Raqamli Qal'a
Open in Telegram
Kiberxavfsizlik haqida blog Murojaat uchun: @nazirjons
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
638
Subscribers
+824 hours
+1307 days
+26630 days
Posts Archive
#06
Burp Suite — veb-ilovalarni xavfsizlik zaifliklariga tekshirish uchun ishlatiladigan proksi (proxy) asosidagi vosita. U brauzer va server o'rtasida joylashib, barcha so'rov va javoblarni ushlab qoladi — shu orqali ma'lumotlarni ko'rish, tahlil qilish va hatto o'zgartirish mumkin.
*Proxy — foydalanuvchi va server o'rtasida turadigan vositachi; sizning brauzerdagi so'rovlaringiz to'g'ridan-to'g'ri emas, shu vositachi orqali o'tadi.
@digitalqala
+1
🇩🇪Berlin hukumatidan 5,7 TB ma'lumot o'g'irlandi
Germaniyaning Berlin shahar hokimiyati tarmog'i Rhysida nomli (ransomware) guruhi tomonidan buzib kirilgan. Hujum avgust oyida sodir bo'lgan, hozir esa tafsilotlar ma'lum bo'lmoqda.
O'g'irlangan ma'lumotlar:
⭐️ xodimlarning shaxsiy va kadrlar ma'lumotlari
⭐️ nogironligi bo'lgan xodimlar haqidagi maxfiy ma'lumotlar
⭐️ mudofaaga oid hujjatlar va qurilish dokumentatsiyasi
⭐️ zaifliklar va xavfsiz aloqa bo'yicha ichki yo'riqnomalar
⭐️ parollar, bank ma'lumotlari, elektron pochtalar
Hakerlar ~2 million yevro (30 BTC) to'lov talab qilishgan, aks holda ma'lumotlarni #darknet'da ochiq sotishga va'da berishgan. Berlin hokimiyati to'lovni rad etdi.
@digitalqala
Qulaylik va Tasavvur
Texnologiyadan foydalaning, ammo o‘z tasavvur chegaralaringizni unga topshirib qo‘ymang.
@digitalqala
#05
DNS — internetdagi domen nomlarini (masalan, google.com) kompyuterlar tushunadigan IP manzillarga aylantirib beruvchi tizim.
Foydalanuvchi sayt nomini yozadi, DNS esa uni tegishli raqamli manzilga aylantirib, saytga ulanishni ta'minlaydi.
@digitalqala
🖥 Docker’ni o‘rganish uchun bepul platforma
Tasodifiy YouTube playlistlarini ko‘rishdan ko‘ra, amaliyot orqali o‘rganing.
Platformada haqida:
⭐️11+ soatlik amaliy mashg‘ulotlar
⭐️Interaktiv topshiriqlar va mashqlar
⭐️Docker asoslarini bosqichma-bosqich o‘rganish
@digitalqala
⭐️ Boshlang'ich bug bounty uchun bepul kurs
#Wiz yangi boshlovchilar uchun bepul Bug Bounty Masterclass mini-kursini taqdim etdi.
Kurs haqida:
⭐️ Boshlang'ich daraja uchun
⭐️ 4 ta modul
⭐️ Amaliy topshiriqlar
⭐️ Ingliz tilida
🔥Qiziq tomoni, kursdagi topshiriqlarga o'xshash zaifliklar tadqiqotchilarga $3 000–$27 000 miqdorida mukofot olib kelgan.@digitalqala
#04
Metadata — bu ma'lumotning o'zi emas, balki shu ma'lumot haqidagi qo'shimcha ma'lumot.
Masalan, emailda:
•kim yubordi
•kimga yuborildi
•qachon yuborildi
•xat hajm
•IP manzil
@digitalqala
#Muhokama
💭So'rovnomamiz kommentariyasida obunachilarimizdan qiziqarli savol kelib tushdi: "Qaysi biri yaxshi deb oʻylaysizlar?"
Kiberxavfsizlikni nimadan boshlagan ma'qul?
⭐️ Linux
⭐️ Tarmoqlar
⭐️ Python
⭐️ Xavfsizlik asoslari
Sizningcha, qaysi biri birinchi o'rinda turishi kerak? Keling, birgalikda muhokama qilib, fikrlar almashamiz:
💬Tanlovingizni izohlab, nima uchun aynan shu yo'nalishdan boshlash kerakligini yozib qoldiring.
@digitalqala
💲 AI bergan havola sabab $2,1 mln yo‘qotildi
Alex ismli kriptoinvestor #ChatGPT’dan sFLR tokenlarini WFLR’ga qayerda almashtirish mumkinligini so‘radi.
🌟 AI bergan javobdagi havola esa fishing saytiga olib chiqqan. Alex havolaga kirib, kriptohamyonini ulagan. Oradan bir necha soniya o‘tib, $2,1 mln dan ortiq kriptovalyutasidan ayrilgan.
💬 Siz AI bergan havolaga ishonasizmi?
@digitalqala
#03
MITM (Man-in-the-Middle) — ikki tomon o'rtasidagi aloqa jarayoniga uchinchi tomon yashirincha aralashadigan hujum turi.
Bu jarayonda hujumchi ma'lumotlarni ushlab qolishi yoki o'zgartirishga urinishi mumkin.
@digitalqala
😌 Ledger foydalanuvchilari 2 mln dollardan ortiq zarar ko‘rdi
Kiberjinoyatchilar #Ledger kriptohamyoniga o‘xshash soxta saytlar yaratib, ularni Google Ads orqali reklama qilgan.
🖥 Jabrlanuvchilarning 90% ga yaqini Google qidiruvida chiqqan soxta saytga kirib, kriptohamyonlarni ulagan va natijada kripto aktivlarni yoʻqotishgan.
@digitalqala
📃 AQShda 153 millionta haydovchilik guvohnomasi maʼlumotlari sizib chiqdi
AQSh fuqarolariga tegishli 153 milliondan ortiq haydovchilik guvohnomasi va boshqa millionlab hujjatlar internetda sotuvga qo‘yilgani haqida xabar berilmoqda.
Sizib chiqqan ma'lumotlar:
⭐️ 153 mln+ haydovchilik guvohnomasi
⭐️ 10 mln+ ID hujjatlari
⭐️ 3 mln+ boshqa hujjatlar
⭐️ 600 mingga yaqin tibbiy yozuvlar
Eng xavflisi — shaxslarning fotosuratlari ham mavjud ekani aytilmoqda. Ma'lumotlar IDScan bilan bog'liq bo'lishi mumkinligi haqida xabarlar bor, ammo kompaniya tomonidan hozircha rasmiy tasdiq yo'q.
⚡️ Agar bu ma'lumotlar tasdiqlansa, AQShdagi eng yirik ma'lumot sizib chiqish holatlaridan biri bo'lishi mumkin.
@digitalqala
👨💻 Kiberxavfsizlikni bosqichma-bosqich o'rganish uchun 90 kunlik bepul dastur.
Unda o'quv materiallari, videolar va amaliy laboratoriyalar jamlangan:
⭐️Network+
⭐️Security+
⭐️Linux / Python
⭐️Traffic Analysis
⭐️Git / ELK
⭐️AWS va Azure
⭐️Hacking asoslari
@digitalqala
#fakt #linux
🐧Dunyoning TOP-500 ta superkompyuterining barchasi Linux’dan foydalanadi.
Ya'ni, bu reytingda Linuxdan boshqa operatsion tizim yo'q.
@digitalqala
#02
OSINT (Open Source Intelligence) –
Internet va boshqa ochiq manbalardan ma'lumot yig'ish va tahlil qilish usuli.
@digitalqala
✉️ StegCloak — matn ichida yashirin ma'lumot saqlash vositasi
StegCloak oddiy ko'rinadigan matn ichiga maxfiy xabarni yashirish imkonini beradi. Bunda ma'lumotlar siqiladi, shifrlanadi va ko'rinmas Unicode belgilar yordamida matnga joylashtiriladi.
📂 Yashirilgan matn tashqi ko'rinishidan oddiy xabardan farq qilmaydi. Uni Telegram, email yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborish mumkin.
🟢Ma'lumotlarni Parol, AES-256-CTR va HMAC yordamida himoyalash imkoniyati mavjud.
@digitalqala
