubiy Kavkaz, Markaziy Osiyo, Pokiston va hatto Afrika bilan aloqalarni kuchaytirib, keng geosiyosiy tarmoq yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Turkiya atrofida shakllanayotgan norasmiy “Katta To‘rtlik” – Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr va Pokiston – kelajakdagi yangi musulmon geosiyosiy markazi sifatida ko‘rilmoqda. Pokistonning yadro quroliga egaligi esa ushbu blokning salohiyatini yanada oshiradi.
Ayni paytda Isroil ham mintaqadagi yetakchi kuch bo‘lishga intilmoqda. Tel-Aviv Turkiyaning Suriyadagi ta’siri ortayotganidan xavotirda. Shu sababli Isroil Gretsiya, Kipr, Fransiya, BAA va qisman Hindiston bilan hamkorlikni kengaytirib, o‘zining geosiyosiy ittifoqlar tizimini shakllantirmoqda. Bugungi kunda Isroil-Turkiya raqobati Livan va Suriyadan tashqari Afrika hamda Hind okeanigacha yoyilmoqda.
Eron esa urush va siyosiy zarbalarga qaramay, mintaqadagi ta’sirini saqlab qolishga urinmoqda. Biroq Tehron endi avvalgidek mafkuraviy emas, balki ancha pragmatik siyosat yuritmoqda. Eron asosiy e’tiborni Hormuz bo‘g‘ozi, Fors ko‘rfazi va Iroqdagi ta’sirini mustahkamlashga qaratmoqda. Shu bilan birga, Livan, Iroq va boshqa hududlardagi ittifoqchilaridan ham voz kechishni istamayapti.
Shunday qilib, Yaqin Sharq endi AQSh va Rossiya kabi tashqi kuchlar hukmron bo‘lgan davrdan uzoqlashmoqda. Mintaqada uchta yirik kuch markazi – Turkiya boshchiligidagi sunniy blok, Isroil va Eron – o‘z ta’siri uchun kurashmoqda. AQSh esa bu raqobatni boshqarishga va kuchlar muvozanatini saqlab turishga urinadi. Kelgusi yillarda asosiy geosiyosiy savol “kim Yaqin Sharqni boshqaradi?” emas, balki Turkiya, Isroil va Eron o‘rtasidagi raqobat qanday shakl oladi? degan masala bo‘ladi. | 1 491 |
| 13 | WSJ: AQSh Eronning muzlatilgan mablag‘lariga kirish imkoniyatini berishni ko‘rib chiqmoqda
Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, AQSh va Qatar Eronning xorijda muzlatib qo‘yilgan mablag‘larining bir qismini foydalanishga ochish bo‘yicha mexanizm ustida ishlamoqda. Bu yaqinda imzolangan AQSh-Eron kelishuvining dastlabki iqtisodiy rag‘batlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Gap avvalo Qatarda saqlanayotgan 6 milliard dollar haqida ketmoqda. Rejaga ko‘ra, Eron bu mablag‘ni naqd pul sifatida olmaydi. Mablag‘lar Eron Markaziy banki orqali oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa gumanitar mahsulotlarni xarid qilish uchun ishlatiladi.
Bu mexanizm keyinchalik Eronning boshqa mamlakatlarda muzlatilgan mablag‘lariga ham qo‘llanilishi mumkin. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, Eronning xorijda muzlatilgan aktivlari hajmi 100 milliard dollarga yaqin, Tehron esa birinchi bosqichda kamida 24 milliard dollar mablag‘ning ochilishini istamoqda.
Biroq kelishuv atrofida bahslar davom etmoqda. AQShdagi konservativ siyosatchilar Eron yadro dasturi bo‘yicha jiddiy yon berishlar qilmasdan turib milliardlab dollar mablag‘larga kirish imkoniyati olayotganidan norozi. Ularning fikricha, bu mablag‘lar keyinchalik Eronning harbiy salohiyati yoki mintaqadagi ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilishi mumkin.
