Kitoblar haqida…
Open in Telegram
Kitoblar haqida foydali xulosalar…
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 443
Subscribers
No data24 hours
-497 days
-64030 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
July '26
July '26
+6
in 0 channels
June '26
+3 649
in 8 channels
Get PRO
May '260
in 1 channels
Get PRO
April '26
+1
in 2 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 21 July | +1 | |||
| 20 July | +1 | |||
| 19 July | +1 | |||
| 18 July | 0 | |||
| 17 July | 0 | |||
| 16 July | 0 | |||
| 15 July | +1 | |||
| 14 July | 0 | |||
| 13 July | 0 | |||
| 12 July | 0 | |||
| 11 July | 0 | |||
| 10 July | 0 | |||
| 09 July | 0 | |||
| 08 July | 0 | |||
| 07 July | 0 | |||
| 06 July | 0 | |||
| 05 July | 0 | |||
| 04 July | +1 | |||
| 03 July | +1 | |||
| 02 July | 0 | |||
| 01 July | 0 |
Channel Posts
Repost from N/a
Ilmning ham odobi bor…
Bugungi kunda kitob o’qishdan ko’ra, kitobdan iqtibos ulashish osonroq bo’lib qoldi. Biror jumla yoqib qolsa, uni suratga olib yoki nusxa ko’chirib ijtimoiy tarmoqlarga joylaymiz. Ammo ko’pchilik e’tibor bermaydigan bir nozik masala bor: manbani ko’rsatish.
Agar biror kitobdan iqtibos keltirayotgan bo’lsangiz, albatta muallifning ismi va kitob nomini yozing. Bu oddiy rasmiyatchilik emas. Bu — ilmga, muallifning yillar davomida qilgan mehnatiga va haqiqatga bo’lgan hurmatdir.
Har bir kitob ortida yillar davom etgan izlanish, minglab mutolaa soatlari, tahrirlar, xatolarni tuzatish va katta mehnat yotadi. Birgina jumla uchun ham muallif ko’p zahmat chekkan bo’lishi mumkin. Uni egasiga nisbat bermaslik esa ana shu mehnatni qadrsizlantirishdir.
Xuddi shuningdek, Telegram kanali yoki boshqa sahifadagi postni ham manbasiz ulashish to’g’ri emas. Agar biror kanalning posti sizga foydali bo’lgan bo’lsa, uni ulashayotganingizda kanal nomini yozing yoki havolasini qoldiring. Bu nafaqat odob, balki halollik hamdir.
Ulamolar ilmda nihoyatda ehtiyotkor bo’lishgan. Hatto bitta hikmatli so’zni ham: “Buni falon olim aytgan”, “Buni falon ustozdan eshitganman”, deb aniq manbasi bilan rivoyat qilishgan. Chunki ular ilmning eng katta ziynati — rostgo’ylik va omonatdorlik ekanini yaxshi bilishgan.
Unutmang, ilmni tarqatish savob. Lekin uni egasiga nisbat berib tarqatish undan ham go’zalroq amal.
Ilm omonatdir. Omonatning odobi esa uni egasiga qaytarishdir.
Muhammad Abu Bakr
| 2 | Tavsiya qilganingizni #screen qilib rasm yuboring. | 147 |
| 3 | @KITOB_HADIYACHI kanaliga obuna bo’lasiz va 5 ta insonga tavsiya qilasiz. Izohlarda 3 kun davomida faol bo’lishingiz shart. | 155 |
| 4 | Bu kitobni juda oddiy #shart bilan
3 kunda o’z sohibi yoki sohibasini e’lon qilaman.
Shartga tayyormisiz…? | 162 |
| 5 | Kim aloqada… | 165 |
| 6 | Shu kitobni hadiya olishni xohlovchilar bormi…? | 202 |
| 7 | Қуръон ёдлашдаги самарали услублар
Акалари 🌟 | 267 |
| 8 | Қуръон ёдлашдаги самарали услублар
Устоз 🌟 | 251 |
| 9 | Дадамни кутубхоналари бўлар эди. Жуда кўп китоблари бор эди. Уйдаги энг яҳши кўрган жойим уша ер эди.
Қўлимга тушган китобни ўқийверар эдим.
Баъзида даражамдан баланд китобларга дуч келиб қолсам, бошқа китобга ўтиб кетар эдим. Сабаби бу китобларда зеҳним чарчарди, тушинилган маълумотлар эса оз бўлар эди.
Шайх Ҳамза Бакрийнинг ёшликларидан | 304 |
| 10 | Илм талаб қилиш йўлини менга ойдинлатиб, манҳаж берган китоб – бу Абдулфаттоҳ Абу Ғудданинг Саҳифалар китобидир.
Шайх Ҳамза Бакрий 🇧🇼
-----
араб тилини билганлар бўлса кўришни тавсия қиламан:
https://youtu.be/TsZvbA80iZc?si=kS9qIlaK1JtsIanR | 285 |
| 11 | Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Bugun menga hadya kelibdi☺️
Alloh rozi bo'lsin.
Hadya olish boshqachada🙃
@Basirat_ilm📔 | 273 |
| 12 | Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Bugun menga hadya kelibdi☺️
Alloh rozi bo'lsin.
Hadya olish boshqachada🙃
@Basirat_ilm📔 | 1 |
| 13 | Ilm o‘zi nima?
Ulamolar qanday ta’rif bergan?
Bugun dunyoda ma’lumot juda ko‘p. Bir necha soniyada minglab kitoblarni topish mumkin. Lekin har bir ma’lumot ilm emas.
Ulamolar ilmni quyidagicha ta’riflaganlar:
Imom Shofi’iy rohimahulloh:
“Ilm – yodlangan narsalarning ko‘pligi emas. Ilm – Alloh taolo qalbga soladigan nurdir.”
Ya’ni, haqiqiy ilm insonning qalbini o‘zgartiradi, dunyoqarashini to‘g‘rilaydi va uni Robbisiga yaqinlashtiradi.
Hasan Basriy rohimahulloh:
“Haqiqiy olim — Allohdan eng ko‘p qo‘rqadigan kishidir.”
Chunki ilmning mevasi taqvodir. Agar ilm taqvoni oshirmasa, u o‘z vazifasini bajarmagan bo‘ladi.
Imom Ahmad ibn Hanbal rohimahulloh:
“Ilmning asosi — niyatning to‘g‘riligi va unga amal qilishdir.”
Ilm amal uchun o‘rganiladi. Amal qilinmagan ilm esa qiyomat kuni egasiga qarshi hujjat bo‘lishi mumkin.
Sufyon Savriy rohimahulloh:
“Ilmni o‘rganishdan maqsad — unga amal qilishdir.”
Har bir yangi o‘rgangan narsamiz hayotimizda aks etmasa, ilmning haqini ado qilmagan bo‘lamiz.
Abdulloh ibn Mas’ud rodiyallohu anhu:
“Ilm ko‘p rivoyat qilish bilan emas, balki qalbdagi taqvo bilan o‘lchanadi.”
Shuning uchun salaflar ilmning ko‘pligiga emas, uning qalb va amalda ko‘rinishiga e’tibor berganlar.
Demak, ilm nima?
— Ilm seni Allohga yaqinlashtirsa — ilm.
— Gunohlardan qaytarsa — ilm.
— Kibrni sindirib, tavozeni oshirsa — ilm.
— Axloqingni go‘zallashtirsa — ilm.
— Amalingni isloh qilsa — ilm.
Aks holda, u shunchaki ma’lumotdir.
Alloh taolo bizga foydali ilmni, unga ixlos bilan amal qilishni va uni boshqalarga yetkazishni nasib etsin.
Muhammad Abu Bakr
@INTERNETDA_ILM | 277 |
| 14 | 🌟 Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳматуллоҳи алайҳнинг асарларини ўрганиш тартиби. | 317 |
| 15 | Video message | 81 |
| 16 | Kitob o’qishni endi boshlaganlar uchun kitob:
- Islomga bag’ishlangan umr
- Muhammadga Sodiq Muhammad Sodiq
Islom tarixini manbalar bilan o’rganishni xohlaganlar uchun
- Islom tarixi (Hazratimning kitoblari)
- Payg’ambarlar tarixi (Ziyovuddin Rahim)
Qur’onga muhabbat uyg’onishi, unga qiziqishni ziyoda qilish
- Qur’on qalblar shifosi
- Qur’on shafoati
- At-tibyon
Fiqh ilmini o’rganishni xohlaganlar uchun
- Hanafiy mazhabiga teran nigoh
- Usuli fiqh (Hazratimning kitoblari)
Aqida ilmini o’rganishni xohlaganlar uchun
- Iymon
Oila qurishdan oldin va oila qurgandan keyin
- Baxtiyor oila
Tajvid ilmini o’rganishni xohlaganlar uchun
- Suratli tajvid (Ayman Rushdiy Suvayd)
- Jazariyya muqaddimasi
Bu kitoblarni o’qib agar hayotingizda o’zgarish, bo’lmasa demak o’zingizdan o’pkalang. O’qib amal qilsangiz kafolat beraman boshqa ilmlarni bemalol oson o’rgana olasiz. | 421 |
| 17 | Zo’r tavsiyalar beraymi hamma ilmni boshlang’ich asosini o’rganishni xohlaganlar uchun…
Uhlamaganlar bormi…? | 273 |
| 18 | Turkiyada universitet va madrasada o’rgangan ilmlar, ustozlardan o’rgangan #insight larni sizlarga yozib ulashib boraman. | 303 |
| 19 | Yaxshilik uchun…
Ilm yo’lini o’rganishni xohlagan tanishlarga yuboring. | 316 |
| 20 | Sizlardan bir yordam kerak…
@INTERNETDA_ILM kanalini tashkil qildik.
Bugunga qadar ko’p kanallar tashkil qildim, #reklama orqali rivojlantirishga, kitob hadiyalari orqali ishonchli, Sodiq #muxlislar yig’ishga harakat qildim. Alhamdulillah oz bo’lsa ham Sodiq muxlislarimiz bor.
@INTERNETDA_ILM kanali sof ilmni yoyish uchun tashkil qilindi. Kitob hadiyalarimiz ham faqat shu kanalda bo’ladi.
Ko’pchilik umumiy ilmlarning asosini o’rganishni xohlaydi, lekin qayerdan boshlashni bilmaydi. Yoki boshlab bo’lgan lekin qanday davom etishni bilmaydi. @INTERNETDA_ILM kanali 0 dan boshlab haqiqiy tolibi ilmlarning asl ilm yo’lini sizga o’rgatadi. Sizdan talabimiz faqat amal qilish. | 329 |
