en
Feedback
Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi

Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi

Open in Telegram

Toshkent viloyati PMM axborot kanali Manzilimiz: Nurafshon shahri. Murojaat uchun: @Zulfixorovich

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
3 187
Subscribers
-624 hours
-337 days
-16130 days
Posts Archive
#dars_jarayonlari 📹 Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazida malaka oshirish kurslari doirasidagi dars mashg‘ulotlari qizg‘in davom etmoqda. Interaktiv metodlar, amaliy mashg‘ulotlar va samarali muloqot orqali pedagoglar o‘z kasbiy salohiyatlarini yanada rivojlantirmoqda. © Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarimiz: 🚀 🔵Telegram🟥Instagram 🟥YouTube 🟦Facebook🌐Web Sayt

PISA 2025: O‘zbekiston o‘quvchilari natijalarida ijobiy o‘zgarish! O‘zbekistonlik o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha natijalarida sezilarli o‘sish qayd etildi. PISA 2025 tadqiqotida 2-daraja bazaviy daraja hisoblanadi. Bu daraja o‘quvchining kundalik hayotda zarur bo‘lgan asosiy bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olishini anglatadi. 🔺Bazaviy daraja va undan yuqori natija ko‘rsatganlar: 2022-yil — 19% 2025-yil — 65% 📤Bu esa 46 foiz o‘sish demakdir. ↗️Raqamlar o‘quvchilarning bazaviy ilmiy bilim va ko‘nikmalarni egallash darajasi sezilarli yaxshilanganini ko‘rsatmoqda. 🇺🇿PISA 2025 natijalari — O‘zbekiston ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Bizni kuzating:Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

‼️‼️‼️ 🔺 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi? Ta’
‼️‼️‼️ 🔺 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi? Ta’lim forumi doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi. Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi. Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi. ❗️Tabiiy fanlar bo‘yicha O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi. ↗️ Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan. 💻 Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha: O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-o‘rinni egalladi. Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda. 📊 Ma’lumot o‘rnida: PISA 2025 Xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating:Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#dars_jarayonlari Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazida o‘quv mashg‘ulotlari belgilangan reja asosida davom etmoqda.
+9
#dars_jarayonlari Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazida o‘quv mashg‘ulotlari belgilangan reja asosida davom etmoqda. ✅ Darslar davomida pedagoglar zamonaviy ta’lim yondashuvlari, innovatsion metodlar va kasbiy faoliyatda zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. 🗣 Mashg‘ulotlar nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan holda tashkil etilib, ishtirokchilarning kasbiy mahoratini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. © Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarimiz: 🚀 🔵Telegram🟥Instagram 🟥YouTube 🟦Facebook🌐Web Sayt

#xalqaro_hamkorlik 📹 Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazida Turkiyaning YETEV va NICHE tashkilotlari vakillaridan iborat delegatsiya ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv va seminar jarayonlaridan videolavha. © Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarimiz: 🚀 🔵Telegram🟥Instagram 🟥YouTube 🟦Facebook🌐Web Sayt

#xalqaro_hamkorlik ✅ Bugun Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazida Turkiyaning nufuzli ta’lim tashkilotlari — YETEV (Ya
+9
#xalqaro_hamkorlik ✅ Bugun Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazida Turkiyaning nufuzli ta’lim tashkilotlari — YETEV (Yangi Turkiya Ta’lim Jamg‘armasi) hamda NICHE Business Development & Consultancy vakillaridan iborat delegatsiya mehmon bo‘ldi. 💬 Tashrif davomida delegatsiya a’zolari markazning yangi binosida yaratilgan zamonaviy sharoitlar, innovatsion ta’lim muhiti, seminar va trening xonalari hamda pedagoglarning kasbiy rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. 📃 Shundan so‘ng Toshkent viloyati ta’lim sohasi vakillari va delegatsiya a’zolari ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollari, maktablararo aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma xalqaro loyihalarni amalga oshirish hamda pedagog va o‘quvchilar uchun akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 🗣 Muhokamalar yakunida ta’lim sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olinib, kelgusidagi qo‘shma tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi. © Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarimiz: 🚀 🔵Telegram🟥Instagram 🟥YouTube 🟦Facebook🌐Web Sayt

✅ Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazida hududiy "Kelajak" markazi direktori hamda tuman va shahar bo‘limlarining 22 n
+9
✅ Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazida hududiy "Kelajak" markazi direktori hamda tuman va shahar bo‘limlarining 22 nafar rahbari uchun ekskursiya tashkil etildi. 📃 Tashrif davomida mehmonlar markazning zamonaviy o‘quv xonalari, yaratilgan qulay sharoitlar va yangi binoning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. © Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarimiz: 🚀 🔵Telegram🟥Instagram 🟥YouTube 🟦Facebook🌐Web Sayt

Repost from E’zoza Karimova
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ustozlar va aziz o‘quvchi-yoshlar! Barchangizni xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ustozlar va aziz o‘quvchi-yoshlar! Barchangizni xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman! Bugun davlatimiz rahbari tomonidan ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tibor, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida ham ulug‘ bir maqsad mujassam — farzandlarimizning baxtli kelajagini ta’minlash, ularni bilimli, mustaqil fikrlaydigan, Vatan taqdiriga daxldor avlod etib tarbiyalash. Hurmatli ustozlar! Har bir farzandning qalbida ilmga mehr uyg‘otish, uning iste’dodini yuzaga chiqarish, hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashishdek ulug‘ vazifani sidqidildan ado etib kelmoqdasiz. O‘quvchilarimizning har bir yutug‘ida sizning bilimingiz, sabr-toqatingiz va fidokorona mehnatingiz bor. Buning uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman. Aziz o‘quvchilar! Sizlarning har bir yutug‘ingiz biz uchun quvonch va faxrdir. Bugun olayotgan bilimingiz, qilayotgan izlanishlaringiz va oldingizga qo‘yayotgan maqsadlaringiz ertaga nafaqat o‘z hayotingizni, balki Vatanimiz kelajagini ham belgilaydi. O‘z kuchingizga ishoning, bilim olishdan va izlanishdan hech qachon to‘xtamang. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini, albatta, barchamiz birgalikda yaratamiz! Aziz yurtdoshlar! Shu qutlug‘ ayyomda har bir xonadonga tinchlik, fayz-u baraka va farovonlik tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Hurmat bilan, E’zoza Karimova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

3 mingdan ortiq ta’lim sohasi vakillari yangi bino imkoniyatlari bilan tanishdiToshkent viloyati pedagogik mahorat markazining yangi binosi foydalanishga topshirilgach, viloyatning barcha tuman va shaharlaridan kelgan ta’lim sohasi vakillari uchun tanishuv ekskursiyalari tashkil etildi. 💬 Rejaga muvofiq 4 kun davomida tashkil etilgan ekskursiyalarda 3 mingdan ortiq ta’lim sohasi vakillari qatnashdi. Tashrif buyuruvchilar orasida maktab direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamda pedagoglar bo‘lib, ular markaz faoliyati va yangi binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
📃 Ekskursiyalar davomida mehmonlar markazda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, o‘quv auditoriyalari, faollar zali, ma’naviyat xonasi, situatsion xona, maktabgacha ta’lim yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan xonalar, sport maydonchasi, oshxona hamda tinglovchilar turar joyida yaratilgan imkoniyatlar namoyish etildi.
🗣️ Shuningdek, ishtirokchilarga markaz faoliyati, pedagoglarning kasbiy rivojlanishi va malakasini oshirishga qaratilgan imkoniyatlar hamda istiqboldagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi. © Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarimiz: 🚀 🔵Telegram🟥Instagram 🟥YouTube 🟦Facebook🌐Web Sayt

📸 Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazining yangi binosida tashkil etilgan tanishuv ekskursiyalaridan fotolavhalar. ©
+9
📸 Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazining yangi binosida tashkil etilgan tanishuv ekskursiyalaridan fotolavhalar. © Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarimiz: 🚀 🔵Telegram🟥Instagram 🟥YouTube 🟦Facebook🌐Web Sayt

Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazining yangi binosi bo‘ylab ekskursiyalar davom etmoqda. ✅ Bugun markazga Oqqo‘rg‘on
+9
Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazining yangi binosi bo‘ylab ekskursiyalar davom etmoqda. ✅ Bugun markazga Oqqo‘rg‘on, Quyi Chirchiq, Bo‘ka, Piskent tumanlari hamda Bekobod shahri va Bekobod tumanidan tashrif buyurgan ta’lim muassasalari rahbarlari va mutaxassislari mehmon bo‘lishdi.
📃 Ekskursiya davomida ishtirokchilar markazda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, o‘quv auditoriyalari, faollar zali, ma’naviyat xonasi, situatsion xona, sport maydonchasi, oshxona va tinglovchilar turar joyidagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
🗣️ Pedagoglar malakasini oshirish va kasbiy rivojlantirish uchun yaratilgan qulay muhit mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. © Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarimiz: 🚀 🔵Telegram🟥Instagram 🟥YouTube 🟦Facebook🌐Web Sayt

🎤 O‘rta Chirchiq tumani 8-umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Kamilov Nosir tomonidan ijro etilgan she’rni e’tiboringizga havola qilamiz. © Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarimiz:🚀 🔵Telegram🟥Instagram 🟥YouTube 🟦Facebook🌐Web Sayt

Ekskursiya jarayoniga bag‘ishlangan videolavha 📹 Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazining yangi binosiga uyushtirilgan tashrif davomida mehmonlar markazda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. © Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarimiz:🚀 🔵Telegram🟥Instagram 🟥YouTube 🟦Facebook🌐Web Sayt

Ekskursiya jarayonidan lavhalar 📸Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazining yangi binosiga tashrif buyurgan mehmonlar m
+9
Ekskursiya jarayonidan lavhalar 📸Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazining yangi binosiga tashrif buyurgan mehmonlar markazda yaratilgan zamonaviy sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida ta'lim sifatini oshirish hamda pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi infratuzilma va qulayliklar namoyish etildi. © Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarimiz:🚀 🔵Telegram🟥Instagram 🟥YouTube 🟦Facebook🌐Web Sayt

Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazining yangi binosi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. 🏛 Unda Parkent, Bo‘stonliq,
+9
Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazining yangi binosi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. 🏛 Unda Parkent, Bo‘stonliq, Qibray, Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlari hamda Chirchiq shahridan tashrif buyurgan maktab direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maktab maslahatchilari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etdi.
📃 Mehmonlar markazda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, o‘quv auditoriyalari, faollar zali, ma’naviyat xonasi, situatsion xona, maktabgacha ta’lim yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan xonalar, sport maydonchasi, oshxona hamda tinglovchilar turar joyida yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiya davomida markaz faoliyati va istiqboldagi rejalar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
© Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarimiz:🚀 🔵Telegram🟥Instagram 🟥YouTube 🟦Facebook🌐Web Sayt

#OAV 📹 Nurafshon shahrida Toshkent viloyati Pedagogik mahorat markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Zamonaviy sharoitlar, keng imkoniyatlar va ustozlar uchun yaratilgan yangi muhit haqida batafsil reportajni tomosha qiling. © Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarimiz:🚀 🔵Telegram🟥Instagram 🟥YouTube 🟦Facebook🌐Web Sayt

Toshkent viloyati Pedagogik mahorat markazining ochilish marosimidan tayyorlangan to‘liq videoni tomosha qiling. 📹 Ushbu tarixiy kunda kechgan eng muhim va unutilmas lahzalar videolavhada jamlangan. © Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarimiz:🚀 🔵Telegram🟥Instagram 🟥YouTube 🟦Facebook🌐Web Sayt

Bugungi natijalar kecha boshlangan mehnatning samarasidir. 📃 Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi yillar davomida turli manzillarda faoliyat yuritdi, tajriba to‘pladi va rivojlandi. Bugun esa ushbu yo‘l yangi maskanda davom etmoqda. Videorolik orqali markazning bosib o‘tgan yo‘li va yangi imkoniyatlari bilan tanishing. © Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarimiz:🚀 🔵Telegram🟥Instagram 🟥YouTube 🟦Facebook🌐Web Sayt

Nurafshon shahrida Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. 📹 Tadbir jarayonidan tayyorlangan videolavha orqali ochilish marosimining eng yorqin lahzalari bilan tanishing. © Toshkent viloyati PMM matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarimiz:🚀 🔵Telegram🟥Instagram 🟥YouTube 🟦Facebook🌐Web Sayt

✅✅✅✅ ⏰ Bayramga tuhfa: Toshkent viloyatida Pedagogik mahorat markazi ochildi ✅ Bugun Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida Pe
+9
✅✅✅✅ Bayramga tuhfa: Toshkent viloyatida Pedagogik mahorat markazi ochildi ✅ Bugun Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida Pedagogik mahorat markazi binosining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
🔰 Vazir Eʻzoza Karimova oʻz nutqida taʻlimga qaratilayotgan eʻtibor, xususan ustozlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va kelgusidagi rejalar haqida soʻz yuritdi. 📊 Ma'lumot o'rnida: 650 o‘rinli zamonaviy binoda maxsus laboratoriyalar, STEAM xonasi, video studiya, kompyuter xonalari, kutubxona va boshqa zarur infratuzilmalar mavjud. Yangi Markaz yiliga 12 250 nafar pedagogning malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lib, 200 o‘rinli yotoqxona va 100 o‘rinli zamonaviy oshxonaga ega. 📍Shu kuni vazir Eʻzoza Karimova Nurafshon shahrida oʻtkazilgan Beshinchi ustozlar forumi hududiy bosqichining tantanali yopilish va taqdirlash tadbirida ishtirok etdi.
Unda sohadagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan ishlar, kutilayotgan natijalar va qizgʻin tarzda davom etayotgan forum jarayonlari haqida soʻz bordi.
🔰 Tadbir doirasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayevga "Xalq taʻlimi fidoyisi", Viloyat kasaba uyushmasi rahbari Sayyora Fayziyeva va Boʻstonliq tuman hokimi Joʻrabek Ahmedovga "Taʻlim homiysi" koʻkrak nishonlari topshirildi. ➖ Shuningdek, bir guruh faol va fidoyi pedagoglar "Xalq taʻlimi a‘lochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanishdi. 🌐 Bundan tashqari, faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ustozlar Turkiyaga malaka oshirishga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin