BTM | TIZIM
Open in Telegram
Biznesni tizimlashtirish shogirdlik dasturi ✅11-iyul kuni boʻlib oʻtadigan seminar uchun joyingizni band qiling. 📲 @btm_shogirdlik 📞+998712000616
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 238
Subscribers
+624 hours
-57 days
+6730 days
Posts Archive
1 240
+3
❓ Nima uchun ayrim sotuv menejerlari 10 ta qoʻngʻiroqdan 8 tasini mijozga aylantiradi, boshqalari esa 30 ta qoʻngʻiroq boʻlsa ham sota olmaydi?
📚 Bugun shogirdlik dasturimizda shu mavzuni SPIN texnikasi orqali batafsil koʻrib chiqdik. Sotuv skriptlaridagi asosiy xato va kamchiliklarni oʻrganib chiqdik. Chunki aynan sotuv skriplari sabab katta sotuvlar amalga oshirilishi yoki marketing, reklama uchun sarflangan byudjet shunchaki kuyib ketishi ham mumkin.
SPIN texnikasi orqali sotuvlarni qanday qilib karrasiga oshirish mumkin? Koʻrib chiqamizmi – 🔥
✉️ @btm_tizim
1 240
📚 AI orqali kontent qilish, rasm yaratish, video chiqarish va prompt yozish keyingi 6-12 oyda hamma uchun oddiy narsaga aylanib qoladi.
Texnologiya tenglashganda esa bozorda hamma bir xil kontent qilishni boshlaganda sizni hammadan Tizim ajratib turadi.
✔️ Haqiqiy natijani AI emas, oʻsha texnologiyani biznesingizga bogʻlab turgan tizim beradi. Shogirdlik dasturimizda har bir oʻquvchining AI orqali yaratayotgan ishlarini birma-bir individual yondashib kuzatib, feedback beryapmiz.
🤑 Darslarda nafaqat tizimlashtirish boʻyicha amaliy-nazariy bilim olishyapti, yuqori konversiyali kontentlar yaratib qoʻshimcha daromad qilish strategiyasini ham jarayonda oʻrganib borishyapti.
✉️ @btm_tizim
1 240
+2
🚀 Har qanday ishni AI bilan 10 barobar tezroq qilish mumkin
Eng kuchli koʻnikma — biror sohani bilish emas. Eng kuchli koʻnikma – istalgan sohani tez oʻrgana olish. Oʻrganganini amalda sinab koʻrish.
📚 Buni meta-koʻnikma deyishadi. Va aynan shu sizni boshqalardan ajratib turadi. Bugun shogirdlik dasturimizda AI orqali karusel postlar yashashni oʻrganib, amaliyotda ham sinab koʻrdik ⚡️
✉️ @btm_tizim
1 240
Dunyoda har kuni millionlab zo‘r g‘oyalar tug‘iladi. Lekin ularning 90% dan ortig‘i qog‘ozda yoki xayolda qolib ketadi. Realizatsiya qilinmaydi.
Chunki g‘oya mualliflarida uni har kuni, qadamma-qadam rivojlantirish uchun tizimli yondashuv – operatsion boshqaruv yetishmaydi.
@btm_tizim
1 240
+1
🚀 "Narxlash oʻyini" haqida eshitganmisiz?
📊 Biznesni tizimlashtirish va moliyaviy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini amalda sinab ko‘radigan eng qiziqarli intelektual oʻyinlardan biri – Narxlash oʻyini.
🎯 O‘yin maqsadi: Resurslarni to‘g‘ri taqsimlash, optimal narx belgilash va raqobatchilardan ustun kelib, bozor ulushini maksimal darajaga chiqarish.
⚡️ Bu o‘yin biznesdagi har bir so‘mning qadrini, narx belgilashdagi psixologiyani va raqobat muhitida qanday qilib barqaror qolishni "jonli" tarzda oʻrganishda yordam beradi.
Oʻyin shartlari qiziqmi – 🔥
@btm_tizim
1 240
🤝 Sotuv – ko'pchilik o'ylaganchalik murakkab jarayon emas
💡 Aslida sotuv muvaffaqiyatining eng katta siri ilmda va bu ilmni oʻrnida qo'llashni bilishda yotadi.
