Intelligenti Pauca
Open in Telegram
Maqsadim, har sohaga qiziqadigan insonlar uchun qiziqarli va foydali ma'lumotlarni qisqa va lo'nda qilib yetkazib berish.
Show more797
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-2630 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+5
in 1 channels
August '26
+18
in 1 channels
Get PRO
July '26
+15
in 1 channels
Get PRO
June '26
+34
in 0 channels
Get PRO
May '26
+193
in 0 channels
Get PRO
April '26
+134
in 3 channels
Get PRO
March '26
+80
in 0 channels
Get PRO
February '26
+56
in 1 channels
Get PRO
January '26
+163
in 2 channels
Get PRO
December '25
+595
in 2 channels
Get PRO
November '25
+3
in 3 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | +2 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | +1 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | +2 |
Channel Posts
▪️Nekker kubi inson idrokining murakkabligini namoyish etuvchi eng mashhur optik illuziyalardan biridir. Ushbu figura 1832-yilda shveysariyalik kristallograf Lui Albert Nekker tomonidan tasvirlangan bo‘lib, oddiy chiziqlardan tashkil topgan ikki o‘lchamli kub shaklidan iborat.
Rasmda kubning qaysi tomoni oldinda, qaysi tomoni orqada ekanligini ko‘rsatadigan aniq vizual belgilar mavjud emas. Shu sababli inson miyasi tasvirni ikki xil usulda talqin qilishi mumkin: ba'zida kubning yuqori o‘ng qismi oldinda ko‘ringandek tuyulsa, boshqa paytda pastki chap qismi oldinga chiqib kelgandek taassurot uyg‘otadi. Bu holat tasvir o‘zgarmagan bo‘lsa ham, idrokning almashib turishini ko‘rsatadi.
| 2 | ▪️Gremlinlar — XX asr boshlarida paydo bo‘lgan afsonaviy sho‘x maxluqlar, dastlab samolyotlardagi tushuntirib bo‘lmaydigan nosozliklarni izohlash uchun o‘ylab topilgan.
Atama ilk bor 1920-yillarda Britaniya Qirollik Havo Kuchlari (RAF) uchuvchilari orasida qo‘llanilgan. Ayniqsa 2-jahon urushi davrida gremlinlar haqidagi hikoyalar keng tarqalib, uchuvchilar samolyotlardagi texnik muammolar, kutilmagan nosozliklar va baxtsiz hodisalarni aynan shu mavjudotlar bilan bog‘lashgan. Gremlinlar odatda texnika va mexanizmlarni buzadigan, simlarni kesadigan hamda turli tartibsizliklar keltirib chiqaradigan yaramas maxluqlar sifatida tasvirlangan. Aslida esa ular uchuvchilar uchun aybdorni topishdan ko‘ra ruhiy bosimni kamaytiruvchi va jangovar ruhni saqlab qolishga yordam beruvchi ramziy vazifasini bajargan.
Gremlinlar haqidagi afsonaning ommalashishida mashhur britaniyalik yozuvchi va sobiq RAF uchuvchisi Roald Dal 1943-yilda “The Gremlins” nomli bolalar kitobini yozib katta hissa qo'shgan. | 167 |
| 3 | ▪️Beorn — J.R.R. Tolkinning "Hobbit" asaridagi kuchli va sirli qahramonlardan biridir. U odam qiyofasida yashaydi, lekin istagan paytida ulkan qora ayiqqa aylana oladi. Shuning uchun u teri almashtiruvchi (skin-changer) deb ataladi.
Beornning kelib chiqishi aniq ochib berilmagan, ammo Gandalfning aytishicha, u qadimda Tumanli tog‘lar atrofida yashagan va ayiqqa aylana oladigan odamlar avlodidan chiqqan. U Mirkvud o‘rmoni yaqinida yolg‘iz yashaydi va hayvonlar bilan do‘stona munosabatda bo‘ladi.
Beorn goblinlar va warglarning(bo‘ri-jonzotlardan) ashaddiy dushmani hisoblanadi. U Bilbo, Gandalf va mittilarga safarlari davomida boshpana, oziq-ovqat va otlar bilan yordam beradi. Asarning oxirida bo‘lib o‘tgan Besh Qo‘shin Jangida ulkan ayiq qiyofasida qatnashib, ezgulik kuchlarining g‘alabasiga katta hissa qo‘shadi. | 278 |
| 4 | FarZK - Marafon navbatchilik savollarimiz. | 415 |
| 5 | ▪️Haast burguti (Hieraaetus moorei) - Yangi Zelandiyaning Janubiy orolida yashagan, qirilib ketgan yirtqich qush turi bo‘lib, tarixiy davrda ma'lum bo‘lgan eng yirik yirtqich qushlardan biri hisoblanadi.
Urg‘ochilarining vazni 10–14 kg ga, qanotlari kengligi esa 2,6 metrga yetgan. Bu zamonaviy janubiy amerika garpiyasidan 30–40 foiz kattaroq bo‘lgan.
U asosan (moa) yirik uchmaydigan qushlarni ovlagan, shuningdek boshqa katta qushlar bilan ham oziqlangan. Haast burguti o‘ljasini juda kuchli panjalari va uzun tirnoqlari bilan bosh yoki bo‘ynidan ushlab o‘ldirgan. Qisqa qanotlari tufayli uzoq masofaga parvoz qilishga moslashmagan, ammo Yangi Zelandiyaning zich o‘rmonlarida tez va chaqqon ovchi bo‘lgan.
Maoriylar bu qushni Te-Pouakai yoki Te-Hokioi deb atashgan. Moa qushlarining ovlanib qirilib ketishi va odamlarning tabiatga ta'siri natijasida Haast burguti ham taxminan XV asrda yo‘q bo‘lib ketgan. DNK tadqiqotlari uning eng yaqin qarindoshlari mitti burgutlar ekanligini ko‘rsatgan. | 388 |
| 6 | #irland_mif
Tír na nÓg ("Yoshlik yurti") — Irlandiya mifologiyasidagi sehrli va afsonaviy mamlakat bo‘lib, u yerda odamlar qarimaydi, kasal bo‘lmaydi va o‘lmaydi. Bu joy keltlarning "Boshqa olam" haqidagi tasavvurlarining bir qismi bo‘lgan. U doimiy bahor, go‘zallik, farovonlik va quvonch makoni sifatida tasvirlanadi.
Tír na nÓg eng mashhur tarzda Oisín va Niamh afsonasi orqali tanilgan. Rivoyatga ko‘ra, Niamh ismli sehrli qiz Oisínni ushbu mamlakatga olib ketadi. U yerda bir necha yil yashagandek tuyuladi, ammo Irlandiyada aslida uch yuz yil o‘tgan bo‘ladi. Oisín vataniga qaytgach, tasodifan yerga tegib ketadi va bir zumda uch yuz yoshga qarib qoladi. | 313 |
| 7 | #tolkindan_nimadir
▪️"Lembas" noni — J.R.R. Tolkin yaratgan “Uzuklar hukmdori” olamidagi sehrli non bo‘lib, uni elflar tayyorlashadi. Tashqi ko‘rinishi oddiy nonni eslatsa-da, uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, juda kichik bo‘lagi ham odamga uzoq vaqt davomida kuch va quvvat berishi mumkin. Lembas odatda oltin rangli mallorn daraxti barglariga o‘rab saqlanadi, bu esa uning yangiligini uzoq vaqt saqlashga yordam beradi.
Asarda Frodo va Sam Mordorga qilgan og‘ir va xavfli safarlarida aynan lembas bilan oziqlanishadi. Ular uchun bu nafaqat ovqat, balki umid va chidamlilik ramzi ham bo‘ladi. | 2 309 |
| 8 | ▪️Plyushkin sindromi — bu insonning keraksiz yoki qiymati deyarli bo‘lmagan buyumlarni haddan tashqari yig‘ib borishi va ularni tashlab yuborishda qattiq qiynalishi bilan tavsiflanadigan ruhiy holatdir.
Ushbu sindrom nomi Nikolay Gogolning “O‘lik jonlar” asaridagi Plyushkin qahramoni nomidan olingan. Bunday odamlar eski kiyim-kechaklar, qog‘ozlar, qutilar yoki boshqa turli buyumlarni to‘plab yuradilar va ularni tashlash zarur bo‘lsa ham, bunga rozi bo‘la olmaydilar. Natijada uy yoki yashash joyi keraksiz narsalar bilan to‘lib ketadi, bu esa kundalik hayot, gigiyena va ijtimoiy munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Plyushkin sindromi ko‘pincha xavotir, depressiya yoki obsesiv-kompulsiv buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Yoshlikda hamma shu sindromga chalingan bo'lsa kerak) | 509 |
| 9 | #rejissorlar
Karry Barker — amerikalik rejissyor, ssenariynavis, aktyor va komik. 1999-yil 22-sentabrda Alabama shtatida tug‘ilgan.
U faoliyatini YouTube’dagi komediya videolari va qisqa filmlar orqali boshlagan. 2024-yilda atigi $800 budjet bilan Milk & Serial horror filmini suratga olgan. Film YouTubeda katta mashhurlikka erishib, uning kino sanoatidagi faoliyatiga yo‘l ochdi.
Keyinchalik u Obsession filmini suratga oldi. Film romantik munosabatlar, obsessiya va psixologik qo‘rquvni birlashtiradi. Barker filmning rejissyori va ssenariynavisi bo‘lgan.
Barkerning uslubi qora komediya, horror, absurd vaziyatlar va psixologik qo‘rquv uyg‘unligi bilan ajralib turadi.
Karry Barker va Kuper Tomlinsonning YouTube kanali “That’s a Bad Idea” deb ataladi lekin ularning g'oyalari unchlalik ham yomonga o'xshamaydi) | 391 |
| 10 | ▪️Deuteragonist (deyteragonist) — asardagi ikkinchi eng muhim qahramon, ya’ni bosh qahramondan (protagonist) keyingi asosiy personaj.
Protagonist - so'zma so'z birinchi kurashuvchi, yani asosiy qahramon.
Antagonist - so'zma so'z anti - qarshi, ya'ni asosiy qahramonga qarshi kurashuvchi hisoblanadi.
Garri Potter asarini misol qilib oladigan bo'lsak, Garri Potter - bu protogonist, Ron va Germiyona - deyterogonist, Voldemort esa Antagonist hisoblanadi. | 383 |
| 11 | #Almamaterdoshlar
2024 - yil, Ikkinchi kursligimda FarDU termasiga qo’shilgandim, undan biroz oldin Farzkda Davron akam tufayli Azizbek, Muhammad Amin va Sarvinoz bir jamoaga yeg’ilganmiz. Fardu terma jamoasida ko’p kuchli o’yinchilar bilan o’ynadim lekin shu JIGARLar bilan hammasi boshlangan.
2024 IH Breyn ring oltin
2024 IO Erudit kvartet oltin
2025 IO zakovat kumush
2026 IH Breyn ring kumush
Chapdan oʻngga:
Muhammadamin Xolboboyev
Azizbek Turdaliyev
Samandar Shokirov
Yaqinda uylandim mana endi BACHELORlik har ikkala ma’no jihatdan tugadi :) | 348 |
| 12 | Uran oynasi (uranium glass) — tarkibida oz miqdorda uran birikmalari mavjud bo‘lgan maxsus shisha turi bo‘lib, odatda sariq-yashil yoki och yashil rangga ega bo‘ladi.
U ilk bor XIX asrda keng ishlab chiqarila boshlagan va asosan idishlar, vazalar hamda turli bezak buyumlarini tayyorlashda qo‘llanilgan.Uran oynasi radioaktiv hisoblanadi, biroq undagi nurlanish darajasi odatda juda past bo‘lgani sababli kundalik foydalanishda jiddiy xavf tug‘dirmaydi. Hozirgi kunda uran oynasi ko‘proq kolleksionerlar va antikvar buyumlar ixlosmandlari orasida qadrlanadi. | 370 |
| 13 | “Beijing bikini” — Xitoydagi yozgi odat
Xitoyda yozning jazirama kunlarida erkaklarning futbolkasini qornigacha ko‘tarib yurishi odati bor. Bu holat xalq orasida “Beijing bikini” deb ataladi. Ayniqsa parklar, ko‘cha oshxonalari va mototsiklda yurgan erkaklar orasida ko‘p uchraydi.
An’anaviy xitoy tabobatiga ko‘ra, qorinni ochib yurish tanadagi “qi” energiyasi aylanishiga yordam beradi va issiqni yengillashtiradi. Shu sabab ko‘pchilik bunga oddiy holat sifatida qaraydi.
Biroq ayrimlar bu odatni madaniyatsizlik deb hisoblaydi. 2019-yildan boshlab Jinan, Tianjin va Beijing kabi shaharlarda jamoat joyida yalang‘och qorin bilan yurishga qarshi cheklovlar joriy etilgan.
Shunga qaramay, “Beijing bikini” hali ham Xitoy yozining eng mashhur ko‘cha manzaralaridan biri bo‘lib qolmoqda.
wikiTarjima – Original tarjimalar | 478 |
| 14 | J-600T “Yıldırım” — Turkiyaning ilk mashhur ballistik raketalaridan biri. Uning nomi turkchada “chaqmoq” degani. Qiziq tomoni shundaki, bu raketa oddiy yuk mashinasiga o‘xshash mobil platformadan uchiriladi va bir necha daqiqada joyini o‘zgartirib yubora oladi.
U 2000-yillar boshida xizmatga kirgan va Turkiyaning raketa texnologiyalaridagi katta qadamlaridan biri hisoblanadi. Keyinchalik aynan shu loyiha Turkiyaning yanada kuchli raketa dasturlariga asos bo‘lgan. | 473 |
| 15 | Ижтимоий тармоқдаги энг фаол интеллектуал каналлар рўйхати битта жойда!
Интеллектуаллар дунёсига қўшилинг! | 512 |
| 16 | Marvel kino olami xronologik tartibda. | 759 |
| 17 | John DeLorean — amerikalik muhandis va avtomobil ishlab chiqaruvchi bo‘lib, 1980-yillarda o‘zining noodatiy loyihasi bilan mashhur bo‘lgan. U yaratgan DeLorean DMC-12 futuristik dizayni, zanglamaydigan po‘lat kuzovi va yuqoriga ochiladigan “gull-wing” eshiklari bilan ajralib turadi.
Bu avtomobil 1981–1983-yillarda ishlab chiqarilgan bo‘lsa-da, haqiqiy mashhurlikka “Back to the Future” (Kelajakka qaytib) filmi orqali erishdi — unda u vaqt mashinasi sifatida tasvirlangan. | 614 |
| 18 | ▪️Pinkerton National Detective Agency 1850-yilda Allan Pinkerton tomonidan AQShda tashkil etilgan eng mashhur xususiy detektiv va qo‘riqlash xizmatlaridan biridir. U dastlab temiryo‘l kompaniyalarini himoya qilish va jinoyatchilarni qo‘lga olish bilan shug‘ullangan. Pinkerton agentlari AQSh prezidenti Avram Linkolnga qarshi suiqasd rejasini oldindan fosh qilgani bilan tarixda muhim o‘rin egallaydi. Shuningdek, ular “Wild West” davrida ko‘plab jinoyatchilarni ta’qib qilgan va hatto hukumatdan mustaqil kuch sifatida ham faoliyat yuritgan. Bugungi kunda Pinkerton global xavfsizlik kompaniyasiga aylangan bo‘lib, Securitas AB tarkibida faoliyat olib boradi.
Agentlik logosida ochiq ko'z va "Biz hech qachon uxlamaymiz" yozuvlarini ko'rish mumkin. | 468 |
| 19 | Tiffani effekti — bu odamlar tarixiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan narsa yoki ismni faqat zamonaviy tuyulgani uchun noto‘g‘ri deb o‘ylash hodisasi.
“Tiffany” ismi ko‘pchilikka hozirgi zamonga xosdek tuyuladi, lekin aslida u O‘rta asrlarda ham ishlatilgan. Shunga qaramay, tarixiy filmda bu ismni eshitsak, ko‘pchilik uni xato deb o‘ylaydi.
Yoki Vikinglar haqidagi filmlarda ko'rsatiladigan 2 shoxli dubulg'alar, aslida Vikinglar bunday bosh kiyimlarni kiymagan va ular hatto bo'lmagan ham. | 883 |
| 20 | ▪️ Pergam kutubxonasi — miloddan avvalgi III asrda Eumenes II davrida, hozirgi Bergama hududida qurilgan mashhur qadimgi kutubxona bo‘lib, unda taxminan 200 000 qo‘lyozma saqlangan. U Aleksandriya Kutubxonasidan keyin ikkinchi yirik ilm markazi hisoblangan. Shu yerda papirus o‘rniga pergament keng qo‘llanila boshlagan. Keyinchalik Mark Antony bu kutubxona qo‘lyozmalarining bir qismini Kleopatraga sovg‘a qilgan. | 522 |
