O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi 🇺🇿
Open in Telegram
⚖️ Maqsadimiz mamlakatda yuridik kasbning sha'ni, mustaqilligi va professional standartlarini himoya qilish va rivojlantirish. 🇷🇺 Rus tilida: https://t.me/ULAru_Officiall
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 522
Subscribers
+524 hours
+1897 days
+78230 days
Posts Archive
⁉️ Shtat qisqarishi munosabati bilan nogironligi bo‘lgan xodimni ishdan bo‘shatish qonuniymi?✅ Nogironligi bo‘lgan xodimni aynan nogironligi sababli ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo‘shatish taqiqlanadi. Biroq shtat qisqarishi qonunda belgilangan tartibda va barcha xodimlarga nisbatan xolis mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. 📌 Mehnat kodeksining 167-moddasiga ko‘ra, shtat qisqartirilayotganda avvalo xodimlarning malakasi va mehnat unumdorligi taqqoslanadi. Agar bu ko‘rsatkichlar teng bo‘lsa, ayrim xodimlarga ishda qolishda afzallik beriladi. Jumladan: 🔹 ushbu tashkilotda mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga uchragan shaxslarga; 🔹 nogironligi boʻlgan shaxslarga; 🔹 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlar boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga. ‼️ Muhim: Mehnat kodeksining 425-moddasi hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddasiga ko‘ra, xodim bilan mehnat shartnomasini aynan uning nogironligi sababli ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 📌 Agar shtat qisqarayotgan bo‘lsa, ish beruvchi nogironligi bo‘lgan xodimga avvalo uning mutaxassisligi va malakasiga mos, shuningdek sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarishi mumkin bo‘lgan boshqa vakant ish o‘rnini taklif qilishi shart. Agar bunday ish bo‘lmasa, unga tashkilotdagi boshqa, kamroq malaka talab qiladigan yoki kamroq haq to‘lanadigan, ammo sog‘lig‘iga mos bo‘sh ish o‘rni ham taklif qilinishi kerak. ❗️ Xodim taklif etilgan ish o‘rinlarini rad etgan taqdirdagina mehnat shartnomasini bekor qilish masalasi yuzaga kelishi mumkin. 📌 Bundan tashqari, xodim shtat qisqarishi haqida kamida 2 oy oldin yozma ravishda ogohlantirilishi va qonunda belgilangan hollarda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanishi lozim. ❗️Nogironligi bo‘lgan xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan yoki ta’tilda bo‘lgan davrida shtat qisqarishi munosabati bilan ishdan bo‘shatilishi mumkin emas. ✅ Xulosa: Nogironligi bo‘lgan xodimni shtat qisqarishi munosabati bilan ishdan bo‘shatish mutlaqo taqiqlanmagan. Biroq qisqartirish xodimning nogironligi sababli amalga oshirilmasligi, malaka va mehnat unumdorligi xolis baholanishi, qonunda nazarda tutilgan hollarda ishda qolishdagi afzalliklar hisobga olinishi hamda xodimga sog‘lig‘iga mos vakant ish o‘rinlari taklif qilinishi shart. 📚 Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 167, 173 va 425-moddalari; “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddasi. Ushbu post BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda hamda Finlandiya Tashqi ishlar vazirligining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan Kichik grantlar dasturi doirasida tayyorlandi. 📥 Bepul huquqiy yordam olish uchun Telegram-bot: 👉 @ULA_ProBono_bot 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 LinkedIn
Shtat qisqarishi munosabati bilan nogironligi bo‘lgan xodimni ishdan bo‘shatish mumkinmi?
#Savol_javob
⁉️ Men II guruh nogironiman. Erim bilan 2 yildan beri alohida yashaymiz, oilani tiklashning umuman iloji yo‘q. Erim tomonidan menga kuchli bosim va zo‘ravonlik bo‘lyapti. Qanday qilib nikohdan ajrashsam bo‘ladi?
✅ Agar er-xotinning voyaga yetmagan farzandlari bo‘lmasa, o‘zaro mulkiy va moddiy ta’minot bilan bog‘liq nizolari mavjud bo‘lmasa hamda ikkalasi ham nikohdan ajrashishga rozi bo‘lsa, Oila kodeksining 42-moddasiga muvofiq nikoh FHDYO organlarida bekor qilinishi mumkin.
📌 Buning uchun er-xotin FHDYO organiga nikohdan ajratish to‘g‘risida birgalikda ariza berishi lozim.
