Marstiff opportunity hunting ⚡️
Open in Telegram
Official opportunity hunting channel of @marstiff_uz Here we share the best scholarships, international programs, competitions, internships, and student opportunities — all in Uzbek and verified by our research team. 🌍✨
Show more570
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-3030 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
April '26
April '26
+12
in 0 channels
March '26
+16
in 0 channels
Get PRO
February '26
+15
in 0 channels
Get PRO
January '26
+611
in 0 channels
Get PRO
December '25
+54
in 2 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 26 April | 0 | |||
| 25 April | 0 | |||
| 24 April | +1 | |||
| 23 April | +1 | |||
| 22 April | 0 | |||
| 21 April | 0 | |||
| 20 April | +1 | |||
| 19 April | 0 | |||
| 18 April | 0 | |||
| 17 April | 0 | |||
| 16 April | 0 | |||
| 15 April | +1 | |||
| 14 April | 0 | |||
| 13 April | +1 | |||
| 12 April | 0 | |||
| 11 April | 0 | |||
| 10 April | +2 | |||
| 09 April | 0 | |||
| 08 April | 0 | |||
| 07 April | 0 | |||
| 06 April | 0 | |||
| 05 April | +1 | |||
| 04 April | +1 | |||
| 03 April | 0 | |||
| 02 April | +3 | |||
| 01 April | 0 |
Channel Posts
🇨🇳 USTC FuSEP SUMMER RESEARCH PROGRAM 2026 — CHINA
🔬 Xalqaro yozgi ilmiy tadqiqot dasturi | Fully Funded
🎯 Kimlar uchun:
• Butun dunyodan bakalavr va magistratura talabalari
• Kamida 2 yil o‘qishni tugatgan bo‘lishi kerak
• Ilm-fan, muhandislik va texnologiyaga qiziqqanlar
• Ingliz tilida ishlay oladiganlar (dastur 100% ingliz tilida)
📚 Dastur nima beradi: • USTC professorlari bilan real laboratoriya tadqiqoti • Ilmiy ma’ruzalar, seminarlar va akademik treninglar • Xalqaro talabalar bilan networking • Xitoy madaniy tadbirlari • 📜 Dastur yakunida rasmiy sertifikat📍 Qayerda: 📌 Hefei, Xitoy — University of Science and Technology of China (USTC) (Xitoyning TOP universitetlaridan biri) 📅 Dastur muddati: 🗓 22-iyun – 30-iyul, 2026 (6 hafta)
✨ Moliyaviy imkoniyatlar (Fully Funded): • ❌ O‘qish puli yo‘q • 🏠 Kampusda yashash bepul • 🎓 USTC Fellowship (eng kuchli ishtirokchilar uchun): — ✈️ sayohat granti — 🍽 ovqat rejasi • Kelajakda USTC’ga to‘liq dasturlarga topshirishda ustunlik📄 Kerakli hujjatlar: • Akademik transkript • CV / Resume • Motivatsion xat (Statement of Purpose) • 1 ta tavsiyanoma • Pasport nusxasi • (Ba’zi holatlarda) supervisor roziligi ⏰ Deadline: 🗓 22-mart, 2026 (Xitoy vaqti bilan) 🔗 Rasmiy sayt: https://fusep.ustc.edu.cn/fusep/ ───────⚡️─────── 📮 @marstiffopportunities 💚 📌 Saqlab oling va ulashing
| 2 | 🇺🇸 HORIZON ACADEMIC ESSAY PRIZE 2026 — USA
📝 Xalqaro Insho Tanlovi | 100% Onlayn
Akademik esse orqali $1,000 gacha pul mukofoti + grantlar?
Ha, bu real va tekshirilgan imkoniyat.
🎯 Kimlar uchun:
Butun dunyodan maktab o‘quvchilari (15–18 yosh)
Tanqidiy fikrlash va akademik yozishga qiziqqanlar uchun
📚 Mavzu:
“The Pursuit of Progress / Taraqqiyotga intilish”
(Bir nechta yo‘nalish-savollar mavjud)
✨ Mukofotlar va imtiyozlar:
• 🥇 Grand Visionary Prize:
💰 $1,000 pul mukofoti + 🎓 ~$6,450 grant
• 🥈 Grand Innovator Prize:
💰 $500 + 🎓 ~$4,000 grant
• 🥉 Grand Excellence Prize:
💰 $250 + 🎓 ~$3,000 grant
• 🏅 Gold / Silver / Bronze & Honorary Mention mukofotlari
• 📜 Rasmiy sertifikat
• 🌍 Kuchli xalqaro akademik portfoliyo
📌 Muhim ma’lumotlar:
• Esse ingliz tilida yoziladi
• Ishtirok bepul
• So‘z limiti: taxminan 1,000 so‘z
• Ish original bo‘lishi shart
⚠️ AI’dan foydalanilgan bo‘lsa, ochiq ko‘rsatilishi kerak
⏰ Deadline:
🗓 1-fevral, 2026 (23:59 PST)
🔗 Rasmiy sayt:
Horizon Academic Essay Prize
───────⚡️───────
📮 @marstiffopportunities 💚
📌 Saqlab oling va ulashing! | 528 |
| 3 | 🇯🇵 GLOBAL MANAGEMENT PROGRAM 2026 — JAPAN (TOKYO)
⏱️ 6 KUN | 100% FULLY FUNDED
Yaponiyada bepul trening + global networking?
Ha, bu real imkoniyat.
📍 Joy: Tokio, Yaponiya
🎯 Kimlar uchun:
Global menejment, liderlik va xalqaro muhitga qiziqqan yoshlar
✨ Qamrab oladi:
• ✈️ Aviabilet — to‘liq
• 🏨 Yashash + 🍽 ovqat — to‘liq
• 🛂 Viza qo‘llab-quvvatlovi
• 🩺 Tibbiy sug‘urta
• 🌍 Xalqaro networking
• 🇯🇵 Yapon menejment tajribasi (real case’lar)
⏰ Deadline:
🗓 20-fevral, 2026
⚠️ Eslatma:
Bu — CV’ni kuchaytiradigan real xalqaro tajriba. Raqobat bor.
🔗: opportunitiescorners.com
───────⚡️───────
📮 @marstiffopportunities 💚
📌 Saqlab oling va ulashing! | 695 |
| 4 | 🎬 VIDEOMINUTE INTERNATIONAL CONTEST — XALQARO TANLOV
🎥 Atigi 1 daqiqalik video bilan xalqaro sahnaga chiqish imkoniyati
🌍 Davlat: Ispaniya 🇪🇸
🏛 Tashkilotchi: University of Zaragoza
💻 Format: Online
👥 Kimlar uchun: Barcha uchun
🎞 Mavzu: Erkin
📤 Topshirish: Online
✨ Nima beradi?
💶 500€ gacha pul mukofoti (turli nominatsiyalar mavjud)
🌐 G‘olib videolar xalqaro platformalarda e’lon qilinadi
📂 Portfolio uchun kuchli loyiha
📜 Rasmiy sertifikat
⚠️ Muhim shartlar:
• Video davomiyligi: maks. 60 soniya (kreditlar bilan)
• 1 ishtirokchi 3 tagacha video yuborishi mumkin
• Video ispan tilida bo‘lmasa — EN yoki ES subtitr talab qilinadi
• Reklama, teaser yoki uzun filmdan parcha qabul qilinmaydi
🔗 Rasmiy qoidalar va ro‘yxatdan o‘tish:
https://cultura.unizar.es/regulations-videominute-international-contest
⏰ Deadline: 30-APREL
───────⚡️───────
📮 @marstiffopportunities 💚
📌 Saqlab oling va ulashing! | 708 |
| 5 | 💼 Portfolio – Grant olishdagi qurolingiz
Xorijda o‘qishni xohlaysiz va ajralib turmoqchisiz..
Kuchli portfolio buning uchun yechim. Bu faqat baholar emas — sizning ko‘nikmangiz, yutug'ingiz va ishtiyoqingizni ko‘rsatadi.
✨ Nimalarni qo‘shish kerak:
• Loyihalar, konkurslar yoki ilmiy ishlar
• Ijodiy ishlar (dizayn, kod yozish, yozuv, va hokazo)
• Ko‘ngilli ishlar yoki jamiyatga foydali tashabbuslar
• Sertifikatlar, mukofotlar yoki tan olinishlar
📌 Pro Tip: Sifat > Miqdor. Eng yaxshi ishlaringizni ko‘rsating va ularning hikoyasini ayting. Universitetlar sizning rivojlanganingizni, fidoyiligingizni va noyobligingizni ko‘rishni xohlaydi.
🗃 Portfolio sizning vizit kartangiz. To‘g‘ri ishlangan portfolio grant imkoniyatlaringizni katta darajada oshiradi.
💬 Siz hozir portfolioni qanday tayyorlayapsiz? — faqat loyihalarmi yoki motivatsion insho ham yozyapsizmi? Izohlarda yozing.
───────⚡️───────
📮 @marstiffopportunities 💚
📌 Saqlab oling va ulashing! | 801 |
| 6 | 📂 YUQORIDAGI BARCHA XALQARO STIPENDIYALAR UCHUN HUJJATLAR CHECKLIST’I
Quyidagi hujjatlar 2026–2027 fully funded stipendiyalarning deyarli barchasi uchun talab qilinadi. Oldindan tayyorlab qo‘ysangiz — katta ustunlik.
📄 Asosiy hujjatlar:
• Pasport
• Diplom yoki o‘qishdan ma’lumotnoma
• Transcript (baholar ro‘yxati)
• CV (Academic / Professional)
✍️ Motivation hujjatlari:
• Motivation Letter / Statement of Purpose
• Study Plan yoki Research Proposal (PhD / Research uchun)
🗣 Til sertifikatlari:
• IELTS / TOEFL (ba’zi stipendiyalarda majburiy)
• Agar bo‘lmasa — muqobil variantlar mavjud (dasturga bog‘liq)
👥 Qo‘shimcha hujjatlar:
• Recommendation Letter (1–2 ta)
• Extra-curricular va sertifikatlar
• Portfolio (agar talab qilinsa)
⚠️ Muhim eslatmalar:
• Hujjatlarni deadline’dan kamida 2–3 oy oldin tayyorlang
• Har bir stipendiya uchun hujjatlarni moslab tahrirlash muhim
• Motivation Letter — eng hal qiluvchi hujjat
📌 Maslahat:
Bitta umumiy CV va ML yozib qo‘ying, keyin har bir stipendiyaga moslab o‘zgartiring.
───────⚡️───────
📮 @marstiffopportunities 💚
📌 Saqlab oling va ulashing! | 627 |
| 7 | 🇨🇭 SWISS GOVERNMENT EXCELLENCE SCHOLARSHIP — TO‘LIQ GRANT
Swiss Government Excellence Scholarship — Shveytsariya hukumati tomonidan taqdim etiladigan, yuqori darajadagi akademik va ilmiy tadqiqot yo‘nalishlariga mo‘ljallangan stipendiya dasturi.
💰 Qamrab oladi:
• Oylik stipendiya
• Tibbiy sug‘urta
• Kontrakt to‘lovi (ko‘p hollarda)
• Tadqiqot olib borish imkoniyati
👤 Kimlar topshirishi mumkin?
— Magistr bitiruvchilari (PhD)
— PhD egalari (Postdoc)
— Tadqiqotchilar
📌 BA uchun mos emas
📄 Asosiy talablar:
• Kuchli akademik background
• Research Proposal
• Shveytsariyalik professorning acceptance letter’i
• Til sertifikati (IELTS/TOEFL — ko‘p hollarda)
🗓 Deadline:
📌 Odatda SENTYABR–DEKABR
(2026 intake uchun ham shu davr kutiladi)
⚠️ Muhim:
• Juda raqobatli stipendiya
• Professor bilan oldindan aloqa qilish majburiy
• Research Proposal sifati hal qiluvchi omil
🔗 Rasmiy sayt: eda.admin.ch
📌 Bu post “2026–2027 Fully Funded Scholarships” seriyasining bir qismi.
👉 Ertaga: 📂 Barcha stipendiyalar uchun hujjatlar checklist’i
───────⚡️───────
📮 @marstiffopportunities 💚
📌 Saqlab oling va ulashing! | 541 |
| 8 | 🇹🇼 TAIWANICDF SCHOLARSHIP — TO‘LIQ GRANT
TaiwanICDF — Tayvan hukumati tomonidan taqdim etiladigan, ayniqsa texnika, IT, muhandislik, sog‘liqni saqlash va rivojlanish yo‘nalishlariga qaratilgan stipendiya dasturi.
💰Qamrab oladi:
• To‘liq kontrakt
• Oylik stipendiya
• Yotoqxona yoki ijara yordami
• Aviabilet
• Tibbiy sug‘urta
👤 Kimlar topshirishi mumkin?
— Bakalavr bitiruvchilari (MA)
— Magistr bitiruvchilari (PhD)
— STEM va development yo‘nalishlariga qiziqqan nomzodlar
🛣 Topshirish tartibi:
1️⃣ Universitetga ariza
2️⃣ TaiwanICDF platformasi orqali hujjatlar
🗓 Deadline:
📌 Odatda MART-APREL
(2026 intake uchun ham shu davr kutiladi)
⚠️ Muhim:
• Akademik moslik juda muhim
• Dastur tanlashda ehtiyot bo‘lish kerak
• Motivation Letter’da kelajakda mamlakatingizga qo‘shadigan hissangiz ko‘rsatilishi katta ustunlik
🔗 Rasmiy sayt: icdf.org.tw
📌 Bu post “2026–2027 Fully Funded Scholarships” seriyasining bir qismi.
👉 Ertaga: 🇨🇭 Swiss Government Excellence Scholarship — tadqiqotchilar uchun
───────⚡️───────
📮 @marstiffopportunities 💚
📌 Saqlab oling va ulashing! | 550 |
| 9 | 🇩🇪 DAAD SCHOLARSHIPS — GERMANIYADA TA’LIM UCHUN TO‘LIQ GRANT
DAAD — Germaniyada ta’lim olish uchun mo‘ljallangan eng nufuzli va professional stipendiya dasturlaridan biri. Asosan magistratura, PhD va tadqiqot yo‘nalishlariga qaratilgan.
💰 Qamrab oladi:
• To‘liq yoki qisman kontrakt
• Oylik stipendiya
• Tibbiy sug‘urta
• Aviabilet (ba’zi dasturlarda)
• Tadqiqot va rivojlanish imkoniyatlari
👤 Kimlar uchun?
— Bakalavr bitiruvchilari (Master’s)
— Magistr bitiruvchilari (PhD)
— Tadqiqotchilar
🌍 Til talabi:
Ingliz tilidagi dasturlar uchun IELTS / TOEFL talab qilinadi
Nemis tilidagi dasturlar uchun nemis tili sertifikati
🗓 Deadline:
📌 Dasturga qarab farq qiladi
Ko‘pchilik dasturlar AVGUST-DEKABR oralig‘ida yopiladi.
⚠️ Muhim:
DAAD’da har bir dastur alohida talabga ega — diqqat bilan tekshiring
🔗 Rasmiy sayt: daad.de
📌 Bu post “2026–2027 Fully Funded Scholarships” seriyasining bir qismi.
👉 Ertaga: 🇹🇼 TaiwanICDF Scholarship — texnik va rivojlanish yo‘nalishlari uchun
───────⚡️───────
📮 @marstiffopportunities 💚
📌 Saqlab oling va ulashing! | 661 |
| 10 | 🇯🇵 MEXT SCHOLARSHIP — TO‘LIQ GRANT (YAPONIYA)
MEXT — Yaponiya Ta’lim vazirligi tomonidan beriladigan va intizom, akademik sifat va aniqlikka katta e’tibor qaratiladigan nufuzli stipendiya dasturi.
💰Qamrab oladi:
• To‘liq kontrakt
• Oylik stipendiya
• Aviabilet (borib-kelish)
• Yotoqxona yoki ijara yordami
• Tibbiy sug‘urta
• Yapon tili kursi (kerak bo‘lsa)
👤 Kimlar topshirishi mumkin?
— Maktab bitiruvchilari (Undergraduate)
— Bakalavr bitiruvchilari (Master’s)
— Magistr bitiruvchilari (PhD)
🛣 Topshirish yo‘li:
📌 Asosan Yaponiya elchixonasi orqali
Tanlov bosqichlari:
1️⃣ Hujjatlar
2️⃣ Yozma imtihon
3️⃣ Intervyu
🗓 Deadline:
📌 Odatda APREL-MAY
(2026 intake uchun ham shu davr)
⚠️ Muhim:
Baholar va akademik intizom muhim
Motivation Letter juda aniq va mantiqiy bo‘lishi kerak
🔗 Rasmiy sayt: studyinjapan.go.jp
📌 Bu post “2026–2027 Fully Funded Scholarships” seriyasining bir qismi.
👉 Ertaga: 🇩🇪 DAAD Scholarships — kimlar uchun eng mos?
📮 @marstiffopportunities 💚
📌 Saqlab oling va ulashing! | 710 |
| 11 | 🇭🇺 STIPENDIUM HUNGARICUM — TO‘LIQ GRANT
Stipendium Hungaricum — Vengriya hukumati tomonidan taqdim etiladigan va Markaziy Osiyodan talabalar orasida eng mashhur stipendiyalardan biri.
💰 Qamrab oladi:
• To‘liq kontrakt (tuition fee)
• Oylik stipendiya
• Yotoqxona yoki ijara puli
• Tibbiy sug‘urta
👤 Kimlar topshirishi mumkin?
— Maktab bitiruvchilari (BA)
— Bakalavr bitiruvchilari (MA)
— Magistr bitiruvchilari (PhD)
🗓 Deadline:
📌 Odatda YANVAR o‘rtalari
(2026 intake uchun ham shu davr kutiladi)
⚠️ Muhim:
Stipendium Hungaricum’da siz:
• bir vaqtning o‘zida bir nechta universitet va dastur tanlaysiz
• Motivation Letter juda muhim rol o‘ynaydi
• Ba’zi dasturlarda intervyu bo‘lishi mumkin
🔗 Rasmiy sayt: stipendiumhungaricum.hu
📌 Bu post “2026–2027 Fully Funded Scholarships” seriyasining bir qismi.
👉 Ertaga: 🇯🇵 MEXT Scholarship — eng intizomli va talabchan grant
───────⚡️───────
📮 @marstiffopportunities 💚
📌 Saqlab oling va ulashing! | 733 |
| 12 | 🇨🇳 CHINESE GOVERNMENT SCHOLARSHIP (CSC) — TO‘LIQ GRANT
CSC — Xitoy hukumati tomonidan taqdim etiladigan BA / MA / PhD darajalari uchun eng katta va nisbatan qulay stipendiya dasturlaridan biri.
💰 Qamrab oladi:
• To‘liq kontrakt
• Oylik stipendiya
• Yotoqxona yoki ijara puli
• Tibbiy sug‘urta
📄IELTS majburiy emas
(agar dastur ingliz tilida bo‘lsa — foydali)
🛣 Topshirishning 2 ta yo‘li bor:
• University Track — to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitet orqali
• Embassy Track — Xitoy elchixonasi orqali
📌 Odatda Embassy Track raqobati kamroq bo‘ladi.
🗓 Deadline:
📌 Odatda DEKABR-MART
(2026–2027 intake uchun ham shu davr)
⚠️ Muhim:
CSC’da motivatsion xat va hujjatlarning to‘g‘ri tayyorlanishi tanlov natijasiga kuchli ta’sir qiladi.
🔗 Rasmiy sayt: csc.edu.cn
📌 Bu post “2026–2027 Fully Funded Scholarships” seriyasining bir qismi.
👉 Ertaga: 🇭🇺 Stipendium Hungaricum — eng ommabop Yevropa grantlaridan biri
───────⚡️───────
📮 @marstiffopportunities 💚
📌 Saqlab oling va ulashing! | 748 |
| 13 | 🇪🇺 ERASMUS MUNDUS JOINT MASTER — TO‘LIQ GRANT
Erasmus Mundus — Yevropaning eng nufuzli va raqobatbardosh magistratura stipendiyalaridan biri. Dastur davomida siz 2–3 ta Yevropa davlatida o‘qiysiz.
💰Qamrab oladi:
— To‘liq kontrakt
— Oylik stipendiya (~€1,400)
— Aviabilet va ko‘chish xarajatlari
— Sug‘urta
— Bir nechta davlatda o‘qish imkoniyati
👤 Kimlar uchun?
• Bakalavr bitiruvchilari
• Kuchli akademik profil
• IELTS majburiy (odatda 6.5–7.0)
• Ish tajribasi — katta ustunlik
🗓 Deadline:
📌 Odatda DEKABR-YANVAR
(2026–2027 intake uchun ham shu davr)
⚠️ Muhim:
Erasmus Mundus universitetga emas, dasturga topshiriladi. Har bir dasturda talablar boshqacha.
🔗 Rasmiy sayt: erasmusmundus.eu
📌 Bu post “2026–2027 Fully Funded Scholarships” seriyasining bir qismi.
👉 Ertaga: 🇨🇳 Chinese Government Scholarship (CSC)
───────⚡️───────
📮 @marstiffopportunities 💚
📌 Saqlab oling va ulashing! | 633 |
| 14 | 🇹🇷 TÜRKİYE SCHOLARSHIPS — TO‘LIQ GRANT
Türkiye Scholarships — bu BA / MA / PhD darajalarida Turkiyada 100% bepul o‘qish imkonini beruvchi eng mashhur davlat stipendiyalaridan biri.
💰 Qamrab oladi:
— Kontrakt (tuition fee)
— Oylik stipendiya
— Yotoqxona
— Aviabilet (borib-kelish)
— Tibbiy sug‘urta
— Til kursi (1 yilgacha)
🗓 Deadline:
📌 Odatda YANVAR-FEVRAL
(2026 intake uchun ham shu davr kutiladi)
⚠️ Muhim eslatma: IELTS majburiy emas (lekin foydali).
Bu stipendiya juda raqobatli. Hujjatlar (CV, Motivation Letter) sifati hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
🔗 Rasmiy sayt: turkiyeburslari.gov.tr
📌 Bu post “2026–2027 Fully Funded Scholarships” seriyasining bir qismi.
👉 Ertaga: 🇪🇺 Erasmus Mundus
───────⚡️───────
📮 @marstiffopportunities 💚
📌 Saqlab oling va ulashing! | 674 |
| 15 | 🎓 2026–2027 FULLY FUNDED XALQARO STIPENDIYALAR
Agar siz BA / MA / PhD darajalarida xorijda bepul o‘qishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu ro‘yxatni saqlab qo‘ying 📌
📜 Quyidagi stipendiyalar 2026 yil davomida yoki oxirida yopiladi:
🇹🇷 Türkiye Scholarships
🇪🇺 Erasmus Mundus Joint Master
🇨🇳 Chinese Government Scholarship (CSC)
🇭🇺 Stipendium Hungaricum
🇯🇵 MEXT Scholarship
🇩🇪 DAAD Scholarships
🇹🇼 TaiwanICDF Scholarship
🇨🇭 Swiss Government Excellence Scholarship
💡 Muhim:
Ko‘pchilik imkoniyatni deadline yaqinlashganda eslaydi. Siz esa hozirdan tayyorlansangiz — ustunlik siz tomonda.
📨 Bu post “2026–2027 Fully Funded Scholarships” seriyasining boshlanishi.
Ertadan boshlab — 1 stipendiyaga 1 post. (to‘liq tahlil bilan)
📮 Saqlab oling va ulashing!
🔗: @marstiffopportunities 💚 | 788 |
| 16 | 🏕 RAQOBATI NISBATAN PAST, LEKIN FOYDASI YUQORI 3–4 HAFTALIK CAMP & PROGRAMMALAR 🌍
Hamma camp’lar MIT yoki NASA darajasida raqobatli bo‘lishi shart emas.
Ba’zi dasturlar bor — ochiq qabul, minimal talab, lekin to‘g‘ri ishlatilsa portfolio uchun real foyda beradi 👇
🟢 1. Pre-College Summer Programs (Open / Rolling Admission)
✔ Odatda 3–4 hafta davom etadi
✔ Ko‘pchiligida essay yoki intervyu talab qilinmaydi
✔ Universitet muhiti + rasmiy certificate
👉 Kimlar uchun: 9–11-sinf o‘quvchilari
📌 Eslatma: Bu dasturlar elit tanlovli emas, lekin akademik exposure beradi
🟢 2. Language & Culture Camps
✔ Ingliz tili + madaniy dasturlar
✔ Guruhli mashg‘ulotlar, project work
✔ Raqobat yo‘q — daraja asosida joylashtiriladi
👉 Ko‘pincha IELTS talab qilinmaydi (placement test bilan)
🟢 3. Leadership & Personal Development Camps
✔ Public speaking
✔ Teamwork
✔ Confidence & leadership skills
👉 Universitetlar leadership va initiative’ni yuqori baholaydi
📌 Muhim: Faqat qatnashish emas, undan keyin qilgan ishlaringiz asosiy rol o‘ynaydi
🟢 4. International Youth Camps (Exchange-style)
✔ 3–4 haftalik format
✔ Turli davlatlardan ishtirokchilar
✔ Workshop + cultural nights
👉 Tanlov akademik jihatdan kuchli emas, ko‘proq motivatsiya va ochiqlikka qaraladi
📌 Muhim aniqlik:
Bu camp’lar:
— “oson” emas
— ko‘pincha kam raqobatli va mazmunli
To‘g‘ri reflection, project va application’da to‘g‘ri paketlash bilan ular katta competitive dasturlarga ko‘prik bo‘la oladi.
📮 Saqlab o‘ling va ulashing!
🔗: @marstiffopportunities 💚 | 725 |
| 17 | 🇸🇦 Saudiya Arabistonida 2–6 oylik FULLY FUNDED ilmiy internship
🔬 KAUST Visiting Student Research Program (VSRP) — bakalavr va magistratura talabalari uchun nufuzli tadqiqot dasturi.
💰 Dastur to‘liq moliyalashtiriladi:
— Oyiga $1000 stipendiya
— Shaxsiy yotoqxona (xona + hammom)
— Borib-kelish aviabiletlari
— Ijtimoiy va madaniy tadbirlar
— Zamonaviy ilmiy laboratoriyalar va tadqiqot markazlariga kirish
📍 Universitet: KAUST (King Abdullah University of Science and Technology)
⏳ Davomiyligi: 2–6 oy
🗓 Deadline: Yil davomida ochiq
⚠️ Raqobat darajasi (MUHIM):
• Dastur juda raqobatli
• Kuchli GPA, motivatsiya xati va research interest muhim
• Oldingi ilmiy tajriba yoki loyihalar katta ustunlik beradi
• Professor bilan mos kelish (research fit) tanlovda hal qiluvchi rol o‘ynaydi
💡 Post faqat ma’lumot berish maqsadida. Talablar va shartlar o‘zgarishi mumkin — iltimos, har doim rasmiy sahifani tekshiring.
🔗: https://scholarshipscorner.website/kaust-visiting-student-research-program/
📮 Saqlab o‘ling va ulashing!
🔗: @marstiffopportunities 💚 | 731 |
| 18 | ⛩ Yaponiyada Fully Funded Research Internship
🇯🇵 Okinawa Institute of Science and Technology (OIST)
— tomonidan taklif etiladigan xalqaro research internship dasturi.
📆 Davomiyligi: 3–6 oy
🗓 Fall 2026: 1-oktabr 2026 – 31-mart 2027
🎯 Kimlar topshirishi mumkin?
• Bachelor talabalari (asosan 3–4-kurs)
• Master’s talabalari
📌 High school va PhD talabalari uchun mo‘ljallanmagan
🧪 Yo‘nalishlar:
STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) va researchga bog‘liq sohalar
💴
Nimalar qoplanadi?
• 💰 Stipendiya (internship allowance)
• 🏠 Yashash joyi
• ✈️ Aviabilet va transport xarajatlari
• 📋 To‘liq administrativ qo‘llab-quvvatlash
⁉️ Nega ariza topshirish kerak?
— Xalqaro research tajribasi
— STEM sohalarida professional ko‘nikma
— CV va admission portfolio uchun kuchli punkt
⏰ Deadline: 15 April 2026
💡 Post faqat ma’lumot berish maqsadida. Talablar va shartlar o‘zgarishi mumkin — iltimos, har doim rasmiy sahifani tekshiring.
🔗: https://scholarshipscorner.website/oist-research-internship/
📮 Saqlab o‘ling va ulashing!
🔗: @marstiffopportunities 💚 | 774 |
| 19 | ❌ Exchange dasturlarga topshirishda qilinadigan 5 ta KATTA xato
⚠️ Exchange — bu shunchaki sayohat emas.
📈Bu kelajagingizga investitsiya, ammo ko‘pchilik bir xil xatolar sabab imkoniyatni boy beradi.
• 1. Hamma yozgani kabi yozish
Motivation letter’ni internetdagi andozalardan ko‘chirib yozish — eng keng tarqalgan xato.
💡 Yechim: O‘zingizni ko‘rsating, maqsadlaringizni va nega aynan siz bu dasturga mos ekaningizni aniq yozing.
• 2. Faqat baholarga tayanish
Yuqori baholar muhim, lekin yetarli emas.
💡 Yechim: Volontyorlik, loyihalar, leadership va extracurricular faoliyatlaringizni ko‘rsating.
• 3. Deadline’ni oxiriga qoldirish
“Yana vaqt bor” degan fikr ko‘p imkoniyatlarni yo‘qqa chiqaradi.
💡 Yechim: Arizani kamida 2–3 hafta oldin tayyorlashni boshlang.
• 4. Savollarga umumiy javob berish
“Bu dastur menga tajriba beradi” — kuchsiz va umumiy.
💡 Yechim: Aniq yozing: qaysi bilimlar, ko‘nikmalar va maqsadlar siz uchun muhim.
• 5. O‘zingizga ishonmaslik
“Men yetarlicha kuchli emasman” degan fikr eng katta to‘siq.
💡 Yechim: Hech kim sizning yo‘lingizni sizdek bosib o‘tmagan — bu sizning eng katta ustunligingiz.
💬 Xulosa:
Exchange’da yutadiganlar — eng mukammallar emas, balki ongli ravishda tayyorlanganlar.
📮 Saqlab o‘ling va ulashing!
🔗: @marstiffopportunities 💚 | 780 |
| 20 | 📌 LSUE 2026 — Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha qo‘llanma (Step-by-step)
⏰ Deadline: 28-yanvar, 2026
Quyida LSUE (Leipzig Summer University for Ethics) dasturiga to‘g‘ri va xatosiz ro‘yxatdan o‘tish tartibi keltirilgan.
🧾 1-QADAM: Shaxsiy ma’lumotlar (Personal Information)
1️⃣ Title — Mr. / Ms. / Other
2️⃣ Last name — pasportdagidek familiyangiz
3️⃣ First name — pasportdagidek ismingiz
4️⃣ Street — yashash manzilingiz (ko‘cha nomi)
5️⃣ Zip code — pochta indeksi
6️⃣ City — shahar
7️⃣ Country of residence — hozir yashayotgan davlat
8️⃣ Nationality / Citizenship — fuqaroligingiz
9️⃣ Date of birth — tug‘ilgan sana
🔟 Email — faol ishlatadigan emailingiz
⚠️ Emailni xato yozmang — barcha javoblar shu yerga keladi.
🎓 2-QADAM: Universitet ma’lumotlari
1️⃣1️⃣ Enrolled / Registered university
— Hozir o‘qiyotgan universitetingiz nomi
1️⃣2️⃣ Faculty
— Masalan: Faculty of Computer Science
1️⃣3️⃣ Course of Studies
— Yo‘nalishingiz (masalan: Artificial Intelligence, Law, Philosophy va h.k.)
1️⃣4️⃣ Previous Education (Degrees)
— Oldingi ta’limingiz (High School / Bachelor / Master)
👤 3-QADAM: Study Program Coordinator (MUHIM!)
Bu qismda sizni universitetda taniydigan shaxs ma’lumotlari yoziladi:
✔️ Program Coordinator / Study Advisor / Professor
To‘ldiriladi:
—Title (Mr./Ms.)
—Last name
—First name
—Email
—Position (masalan: Academic Advisor, Professor of Law)
⚠️ Agar coordinator bo‘lmasa — ishonchli professor yoki advisor bo‘lishi mumkin.
💰 4-QADAM: Grant (Financial Support)
❗️ LSUE o‘qish uchun tuition fee olmaydi, lekin:
— yo‘l
— yashash
— ovqat
— uchun cheklangan grantlar mavjud.
— Agar grantga muhtoj bo‘lsangiz:
✔️ Request for financial support'ni belgilang
✍️ Pastdagi qismda nima sabab moliyaviy yordam kerakligini qisqacha tushuntiring
(masalan: oila daromadi, o‘zingizni o‘zingiz ta’minlay olmaslik va h.k.)
🌐 5-QADAM: LSUE haqida qayerdan bildingiz?
Variantlardan bittasini tanlang:
— Instagram
— University
— Friends
— Study Portals
— Summer Schools in Europe
— Other
🚀 6-QADAM: PROJECT OUTLINE (ENG MUHIM QISM)
Bu yerda siz LSUE’da oladigan bilimni qanday foydaga ishlatishingizni tushuntirasiz.
Javob berasiz:
1️⃣ Project idea — g‘oyangiz nima?
2️⃣ Implementation — qanday amalga oshirasiz?
3️⃣ Goals — maqsadingiz nima?
📌 Ethics, jamiyat, ilmiy ish yoki ijtimoiy foyda bilan bog‘lash juda muhim.
📂 7-QADAM: HUJJATLARNI YUKLASH
Majburiy fayllar:
✅ CV (1 bet, tabular)
✅ Recommendation Letter #1 (1 professor)
✅ Recommendation Letter #2 (boshqa professor)
✅ Letter of Motivation (max 500 so‘z)
📌 Fayllar ENGLISH tilida bo‘lishi shart!
✅ 8-QADAM: SUBMIT
Hammasini tekshiring → Submit tugmasini bosing.
📩 Agar hujjatlar to‘g‘ri bo‘lsa, emailingizga tasdiq xati keladi.
🔥 Maslahat:
LSUE — akademik profilingizni kuchaytiradigan TOP summer school. Motivatsiya xati va project outline ustida jiddiy ishlang.
📮 Saqlab o‘ling va ulashing.
🔗 @marstiffopportunities 💚 | 731 |
