Yoshlar yagona elektron platformasi | Support
Open in Telegram
Mazkur kanal, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ishlab chiqilgan "Yoshlar yagona elektron platformasi"ni texnik qo'llab-quvvatlash va o'zgarishlarini e'lon qilib borish maqsadida ochilgan.
Show more4 111
Subscribers
+124 hours
+367 days
+10030 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
July '26
July '26
+65
in 3 channels
June '26
+370
in 38 channels
Get PRO
May '26
+3 794
in 1 channels
Get PRO
April '260
in 10 channels
Get PRO
March '26
+35
in 1 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 July | 0 | |||
| 07 July | +4 | |||
| 06 July | +13 | |||
| 05 July | 0 | |||
| 04 July | +2 | |||
| 03 July | +43 | |||
| 02 July | +2 | |||
| 01 July | +1 |
Channel Posts
+1
🚀 "Yoshlar balansi" modulida yangi qulaylik!
Foydalanuvchilar uchun "Yoshlar balansi" moduliga yangi filtrlash (Filter) imkoniyati joriy qilindi.
✅ Endilikda yoshlarni bir nechta toifalar bo‘yicha bir vaqtning o‘zida tanlab, kerakli ma'lumotlarni tez va qulay filtrlash mumkin.
🔹 Bir nechta toifalarni belgilash imkoniyati;
🔹 Qidiruv jarayonini tezlashtiradi;
🔹 Statistik ma'lumotlar bilan ishlashni yanada qulaylashtiradi.
Mazkur yangilanish foydalanuvchilarga kerakli ma'lumotlarni qisqa vaqt ichida topish va tahlil qilish imkonini beradi.
💡 Platformani yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
@e_yoshlaruz
| 2 | ⚡️E’LON
“Yoshlar daftari” jamg‘armasidan yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya ajratish xizmati joriy etildi.
🏆 Mazkur imkoniyatdan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 14–30 yoshdagi (31 yoshga to‘lmagan) a’zolari foydalanishi mumkin.
💰 Yordam miqdori:
🔹 Mahalliy bosqichlarda ishtirok etish bilan bog‘liq yashash va transport xarajatlari uchun — BHMning 4 baravarigacha;
🔹 Xalqaro bosqichlarda ishtirok etish bilan bog‘liq yashash va transport xarajatlari uchun — BHMning 40 baravarigacha.
Muhim eslatma
Subsidiya ariza beruvchining ijtimoiy kartasiga oʻtkazib beriladi. Ijtimoiy karta mavjud bo'lmaganda ochtirishi talab etiladi.
📌 Arizalarni my.gov.uz portali orqali yuborishingiz mumkin
@e_yoshlaruz | 8 645 |
| 3 | 🌍 Horijdagi vatandoshlar uchun ham taklif qoldirish imkoniyati qo'shildi!
• Sahifa avtomatik IP manzili orqali qaysi davlatligini aniqlaydi
• Telefon raqam o'rniga telegram havolasi qoldiriladi
• Davlatni ixtiyoriy o'zgartirish imkoniyati bor
@e_yoshlaruz | 3 331 |
| 4 | 📞 1093 qisqa raqami orqali taklif qoldirish imkoniyati ishga tushirildi!
Endi yoshlar o‘z taklif va tashabbuslarini 1093 qisqa raqami orqali og‘zaki shaklda qoldirishlari mumkin.
🤖 Sun’iy intellekt yordamida qabul qilingan murojaatlar tahlil qilinib, avtomatik ravishda yoshlar.gov.uz platformasiga yo‘naltiriladi.
@e_yoshlaruz | 6 274 |
| 5 | 🚀 Tashabbusingiz haqida boshqalarga ham ayting!
Endi platformadagi istalgan tashabbusni bir necha soniyada do‘stlaringiz bilan ulashishingiz mumkin.
📲 Android va iOS qurilmalarida "Ulashish" tugmasini bosish orqali tashabbus havolasini Telegram, WhatsApp va boshqa ilovalarga yuboring.
🔗 Yoki havolani nusxalab olib, istalgan joyda ulashing.
@e_yoshlaruz | 9 220 |
| 6 | Endilikda yoshlar.gov.uz platformasi orqali qoldirilgan barcha takliflar sun’iy intellekt (AI) yordamida tahlil qilinadi va taklif bo‘yicha avtomatik xulosa shakllantiriladi.
🤖 AI tahlili quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
🔹 Mavzuga oidligi;
🔹 Ta’sir samarasi;
🔹 Amalga oshirish imkoniyati;
🔹 Innovatsionligi;
🔹 Aniqligi.
Har bir taklif bo‘yicha AI tomonidan baholash natijalari va qisqacha xulosa taqdim etiladi. Bu esa takliflarning dolzarbligi, amaliy ahamiyati va istiqbolini yanada tezkor baholash imkonini beradi.
@e_yoshlaruz | 3 198 |
| 7 | +1 yana bir xizmat ishga tushirildi 🤩
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi doirasida yosh oilalarning turar joy ijarasi xarajatlarini qoplash xizmati joriy etildi.
🏠 Mazkur imkoniyatdan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yosh oilalarning (er yoki xotin) a’zolari foydalanishi mumkin.
💰 Yordam miqdori:
12 oygacha har oy ijara to‘lovining 50 foizigacha biroq BHMning 2 baravaridan oshmagan miqdorda (Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida esa BHMning 3 baravarigacha).
📌 Muhim shart:
Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘zaro yaqin qarindosh bo‘lmasligi lozim.
📊 Ijtimoiy shartnoma talablari:
1️⃣ Volontyorlik faoliyatida ishtirok etish;
2️⃣ 12 oy davomida har oy kamida 1 ta kitob mutolaa qilish;
3️⃣ “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tanlov va musobaqalarning kamida bittasida ishtirok etish.
🔎 Oila ijaraga olingan uyda yashamayotgani aniqlangan taqdirda kompensatsiya ajratish to‘xtatiladi.
📌 Arizalarni my.gov.uz portali orqali yuborishingiz mumkin.
@e_yoshlaruz | 5 196 |
| 8 | ➕ Tizimda yangi imkoniyat ishga tushirildi!
O‘zini-o‘zi band qilgan yoshlarning ayni damdagi "real" faoliyatini qayta xatlovdan o‘tkazish funksiyasi joriy etildi.
Mazkur yangilik mahalla yetakchilari uchun yoshlar bandligining haqiqiy holatini monitoring qilib borishda qulaylik yaratadi.
📌 Bu qanday ishlaydi?
— Barcha ma'lumotlar bir joyda: Mahalla yetakchisiga "O‘zini-o‘zi band qilish" moduli orqali o‘z balansidagi barcha yoshlarning ma’lumotlari ko‘rinadi.
— Yetakchi yoshlarning ayni damda haqiqatda o‘sha sohada faoliyat olib borayotganini yoki boshqa yo‘nalishga o‘tganini tizimda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahrirlashi mumkin.
— Bu imkoniyat o‘zini-o‘zi band qilgan yoshlarning bugungi kundagi real statistikasi va bandlik holatini aniq ko‘rishga xizmat qiladi.
⚠️ DIQQAT!
Ushbu modul orqali kiritilgan tahrirlar va o‘zgarishlar "Yoshlar balansi" modulidagi asosiy raqamlarga (statistika balansiga) umuman ta’sir ko‘rsatmaydi.
@e_yoshlaruz | 10 325 |
| 9 | Yetakchilar tomonidan e-yoshlar.uz tizimi orqali tashabbus qoldirishda bo'layotgan xatoliklar bartaraf qilindi.
💡 Tavsiya: Agar sizda hamon sahifa yuklanishida yoki ma'lumot yuborishda qiyinchilik kuzatilayotgan bo‘lsa, brauzeringiz keshini (cache) tozalashni yoki sahifani qayta yuklashni (Ctrl + F5) so‘raymiz.
@e_yoshlaruz | 3 299 |
| 10 | Yoshlar yetakchilari uchun “Yoshlar tashabbuslari marafoni” xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Endilikda mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘z tashabbus va loyihalarini Yoshlar tashabbuslari marafoni doirasida elektron shaklda taqdim etishlari mumkin.
Buning uchun:
🔹 Yoshlar.gov.uz platformasiga kiring;
🔹 "Yetakchi (xodim)" bo‘limini tanlang;
🔹 Tizim sizni avtomatik ravishda e-yoshlar.uz platformasiga yo‘naltiradi;
🔹 OneID orqali tizimga kiring;
🔹 "Yetakchi" modulidagi "Tashabbuslar" bo‘limiga o‘ting;
🔹 Yangi tashabbusingiz bo‘yicha arizani to‘ldirib yuboring.
🚀 O‘z hududingizdagi yoshlar hayotini yaxshilashga qaratilgan g‘oya va tashabbuslaringizni bugunoq taqdim eting hamda marafonda faol ishtirok eting!
@e_yoshlaruz | 17 067 |
| 11 | Yoshlar.gov.uz platformasida “Yoshlar tashabbuslari marafoni” uchun yangi imkoniyat ishga tushirildi
Endilikda “Faol yoshlar” hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari “Yoshlar tashabbuslari marafoni” doirasida o‘z loyiha va tashabbuslarini bevosita Yoshlar.gov.uz platformasi orqali taqdim etishlari mumkin.
Yangi imkoniyat orqali:
🔹 Tashabbuslar ochiq e’lon qilinadi;
🔹 Foydalanuvchilar g‘oyalarni “Like” orqali qo‘llab-quvvatlaydi;
🔹 Eng ko‘p ovoz to‘plagan tashabbuslar TOP ro‘yxatdan joy oladi.
🚀 Yoshlar tashabbuslari marafonida ishtirok eting va g‘oyalaringizni hayotga tatbiq eting!
@e_yoshlaruz | 37 580 |
| 12 | ✅ Yoshlar Tashabbuslari Marafoni (yoshlar.gov.uz)ga volontyor sifatida ro'yxatdan o'tish imkoniyati qo'shildi!
Endi foydalanuvchilar marafonga qatnashchi sifatida emas, balki volontyor sifatida ham ariza topshira oladi.
@e_yoshlaruz | 6 352 |
| 13 | Yoshning profilida nikoh to'g'risida ma'lumotlarni ko'rish imkoniyati qo'shildi. ✅
@e_yoshlaruz | 4 886 |
| 14 | Bank rekvizitlarini tasdiqlash tartibi joriy etildi ✅
Endilikda yosh tomonidan my.gov.uz orqali yuborilgan ariza asosida mablag‘ o‘tkazilishi uchun, yosh o‘zining yoshlar.gov.uz shaxsiy kabinetiga OneID orqali kirib, bank rekvizitlarini tasdiqlashi talab etiladi.
Agar yosh ariza yuborish vaqtida bank rekvizitlarini noto‘g‘ri kiritgan bo‘lsa, shaxsiy kabineti orqali ularni o‘zgartirib, tasdiqlash imkoniyatiga ega.
❗️Muhim: bank rekvizitlari yosh tomonidan tasdiqlanmaguncha mablag‘ o‘tkazib berilmaydi. Shu sababli rekvizit ma’lumotlarini tasdiqlashdan oldin yaxshilab tekshirish zarur.
Hududingizdagi yoshlarga mazkur tartibni tushuntirishingiz hamda arizasi tasdiqlangan yoshlarning bank rekvizitlarini o‘z vaqtida tasdiqlashiga ko‘maklashishingiz so‘raladi.
@e_yoshlaruz | 5 341 |
| 15 | Yoshlar yagona elektron platformasining “Yoshlar daftari” bo‘limida yangi imkoniyatlar ishga tushirildi.
✅ 1. Ijtimoiy shartnomaga “Volontyorlik” yo‘nalishi qo‘shildi
Ushbu bo‘lim quyidagicha ishlaydi:
Yoshlar yetakchisi ijtimoiy shartnoma sahifasidagi “PDF yuklash” tugmasi orqali yosh volontyorlik faoliyatida faol ishtirok etganligi to‘g‘risidagi mahalla yettiligining dalolatnomasini tizimga yuklaydi.
Dalolatnoma yuklangandan so‘ng volontyorlik faoliyati bo‘yicha ko‘rsatkich 100 ball sifatida qayd etiladi.
Yuklangan faylning haqqoniyligiga yoshlar yetakchisi shaxsan javobgar hisoblanadi.
@e_yoshlaruz | 12 880 |
| 16 | Yoshlarimizning yangi tashabbus va g‘oyalari uchun navbatdagi katta maydon
Yoshlar oyligi doirasida barcha hududlarda “Tashabbuslar marafoni”ga start berilmoqda. Marafon tadbirkorlik, kitobxonlik, volontyorlik, xorijiy tillarni ommalashtirish, madaniyat va san’at, sun’iy intellekt va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.
Marafon g‘oyasi bor, yangi do‘stlar va kuchli jamoa izlayotgan yoshlar uchun kreativ muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, dastur davomida tajribali mutaxassislar hamda ijodkorlar bilan yaqindan muloqot qilish, hamkorlik o‘rnatish imkoniyati yaratiladi.
Ushbu yirik marafon yurtimizning so‘lim maskanlari, istirohat bog‘lari va diqqatga sazovor joylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
👉yoshlar.gov.uz
Yangiliklarni kuzatib boring:
@e_yoshlaruz | 11 895 |
| 17 | Bugundan Surxondaryo viloyatidamiz! 👋
2 kunlik reja asosida viloyatda faoliyat olib borayotgan barcha tizim xodimlari bilan uchrashamiz.
Uchrashuvda yangi ishlab chiqilgan "Yoshlar yagona elektron platformasi"ning barcha qulayliklari va kelgusi rejalarini taqdim etamiz.
Shuningdek, tizim bo‘yicha eng sara takliflarni qabul qilib, ularni amaliyotga joriy etishni maqsad qilganmiz.
Barchani belgilangan vaqtlardagi seminarlarda kutib qolamiz. 🤝
🔗 @e_yoshlaruz | 4 234 |
| 18 | #videorolik
Ariza topshirgan yoshlar tomonidan ijtimoiy shartnomani imzolash tartibi
Yoshlar yetakchisi tomonidan ijtimoiy shartnoma tasdiqlangach, u ariza qoldirgan yoshning shaxsiy profilida aks etadi.
Ushbu videorolikda:
✅ Shartnomani profil orqali qanday topish;
✅ Uni qay tartibda imzolash;
✅ Jarayon bo‘yicha muhim tavsiyalar batafsil ko‘rsatib o‘tilgan.
@e_yoshlaruz | 10 670 |
| 19 | #videorolik
Yoshlar yetakchisi tomonidan ijtimoiy shartnomani imzolash tartibi
"Yoshlar daftari" jamgʻarmasidan yordam koʻrsatish jarayonini toʻgʻri va tizimli tashkil etish boʻyicha videorolikni taqdim etamiz.
@e_yoshlaruz | 9 240 |
| 20 | Bugundan Qashqadaryo viloyatidamiz!
Safarimiz davomida vohadagi barcha yoshlar yetakchilari va tizim xodimlari bilan ko‘rishishni, platforma bo‘yicha yaqindan tanishtirishni, taklif va muammolarni bevosita joyida o‘rganishni reja qilganmiz.
Barcha hamkasblar bilan uchrashguncha! 🤝
@e_yoshlaruz | 6 088 |
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