❗️Agar er-xotindan biri nikohdan ajrashishga rozi bo‘lmasa yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa, nikohdan ajratish masalasi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
📌 Oila kodeksining 41-moddasiga ko‘ra, sud er-xotinning bundan buyon birga yashashi va oilani saqlab qolishi mumkin emas deb topsa, nikohdan ajratish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Ikki yildan beri alohida yashayotganingiz, oilani tiklashning imkoni yo‘qligi va boshqa muhim holatlar sud tomonidan baholanishi mumkin.
‼️ Muhim: Oila kodeksining 40-moddasiga ko‘ra, sud er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muddat berishi mumkin. 40 moddaning 4 qismiga asosan, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra, sud yarashish uchun muddat tayinlamaydi.
📌 Shuning uchun, agar siz eringiz tomonidan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan bo‘lsangiz, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo bilan birga yarashish uchun muddat tayinlamaslikni ham so‘rashingiz mumkin.
✅ Xulosa: agar turmush o‘rtog‘ingiz ajrashishga rozi bo‘lsa va qonunda belgilangan shartlar mavjud bo‘lsa, nikoh FHDYO organi orqali bekor qilinadi. Agar u rozi bo‘lmasa, sudga murojaat qilishingiz mumkin. Ikki yil davomida alohida yashaganingiz va oilani tiklashning imkoni yo‘qligi nikohning amalda buzilganini baholashda muhim holatlar bo‘lishi mumkin. Agar oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan bo‘lsangiz, suddan yarashish uchun muddat tayinlamaslikni talab qilish huquqiga egasiz.
Ushbu post BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda hamda Finlandiya Tashqi ishlar vazirligining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan Kichik grantlar dasturi doirasida tayyorlandi.
📚 Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 40, 41 va 42-moddalari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 6-son qarori, 16-bandi
📥 Bepul huquqiy yordam olish uchun Telegram-bot:
👉 @ULA_ProBono_bot
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 LinkedIn
#Ekspert_fikri
❓ Xodimning ish faoliyati chet tili bilan bog‘liq bo‘lmasa, ish beruvchi uni chet tilini bilmagani yoki tegishli sertifikatga ega emasligi sababli ishdan bo‘shatishi mumkinmi?
⚖️ Bunday holatda ish beruvchining harakati qonuniymi? Xodimning huquqlari qanday himoya qilinadi?
🎥 Savolga Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi sho'basi katta o‘qituvchisi Karimjonov Muhammadamin Muhammadalievich javob beradi.
👉 Javobni videoda tomosha qiling!
Video uzbek tilida.
📥 Bepul huquqiy yordam olish uchun Telegram-bot:
👉 @ULA_ProBono_bot
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 LinkedIn
⁉️ Oilamning ijtimoiy reestrga kirishdagi dastlabki baholash natijasini qanday bilaman?✉️ Ijtimoiy reyestrga kiritishdagi dastlabki baholash natijasi haqida ariza berishda ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi. 📌 Dastlabki baholash natijasiga ko‘ra, arizachiga quyidagilardan biri haqida xabar beriladi: 🔹 arizaning ijtimoiy xodimga yuborilgani va keyingi so‘rov o‘tkazilishi; yoki 🔹 oilani Ijtimoiy reyestrga kiritish rad etilgani. 👤 Agar dastlabki baholash natijasida oilani davlat ta’minotidagi yoki kam ta’minlangan oila sifatida e’tirof etishni rad etish uchun asoslar aniqlanmasa, ariza axborot modulidagi ijtimoiy xodimning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. ✍️ Shundan so‘ng ijtimoiy xodim uch ish kuni ichida so‘rov o‘tkazishi kerak. ❗️ Agar oxirgi uch oy davomida oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati bo‘yicha xulosa tasdiqlangan bo‘lsa, yangi anketa to‘ldirilmaydi. Mazkur xulosa yakuniy baholash uchun avtomatik ravishda “Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimiga yuboriladi”. ⚠️ Agar dastlabki baholash jarayonida rad etish uchun asoslar aniqlansa, oilani davlat ta’minotidagi yoki kam ta’minlangan oila sifatida e’tirof etish rad etiladi. Bu haqda ham arizachiga SMS-xabar orqali ma’lum qilinadi. 📚 Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-son qarori, 1-ilova 10-bandi. Ushbu post BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda hamda Finlandiya Tashqi ishlar vazirligining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan Kichik grantlar dasturi doirasida tayyorlandi. 📥 Bepul huquqiy yordam olish uchun Telegram-bot: 👉 @ULA_ProBono_bot 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 LinkedIn
Oilamning ijtimoiy reestrga kirishdagi dastlabki baholash natijasini qanday bilaman?
#Savol_javob
⁉️ Men II guruh nogironiman, imkoniyatim cheklangan. Shu sababli, alimentni qisman to‘lasam bo‘ladimi? Yoki alimentni qanday bekor qildirsam bo‘ladi?✅ Oila kodeksining 105-moddasiga ko‘ra, aliment to‘layotgan ota yoki ona nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib, moddiy jihatdan qiynalayotgan bo‘lsa, sud aliment miqdorini kamaytirishi mumkin. 📌 Demak, II guruh nogironligi va moddiy jihatdan qiynalayotganlik aliment miqdorini kamaytirish uchun sud tomonidan inobatga olinishi mumkin. Buning uchun sudga ariza bilan murojaat qilib, nogironlik va moddiy ahvolni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish lozim. ❗️ Biroq II guruh nogironligining o‘zi alimentni to‘liq bekor qilish uchun asos emas. 📌 Oila kodeksining 105-moddasiga ko‘ra, alimentdan to‘liq ozod qilish voyaga yetmagan bola davlat yoki nodavlat muassasasining to‘liq ta’minotida bo‘lgan taqdirda, ota yoki onaning moddiy ahvolini hisobga olgan holda sud tomonidan qo‘llanilishi mumkin. 🔹 Xulosa: agar siz II guruh nogironligi sababli moddiy jihatdan qiynalayotgan bo‘lsangiz, alimentni o‘zboshimchalik bilan qisman to‘lash yoki to‘liq to‘lamaslik mumkin emas. Buning uchun sudga murojaat qilish kerak. Sud nogironligingiz va moddiy ahvolingizni hisobga olib, aliment miqdorini kamaytirishi mumkin. Alimentdan to‘liq ozod qilish esa 105-moddada nazarda tutilgan tegishli asos mavjud bo‘lgandagina mumkin. 📚 Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 105-moddasi. Ushbu post BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda hamda Finlandiya Tashqi ishlar vazirligining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan Kichik grantlar dasturi doirasida tayyorlandi. 📥 Bepul huquqiy yordam olish uchun Telegram-bot: 👉 @ULA_ProBono_bot 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 LinkedIn
#Xorijiy_tajriba
⚖️ Yuristlar professional tashkiloti faqat o‘z a’zolari manfaatini himoya qilishi kerakmi?🇨🇦 Canadian Bar Association (CBA) tajribasi bunga ancha kengroq yondashuvni ko‘rsatadi. CBA — Kanadadagi 40 000 dan ortiq yuristlar, sudyalar, notariuslar, akademiklar va huquqshunoslik talabalarini birlashtiruvchi professional tashkilot. ✅ CBA nimalar bilan shug‘ullanadi? — qonunchilik va odil sudlovni takomillashtirish; — odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; — yuristlarning bilim va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish; — yuridik etika standartlarini qo‘llab-quvvatlash; — huquqiy islohotlarda yuristlar hamjamiyati manfaatlarini ifodalash. 📌 E’tiborli jihati: CBA faoliyati faqat yuristlarning kasbiy manfaatlari bilan cheklanmaydi. Tashkilot qonun ustuvorligi va odil sudlovni rivojlantirishni ham o‘zining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilagan. 🔗 Manba: https://cba.org/home/ 📥 Bepul huquqiy yordam olish uchun Telegram-bot: 👉 @ULA_ProBono_bot 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 LinkedIn
#Зарубежный_опыт
⚖️ Должна ли профессиональная организация юристов защищать только интересы своих членов?🇨🇦 Опыт Canadian Bar Association (CBA) показывает, что её роль может быть значительно шире. CBA — профессиональная организация, объединяющая более 40 000 юристов, судей, нотариусов, представителей юридической науки и студентов-правоведов в Канаде. ✅ Чем занимается CBA? — участвует в совершенствовании законодательства и системы правосудия; — способствует расширению доступа к правосудию; — поддерживает профессиональное развитие юристов; — содействует соблюдению этических стандартов юридической профессии; — представляет интересы юридического сообщества в процессе правовых реформ. 📌 Важно: деятельность CBA не ограничивается профессиональными интересами юристов. Организация также рассматривает верховенство права и развитие системы правосудия как важные направления своей деятельности. 🔗 Источник: https://cba.org/home/ 📥 Для получения бесплатной юридической помощи: 👉 @ULA_ProBono_bot 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 LinkedIn
⁉️ Oilani Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi murojaatda ariza beruvchining shaxsi qanday tasdiqlanadi?✅ Ariza beruvchining shaxsi avvalo hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari orqali tasdiqlanadi. 📌 Agar raqamli servislar orqali shaxsni tasdiqlashning imkoni bo‘lmasa, ariza beruvchidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi. Bunda quyidagi hujjatlardan biri taqdim etilishi mumkin: 🔹 ID-karta; 🔹 pasport; 🔹 yashash guvohnomasi. ❗️ Demak, raqamli servislar orqali shaxsni tasdiqlash imkoni bo‘lmagan holatdagina shaxsni tasdiqlovchi hujjatni bevosita taqdim etish talab qilinadi. 📚 Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-son qarori, 1-ilova 6-bandi. Ushbu post BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda hamda Finlandiya Tashqi ishlar vazirligining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan Kichik grantlar dasturi doirasida tayyorlandi. 📥 Bepul huquqiy yordam olish uchun Telegram-bot: 👉 @ULA_ProBono_bot 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 LinkedIn
🎓 Professional yuridik hamjamiyatning bir qismi bo‘lishga tayyormisiz?
🌐 O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi — bu yuristlar uchun tajriba almashish, professional rivojlanish va yangi imkoniyatlarga ega bo‘lish uchun yaratilgan zamonaviy platforma.
✅ Assotsiatsiya a’zoligi Sizga:
🔹 soha mutaxassislari bilan professional aloqalar o‘rnatish;
🔹 tajriba va bilim almashish;
🔹 trening, seminar va boshqa ta’lim tadbirlarida ishtirok etish;
🔹 hamkorlik va yangi loyihalar uchun imkoniyatlarga ega bo‘lish;
🔹 xalqaro tajriba va zamonaviy yuridik yondashuvlar bilan tanishish;
🔹 yuridik sohaning rivojiga o‘z hissangizni qo‘shish imkonini beradi.
🤝 Bu shunchaki a’zolik emas — bu professional rivojlanish va yangi imkoniyatlar sari qadam.
📣 Tez orada Assotsiatsiyaning ochilish tadbiri bo‘lib o‘tadi. O'zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi hamjamiyatiga qo‘shilib, ushbu jarayonning bir qismiga aylaning!
📝 O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasiga a’zolik uchun ariza:
👉 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScFtYYxKlJraDvro31I1OsGGTGKc6Na0_d-38kPJTL7QHsfRA/viewform?usp=dialog
👉 @ULA_ProBono_bot
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 LinkedIn
Oilani Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi murojaatda ariza beruvchining shaxsi qanday tasdiqlanadi?
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
‼️ 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?✅ 2026-yil 1-sentabrdan boshlab fuqarolar uchun muhim bo‘lgan bir qator yangi tartiblar kuchga kiradi. 💰 Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori va BHM oshirildi 🔹 Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 360 000 so‘m; 🔹 bazaviy hisoblash miqdori — 440 000 so‘m etib belgilandi. 💳 Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar oshiriladi 🔹 Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi; 🔹 stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi. 🧑🎓 Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish soddalashtiriladi Talaba yotoqxonaga joylashish bo‘yicha shartnoma tuzayotganda, bir vaqtning o‘zida turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi mumkin. 👨👩👧👦 Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar bilan “oilabay” ishlash tizimi joriy etiladi Ijtimoiy xodimlar bunday bolalarni ta’lim, ijtimoiy yordam va xizmatlarga jalb qilish bo‘yicha oilalar bilan individual ishlaydi. Shuningdek, ayrim hollarda nodavlat ta’lim tashkilotlariga alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun korreksion sinflar tashkil etishda subsidiya ajratiladi. 🎓 Nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlarida o‘zini o‘zi tartibga solish tizimi joriy etiladi Bu tizim nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi subyektlar uchun yangi tartiblarni nazarda tutadi. 📥 Bepul huquqiy yordam olish uchun Telegram-bot: 👉 @ULA_ProBono_bot 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 LinkedIn
👨👩👧👦 Voyaga yetmagan bolalar uchun aliment miqdori qancha bo‘lishi kerak?✅ Oila kodeksining 99-moddasiga ko‘ra, agar ota-ona o‘rtasida voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida kelishuv bo‘lmasa, aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining muayyan qismidan undiriladi. 📌 Bolalar soniga qarab aliment miqdori: 🔹 1 nafar bola uchun — daromadning 1/4 qismi; 🔹 2 nafar bola uchun — daromadning 1/3 qismi; 🔹 3 nafar va undan ortiq bola uchun — daromadning 1/2 qismi. ❗️ Muhim: har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. 📌 Ya’ni, daromadga nisbatan 1/4, 1/3 yoki 1/2 hisoblanganda hosil bo‘lgan summa belgilangan eng kam miqdordan past chiqsa, har bir bola uchun kamida MHEKMning 26,5 foizi miqdoridagi kafolat saqlanadi. ⚖️ Shu bilan birga, sud taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini hamda boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olib, aliment miqdorini kamaytirishi yoki ko‘paytirishi mumkin. 📚 Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 99-moddasi. Ushbu post BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda hamda Finlandiya Tashqi ishlar vazirligining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan Kichik grantlar dasturi doirasida tayyorlandi. 📥 Bepul huquqiy yordam olish uchun Telegram-bot: 👉 @ULA_ProBono_bot 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 LinkedIn
Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qancha miqdordan kam bo‘lmasligi kerak?
