en
Feedback
Toshkent viloyati "Kelajak" markazi

Toshkent viloyati "Kelajak" markazi

Open in Telegram

Toshkent viloyati hududiy "Kelajak" markazi kanali 🌐 tvuzedu.uz 👨‍💻 Murojaat uchun: @kmovozbot Ⓜ️ Toshkent viloyati Nurafshon shahri Oppoq MFY Toshkent yo'li ko'chasi 195-uy

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
3 150
Subscribers
+8024 hours
-3657 days
-57730 days
Posts Archive
#KelajakMarkazlari #MaktabMaslahatchisi #Soʻrovnoma 🙌 HAR BIR O‘QUVCHI — O‘Z KELAJAGINING BUNYODKORI! 🌍 Kelajak sari ilk qa
+4
#KelajakMarkazlari #MaktabMaslahatchisi #Soʻrovnoma 🙌 HAR BIR O‘QUVCHI — O‘Z KELAJAGINING BUNYODKORI! 🌍 Kelajak sari ilk qadam — o‘z qiziqish va qobiliyatlarini anglashdan boshlanadi! 📍 Yuqori Chirchiq tumani 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 7–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida qiziqishlari, qobiliyatlari va kelajakdagi kasbiy maqsadlarini aniqlashga qaratilgan so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. ‼️ So‘rovnoma orqali o‘quvchilarning iste’dod va qiziqishlarini aniqlash, zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda qo‘shimcha ta’lim imkoniyatlari haqida ma’lumot berish ko‘zda tutilgan. 🚩 Jarayon ushbu maktabning maktab maslahatchisi Eshmatova Xolida G‘ayrat qizi tomonidan tashkil etilmoqda. 📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

#KelajakMarkazlari #MaktabMaslahatchisi #Soʻrovnoma 📍 Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi 2-maktabda o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazildi. 📋 So‘rovnoma davomida o‘quvchilarning qiziqishlari, kelajakdagi kasb tanlovi va ustuvor yo‘nalishlari o‘rganildi.
🎯 Natijalar o‘quvchilarni qiziqish va qobiliyatlariga mos kasb hamda ta’lim yo‘nalishlariga to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiladi.
📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

#KelajakMarkazlari #MaktabMaslahatchisi #Soʻrovnoma 📍 Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi 2-maktabda o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazildi. 📋 So‘rovnoma davomida o‘quvchilarning qiziqishlari, kelajakdagi kasb tanlovi va ustuvor yo‘nalishlari o‘rganildi.
🎯 Natijalar o‘quvchilarni qiziqish va qobiliyatlariga mos kasb hamda ta’lim yo‘nalishlariga to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiladi.
📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

#KelajakMarkazlari #QoʻshimchaTaʻlim 📑 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yangi bos
+9
#KelajakMarkazlari #QoʻshimchaTaʻlim 📑 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilinganiga 1 yil to'ldi! ✅ Mazkur qaror bilan Respublika "Kelajak" markazi tashkil qilindi.
Hujjatda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida qilingan ishlar bilan batafsil infografikalar orqali tanishing
📱Veb-sayt 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱LinkedIn 📱YouTube

#KelajakMarkazlari #MaktabMaslahatchisi #Soʻrovnoma 🎯 Kelajak kasb tanlovidan boshlanadi! 📍 Ayni vaqtda 7–11-sinf o‘quvchil
#KelajakMarkazlari #MaktabMaslahatchisi #Soʻrovnoma 🎯 Kelajak kasb tanlovidan boshlanadi! 📍 Ayni vaqtda 7–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ularning qiziqishlari, qobiliyatlari va kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlarini aniqlashga qaratilgan so‘rovnomaga start berildi. 📚 So‘rovnoma davomida o‘quvchilarning qaysi fan va sohalarga qiziqishi, kelajakda qaysi kasbni egallashni istashi o‘rganilmoqda. 💡 Yoshlarning qiziqishi va qobiliyatini erta aniqlash — ularni o‘z imkoniyatlariga mos ta’lim yo‘nalishi va kasbga to‘g‘ri yo‘naltirishda muhim ahamiyatga ega. 🔎 O‘tkazilayotgan so‘rovnoma natijalari o‘quvchilarning kasbiy moyilliklarini aniqlash, ularning kelajakdagi rejalari va intilishlarini o‘rganish hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. 🎓 O‘z qiziqishingni anglash — kelajakdagi kasbingni tanlash sari ilk qadam! 📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