📚 Shogirdlik dasturimizda sotuv boʻyicha olingan bilimlarni Kahoot oʻyini orqali sinovdan oʻtkazyapmiz. Bilimlarni mustahkamlayapmiz ⚡️
💰 Sotuvda mijozning ehtiyojlarini chuqur tushunib, unga haqiqiy yechim taqdim etish uchun sotuv skillaringiz ham kuchli boʻlishi kerak.
@btm_tizim
1 240
💰 Nega ba’zi bizneslarda sotuvlar yoʻq yoki umuman oʻsmaydi?
📊 Bu savol ko‘plab biznes egalari va tadbirkorlarni qiynaydi. Sotuvlarning to‘xtashi yoki o‘smasligi koʻp faktorlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:
🔹Noto‘g‘ri auditoriya tanlash. Sotuvlar doimiy boʻlishi uchun avval potensial mijozning aniq portreti choʻzilishi kerak. Mijozingiz kim? Yoshi, daromadi, qiziqishlari, og‘riqli nuqtalari nima? Aniqlagach marketing uchun pul sarflash va sotuvda oʻsishni koʻrish mumkin.
🔹 Raqobatchilarni e’tiborsiz qoldirish. Koʻpchilik raqobatchilarni tahlil qilish deganda narx va sifatni tushunadi. Xizmat ko‘rsatish tezligi va mijozlar ulardan nima uchun norozi ekanini o‘rganing. Ularning kamchiligini o‘z ustunligingizga aylantiring. Narxni emas, qoʻshimcha qiymat va servisingiz sifatini doimiy oshirib, sotuvni ham oshiring.
🔹 Sotuv bo‘limining tizimlashtirilmaganligi. Aksariyat korxonalarda sotuv bo‘limi yetarlicha tizimlashtirilmagan. CRM tizimi toʻliq joriy qilinmagan. Savdo menejerlari yoki call-markaz operatorlari mijozlar bilan vaqtida bog‘lanmaydilar. Leadlar vaqtida qayta ishlanmaydi, sotuvchilar uchun aniq reja va maqsad qo‘yilmagani sabab sotuvlar pasayib, mijozlar yo‘qotiladi.
🔹 Sotuv jamoasining yaxshi ishlamasligi. Koʻpchilik sotuvchilarga katta ahamiyat bermaydi. Aslida, mijozni ishontira oladigan, uning ehtiyojini chuqur tushunadigan va eʼtirozlar bilan ishlab, foyda olib keladigan professional sotuvchilar – biznesning yuragi Agar sotuvchilaringiz zamonaviy sotuv texnologiyalarini SPIN yoki neyromarketing elementlarini bilmasa, sotuv yuqori boʻlmaydi. Malakasiz yoki motivatsiyasiz sotuvchi esa kompaniya byudjetini behuda sarflaydigan resurs.
@btm_tizim
1 240
+3
💲Mijoz ofisga kelib sotib olmasa ham, bu siz uchun katta foyda
✔️ Ofisga kelgan odam sizning brendingizni his qiladi. Joylashuv, infratuzilma, jamoa, servis, bularning barchasi reklama kontentlarida doim ko‘rinmaydi.
📚 Mijoz sizdan bugun sotib olmadi degani, hech qachon sotib olmaydi degani emas. Mijoz hali qaror qilmagan bo‘lishi mumkin. Lekin xotirasida sizning loyihangiz qoladi. Ishonch paydo boʻladi. Sotib olish vaqti kelganda esa birinchi bo‘lib sizni eslaydi.
🤑 Sotuv jarayoni faqat bugungi kelishuv emas. Bu jarayon uzoq muddatli aloqani boshlashdir. Odatda mijozlar bir necha oy o‘ylab, keyin qaytib keladi.
O’quv markaz, xususiy maktab, avtosalon sohalari uchun bu usul yaxshi ishlaydi. Foydalanib koʻring.