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
🎊 1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinib, xalqimiz hayotida yangi tarixiy davr boshlandi.
🕊 Mustaqillik — bu, avvalo, tinchlik, erkinlik, inson qadri, huquq va manfaatlarining ta’minlanishi hamda qonun ustuvorligidir.
Yuristlar uchun esa mustaqillik — inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylik va adolatni ta’minlash, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo‘lidagi yuksak mas’uliyatdir.
🎊 O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
⁉️ Ijtimoiy reyestrga kiritilish uchun arizani qayta-qayta topshirish mumkinmi?✔️ Oilani Ijtimoiy reyestrga kiritish uchun ariza bir oyda faqat bir marta topshirilishi mumkin. ❗️Agar oila joriy oyda ariza topshirgan bo‘lsa, shu oyning o‘zida yana ariza berish mumkin emas. 🗓 Keyingi arizani keyingi oyda topshirish mumkin. 👉 Masalan, ariza 1-avgustda topshirilgan bo‘lsa, keyingi arizani 1-sentabrdan boshlab topshirish mumkin. ✔️ Shuning uchun bir oy ichida bir necha marta ariza topshirishga urinishning hojati yo‘q — keyingi murojaat uchun keyingi oyni kutish kerak. ⚖️ Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi. Ushbu post BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda hamda Finlandiya Tashqi ishlar vazirligining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan Kichik grantlar dasturi doirasida tayyorlandi. 📥 Bepul huquqiy yordam olish uchun Telegram-bot: 👉 @ULA_ProBono_bot 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 LinkedIn
Oilani Ijtimoiy reyestrga kiritish uchun arizani bir oyda necha marta topshirish mumkin?
Oilani Ijtimoiy reyestrga kiritish uchun arizani bir oy ichida necha marta topshirish mumkin?
#Yuridik_etika
⚖️ Manfaatlar to‘qnashuvi: yurist bunday vaziyatda nima qilishi kerak?❗️ Tasavvur qiling: yuristga muhim ish bo‘yicha murojaat qilishdi. Ammo yuristning o‘zi yoki unga yaqin insonlardan birining ushbu ish natijasidan shaxsiy manfaatdor bo‘lishi mumkin. 💭 “Men baribir professionalman, xolis qaror qabul qila olaman”, deb o‘ylash mumkin. ❗️ Lekin yuridik etikada masala faqat yuristning xolis bo‘la olishida emas. Muhimi — uning shaxsiy manfaatlari kasbiy faoliyatiga ta’sir qilishi yoki shunday taassurot uyg‘otishi mumkinmi? ❗️ Aynan shu holat manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq muhim masalalardan biridir. 🔹 Manfaatlar to‘qnashuvi, masalan, quyidagi holatlarda yuzaga kelishi mumkin: — yurist bir-biriga qarama-qarshi manfaatlarga ega bo‘lgan ikki mijoz bilan ishlaganda; — yuristning o‘zi yoki yaqinlarining shaxsiy manfaatlari ish natijasi bilan bog‘liq bo‘lganda; — maxfiy ma’lumotlardan boshqa ishda foydalanish xavfi tug‘ilganda; — shaxsiy yoki moliyaviy manfaatlar kasbiy qarorga ta’sir qilishi mumkin bo‘lganda. ⚠️ Muhimi, manfaatlar to‘qnashuvi uchun yurist albatta noqonuniy harakat qilishi shart emas. Agar vaziyat uning xolisligi va mustaqilligiga asosli shubha tug‘dirsa, bu ham yuridik etika nuqtayi nazaridan jiddiy masala hisoblanadi. ✔️ Shuning uchun yurist manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlashi va zarur bo‘lsa, ishni qabul qilmasligi yoki undan voz kechishi kerak. 📌 Yuridik etika — faqat qonunni buzmaslik emas. Yurist har qanday vaziyatda xolis, halol va mas’uliyatli harakat qilishi kerak. 📥 Bepul huquqiy yordam olish uchun Telegram-bot: 👉 @ULA_ProBono_bot 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 LinkedIn