AQSh ma’muriyati esa mablag‘lar bosqichma-bosqich ochilishini va bu jarayon Eronning muzokaralardagi harakatlariga bog‘liq bo‘lishini ta’kidlamoqda. Oq uy vakillariga ko‘ra, agar Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvlarga amal qilsa, aktivlarga kirish imkoniyati kengaytirilishi mumkin. | 198 |
| 14 | The Economist: Endi Endi Bernhem Buyuk Britaniyaning navbatdagi bosh vaziriga aylanishi mumkin
The Economist tahliliga ko‘ra, Leyboristlar partiyasidagi ichki siyosiy kurash yangi bosqichga kirmoqda. Buyuk Manchester meri bo‘lib ishlagan Endi Bernhem (Andy Burnham) Makerfild okrugidagi qo‘shimcha saylovda g‘alaba qozonib, parlamentga qaytdi va endi partiya yetakchiligi uchun amaldagi bosh vazir Kir Starmerga qarshi asosiy da’vogarga aylandi. 18 iyun kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Bernhem 55 foiz ovoz oldi. Ikkinchi o‘rinni o‘ng qanot populistik Reform UK partiyasi egallab, 35 foiz ovoz to‘pladi. Ushbu natija Bernhemning siyosiy maydonga kuchli qaytishini anglatadi.
Leyboristlar partiyasi so‘nggi oylar davomida jiddiy ichki inqirozni boshdan kechirmoqda. May oyidagi mahalliy saylovlardagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng qariyb 100 nafar leyborist deputat Starmer iste’fosini talab qilgan. Hatto sog‘liqni saqlash vaziri Ues Striting ham hukumatdan chiqib, partiya yetakchiligi uchun kurashishini e’lon qilgan. Partiya qoidalariga ko‘ra, agar Bernhem yoki Striting Leyborist deputatlarining kamida 20 foiz qo‘llovini olsa, rasmiy yetakchilik saylovi boshlanadi. Bunday holatda partiya a’zolari yangi rahbarni tanlaydi va u avtomatik ravishda bosh vazirga aylanadi.
Bernhemning eng katta ustunligi uning mashhurligi hisoblanadi. So‘rovlarga ko‘ra, u nafaqat Leyboristlar a’zolari, balki keng jamoatchilik orasida ham partiyaning eng ommabop siyosatchilaridan biri sanaladi. Uning Buyuk Manchester meri sifatidagi faoliyati ko‘pincha muvaffaqiyatli deb baholanadi.
Shunday qilib, Makerfilddagi qo‘shimcha saylov Buyuk Britaniya siyosatidagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan voqea bo‘ldi. Agar leyboristlar partiyasi ichidagi norozilik davom etsa, Buyuk Britaniyada yil oxirigacha yangi bosh vazir bo‘lishi mumkin. | 252 |
| 15 | Amerika Qoʻshma Shtatlari va Eron Islom Respublikasi oʻrtasida oʻzaro Anglashuv memorandumi imzolangani munosabati bilan bayonot
Oʻzbekiston Respublikasi Amerika Qoʻshma Shtatlari va Eron Islom Respublikasi oʻrtasida oʻzaro Anglashuv memorandumi imzolanganini hozirgi murakkab xalqaro sharoitda keskinlikni yumshatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni tiklash yoʻlidagi muhim diplomatik yutuq sifatida olqishlaydi.
AQSh va Eron rahbariyatining hal qiluvchi pallada koʻrsatgan siyosiy irodasi va uzoqni koʻra bilishini alohida eʼtirof etamiz. Erishilgan kelishuv xalqaro hamjamiyat uzoq vaqtdan buyon kutgan tinchlik yoʻlidagi barqaror yechim uchun mustahkam zamin yaratadi.
Ushbu muhim oʻzaro anglashuvga erishish uchun zarur sharoitlarni shakllantirishga hissa qoʻshgan Pokiston va Qatarning katta hissasini, shuningdek Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr va boshqa mintaqaviy hamkorlarning saʼy-harakatlarini yuqori baholaymiz.
Oʻzbekiston muzokaralarning keyingi bosqichlari konstruktiv ruhda davom etishi va erishilgan kelishuvlar samarali amalga oshirilishiga umid qiladi.
Nizo va qarama-qarshiliklarni xalqaro huquq tamoyillari, oʻzaro hurmat va barcha tomonlar manfaatlarini inobatga olgan holda diplomatik vositalar orqali hal etish tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashning asosiy sharti boʻlib qolishiga ishonamiz.
***
Statement on the Signing of the Memorandum of Understanding between the United States of America and the Islamic Republic of Iran
The Republic of Uzbekistan welcomes the signing of the Memorandum of Understanding between the United States of America and the Islamic Republic of Iran as a significant diplomatic breakthrough towards de-escalation and the restoration of regional security and stability amid the current complex international environment.
We particularly commend the political will and strategic foresight demonstrated by the leadership of the United States and Iran at a critical juncture. The agreement reached lays the foundation for a long-awaited peaceful settlement that the entire international community has been eagerly anticipating.
We highly appreciate the substantial contribution of Pakistan and Qatar, as well as the efforts of Türkiye, Saudi Arabia, Egypt, and other regional partners that helped create the conditions necessary for achieving this important understanding.