📚 METOD KUNI — TAJRIBA VA RIVOJLANISH MAYDONI 📈 Toshkent tumani maktab maslahatchilari hamda pedagogik jamoa a’zolari ishti
+6
📚 METOD KUNI — TAJRIBA VA RIVOJLANISH MAYDONI 📈 Toshkent tumani maktab maslahatchilari hamda pedagogik jamoa a’zolari ishtirokida navbatdagi “Metod kuni” tashkil etildi.
🎗 Tadbirda 2026–2027-o‘quv yili ish rejalari, o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hujjatlarni yuritish hamda samarali ish usullari muhokama qilindi.
🤝 Tajriba almashinuvi, yangi g‘oyalar va amaliy tavsiyalar — yangi o‘quv yilidagi samarali faoliyat uchun muhim qadam! 📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Prezidentimiz tashrifi sharafiga Serbiya poytaxtidagi “Kula Belgrade” osmono‘par binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi. — В честь визита Президента нашей страны небоскреб «Kula Belgrade» в столице Сербии окрасился в цвета флага Узбекистана. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#KelajakMarkazlari #KelajakDayjest 📷 O'tgan hafta davomida (31-avgust — 6-sentabr kunlari) "Kelajak" markazlari hayotida ro'y bergan eng muhim voqeliklar bilan — "Kelajak Dayjest!"da tanishing! 📱Veb-sayt 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱LinkedIn 📱YouTube

📚 TOSHKENT VILOYATIDA MAKTAB MASLAHATCHILARINING “METOD KUNI” TASHKIL ETILDI! 🇺🇿 Toshkent viloyatining Qibray, Bekobod, Ol
+8
📚 TOSHKENT VILOYATIDA MAKTAB MASLAHATCHILARINING “METOD KUNI” TASHKIL ETILDI! 🇺🇿 Toshkent viloyatining Qibray, Bekobod, Olmaliq tumanlari hamda Nurafshon, Chirchiq va Yangiyo‘l shaharlarida maktab maslahatchilarining kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida “Metod kuni” doirasida amaliy seminarlar tashkil etildi. 📝 Metod kuni davomida maktab maslahatchilarining faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar va samarali ish tajribalari ishtirokchilarga taqdim etildi. Seminarlar jarayonida zamonaviy ta’lim yondashuvlari, innovatsion metodlardan foydalanish hamda maktab muhitini yanada rivojlantirishga qaratilgan g‘oyalar muhokama qilindi. 💡 Shuningdek, ishtirokchilar turli interfaol metodlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali guruhlarga bo‘linib ishladilar. Xususan, “Mening maktabim — kelajakda” kabi ijodiy metodlar asosida zamonaviy va innovatsion maktab konsepsiyalari ishlab chiqilib, ishtirokchilarning kelajak maktabi haqidagi tasavvurlari va takliflari namoyish etildi. 🤝 Mazkur tadbirlar maktab maslahatchilarining o‘zaro tajriba almashishi, yangi metod va yondashuvlarni o‘rganishi, ijodiy fikrlashini rivojlantirishi hamda kasbiy salohiyatini yanada oshirish uchun muhim amaliy maydon bo‘lib xizmat qildi. 📚 “Metod kuni” — tajriba, hamkorlik va yangilik sari muhim qadam! 📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

#KelajakMarkazlari #MaktabMaslahatchisi #fursat 📍 Ohangaron tumani
😊 “MAKTAB MASLAHATCHILARI” BIRINCHI FORUMI
📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

🎓 YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSAD VA VAZIFALAR! 📅 Kuni kecha Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda “Kel
+5
🎓 YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSAD VA VAZIFALAR! 📅 Kuni kecha Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda “Kelajak” markazi hamkorligida maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari va maktab maslahatchilari ishtirokida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. #⃣ Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash, o‘quvchi-yoshlar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda yangi tashabbuslarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🗣️ Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi Ziyoda Abdurahimova hamda “Kelajak” markazi direktori Nig‘matilla Raxmatullayev ishtirok etib, yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, muhim yo‘nalishlar va hamkorlik istiqbollari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
💗 Yangi o‘quv yili — yangi rejalar, yangi tashabbuslar va katta imkoniyatlar sari muhim qadam! 📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

#muloqot Toshkent viloyatidagi “Kelajak” markazlari faoliyati muhokama qilindi Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Su
+5
#muloqot Toshkent viloyatidagi “Kelajak” markazlari faoliyati muhokama qilindi Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Sultanbekov viloyatdagi 22 ta tuman va shahar “Kelajak” markazlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Prezidentimizning 2025-yil 8-sentabrdagi 277-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 776-son qarori ijrosini ta’minlash, markazlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda qo‘shimcha ta’limni yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.
 Yig‘ilish davomida, “Kelajak” markazlarida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar faoliyatini takomillashtirish, ularning sonini ko‘paytirish va bugungi kun talablari hamda zamonaviy tendensiyalarga mos yangi yo‘nalishlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda qo‘shimcha ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram

🇺🇿 Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazida “Kelajak” markazlari rahbarlari uchun tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi
+9
🇺🇿 Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazida “Kelajak” markazlari rahbarlari uchun tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi. 🎗 Tadbirda hududiy “Kelajak” markazi direktori E.T. Mirzayev hamda tuman va shahar bo‘limlarining 22 nafar rahbari ishtirok etdi. 📜 Tashrif davomida ishtirokchilar markazning zamonaviy infratuzilmasi, jihozlangan o‘quv xonalari, yaratilgan qulay shart-sharoitlar hamda yangi binoda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. ⚡️ Ekskursiya davomida markaz faoliyati, zamonaviy ta’lim yondashuvlari va yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi. 📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

#Stop_korrupsiya ❓Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi haqida bilasizmi? 🌐 O'zbekiston Respublikasi huquqni muh
#Stop_korrupsiyaKorrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi haqida bilasizmi? 🌐 O'zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi tashkil etilgan. Mazkur platformadan maktab yoshidagi bolalar — 1-7-sinf hamda 8-11-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan interaktiv mashg‘ulotlar o'rin olgan. Maqsad: 🌺 Korrupsiya va uning jamiyatga zararli ta’sirini tushuntirish; 🌺 O‘quvchilarda o‘z huquqlarini himoya qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish ko‘nikmalarini shakllantirish; 🌺 Bolalarning tanqidiy fikrlash va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirish. 🔗 O'quv mashg'ulotlari bilan tanishish 📱Veb-sayt 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱LinkedIn 📱YouTube

🗣️ Ohangaron tumanida Uslubiy kengash yig‘ilishi. 🙌 Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-son qarori 1-ilovasi,
+4
🗣️ Ohangaron tumanida Uslubiy kengash yig‘ilishi. 🙌 Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-son qarori 1-ilovasi, 6-bob, 29-bandi ijrosini to‘laqonli ta’minlash maqsadida Ohangaron tumani “Kelajak” markazida uslubiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.
#⃣ Yig‘ilish davomida markazda faoliyat yuritayotgan to‘garaklarning o‘quv rejalari ko‘rib chiqildi va tasdiqlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, to‘garak rahbarlarining ish faoliyatiga oid hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish bo‘yicha amaliy-uslubiy tavsiyalar va zarur ko‘rsatmalar berildi.
🚩 Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish, to‘garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi. 📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

🇬🇧 Ingliz tili to‘garagida ilk qadamlar! 🏢 Bugun Toshkent viloyati Olmaliq shahar “Kelajak” markazida Ingliz tili to‘garag
+5
🇬🇧 Ingliz tili to‘garagida ilk qadamlar! 🏢 Bugun Toshkent viloyati Olmaliq shahar “Kelajak” markazida Ingliz tili to‘garagiga qatnashuvchi o‘quvchilar uchun tanishuv jarayoni tashkil etildi.
📚 Jarayon davomida o‘quvchilar to‘garak faoliyati, kelgusidagi mashg‘ulotlar va ingliz tilini o‘rganish yo‘nalishlari bilan tanishdilar. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashga tayyorgarlik ko‘rdilar.
🧑‍🏫 Toʻgarak rahbari: Abdurahmonova Sa'diya ☎️ Murojaat uchun: +99850-590-90-08 📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

📯 Kecha yurtboshimiz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Kongressi senatori, Senatdagi Markaziy Osiy
+3
📯 Kecha yurtboshimiz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Kongressi senatori, Senatdagi Markaziy Osiyo boʻyicha kokus hamraisi Stiv Deynsni qabul qildi. 📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

Maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belg
Maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga doir o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi. Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas. Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi. Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi. 646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor. Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi. 📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

#KelajakMarkazlari #KelajakDirektorlari 📢 Tuman-shahar “Kelajak” markazlari direktori lavozimi uchun tanlov e'lon qilinadi!
#KelajakMarkazlari #KelajakDirektorlari 📢 Tuman-shahar “Kelajak” markazlari direktori lavozimi uchun tanlov e'lon qilinadi! 👝 Oliy ma’lumotga va kamida 3 yillik mehnat tajribasiga ega nomzodlar unda ishtirok etishlari mumkin. Tanlov 2 bosqichda test sinovi va suhbat shaklida o‘tkaziladi. 🌐 Arizalar 3-sentabrdan 18-sentabrgacha tanlov.uzedu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Safimizga qo'shiling!
📱Veb-sayt 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱LinkedIn 📱YouTube

#KelajakMarkazlari #MaktabMaslahatchisi #fursat 📍 Piskent tumani
💯 Maktab maslahatchilari uchun uslubiy seminar bo'lib o'tdi.
📢 Toshkent viloyati "Kelajak" markazi axborot xizmati. 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram