en
Feedback
IIV Kadrlar departamenti

IIV Kadrlar departamenti

Open in Telegram

IIV Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minash departamenti Axborot xizmati 🏢Toshkent sh., Y.Radjabiy 1 🌐 https://gov.uz/iiv/ 📞1102 Ishonch tel ☎️ 71 231-43-04 📥info@iiv.uz

Show more
Uzbekistan10 541The category is not specified
6 787
Subscribers
-1024 hours
-767 days
-24330 days
Posts Archive
Jinoyatchilikka qarshi kurashish: natija, masʼuliyat va aniq vazifalar ▶️ Batafsil ——— Жиноятчиликка қарши курашиш: натижа, м
+6
Jinoyatchilikka qarshi kurashish: natija, masʼuliyat va aniq vazifalar ▶️ Batafsil ——— Жиноятчиликка қарши курашиш: натижа, масъулият ва аниқ вазифалар ▶️ Батафсил ——— Борьба с преступностью: результат, ответственность и конкретные задачи ▶️ Подробно | Telegram | Instagram | Matbuot kotibi | Youtube

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi Ichki ishlar organlarining yosh xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon – 2026” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichlari o‘tkazilmoqda | Telegram | Instagram | Matbuot kotibi | Youtube

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi. — Президент Шавкат Мирзиеев провел расширенное совещание по вопросам проводимой в регионах работы по обеспечению занятости и повышению доходов населения. #Mirziyoyev #yigilish #kambagallik #bandlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Xalqaro narkotarmoqning Oʻzbekistondagi faoliyatiga chek qoʻyildi | Telegram | Instagram | Matbuot kotibi | Youtube

Oʻzbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarda yangi bosqichning boshlanishi sifatida tarixga kiradi. — Первый визит Президента Узбекистана в Сербию войдет в историю как начало нового этапа в отношениях между двумя странами. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

💡O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KRIMINOLOGIYA TADQIQOT INSTITUTI “ROR” XALQARO REYESTRIGA KIRITILDI O‘zbekiston Respublikasi Krimi
💡O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KRIMINOLOGIYA TADQIQOT INSTITUTI “ROR” XALQARO REYESTRIGA KIRITILDI   O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutining xalqaro ilmiy makonga integratsiyalashuvi yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam amalga oshirildi. Institut Research Organization Registry (ROR) — ilmiy-tadqiqot va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning xalqaro ochiq reyestriga kiritilib, unga doimiy ROR identifikatori berildi. ROR (Research Organization Registry) dunyo miqyosidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini yagona va barqaror identifikator asosida aniqlashga xizmat qiluvchi xalqaro tizim hisoblanadi. Mazkur identifikator ilmiy maqolalar, tadqiqot natijalari, ma’lumotlar bazalari hamda boshqa ilmiy resurslarda muallifning institutsional mansubligini aniq ko‘rsatish imkonini beradi. Institutning ROR reyestriga kiritilishi: ü Institut nomining xalqaro ilmiy axborot tizimlarida yagona shaklda identifikatsiya qilinishini; ü Institut xodimlarining ilmiy ishlari va ularning tashkilotga mansubligini xalqaro darajada aniq bog‘lashni; ü ORCID, Crossref, DataCite va boshqa xalqaro ilmiy infratuzilmalar bilan integratsiya imkoniyatlarini kengaytirishni; ü Institut tomonidan chop etilayotgan ilmiy maqolalar, monografiyalar, tadqiqot natijalari va boshqa ilmiy ishlanmalarning xalqaro ilmiy makondagi ko‘rinuvchanligini oshirishni; ü Institutning xalqaro ilmiy hamkorlik, ilmiy nashrlar va tadqiqot loyihalaridagi institutsional identifikatsiyasini takomillashtirishni ta’minlaydi. Mazkur natija O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutining xalqaro ilmiy identifikatsiya va indeksatsiya tizimlariga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi, shuningdek, milliy kriminologiya ilmiy maktabining xalqaro ilmiy maydondagi ishtirokini kengaytirish borasidagi ishlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Kelgusida Institutda ROR identifikatoridan xodimlarning ORCID profillari, ilmiy nashrlar, DOI metama’lumotlari hamda boshqa xalqaro ilmiy platformalarda tizimli foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.     Institutning doimiy ROR identifikatori https://ror.org/014y71q62 |🌐Website|Telegram|Facebook|📹Youtube|🌐Instagram

“Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–303-son, 26.08.2026 y.) qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Pekin shahrida tashkil etilgan “Markaziy Osiyo – Xitoy” ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirliklarining norasmiy yigʻilishida ishtirok etdi ——— Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги делегацияси Пекин шаҳрида ташкил этилган «Марказий Осиё – Хитой» ички ишлар ва жамоат хавфсизлиги вазирликларининг норасмий йиғилишида иштирок этди Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

Milliy oʻzlik, inson qadri va xalq farovonligi — 35-yillik mustaqil taraqqiyot mezonlari ▶️ Batafsil ——— Миллий ўзлик, инсон
+3
Milliy oʻzlik, inson qadri va xalq farovonligi — 35-yillik mustaqil taraqqiyot mezonlari ▶️ Batafsil ——— Миллий ўзлик, инсон қадри ва халқ фаровонлиги — 35 йиллик мустақил тараққиёт мезонлари ▶️ Батафсил ——— Национальное самосознание, человеческое достоинство и благосостояние народа – критерии 35-летнего независимого развития ▶️ Подробно | Telegram | Instagram | Matbuot kotibi | Youtube

Oʻzbekiston va Xitoy huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda ▶️ Batafsil ——— Ўзбекистон
+3
Oʻzbekiston va Xitoy huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda ▶️ Batafsil ——— Ўзбекистон ва Хитой ҳуқуқни муҳофаза қилиш соҳасидаги ҳамкорликни янги босқичга олиб чиқмоқда ▶️ Батафсил ——— Узбекистан и Китай выводят сотрудничество в правоохранительной сфере на новый уровень ▶️ Подробно ——— Cooperation between Uzbekistan and China in law enforcement reaches a new level ▶️ Read more Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

Andijonda IIVga biriktirilgan va tizimdagi taʼlim muassasalari faoliyati oʻrganildi ▶️ Batafsil ——— Андижонда ИИВга бириктири
+3
Andijonda IIVga biriktirilgan va tizimdagi taʼlim muassasalari faoliyati oʻrganildi ▶️ Batafsil ——— Андижонда ИИВга бириктирилган ва тизимдаги таълим муассасалари фаолияти ўрганилди ▶️ Батафсил ——— В Андижане проведено изучение деятельности образовательных учреждений, закрепленных за МВД и входящих в систему ведомства ▶️ Подробно Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

⚡️ IIV ta’lim tizimida raqamli monitoring va “Smart-reyting” joriy etiladi Prezidentning PQ–303-son qarori bilan kadrlarni tayyorlash, baholash va keyingi kasbiy rivojlanishini raqamli kuzatib borishning yangi mexanizmlari belgilanadi. 📊 “Professional Life-Cycle Monitoring” tizimi 2027-yil 1-avgustdan idoraviy texnikumlar va Akademiyada “Uzluksiz kasbiy rivojlanish monitoringi” tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Tizim ta’lim oluvchining o‘qish davridan boshlab xizmat faoliyati yakuniga qadar bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi. 💻 Har bir ta’lim oluvchining raqamli portfoliosi yaratiladi Portfolioda: 🔺 bilim darajasi; 🔺 kasbiy ko‘nikmalar; 🔺 shaxsiy fazilatlar; 🔺 o‘qish va xizmat faoliyati natijalari real vaqt rejimida jamlab boriladi. Portfolio “o‘quv-karyera” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi. Bitiruvchilarning faoliyati 5 yil davomida kuzatib boriladi. 🎯 Portfolio asosida kasbiy rivojlanish yo‘li belgilanadi Xodim uchun: 🔺 individual “o‘quv-karyera” modeli; 🔺 kasbiy o‘sish prognozi; 🔺 “istiqbolli karyera” bo‘yicha tavsiyalar; 🔺 zarur hollarda navbatdan tashqari malaka oshirish mexanizmlari shakllantiriladi. Raqamli portfolioda to‘plangan natijalar istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish va lavozimlarga tayinlashda ham hisobga olinadi. 🏆 “Smart-reyting” platformasi joriy etiladi Akademiya va Malaka oshirish institutida professor-o‘qituvchilar, kursant va tinglovchilarning natijalarini kompleks baholaydigan “Smart-reyting” platformasi joriy etiladi. Reytingda: 🔺 akademik natijalar; 🔺 innovatsion metodik yondashuvlar; 🔺 mashg‘ulotlar samaradorligi; 🔺 jismoniy tayyorgarlik; 🔺 ilmiy, ijtimoiy va ijodiy faollik inobatga olinadi. 🏅 Har semestr yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan 10 nafar professor-o‘qituvchi va 10 nafar kursant rag‘batlantiriladi. Shu bilan birga, o‘quv yili yakunida eng past natija ko‘rsatgan 10 nafar professor-o‘qituvchi bilan keyingi o‘quv yili uchun pedagogik faoliyat shartnomasi uzaytirilmasligi mumkin. 🔬 Ilmiy tadqiqot va grantlar uchun yangi imkoniyatlar Jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi dolzarb muammolar yechimiga qaratilgan har yili kamida 5 ta ilmiy-tadqiqot granti e’lon qilinadi. Shuningdek, ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida ishlab chiqilgan loyihalarni IIVning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish mexanizmi joriy etiladi. 📌 Asosiy maqsad — kadr tayyorlashning yagona uzluksiz tizimini shakllantirish: maktab → akademik litsey → idoraviy texnikum → IIV Akademiyasi → amaliyot → malaka oshirish → karyera Ta’lim, tadqiqot va amaliyot o‘zaro integratsiya qilinib, xodimning kasbiy rivojlanishi raqamli texnologiyalar orqali kuzatib boriladi. | Telegram | Instagram | Matbuot kotibi | Youtube

⚡️ Malaka oshirish tizimi ham yangi bosqichga chiqariladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–303-son qarori qabul qilindi. Malaka oshirish institutining hududiy tarmog‘i kengaytiriladi IIVning: 🔹 Farg‘ona; 🔹 Jizzax; 🔹 Toshkent; 🔹 Surxondaryo mintaqaviy o‘quv markazlari IIV Malaka oshirish institutining filiallari sifatida qayta tashkil etiladi. Nukus filialining kasbiy tayyorgarlik fakulteti esa “Serjantlar tayyorlash markazi” sifatida qayta tashkil etiladi. 📍 “Mobil kasbiy malaka oshirish kurslari” yo‘lga qo‘yiladi Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning: 🔺 o‘rta bo‘g‘in rahbarlari; 🔺 jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimi xodimlari uchun xizmat joylarining o‘zida bosqichma-bosqich mobil kasbiy malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Mashg‘ulotlarga Akademiya, Malaka oshirish instituti va Jamoat xavfsizligi universitetining professor-o‘qituvchilari hamda amaliyot xodimlari jalb etiladi. 💡 Akademik litseylarda startap va innovatsiyalar markazlari tashkil etiladi IIV akademik litseylarida ta’lim oluvchilarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida startap loyihalar va innovatsiyalar markazlari tashkil etiladi. 🔺 Har bir idoraviy litseyning 5 nafar mutaxassisi “Yangi O‘zbekiston” universitetida startap va xakaton loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi. 🔺 Iqtidorli o‘quvchilar saralanib, ularning jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasiga qaratilgan startap loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi. 🎯 Litseylardagi iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyat Eng muhim yangiliklardan biri — xakaton va startaplar g‘oliblarining belgilangan shartlar asosida IIV Akademiyasi bakalavriatiga yakuniy suhbatlarsiz qabul qilinishi mumkinligidir. | Telegram | Instagram | Matbuot kotibi | Youtube

