en
Feedback
Speaker Nishonov

Speaker Nishonov

Open in Telegram

Soft Skills | Shaxsiy Rivojlanish | Kitoblar

Show more
2 059
Subscribers
-1224 hours
-377 days
-15430 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+2
in 0 channels
August '26
+8
in 1 channels
Get PRO
July '26
+14
in 0 channels
Get PRO
June '26
+12
in 1 channels
Get PRO
May '26
+47
in 2 channels
Get PRO
April '26
+84
in 0 channels
Get PRO
March '26
+120
in 2 channels
Get PRO
February '26
+608
in 6 channels
Get PRO
January '26
+1 247
in 4 channels
Get PRO
December '25
+1 932
in 2 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
09 September0
08 September0
07 September0
06 September0
05 September0
04 September0
03 September+1
02 September+1
01 September0
Channel Posts
Vizier podcastida mehmon PDP asoschisi, investor va tadbirkor Odilbek Mirzayev. "Omad yordir dovyuraklarga!" Bir shu jumla or
Vizier podcastida mehmon PDP asoschisi, investor va tadbirkor Odilbek Mirzayev.
"Omad yordir dovyuraklarga!"
Bir shu jumla orqali podcastni ifodalayman. Har qanday abituriyent, student va ta'lim sohasiga tegishli odam ko'rishi kerak bo'lgan suhbat bo'ldi. Odilbek Mirzayevdan sovg'a: Suhbatdan olingan yaxshi xulosalarni YOUTUBE da commentlarda yozing, 3 kishi tanlab olinadi, tanlab olinganlar bilan Odilbek Mirzayev va Vizier podcasti ishtirokchilari birga nonushta qiladi. Suhbat linki!

2
Navalning "The Almanack" kitobidan baxt haqida bir jumla o'qib qoldim, shu kechadan beri hech hayolimdan ketmaydi. Happiness is there when you remove the sense of something missing in your life! Tarjimasi, baxt qachonki sizga nimadir yetishmayotganlik hissini yo'qotganingizda keladi. Qiziq... Inson miyasi har doim menga u kerak, menga bu kerak deb to'xtovsiz o'ylashga dasturlanganga o'xshaydi, bu esa doimiy qoniqmaslikni, bir narsa yetishmayotganini his ettirib turadi. Agar o'tmishga yoki kelajakga ko'p e'tibor bermasdan, aynan hozir bizda nima borligiga va shu narsa bizga yetarli ekanligiga qanoatlansak baxtli bo'lmaymizmi?)
1 221
3
Inson ko'proq yaxshi qarorlar qabul qilishi uchun, aniqroq fikrlashi uchun nima qilishi kerak?
1 162
4
Sarflagan vaqtingizga afsuslanmaydigan podcast! Vizier podcastining bu sonida Najot Ta'lim asoschisi Temurbek Adhamov ishtiro
Sarflagan vaqtingizga afsuslanmaydigan podcast! Vizier podcastining bu sonida Najot Ta'lim asoschisi Temurbek Adhamov ishtirok etdi. Podcastdan tarbiya, do'stlik va ish mavzularida juda ko'p insaytlar oldim, boshqalar olishigaham ishonaman. Ko'p ta'rif bermayman, yaxshisi o'zingiz ko'ring) Link 👉 VIZIER
1 209
5
Inson miyasiga yaxshi g'oyalar zerikganida, band bo'lmaganida, qayg'urmaganida keladi. Nega menga ijodkorlik yetishmayapti desangiz, qachon oxirgi marta zerikganingizni eslang. Fokusimiz har doim bir nima bilan band: ijtimoiy tarmoqlar, ish, oila, uchrashuvlar, do'stlar va hokozo... Odam aniq fikrlashi uchun o'zi uchun alohida vaqt sarlashi kerak, bu degani dam olish emas! Shunchaki yolg'iz o'tirib telefondan uzoqda (zerikib) tafakkur qilishi kerak, shunda g'oyalar, yangi rejalar tug'uladi. @speakernishonov
1 584
6
O'zingizdan tajribaliroq, boyroq va bilimliroq insonlar bilan suhbatlashib turing. Ular sizga imkoniyatlaringiz qanchalik keng ekanini va qanday katta natijalarga erisha olishingizni eslatib turishadi. Inson miyasi atrofidagi odamlarning hayot tarzi, fikrlashi va dunyoqarashiga asta-sekin moslashib boradi. Ba'zida bitta donishmand inson bilan bo'lgan chuqur suhbat butun hayotingizni o'zgartirib yuborishi mumkin. @speakernishonov
1 926
7
Katta natijalar xohlaysizmi? Unda qiyin qarorlar qabul qilishdan qo'rqmang! Qiyin qarorlar odatda noqulay bo‘ladi... Qo'shimcha ishlash, mas'uliyat olish, risk qilish, eski odatlardan voz kechish, yangi ko'nikmalar o'rganish, kerakli insonlar bilan networking qilish... Bularning hech biri oson emas. Hozirgi hayotingiz 4-5 yil oldin qilgan qarorlaringiz natijasidir, hozir bundan qoniqasizmi? Agar javob yo'q bo'lsa, keyingi 5 yildan keyingi hayotingizni yaxshi tasavvur qilsangiz, hozirdan mas’uliyatli va qiyin qarorlar qabul qilishni boshlang, "Noto‘g‘ri qaror qilib qo'ysamchi?" deb qo'rqmang, eng yomoni umuman qaror qilmaslik va bir joyda turib qolish. @speakernishonov
1 218
8
Bir kun! “Bir kun qilmasam, hech narsa bo‘lmaydi...” Menimcha, mana shu bahonani hammamiz hayotda ishlatamiz. Qizig‘i, bu shunchaki gap emas. Aslida, shu bir kun juda ko‘plab keyingi kunlarni ham o‘tkazib yuborishga sabab bo‘lishini bilasizmi? Muammo bir kunda emas, muammo miyangiz shu narsani normal holat deb qabul qilishni boshlaganda. Bu yerda gap intizom haqida ketmayapti, shunchaki “Bir kun qilmasam, hech narsa bo‘lmaydi...” degan gap odatga aylansa, har qancha intizomli bo‘lmang, zanjir uziladi. Bir kunda 10 soat ishlab, keyin 5 kun umuman ishlamaslik foyda bermaydi. Har kuni ozroq bo‘lsa ham, lekin qoldirmasdan qilish bu boshqa gap! Bir kunni o‘tkazib yubormang! @speakernishonov
1 586
9
Inson boshqa mavjudotlardan nimasi bilan farq qiladi? Tabiatda millionlab tur mavjud. Sher kuchli, burgut tez, delfin aqlli, chumoli mehnatkash va hokozo... Lekin ularning birortasida haqiqiy ma'noda ong yo'q. Ular instinkt bilan, tabiat tomonidan dasturlangan dastur asosida yashaydi. Qorni och qolsa yeydi, qo'rqsa qochadi, xavf ko'rsa hujum qiladi. Insonga esa boshqacha imkoniyat berilgan. O'ylash, tahlil qila olish, o'zini boshqara olish, to‘g‘ri va noto‘g‘rini ajrata olishi bilan yagona ajralib turadi. Hissiyotga berilib qaror qilish juda oson. Baqirish oson, qo‘pollik qilish oson, nazoratni yo‘qotish oson. Lekin to'xtab bir soniya o'ylash aynan shu momentda qiyin, jahl chiqqan paytda ham o‘zini boshqara olish qiyin. Hayvon hissiyot bilan harakat qiladi, inson esa ong bilan harakat qilishi kerak. Bizga berilgan bu qobiliyat bekorga emas. Bu ishlatish uchun, ishlatib yashash uchun berilgan! @speakernishonov
1 444
10
66 kun! Yaqinda Shoxruh do'stim bir chellenj taklif qildi. 1. Har kuni 2 soat sport bilan shug'ullanish. (Yurish, yugurish, zal, suzish...) 2. Har kun 1,5 soat bir narsa ustida deep work qilish. (Dars qilish, o'rganish...) 3. Har kun post yozish. (Telegram post, zametka, notes...) Bularning hammasini 66 kun mobaynida intizom bilan qoldirmasdan bajarish kerak. Oldingi chellenjimiz ham bo'lgan agar eslaganlar bo'lsa, 66 kun har kun reels qo'yish edi, endi bu safar biroz qiyinrog'i. Agar qo'shiladiganlar, o'zini sinashni istaganlar bo'lsa qo'shilishi mumkin. Bitta sharti, qoldirmasdan 66 kun bajarish, bajarmaganlar kechirilmaydi! @shakhdarman @speakernishonov
1 259
11
66 kun! Yaqinda Shoxruh do'stim bir chellenj taklif qildi. 1. Har kuni 2 soat sport bilan shug'ullanish. (Yurish, yugurish, zal, suzish...) 2. Har kun 1,5 soat bir narsa ustida deep work qilish. (Dars q 3. Har kun post yozish. (Telegram post, zametka, notes...) Bularning hammasini 66 kun mobaynida intizom bilan qoldirmasdan bajarish kerak. Oldingi chellenjimiz ham bo'lgan agar eslaganlar bo'lsa, 66 kun har kun reels qo'yish edi, endi bu safar biroz qiyinrog'i. Agar qo'shiladiganlar, o'zini sinashni istaganlar bo'lsa qo'shilishi mumkin. Bitta sharti, qoldirmasdan 66 kun bajarish, bajarmaganlar kechirilmaydi! @shakhdarman @speakernishonov
2
12
Kecha Vizier podcasti bo'ldi. Mehmonimiz intizom, to'g'ri ovqatlanish va ozish bo'yicha expert edi. 135 kg dan 85 kg ga tushgan bir oddiy inson. Vazn tashlash hozirgi eng aktual mavzulardan biri, ayniqsa bu bizning yoshi biroz ulg'aygan yaqinlarimizda ko'p uchraydi. To'g'ri ovqatlanishga vaqt yo'q, sport bilan shug'ullanishga pul yo'q.... baxonalar! Suhbatdan shuni angladim, to'g'ri ovqatlanish bilan to'g'ri uyqu rejimini qurish sog'liq uchun eng kerakli dori hisoblanadi. Odam kasal bo'lganida hech kimga keragi bo'lmaydi, 1 so'm topaman deb sog'liqni qurbon qilmang, kasalxonada 10 so'm qilib qaytarib olishadi! Kechgi ovqat har doim uxlashdan 3-4 soat oldin bo'lsin, eng yaxshi uyqu 23:00 - 05:00 orasi bo'ladi. Sog'liqni asrang! @speakernishonov
1 417
13
Kitob klubimizda "ijtimoiy odoblar" kitobini tanlagan bir ishtirokchimizga boshqa ishtirokchimiz tavsiyalari. Kitob tanlash bo'yicha umumiy ko'rsatma.
1 832
14
Bu podcastni ko'rmasdan o'tkazib yubormang! Xodim uchunham, ish beruvchi uchunham, o'quvchiyu o'qituvchi uchunham hech qayerd
Bu podcastni ko'rmasdan o'tkazib yubormang! Xodim uchunham, ish beruvchi uchunham, o'quvchiyu o'qituvchi uchunham hech qayerda aytilmagan instrumentlar suhbatda bor. 2 soat vaqtingizni investitsiya qiling, afsuslanmaysiz. Suhbat linki. 👈
1 867
15
Muhitni to'g'ri tanlang! Ko‘p narsani o‘zgartirish uchun ba’zan katta rejalar ham, kuchli motivatsiya ham shart emas. Ko‘pincha insonni sekin-asta, sezdirmasdan o‘zgartiradigan eng katta sabab bu uning atrofidagi muhit. Har kuni kimlar bilan gaplashayotganingiz, qanday mavzularni muhokama qilayotganingiz, qanday fikrlarni eshitayotganingiz, bularning barchasi bir nuqtada sizning dunyoqarashingizga aylanadi. Inson o‘zi sezmagan holda yonidagilarning odatlarini, fikrlash tarzini, hatto orzu qilish darajasini ham qabul qila boshlaydi. Shuning uchun yaxshi davralarda, yaxshi insonlar bilan aloqalarni qurish bu shunchaki tanish orttirish emas. Bu o‘zingizni kelajagingizga qo‘yilgan eng foydali investitsiya. Hayotda shunday davrlar bo‘ladi: sizda g‘oya bor, maqsad bor, lekin muhit sizni ortga tortadi. Atrofdagilar bahonani ko‘paytiradi, katta o‘ylashni emas, “shu ham yetadi” degan fikrni singdiradi. Ana shunday joyda inson o‘sish o‘rniga sekinlashadi. Maqsadli, intiluvchan, fikri keng insonlar orasida bo‘lsangiz, siz ham o‘zingizni majburan bo‘lsa-da yuqoriga torta boshlaysiz. Chunki kuchli muhit sizdan ham o‘sishni talab qiladi. U yerda dangasalik uyatdek tuyulib, rivojlanish odatiy holatga aylanadi. Men shuni ko‘p kuzatganman, ba’zan bitta to‘g‘ri davra insonning yillar davomida o‘zgartira olmagan fikrini o‘zgartirib yuboradi. Bitta suhbat, bitta tanishuv yoki bitta ustoz butun yo‘nalishni boshqa tarafga burishi mumkin. Shu sabab, kimlarga yaqin yurayotganingizga befarq bo‘lmang. Chunki vaqt o‘tib, siz eng ko‘p vaqt o‘tkazgan insonlaringizning o‘rtachasiga aylanasiz.
2 874
16
Insonning eng zo'r o'qitovchisi bu...
2 926
17
Bu yopiq kitob guruhimiz ishtirokchilaridan kelgan izohlar. Hali guruh mukammal bo'lmasada lekin intizom bilan kitob o'qishda+6
Bu yopiq kitob guruhimiz ishtirokchilaridan kelgan izohlar. Hali guruh mukammal bo'lmasada lekin intizom bilan kitob o'qishda, o'z fikrlarini yetkazishda qiynalganlar uchun foydali bo'layotgani aniq 💯 Guruhda berilayotgan feedback lar, muhokama qilinayotgan kitoblar hozirga kelib ancha rivojlandi. Ishtirokchilar endi fokusni aktiv kitob o'qishga emas, ko'proq ma'lumotni tushunishga va muhokama qilishga berishayapti. Book Club kimlar uchun? • Kitob o'qishda intizomi yo'qlar, • Kitob o'qimasaham, boshqalar o'qiyotgan kitoblarni kuzatib boradiganlar, • Muhokama (debat) qilishni yaxshi ko'radiganlar, • Umumiy kitob o'qishni yaxshi ko'radiganlar... Ko'p ta'rif bermayman, agar sizdaham qatnashish istagi bo'lsa, tezda bog'laning: @madina_ashirova
3 553
18
Kitob o‘qiydigan va o‘qimaydigan insonning farqi Fikrlash tarzimiz va hayotga munosabatimiz ko‘p jihatdan qanday axborot bilan yashashimizga bog‘liq. Shu sababli kitob o‘qiydigan va o‘qimaydigan insonlar o‘rtasida farq seziladi. Kitob o‘qiydigan inson odatda chuqurroq fikrlaydi. U masalalarga shoshilmasdan yondashadi, turli nuqtai nazarlarni hisobga oladi va xulosa chiqarishda ehtiyotkor bo‘ladi. Sababi u kitoblar orqali turli fikrlar va tajribalar bilan tanishgan bo‘ladi. Ular sabrli va intizomli bo‘ladi. Yolg‘iz qolishdan qo‘rqmaydi, aksincha, buni o‘z ustida ishlash uchun imkoniyat sifatida ko‘radi. Kitob o‘qimaydigan insonlarda esa buning aksi kuzatiladi. Ular tez zerikishi, masalalarga yuzaki yondashishi va xulosa chiqarishga shoshishi mumkin. Ular oson va tezkor axborotga o‘rganib qolgan bo‘ladi. Eng muhim farq shundaki, kitob o‘qiydigan inson hayotini ongli qurishga intiladi, o‘qimaydigan inson esa oqim bilan yashaydi. Xulosa qilib aytganda, kitob o‘qish faqat bilim emas, fikrlash tarzingizni o‘zgartiradigan muhim odatdir. @speakernishonov
2 656
19
Hamma narsadan natija kutmang! Noto'g'ri eshitilishi mumkin, lekin faqat natija yoki foyda uchun ishlashni to'xtating. Yil boshida har kuni kitob o'qiyman va tushunganlarimni ulashib boraman deb maqsad qo'ygan edim. Intizom bilan o‘qib keldim, lekin oxirgi 2 hafta umuman kitob o‘qimadim. Chunki o‘zimni majburlab o‘qiyotganimni his qildim va maqsad “shunchaki o‘qishim kerak”ga aylanib qoldi. Har bir narsani o'z holicha bajarishni o'rganing. Masalan, bu kasbda ishlashimdan maqsad faqat ko'p pul topish bo'lsa, men natijani maqsad qilyapman. Sport bilan shug'ullanishdan maqsad ozish emas, bu shunchaki men sevgan mashg'ulot deb biling. Agar hamma narsa natijaga bog'lansa bu odamga stress beradi, jarayonni o'zidan rohat olinsa ichki xotirjamlik keladi. Ba’zi ishlarni faqat o‘zingiz yoqtirganingiz uchun qiling, maqtanish yoki odamlarga yaxshi ko'rinish uchun emas! @speakernishonov
2 720
20
Arzon va Qimmat dopamin! Sizga qisqa vaqt ichida zavq beradigan, unga erishish oson bo'lgan lekin foydasi kam va zararli narsalar arzon dopaminlar deyiladi. Bunga misol qilib Instagramda soatlab ma'nosiz video ko'rib o'tirishlar, o'yinlarga berilib ketish, chekish hamda shunga o'xshagan zararli odatlarni olamiz. Qiyinchilik, vaqt va intizom talab qiladigan, lekin uzoq muddatli qoniqish hissini beradigan narsalarga qimmat dopaminlar deyiladi. Sport bilan shug'ullanib yurish, qattiq mehnat qilib yaxshi natijaga erishish, odamlarga yordam berish, yaxshi pul topish qimmat dopamin turiga misollar bo'ladi. Arzon dopaminlar sizni qisqa vaqt ichida xursand qilib uzoq vaqt ichida zaif qiladi. Har doim qimmat dopamin ortidan quving! @speakernishonov
2 308