Uzbekistan looks forward to the constructive continuation of the negotiation process and the effective implementation of the agreements reached.
We are convinced that the resolution of conflicts through diplomatic means, based on the principles of international law, mutual respect, and consideration of the interests of all parties, remains essential to ensuring peace and security.
***
Заявление в связи с подписанием Меморандума о взаимопонимании между Соединёнными Штатами Америки и Исламской Республикой Иран
Республика Узбекистан приветствует подписание Меморандума о взаимопонимании между Соединёнными Штатами Америки и Исламской Республикой Иран как значимый дипломатический прорыв на пути деэскалации и восстановления региональной безопасности и стабильности в условиях современной сложной международной обстановки.
Особо отмечаем политическую волю и дальновидность руководства США и Ирана, проявленные в решающий момент. Достигнутая договорённость закладывает основу долгожданному мирному урегулированию, которого с нетерпением ожидает всё международное сообщество.
Высоко оцениваем большой вклад Пакистана и Катара, а также усилия Турции, Саудовской Аравии, Египта и других региональных партнёров, способствовавших созданию условий для достижения критически важного взаимопонимания.
Узбекистан рассчитывает на конструктивный характер дальнейших переговоров и их результативную реализацию.
Убеждены, что урегулирование конфликтов дипломатическими средствами на основе принципов международного права, взаимного уважения и учёта интересов всех сторон, остаётся ключевым условием обеспечения мира и безопасности.
Facebook | YouTube | Instagram | X | 91 |
| 16 | The National Interest: AQSH 250 yillik yubileyiga bir qutbli dunyo inqirozi sharoitida kirib bormoqda
The National Interest nashriga ko'ra, AQSH o‘zining ramziy 250 yillik yubileyi arafasida tashqi siyosiy kursini tubdan qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lmoqda. Ta’kidlanishicha, Vashington yagona “qoidalar kafolatchisi” sifatida faoliyat yuritgan liberal xalqaro tartib modeli o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda. Bunday geosiyosiy o‘zgarishlarning asosiy sabablari sifatida dunyo bo‘ylab millatchilik kayfiyatlarining kuchayishi, o‘rta darajadagi davlatlarning mavqei mustahkamlanishi hamda AQSHning iqtisodiy ustunligi nisbatan pasayib borayotganini ko‘rsatadi.
Maqolada qayd etilishicha, “Amerikani kutayotgan kelajak uning o‘tmishining oddiy takrori bo‘lmaydi”. Bugungi kunda Global Janub mamlakatlari va Hindiston, Turkiya, Braziliya, Yaqin Sharq hamda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari kabi yirik mintaqaviy o‘yinchilar tobora mustaqil siyosat yuritmoqda. Ular o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqib harakat qilmoqda, muqobil ta’sir markazlarini shakllantirmoqda va G‘arb tomonidan ilgari surilgan qoidalarga bo‘ysunishga avvalgidek tayyor emas.
Shu bilan birga, xalqaro institutlarning roli qisqarib, dunyo AQSH, Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi kuchlar raqobati kuchaygan yangi davrga kirib bormoqda. Natijada xalqaro tizim asta-sekin “ta’sir doiralari” va kuchlar muvozanatiga asoslangan modelga qaytmoqda. Bu esa turli mintaqalarda yangi mojarolar yuzaga kelishi xavfini oshiradi.
Maqolada Xitoy AQSH yetakchiligi uchun alohida strategik chaqiriq sifatida ko‘rsatiladi. Ta’kidlanishicha, Pekin texnologiyalar, sanoat ishlab chiqarishi, sun’iy intellekt va noyob yer metallari ustidan nazorat kabi yo‘nalishlarda tashabbusni tobora o‘z qo‘liga olmoqda.
The National Interest AQSH yangi geosiyosiy voqeliklarga moslashishi zarurligini qayd etadi. Vashington bir qutbli davr yakunlanganini tan olib, yanada murakkab va ko‘p markazli dunyo sharoitida faoliyat yuritsagina global miqyosdagi kuchli o‘yinchi maqomini saqlab qolishi mumkin.
https://t.me/policylaab | 528 |
| 17 | WSJ: Xakerlar amerikaliklarning uyidagi qurilmalarni yashirin kiberqurolga aylantirmoqda
The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, dunyo bo‘ylab, ayniqsa AQShda millionlab oddiy elektron qurilmalar xakerlar uchun yashirin infratuzilmaga aylanib qolgan. Gap televizor pristavkalari, raqamli foto ramkalari, mobil ilovalar va hatto pirat videoo‘yinlar haqida bormoqda. Ularga oldindan o‘rnatilgan maxsus dasturlar orqali foydalanuvchi bilmagan holda xakerlar internet tarmog‘idan foydalanishi mumkin.