P.s: Shogirdlik dasturimizda sotuv va sotuv boʻlimini qurish boʻyicha darslarimiz davom etyapti 🚀
✉️ @btm_tizim
1 240
💰 Sotuvni xodimlar emas, tizimli jarayon amalga oshiradi
Koʻpchilik savdoda muammo boʻlsa xodimlar sust ishlashyapti deb tushunishadi.
✔️ Aslida muammo sotuvchi xodimlarda emas, tizimli jarayonda.
➖ Metrikalar yoʻq
➖ Kuzatuv va tahlil yoʻq
➖ Natijalar aniq oʻlchanmaydi
🤑 Natijada savdo oʻsmasligi tabiiy. Savdoni oshirish uchun xodimni emas, jarayonni boshqarish kerak.
Skriptlar, metrikalar, CRM, follow-upʼlar – bular tizimning bir qismi. Tizim toʻgʻri qurilgan boʻlsa va ishlasa, yangi xodim jarayonga kirgan kuniyoq natija keltirishni boshlaydi.
✉️ @btm_tizim
1 240
Kapalak tutishni istasang, bogʻ yarat
Mijoz topishga sarflanadigan energiya va resursni – mahsulotingizni qidirib topiladigan va tanlanadigan darajaga chiqarishga sarflang.
✉️ @btm_tizim
1 240
+3
💰 Odamlar faqat shu 3 narsa uchungina pul sarflashadi
1️⃣Yechim. Mijozlar oʻz muammosini yo‘qotish uchun pul to‘lashadi. Shifokor, advokat yoki yarim tunda chaqirilgan santexnikka ishingiz tushsa narx boʻyicha bahslashaysiz. Muammo qanchalik katta va og‘riqli bo‘lsa, narx ham shuncha yuqori boʻladi.
2️⃣Qulaylik. Xaridorlar qiyinchilikdan qochish uchun pul to‘lashadi. Amazon xarid qilishni ixtiro qilmadi, u xaridni bitta tugmani bosish – one-clickʼni joriy qildi. Uber taksini ixtiro qilmadi, u kutish vaqtini olib tashladi. Odamlar noqulaylikdan qochish uchun doim pul to‘lashga tayyor.
3️⃣Tajriba va hissiyot. Insonlar nimadir his qilish uchun pul to‘lashadi. Sotuvning asosi ham hissiyotlarga tayanadi. Disney attraksionlar sotmaydi, u bolalaringiz umrbod eslab qoladigan bir kunlik xotirani sotadi. Mahsulotning o‘zi emas, uni ishlatgandagi hissiyot — bu mahsulotning haqiqiy qiymati.
✔️ Orzuingizdagi xaridorning eng keng tarqalgan va doimiy muammosini aniqlang.
Keyin, ularga eng qimmatli, qulay va tezkor yechimni taklif qiling. Kuchli taklif – kutilgan natija 🔥
✉️ @btm_tizim
1 240
Jamoa boshqaruvida balansni saqlash uchun bu 6 asosiy psixotipni tushunib ularni to‘g‘ri joylashtirish — menejmentdagi eng katta yutuq 🔥
🤑 Jamoalarda eng ko‘p uchraydigan, bir-birini to‘ldiruvchi 6 psixotip:
1️⃣Strateg – gʻoyalar generatori. Ular nima uchun va qayerga qarab ketayotganimizni aniqlab berishadi. Vaziyatni oldindan koʻra olishadi. Ularni qatʼiy qoliplarga solmasdan, erkinlik berish va katta maqsadlar bilan ruhlantirib turish kerak.
2️⃣Ijrochi – tizimlashtiruvchi. Strategning g‘oyalarini aniq reja va bosqichlarga aylantirib beruvchi "dvigatel". Intizomli, tartibli, reja asosida ishlashadi. Aniq muddatlar, deadline va aniq KPIlar bilan ishlashadi. Ularni o‘zgarishlarni emas, stabillikni xush ko‘rishadi.
3️⃣Kommunikator –jamoaning "yuragi". Insonlar o‘rtasidagi aloqani taʼminlashadi. Empatiyali, muzokaralarda ustun, jamoa ruhini doimiy ko‘tarshadi. Odamlar bilan ishlash, maqtov va eʼtibor ularning asosiy yoqilg‘isi. Faqat konfliktlardan qochishga urinishi sababli qiyin qarorlarni kechiktirishlari mumkin.