⚡️IIVning idoraviy texnikumlari tashkil etiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–303-son qarori qabul qilindi. ⚠️ 2027/2028-o‘quv yilidan ro‘yxat bo‘yicha kasbiy ta’lim tashkilotlari yuridik shaxs maqomini saqlagan holda IIVning idoraviy texnikumlari sifatida qayta tashkil etiladi. Ofitserlar tarkibi uchun — 2 yillik ta’lim Texnikumlarda “11+2” dasturi asosida: 🔻 2 yillik ta’lim; 🔻 davlat granti asosida kadrlar tayyorlash; 🔻 ikkinchi va undan keyingi kasbiy ta’lim — to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 🛡 Safdorlar tarkibi uchun — 6 oylik tayyorgarlik Oliy ma’lumotga ega bo‘lmaganlar uchun 6 oylik maxsus boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi Kasbiy tayyorgarlik markazlarida amalga oshiriladi. Barcha nomzodlar belgilangan tartibda tanlov asosida qabul qilinadi. 🕯 Qabul kvotasi — 600 nafargacha Ikki yillik ta’lim dasturi bo‘yicha har yili umumiy qabul kvotasi 600 nafargacha bo‘ladi. 🎯 Davlat granti asosida tahsil olib, texnikumni tamomlagan fuqarolar ichki ishlar organlarida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 3 yil uzluksiz majburiy xizmat o‘tash haqida shartnoma tuzadi. 📚 Ta’limning yangi modeli Texnikumlarda ta’lim: 🔻 kredit-modul tizimi; 🔻 dual ta’lim shakli; 🔻 IIV Akademiyasi bakalavriat dasturlari bilan integratsiya asosida tashkil etiladi. 📌 Shu tariqa ichki ishlar organlari uchun kasbiy kadrlar tayyorlash tizimida yangi ta’lim modeli joriy etiladi. | Telegram | Instagram | Matbuot kotibi | Youtube

⚡️ IIV Akademiyasida ta’limning yangi bosqichi boshlanadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–303-son qarori qabul qilindi. Mazkur hujjat bilan IIV Akademiyasida professional kadrlar tayyorlash tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, ta’limni amaliyot bilan yanada yaqinlashtirish hamda ilg‘or texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng joriy etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. 🏫 Akademiyada “School” tizimi joriy etiladi 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ta’lim jarayoni TOP-1000 universitetlar hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida bosqichma-bosqich takomillashtiriladi. Fakultet va kafedralar maqbullashtirilib, ular negizida maktablar va sho‘balar tashkil etiladi. 🔹 Maktablar muayyan ixtisoslik bo‘yicha kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqot olib borish hamda huquqni qo‘llash amaliyotini ta’lim bilan integratsiya qilishga mas’ul bo‘ladi. 🔹 Maktablarga IIV departament va xizmat boshliqlari mas’ul direktor sifatida rahbarlik qiladi. 🔹 Kundalik o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va nazorat qilish ijrochi direktor zimmasiga yuklatiladi. 🤖 IT va sun’iy intellekt yo‘nalishlari kuchaytiriladi Akademiyada zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladi. Jumladan: 🔹 dasturiy injiniring; 🔹 kiberxavfsizlik injiniringi; 🔹 kompyuter injiniringi — sun’iy intellekt; 🔹 uchuvchisiz uchish qurilmalarini boshqarish; 🔹 maxsus dasturiy ta’minot yo‘nalishlari bo‘yicha mahalliy va xorijiy mutaxassislar jalb etiladi. Shuningdek, 2026–2030-yillarda ta’lim, texnologiya, innovatsiya va sun’iy intellekt masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi. 💻 Qabulda yangi imkoniyatlar IIV akademik litseylarida xakaton va startaplar g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilar dastlabki va maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, belgilangan kvota doirasida Akademiya bakalavriatiga yakka tartibdagi yakuniy suhbatlarsiz qabul qilinishi mumkin. Shuningdek, AKT sohasidagi OTMlarning 2-bosqichini tamomlagan talabalar uchun “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish” yo‘nalishi bo‘yicha “2+2” dasturi asosida maqsadli qabul mexanizmi joriy etiladi. 🎓 Kursantlar 1-kursdan amaliyotga yaqinlashtiriladi Ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi. Kursantlar 1-kursdan boshlab IIV sohaviy xizmatlari va hududiy bo‘linmalariga biriktiriladi. Bu esa nazariy bilimlarni bevosita amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Bitiruvchi kurs kursantlariga o‘qishni yakunlagunga qadar “katta serjant” maxsus unvoni beriladi. Shuningdek, ta’lim dasturini o‘zlashtira olmagani sababli kursantlar safidan chetlatilgan shaxslarga ichki ishlar organlarida safdor yoki serjantlar tarkibida xizmat qilish hamda 1–3 yil ichida Akademiyaga qayta tiklanish imkoniyati yaratiladi. 🌍 Professor-o‘qituvchilarning malakasi oshiriladi Har yili kamida: 🔹 50 nafar professor-o‘qituvchi — “Yangi O‘zbekiston” universitetida; 🔹 30 nafar xodim — xorijiy ta’lim tashkilotlarida maqsadli stajirovka o‘taydi. | Telegram | Instagram | Matbuot kotibi | Youtube

Davlat rahbari topshiriqlarining aniq natijasi joylarda koʻrinadi: Xorazmda ichki ishlar organlari faoliyati va xavfsizlik ti
+9
Davlat rahbari topshiriqlarining aniq natijasi joylarda koʻrinadi: Xorazmda ichki ishlar organlari faoliyati va xavfsizlik tizimi samaradorligi oʻrganildi ▶️ Batafsil ——— Давлат раҳбари топшириқларининг аниқ натижаси жойларда кўринади: Хоразмда ички ишлар органлари фаолияти ва хавфсизлик тизими самарадорлиги ўрганилди ▶️ Батафсил ——— Конкретный результат поручений главы государства виден на местах: в Хорезме изучена деятельность органов внутренних дел и эффективность системы обеспечения безопасности ▶️ Подробно Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

Namangandagi IIV obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganildi ▶️ Batafsil ——— Наманган
+3
Namangandagi IIV obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganildi ▶️ Batafsil ——— Намангандаги ИИВ объектларида амалга оширилаётган ишлар ва яратилган шарт-шароитлар ўрганилди ▶️ Батафсил Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

♦️Ichki ishlar vazirligi Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida navbatdagi tantanali Qasamyod qabul qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi
+6
♦️Ichki ishlar vazirligi Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida navbatdagi tantanali Qasamyod qabul qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi
Tadbirda tinglovchilar Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishga, qonun ustuvorligini ta’minlashga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga hamda yuksak intizom va mas’uliyat bilan o‘z xizmat burchini ado etishga qasamyod qildilar. Qasamyod qabul qilish ichki ishlar organlari xodimi uchun yuksak ishonch va katta mas’uliyat ramzi hisoblanadi. Marosim davomida tinglovchilar Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda xizmat burchini sidqidildan ado etishga qasamyod qildilar. Qasamyod qabul qilish orqali ular ichki ishlar organlari xodimiga xos bo‘lgan yuksak mas’uliyat va burchni o‘z zimmalariga oldilar. Mazkur tadbir tinglovchilarning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xalqaro eʼtibor markazidagi Samarqand — yuksak ishonch, ulkan masʼuliyat va mustahkam xavfsizlik ▶️ Batafsil ——— Халқаро эъти
+9
Xalqaro eʼtibor markazidagi Samarqand — yuksak ishonch, ulkan masʼuliyat va mustahkam xavfsizlik ▶️ Batafsil ——— Халқаро эътибор марказидаги Самарқанд — юксак ишонч, улкан масъулият ва мустаҳкам хавфсизлик ▶️ Батафсил ——— Самарканд — в центре международного внимания: высокое доверие, огромная ответственность и надежная безопасность ▶️ Подробно Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV