Temir yoʻl vokzallari
Open in Telegram
"Temir yoʻl vokzallari" Mas'uliyati cheklangan jamiyatining rasmiy axborot sahifasi. Facebook:https://www.facebook.com/share/1Awq265CJL/ Instagram:https://www.instagram.com/uzrailwaystations?igsh=dW1sc21zd3 YouTube:https://youtube.com/@uzrailwaystations?s
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 540
Subscribers
-1724 hours
-837 days
+6530 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+1
in 0 channels
August '26
+305
in 2 channels
Get PRO
July '26
+30
in 2 channels
Get PRO
June '26
+545
in 2 channels
Get PRO
May '26
+553
in 3 channels
Get PRO
April '26
+705
in 0 channels
Get PRO
March '260
in 3 channels
Get PRO
February '26
+133
in 2 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 09 September | 0 | |||
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | +1 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
| 2 | “Temiryo‘lchi” gazetasining navbatdagi yangi soni mutolaa qilish uchun taqdim etildi.
Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube | 126 |
| 3 | 🇺🇿MUSTАQILLIKNING 35 YILLIGI BАYRАMI АRАFАSIDА YO‘LOVCHILАRGА MUNOSIB SOVGʼА
Yurtimizda mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bayrami keng nishonalanayotgan ayni kunlarda, “Temir yoʼl vokzallari” MCHJ tomonidan 📍Samarqand temir yo‘l vokzalida yo‘lovchilarga munosib sovgʼa tayyorlandi.
Bir kunda o‘rtacha 3-3,5 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan ushbu temir yo‘l vokzalida yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida yer osti yo‘lida zamonaviy lift va eskalator xizmatlari ishga tushirildi.
31-avgustdan boshlab, yo‘lovchilar 1-yo‘ldan 2-yo‘lga, shuningdek, boshqa yo‘llarga tez hamda qulay va xavfsiz o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ushbu saʼyi harakatlar nafaqat oddiy yo‘lovchilar, yoki sayyohlarga, balki temir yo‘l xizmatidan foydalanadigan yoshi ulugʼ, yosh bolali hamda imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun juda qulay imkoniyatdir.
Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube | 154 |
| 4 | Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
—
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины!
Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость!
Слава нашему народу – созидателю независимости!
С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан.
Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток!
Да здравствует Республика Узбекистан!
Да здравствует народ Узбекистана!
Шавкат Мирзиёев,
Президент Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 100 |
| 5 | #Mustaqillik35
Aziz yurtdoshlar!
“Temir yo‘l vokzallari” MChJ jamoasi nomidan Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz tinch va osoyishta, xalqimiz farovon, Vatanimiz taraqqiyoti bardavom bo‘lsin. Ushbu qutlug‘ bayram barchamizga yangi kuch-g‘ayrat, ulkan zafarlar va yorqin kelajak sari ilhom bag‘ishlasin!
Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz ravnaqi bardavom bo‘lsin!
Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube | 125 |
| 6 | 🇺🇿 TO‘RTKO‘L VOKZALI — YANGI QIYOFA, YANGI IMKONIYATLAR!
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida rekonstruksiya qilingan To‘rtko‘l vokzali foydalanishga topshirildi.
🚉 Yangilangan vokzalda yo‘lovchilar uchun zamonaviy kutish zali, elektron axborot tablosi, bepul Wi-Fi, VIP zal va boshqa qulayliklar yaratildi.
✨ Vokzalning ichki va tashqi qismi yangilanib, yo‘lovchilarga yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratildi.
🇺🇿 Yangi qiyofa. Yangi imkoniyatlar. Qulay safarlar!
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube | 5 779 |
| 7 | 🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA TO‘RTKO‘L VOKZALI YANGI QIYOFADA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
✅ O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan rekonstruksiya qilingan To‘rtko‘l vokzalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
➕2001-yilda qurilgan To‘rtko‘l vokzali 2026-yilda to‘liq rekonstruksiya qilinib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligini oshirishga qaratilgan zamonaviy sharoitlar yaratildi.
➡️Rekonstruksiya ishlari doirasida vokzal binosining ichki va tashqi qismi yangilanib, zamonaviy kutish zali tashkil etildi, yangi o‘rindiqlar o‘rnatildi, poyezdlar harakati haqida tezkor ma’lumot beruvchi elektron axborot tablosi joriy qilindi hamda bepul Wi-Fi xizmati yo‘lga qo‘yildi.
❗️ Shuningdek, vokzalda ilgari mavjud bo‘lmagan zamonaviy VIP zal barpo etildi. Mazkur zal yo‘lovchilarga poyezdni qulay va shinam sharoitda kutish hamda yuqori darajadagi servis xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.
➡️Imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun ham tegishli qulayliklar yaratildi. Yo‘lovchilarning yuklarini tashish uchun maxsus yuk aravalari bilan ta’minlandi.
📌Vokzalning tashqi hududi obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga, vokzal hududida chakana savdo, bankomat, aloqa uskunalari va ofis xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
👥 Bugungi kunda To‘rtko‘l vokzali Qoraqalpog‘iston Respublikasining muhim temir yo‘l transporti obyektlaridan biri bo‘lib, kuniga o‘rtacha 150–200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Bir sutkada o‘rtacha 4 ta yo‘lovchi poyezdi qabul qilinib, jo‘natiladi.
Yangilangan To‘rtko‘l vokzali yo‘lovchilarga zamonaviy, xavfsiz va yoʻlovchilar uchun yanada qulay imkoniyat!
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook | 137 |
| 8 | 🇺🇿 35 YILLIK TARAQQIYOT: TEMIR YO‘LLAR — YANGI MARRALAR SARI
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi — mamlakatimiz temir yo‘l transporti bosib o‘tgan ulkan taraqqiyot yo‘lini sarhisob qilish uchun ham muhim tarixiy sana.
Mustaqillik yillarida mamlakat hududlarini yagona temir yo‘l tarmog‘iga bog‘lash, yangi magistrallar barpo etish, mavjud yo‘nalishlarni elektrlashtirish va zamonaviy yo‘lovchi tashish tizimini rivojlantirish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirildi.
2016-yilda Angren–Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasi va 19,2 kilometrlik Qamchiq tunneli foydalanishga topshirilishi Farg‘ona vodiysini mamlakatning boshqa hududlari bilan O‘zbekiston hududi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lash imkonini yaratdi. Toshkent–Samarqand–Buxoro va Toshkent–Samarqand–Qarshi yo‘nalishlarida esa yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi bosqichda sohada nafaqat infratuzilmani yangilash, balki boshqaruv tizimini takomillashtirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish, raqamlashtirish hamda tranzit salohiyatidan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 10-oktabrdagi qarori asosida temir yo‘l tarmog‘ida boshlangan tarkibiy islohotlar natijasida kompaniyalar faoliyati qayta tashkil etilib, yuk vagonlaridan foydalanish samaradorligi sezilarli oshirildi.
Yangi taraqqiyot bosqichining eng yirik loyihalaridan biri — Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lidir. Uch davlat qariyb 30 yil davomida intilgan ushbu strategik magistral qurilishiga 2024-yil 27-dekabrda rasman start berildi. Yangi yo‘l Markaziy Osiyoni Xitoy bilan qisqa quruqlik yo‘li orqali bog‘lab, Janubi-Sharqiy va G‘arbiy Osiyo hamda Yaqin Sharq bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Loyihaning umumiy uzunligi 532,53 kilometr bo‘lib, uning doirasida 20 ta temir yo‘l stansiyasi, 42 ta ko‘prik va 27 ta tunnel qurilishi rejalashtirilgan. 2026-yil iyul holatiga ko‘ra, qurilish ishlari belgilangan jadval asosida davom etmoqda.
Shu bilan birga, 2030-yilgacha mahalliy yo‘nalishlarda temir yo‘l orqali yillik yo‘lovchi tashish hajmini 10,5 milliondan 23,5 million nafarga, elektropoyezdlar qatnovi mavjud yo‘nalishlar sonini esa 40 tadan 53 taga yetkazish belgilangan.
35 yillik taraqqiyot yo‘li — bunyodkorlik, modernizatsiya va yangi imkoniyatlar yo‘lidir.
Bugun O‘zbekiston temir yo‘llari mamlakat hududlarini bir-biriga bog‘lash bilan birga, yurtimizning xalqaro transport va tranzit tizimidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook | 126 |
| 9 | #Mustaqillik_35_yil
35 YILLIK TARAQQIYOT YO‘LI
Mustaqillikning har bir yili mamlakatimiz milliy temir yo‘l tizimini shakllantirishda o‘z o‘rniga ega.
1990-yillarda mustaqil boshqaruv tizimi yaratildi, 2000-yillarda mamlakatimiz hududlarini yagona milliy temir yo‘l tarmog‘i bilan bog‘lash vazifasi hal qilindi, 2010-yillarda yuqori tezlikdagi harakat va elektrlashtirish yangi bosqichga ko‘tarildi.
2017-yildan keyin esa infratuzilmani yangilash bilan bir qatorda boshqaruv, iqtisodiy samaradorlik, logistika, raqamlashtirish va xalqaro transport yo‘laklariga integratsiya masalalariga urg‘u kuchaydi.
Mustaqillikning 35 yilligi bo‘sag‘asida O‘zbekiston temir yo‘l tizimi nafaqat mamlakat ichki ehtiyojini qondirmoqda, balki butun Yevrosiyo qit’asining eng muhim logistikа chorrahasiga aylandi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilgan islohotlar sababli sohada tub tarkibiy va institutsional transformatsiya amalga oshirildi.
«Asr qurilishi» deb nom olgan Xitoy –Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li 27 yillik kutishdan so‘ng qurilish bosqichiga kirdi. Ushbu loyiha O‘zbekistonga Tinch okeandan Yevropa va Fors ko‘rfazigacha bo‘lgan eng qisqa tranzit yo‘lakni ochadi.
35-ЛЕТНИЙ ПУТЬ РАЗВИТИЯ
Каждый год независимости играет свою роль в формировании национальной железнодорожной системы нашей страны.
В 1990-х годах была создана самостоятельная система управления, в 2000-х годах решена задача соединения регионов страны единой национальной железнодорожной сетью, в 2010-х годах на новый уровень поднято высокоскоростное движение и электрификация.
После 2017 года, наряду с обновлением инфраструктуры, усилился акцент на вопросы управления, экономической эффективности, логистики, цифровизации и интеграции в международные транспортные коридоры.
В преддверии 35-летия независимости железнодорожная система Узбекистана не только удовлетворяет внутренние потребности страны, но и стала важнейшим логистическим перекрестком всего Евразийского континента.
Благодаря реформам, проведенным под руководством Президента Шавката Мирзиёева, в отрасли осуществлена коренная структурная и институциональная трансформация.
Железная дорога Китай – Кыргызстан – Узбекистан, получившая название «Строительство века», вступила в стадию строительства после 27-летнего ожидания. Этот проект откроет Узбекистану кратчайший транзитный коридор от Тихого океана до Европы и Персидского залива.
Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin | | 128 |
| 10 | 🇺🇿 MUNOSIB E’TIROF
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJda ko‘p yillardan buyon fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar faxriy esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur e’tirof — soha rivoji, yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda temir yo‘l tizimi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xodimlarning samarali mehnatiga bildirilgan yuksak e’tibordir.
🏅 Taqdirlangan barcha hamkasblarimizni samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🇺🇿
🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook | 133 |
| 11 | “Temiryo‘lchi” gazetasining navbatdagi yangi soni mutolaa qilish uchun taqdim etildi.
Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube | 155 |
| 12 | #qiziqarli_fakt
🚆 Dunyodagi eng uzun poyezd
2001-yilda Avstraliyada uzunligi 7,353 kilometr bo‘lgan rekordchi yuk poyezdi harakatlangan. U 682 ta ruda vagoni va 8 ta lokomotivdan tashkil topgan bo‘lib, umumiy og‘irligi 99 732 tonnani tashkil etgan. Ushbu poyezd Guinness World Records tomonidan dunyodagi eng uzun va eng og‘ir yuk poyezdi sifatida qayd etilgan.
Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube | 248 |
| 13 | “Temiryo‘lchi” gazetasining navbatdagi yangi soni mutolaa qilish uchun taqdim etildi.
Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube | 313 |
| 14 | #qiziqarli_fakt
🚉 DUNYODAGI ENG UZUN TEMIR YO‘L PLATFORMASI
Hindistonning Hubballi vokzalidagi 1-platformaning uzunligi 1 507 metr — ya’ni 1,5 kilometrdan ham uzun!
Bu platforma 2023-yil 12-yanvarda Guinness World Records tomonidan dunyodagi eng uzun temir yo‘l platformasi sifatida tasdiqlangan.
Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube | 333 |
| 15 | #vokzal
🚆 Termiz vokzali
Termiz vokzali Surxondaryo viloyatining muhim transport infratuzilmasi obyektlaridan biri hisoblanadi. Mazkur vokzal orqali har kuni 1000 nafardan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.
Vokzal yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatish, ularning safarini tashkil etish hamda hududni boshqa manzillar bilan bog‘lashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Termiz vokzali — Surxondaryo viloyatining temir yo‘l transportidagi muhim maskanlardan biridir.
Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube | 329 |
| 16 | Davlatimiz rahbari yangi temir yo‘l liniyasi orqali Urganchdan Xivaga keldi.
—
Глава нашего государства прибыл из Ургенча в Хиву по новой железнодорожной линии.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 195 |
| 17 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroporti va Xiva temir yoʻl bekatini bogʻlaydigan temir yoʻl liniyasi bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari bu yo‘nalishga qo‘yilgan yangi elektropoyezdda Xivaga keldi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с железнодорожной линией, соединившей международный аэропорт Ургенча с железнодорожной станцией Хивы. Глава государства прибыл в Хиву на новом электропоезде, запущенном на этом маршруте.
#Mirziyoyev #safar #Xorazm #temiryul
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 212 |
| 18 | Telegram|Instagram|Facebook|YouTube | 1 |
| 19 | “Temiryo‘lchi” gazetasining navbatdagi yangi soni mutolaa qilish uchun taqdim etildi.
Sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube | 335 |
| 20 | Siz eng ko'p qaysi temir yo'l vokzalidan foydalanasiz? | 381 |