Muammo 2024 yilda Microsoft va Comcast kompaniyalari tekshiruvi davomida aniqlangan. Rossiya tashqi razvedkasi bilan bog‘liq deb hisoblanadigan Midnight Blizzard guruhi Microsoft rahbariyatining elektron pochtalariga kirishda AQShdagi oddiy fuqarolarning internet manzillaridan foydalangan. Dastlab atigi 6 ta IP-manzil tekshirilgan bo‘lsa, keyinchalik ular 750 mingdan ortiq IP-manzildan iborat tarmoqning bir qismi ekanligi aniqlangan.
Ekspertlar bunday tizimlarni "residential proxy network" deb ataydi. Ularning mohiyati shundaki, xaker Moskvada yoki Pekinda o‘tirgan bo‘lsa ham, hujumni AQShdagi oddiy uy interneti orqali amalga oshirgandek ko‘rsatadi. Natijada hujum manbasini aniqlash ancha qiyinlashadi.
AQShdagi Digital Citizens Alliance tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatning o‘zida bunday yashirin "orqa eshiklar" soni 20 millionga yaqin bo‘lishi mumkin. Shu sababli AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya va yana bir qator davlatlar 2026 yil aprelida Xitoy bilan bog‘liq kiber guruhlar aynan shunday tarmoqlardan foydalanayotgani haqida qo‘shma ogohlantirish ham bergan.
Xitoyning IPidea kompaniyasi misol sifatida keltiriladi. U o‘z dasturlarini ayrim arzon elektron qurilmalarga oldindan joylashtirgan va keyinchalik ushbu qurilmalar joylashgan internet manzillarini mijozlarga ijaraga bergan. Masalan, Rossiyadagi foydalanuvchi AQShning Vashington shtatidagi oddiy uy interneti orqali tarmoqqa kirayotgandek ko‘rinishi mumkin.
Ekspertlar bu muammoning eng xavfli jihati faqat josuslik emasligini ta’kidlaydi. Zararlangan televizor yoki boshqa qurilma orqali xaker foydalanuvchining telefoniga, undan esa korporativ tarmoqlarga kirishi mumkin. Mutaxassislar fikricha, bugungi kunda Rossiya, Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya bilan bog‘liq kiber guruhlar bunday tarmoqlardan keng foydalanmoqda. Ular ayniqsa Microsoft 365 hisoblarini buzishda yangi usullarni qo‘llamoqda. Oldin xakerlar parol o‘g‘irlashga harakat qilgan bo‘lsa, endi ular AQShdagi oddiy uy internetlari orqali tizimga kirib, xavfsizlik tizimlarini aldashga urinmoqda.
Maqolaning asosiy xulosasi shuki, zamonaviy kiberurush endi faqat serverlar yoki davlat tarmoqlarida emas, balki oddiy odamlarning uyidagi televizor, foto ramka yoki telefonlar orqali ham olib borilmoqda. Millionlab maishiy qurilmalar global kiberinfratuzilmaning bir qismiga aylanib qolgan va bu milliy xavfsizlik uchun yangi tahdid sifatida baholanmoqda. | 183 |
| 18 | Foreign Affairs: Eron urushi natijasida Yaqin Sharqda ikki yirik blok shakllanmoqda
Ian Bremmer fikricha, AQSh va Eron o'rtasidagi urush Tramp davridagi eng katta tashqi siyosiy muvaffaqiyatsizliklardan biri bo'ldi. Urushdan keyin Yaqin Sharqda AQShga bo‘lgan ishonch sezilarli darajada kamaydi. Mintaqa davlatlari Vashingtonni barqarorlikning yagona kafolatchisi sifatida ko‘rmay qo‘ydi. Shu sababli ular yangi ittifoqlar va koalitsiyalar tuzishga kirishmoqda.
Bremmer ta'kidlashicha, gugun mintaqada ikki yirik blok shakllanmoqda.
Birinchi blok – "Ibrohim koalitsiyasi" bo‘lib, uning markazida Isroil va BAA turadi. Ushbu guruh AQSh bilan yaqin hamkorlik qiladi va Eronni asosiy tahdid deb hisoblaydi. Koalitsiya tarkibida ayrim masalalarda Gretsiya va Hindiston ham ishtirok etmoqda.
Ikkinchi blok esa "Islomiy koalitsiya" bo‘lib, unga Saudiya Arabistoni, Turkiya, Pokiston va tobora faolroq rol o‘ynayotgan Misr kiradi. Bu davlatlar ham AQSh bilan aloqalarni saqlab qolmoqda, biroq Isroilning G‘azo, Livan va Suriyadagi harakatlaridan xavotirda va mintaqada mustaqilroq siyosat yuritishga intilmoqda.
Urush davomida Saudiya Arabistoni va BAA o‘rtasidagi qarashlar tafovuti ham yanada chuqurlashdi. Riyod Isroilning harbiy faoliyatini mintaqaviy xavf deb baholayotgan bo‘lsa, Abu-Dabi Isroilni eng ishonchli xavfsizlik hamkori sifatida ko‘rmoqda. Natijada BAA Isroil bilan mudofaa va razvedka hamkorligini kuchaytirmoqda, Saudiya esa Turkiya va Pokiston bilan yaqinlashmoqda.
Urushning eng katta geosiyosiy g‘oliblaridan biri Xitoy bo‘lishi mumkin. Pekin mintaqada harbiy majburiyatlar olmasdan turib, savdo, investitsiya, texnologiya va diplomatiya orqali ta’sirini kengaytirmoqda. Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi 2023 yilgi yarashuvda ham Xitoy vositachilik qilgan edi. Endilikda Pekin Fors ko‘rfazi davlatlari va Eron o‘rtasida yangi xavfsizlik mexanizmlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynashi mumkin. | 222 |
| 19 | The Economist: Eron iqtisodiyoti urush oqibatlaridan tez tiklana olmaydi
AQSh va Eron o‘rtasida 17 iyun kuni imzolangan memorandum urushni vaqtincha to‘xtatgan bo‘lsa-da, Eron iqtisodiyoti urushdan ko‘rgan zararlarni bartaraf etish uchun bir necha yilga muhtoj bo‘ladi. Hattoki sanksiyalar yumshatilsa va xorijiy investitsiyalar kirib kelsa ham, tiklanish jarayoni uzoq davom etadi.
Urush va blokada natijasida Eron aholisi jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklarga duch keldi. 2026 yil may oyida mamlakatda yillik inflyatsiya 84 foizga, oziq-ovqat inflyatsiyasi esa 131 foizga yetdi. Natijada ko‘plab oilalar go‘sht va nonni ham bo‘lib-bo‘lib to‘lashga majbur bo‘lmoqda. Urush davrida 2 millionga yaqin odam ishini yo‘qotgan.
Blokada tashqi savdoga ham kuchli zarba berdi. Aprel oyidan buyon Pokiston portlarida Eron uchun mo‘ljallangan 3 mingdan ortiq konteyner yig‘ilib qolgan. Urush davomida AQSh va Isroil zarbalari natijasida neftni qayta ishlash zavodlari, metallurgiya korxonalari va yirik neft-kimyo majmualari zarar ko‘rdi. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, faqat energetika obyektlarini tiklashning o‘zi 19 milliard dollarga tushishi mumkin. Ayrim baholashlarga ko‘ra, urush oqibatida yetkazilgan umumiy zarar 144 milliard dollarga teng bo‘lib, bu Eron yalpi ichki mahsulotining qariyb yarmiga tengdir.
Kelishuvning eng katta iqtisodiy rag‘batlantiruvchi qismi sifatida Eron iqtisodiyotini tiklash uchun 300 milliard dollargacha investitsiya jalb etilishi mumkinligi haqida gapirilmoqda. Bu summa Eronning bir yillik YAIMiga deyarli teng. Biroq ekspertlar optimizmga ehtiyotkorlik bilan qarash kerakligini ta’kidlamoqda. AQSh prezidenti Donald Trampning o‘zi ham Vashington ushbu mablag‘larni bevosita ajratmasligini bildirgan. Bundan tashqari, Eron iqtisodiyotining katta qismi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) nazoratida bo‘lgani sababli, sanksiyalarni yumshatish AQSh ichida ham kuchli qarshiliklarga uchrashi mumkin.
Shunday qilib, sulh Eron iqtisodiyotiga nafas rostlash imkoniyatini beradi, biroq urush natijasida yuzaga kelgan yuqori inflyatsiya, ishsizlik, ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar va infratuzilma talafotlarini qisqa muddatda bartaraf etish qiyin. Shu sababli hatto kelishuv muvaffaqiyatli amalga oshgan taqdirda ham oddiy eronliklar uning ijobiy natijalarini tez orada his qilishi ehtimoli past. | 201 |
| 20 | Abbbbooooossss🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 | 202 |
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