4️⃣Tanqidchi – analitik. Jamoani xatolardan himoya qiluvchi "filtr". Detallarga eʼtiborli, faktlarga tayanib ish koʻrishadi. Ularga loyihaning "kamchiliklarini topish" vazifasini berib, sifat va darajani oshirish mumkin. Jamoa feedbackʼlarga ochiq boʻlishi kerak buning uchun.
5️⃣Motivator – energiya manbai. Qiyin vaziyatlarda jamoani oldinga boshlaydigan lider. Optimist, g‘ayratli, qiyinchiliklardan qo‘rqmaydi. Ularga yangi challengeʼlar bering. Ular qancha ko‘p masʼuliyat olishsa, shuncha yaxshi ishlashadi.
6️⃣Ekspert – professional. O‘z ishining ustasi, texnik muammolarni hal qiluvchi tayanch. Chuqur bilimga ega, aniq faktlar va mahoratga tayanadi. Ularga hurmat ko‘rsating va o‘z sohasida mustaqil qaror qabul qilish huquqini bering. Va natija 🚀
✔️ Boshqaruvchining vazifasi — xodimlarni o‘zgartirish emas. Ularning kuchli jihatini aniqlab, tabiiy potentsialini eng yuqori darajada ochib beradigan o‘ringa joylashtirish.
Bir-birini toʻldirib turadigan jamoa qurish va natijalarni karrasiga oshirish uchun ham xodimlar psixotipini muhim 🔥
Siz qaysi xodim turiga kirasiz?
✉️ @btm_tizim
1 240
+3
Bugun shogirdlik dasturimizda marketing boʻlimidagi soʻnggi darsimizni oʻtkazib oldik 🚀
Shogirdimiz – Abdurashid Abdualimov oʻquvchilarga "Mijoz topishning 32 yoʻli" mavzusida qoʻshimcha dars oʻtib berildilar 🎤
Mijoz yo‘lini – CJM qurishning 8 ta qoidasi, maqsadli auditoriyani aniqlab tahlil qilish, auditoriyani segmentlarga ajratish usullari;
➖Kompaniya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqagacha bo‘lgan o‘tmish qanday bo'lganini bilish (tarix)
➖Xarid qilishgacha bo‘lgan qadamlar ketma-ketligi haqida amaliy nazariy mashgʻulotlar oʻtkazildi dars davomida 🔥
✉️ @btm_tizim
1 240
📚 Koʻpchilik kuchli jamoa qurish va uni boshqarishda qiynaldi. Sabab ushbu strategik yondashuvga jiddiy eʼtibor bermasliklarida 👇🏼
💠Jamoa qurish va boshqaruvda xodimlarning psixotipiga toʻxtalamiz. Psixotip – bu insonning xarakteri, dunyoqarashi, muloqot uslubi va stressli vaziyatdagi xatti-harakatlarining jamlanmasi hisoblanib, xodimning jamoaga qanday taʼsir qilishini oldindan aniqlash uchun kerakli instrument.
⚡ Ish joyida psixotiplarni tushunish – shunchaki yaxshi xodimni tanlash emas, uning qaysi vazifada potentsialidan maksimal foydalanib ishni tez, oson bajarishi, samaradorlikni qanchalik oshirishini kuzatishda muhim hisoblanadi.
🔵 Jamoalarda keng tarqalgan 6 ta asosiy psixotop turi bor. Va ularni aniqlamaslik – ishning orqaga ketishi va menejmentdagi muammolarning doimiy takrorlanishiga olib keladi.
Jamoadagi 6 ta muhim xodim psixotopi va ularni aniqlab, toʻgʻri boshqarish mavzusi qiziqmi – 🔥
✉️ @btm_tizim
1 240
AI – insonlarning o‘rnini bosa olmaydi. AI dan foydalanadigan odamlar, foydalanmaydiganlarning o‘rnini oladi.
✉️ @btm_tizim
