en
Feedback
namunaviy esselar

namunaviy esselar

Open in Telegram

Assalomu alaykum, bu yerda milliy sertifikat tipida yozilgan na'munaviy esselarimni ulashib boraman ✉️ Manba bilan oling!

Show more
271
Subscribers
-124 hours
-87 days
-1230 days
Posts Archive
Repost from Orif Tolib
Esseda ball yoʻqotmaslik uchun: xususiy oliygohlar nomi qanday yoziladi? Milliy sertifikat va olimpiada esselarida koʻpchilik
Esseda ball yoʻqotmaslik uchun: xususiy oliygohlar nomi qanday yoziladi? Milliy sertifikat va olimpiada esselarida koʻpchilik chalgʻiydigan nozik masala bor. Hozir koʻchada Alfraganus universiteti, Profi universiteti kabi reklamalarni koʻrib koʻzimiz oʻrganib qolgan. Lekin bu imlo jihatidan toʻgʻrimi? Imtihonda ballingizni qirqib ketuvchi bu chigallikni yechamiz! 👇 1️⃣ Tavsifiy nomlar qoʻshtirnoqsiz yoziladi Agar universitet nomi uning qayerda joylashgani yoki qaysi sohaga ixtisoslashganini bildirsa, bu oddiy soʻz birikmasidir. Faqat birinchi soʻz bosh harfda yoziladi. ✅ Toshkent kimyo xalqaro universiteti ✅ Osiyo xalqaro universiteti 2️⃣ Shartli nomlar qoʻshtirnoqqa olinadi Eng koʻp xato qilinadigan joy! Agar oliygoh nomi ramziy soʻz, tarixiy shaxs yoki brend bilan atalgan boʻlsa, u albatta qoʻshtirnoqqa olinadi.“Profi” universiteti ✅ “Alfraganus” universiteti ✅ “Renessans” taʼlim universiteti Chet tilidagi nomlar ham xuddi shunday: “University of Business and Science” Toshkent shahri filiali. Inglizcha nomdagi barcha mustaqil soʻzlar bosh harfda yoziladi. 3️⃣ Qisqartmalarda qoʻshtirnoq tushadi Soʻz takrorlanmasligi uchun koʻpincha qisqartmalardan foydalanasiz. Bunda qoʻshtirnoq yozilmaydi: ✅ TKXU (Toshkent kimyo xalqaro universiteti)TIU (“Turan International” universiteti) ⚠️ Reklamaga ergashmang! Bannerlarda nom qoʻshtirnoqsiz, hamma harfi kattada yozilishi mumkin (masalan: ALFRAGANUS UNIVERSITY). Bu dizayn xolos! Sizdan matnda dizayn emas, imlo qoidalariga rioya etish talab qilinadi.
📌 Qisqa xulosa: 🔹 Tavsifiy nom: qoʻshtirnoqsiz (Osiyo xalqaro universiteti). 🔹 Ramziy nom: qoʻshtirnoqda (“Diplomat” universiteti).
✈️ Bu postni esse imtihoniga tayyorlanayotgan doʻstlaringizga yuborib qoʻying. Bitta qoʻshtirnoq deb bekorga ball yoʻqotishmasin! @oriftolib | Boshqa sahifalarimiz

photo content

Biz boshladik!

Siz-chi bilarmidingiz?
Siz-chi bilarmidingiz?

Assalomu alaykum, azizlar! Agar sizni chet elda o'qish qiziqtirsa bu webinarni o'tkazib yubormang. Do'stlaringizga ham ulashib qo'ying)

Repost from N/a
🎓 Chet elda o‘qish orzusi bor, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Hujjatlar, grantlar, IELTS, motivatsion xat… bosh qot
🎓 Chet elda o‘qish orzusi bor, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Hujjatlar, grantlar, IELTS, motivatsion xat… bosh qotiryaptimi? Unda bu webinar aynan siz uchun! Edu Nova jamoasi sizlarga manfaatli bo‘lishi uchun maxsus onlayn suhbat tashkil qilmoqda. 🎙 Mehmonimiz — Rahmonov Quvonchbek U dunyodagi yetakchi universitetlardan biri — University of Birminghamga qabul qilingan hamda El-Yurt Umidi jamgʻarmasi g‘olibi hisoblanadi. Suhbat davomida quyidagi mavzular muhokama qilinadi: ✔️ Chet el universitetlariga topshirish jarayoni ✔️ Grant va stipendiyalar ✔️ El-Yurt Umidi imkoniyatlari ✔️ Hujjat topshirishdagi muhim jihatlar 💬 Webinar yakunida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga bevosita javob olishingiz mumkin! Agar sizda yoki do‘stlaringizda chet elda o‘qish orzusi bo‘lsa — ushbu postni ulashishni unutmang. Biz bu suhbat hammaga foydali bo‘lishini istaymiz. 📍Manzil: @edu_nova1

Muammo-yechim esse shabloni 1-xatboshi Kirish: Bugungi kunda __ muammo bo‘lib qolmoqda. Bu muammo __ sababli juda muhim va e’tiborni talab qiladi. 2-xatboshi Muammo tavsifi: Ko‘plab __ (kimlar) __ (nima qilmayapti yoki muammo nima) tufayli __ (oqibat/ta’sir) bo‘lmoqda. Natijada __ (muammo salbiy ta’siri). 3-xatboshi Yechimlar: Muammoni hal qilish uchun __ (taklif 1) mumkin. Shu bilan birga, __ (taklif 2) yordam beradi. Bundan tashqari, __ (taklif 3) muammoni kamaytirishga hissa qo‘shadi. 4-xatboshi Shaxsiy fikr: Mening nazarimda… Eng samarali yechim deb hisoblayman… 5-xatboshi Xulosa: __ (muammo) har birimizga ta’sir qiladi, lekin __ (yechimlar) orqali uni kamaytirish mumkin. Shu sababli har birimiz __ (harakat qilishga chaqirish) lozim. @esse_u

Davom etaylikmi?)

Muammo-yechim essesi odatda, quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: Kirish Muammoni aniqlang va mavzu bilan tanishtiring. Muammoning dolzarbligini ko‘rsatish. Oddiy jumlalar bilan o‘quvchini jalb qiling.
Masalan: “Bugungi kunda yoshlar orasida sport bilan shug‘ullanish yetarli darajada emas. Bu esa ularning sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladi va ularni passiv hayot tarziga olib keladi.”
Muammo tavsifi Muammoning sabablarini va oqibatlarini tushuntiring. Faktlar yoki misollar keltiring.
Masalan: “Ko‘plab bolalar va o‘smirlar ko‘proq televizor va mobil qurilmalarga vaqt sarflaydi. Natijada ular jismoniy faollikni kamaytiradi va turli kasalliklar xavfini oshiradi.”
Yechimlar Muammoni hal qilish uchun takliflarni yozing. Har bir taklifni qisqa va aniq izoh bilan tushuntiring. Takliflar realistik va amalga oshiriladigan bo‘lishi kerak.
Masalan: “Maktablarda majburiy sport mashg‘ulotlarini ko‘paytirish va yoshlarni sport to‘garaklariga jalb qilish muammoni kamaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga ota-onalar bolalarni ko‘proq ochiq havoda o‘ynashga rag‘batlantirishi mumkin.”
Shaxsiy fikr Bu yerda o`z pozitsiyangizni kuchliroq ko`rsatasiz.
Masalan: Shaxsiy fikrimcha, eng samarali yechim – bu ota-onalarning faol ishtirokidir. Chunki bola odatda oilasidan namuna oladi. Agar ota-onalar sog‘lom turmush tarzini olib borsa, farzandlar ham shunday yo‘l tutadi.
Xulosa Muammo va yechimlarni qisqacha takrorlang. O‘quvchini muammoni hal qilishga chaqiring yoki fikr qoldiring.
Masalan: “Sport va jismoniy faollik yoshlarning sog‘lom rivojlanishi uchun muhimdir. Shu sababli har birimiz ularni rag‘batlantirish va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashimiz kerak.”
@esse_u

"Aprel imtihonlarida esse strukturasi o'zgaradimi?" degan savolga ekspertlardan javob!

Yuqoridagi savolga ovozli tarzda javob berdim. Alloh barchaga manfaatli qilsin. @esse_Cholliyeva

Assalomu alaykum, yaxshimisizlar. Mana imtihonlar ham o'tdi, endigi rejalar qanday? Aprelda imtihonga kiradiganlar bormi? Esse bo'yicha qanday savollaringiz bor? Kanalda ko'proq nimalar ulashaylik? Fikr va takliflaringiz bilan bo'lishsangiz)

🤲”Namozimdagi suralarni to’g’ri o’qiyapmanmi?” Kuzatuvlarimizdan koʻrinadiki, namozdagi suralarda xato va kamchiliklar uchrab turadi. Ushbu holatning yechimi oʻlaroq mohir sanad sohibi boʻlgan erkak ustozlar va mahoratli ayol ustozalar ishtirokida jonli efir orqali bepul faqatgina nazariy emas haqiqiy asl talaqqiy uslubidagi darslar yoʻlga qoʻyildi. 🔗tilovatdagi xatolaringizni bilib olish va to’g’irlash imkoniyati; 🔗jonli suhbatlar va savol-javoblar; 🔗 musobaqalarda qatnashish va mahoratini sayqallash imkoniyati ✔️Ommaviy darslar - bepul. 🦋Kanal faqat ayol - qizlar uchun🦋 📍Bizning manzil: https://t.me/+ZDnH4r41LHQzZTVi At-Talaqqiy 📚 | At-Talaqqiy 📚

“Bugungi kun” birligi usluban xato! Chunki: “Bugun” so‘zining o‘zi “shu kun” ma’nosini beradi. Demak, “bugungi kun” = “bugun
“Bugungi kun” birligi usluban xato! Chunki: “Bugun” so‘zining o‘zi “shu kun” ma’nosini beradi. Demak, bugungi kun = “bugun + kun” bo‘lib, ortiqcha takror (pleonazm) yuzaga keladi. 📌 Me’yoriy variantlar:bugunhozirbugungi zamonMe’yoriy bo‘lmagan variant:bugungi kun muammolaribugungi kunda yoshlar… @esse_Cholliyeva

Kirish qismda mavzuni perefreyz qilar ekansiz aynan mana shu xatoga yo'l qo'ymang: ❌ ko'chirma gapli qo'shma gap shaklida ema
Kirish qismda mavzuni perefreyz qilar ekansiz aynan mana shu xatoga yo'l qo'ymang: ko'chirma gapli qo'shma gap shaklida emas, o'zlashtirilgan gap shaklida bering; Masalan, Ayrimlar bu muammoni jamiyatning o'zi bartaraf eta olishini ta'kidlasa, ... ko'chirma gap shaklida berdingizmi, tinish belgilarini qo'llang: Masalan, Ayrimlar: "Bu muammoni jamiyatning o'zi bartaraf eta oladi", - deyishadi, ... @esse_Cholliyeva

Yuqoridagilarga qo'shimcha yana bir tavsiya: siz eng ko'p qiynalgan, mashq qilmagan mavzularga esse yozing yoki namunalarni o‘qing. Ta’lim, sport, ekologiya — keng tarqalgan va deyarli hamma tushunchaga ega mavzular. Lekin iqtisod, kredit tizimi, urbanizatsiya, sun'iy intellekt haqidagi esselarga ham tayyor turing, ma'lumotlar, faktlar o'qing. Aktual mavzularning ayrimlarini shu darsda ham tushuntirib bergandim, ko'rib qo'ysangiz zarar qilmaydi. Oxirgi oylar davomida jamiyatda, OAV da, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokama bo‘lib turgan yangiliklarga ham ko'z yugurtirib chiqing. Qanday mavzu tushishidan qat'iy nazar xotirjam bo'ling, Alloh albatta mehnatlaringiz ajrini beradi!

7-8-fevral kunlari imtihonga kiruvchilar uchun muhim tavsiyalar:
1. Esse topshiriq matnini to‘liq o‘qib chiqing
Ko‘pchilik mavzuni chuqur anglamasdan yozishni boshlaydi. Natijada esse asosiy savoldan chetlashib ketadi. Avval sizdan nima so‘ralyotganini aniqlang: fikr bildirishmi? solishtirishmi? muammoni tahlil qilishmi?
2. Kirish va xulosaga ortiqcha vaqt sarflamang
Asosiy baho — asosiy qismga beriladi. Kirish va xulosada yangi fikrlar shart emas. Ular qisqa, lo‘nda va aniq bo‘lishi kerak.
3.Yozishdan oldin reja tuzing
Qoralama bilan ishlash sizni vaqt yo‘qotishdan saqlaydi: har ikki tomonga argumentlar dalillar va misollar sizning pozitsiyangiz ishlatadigan maqol yoki iboralarni yozib chiqing. ❗️Rejasiz yozilgan esse — tartibsiz fikrlar to‘plamiga aylanadi.
4. “Tesha tegmagan” fikrlarni izlamang!
Oddiy fikrlar ham yuqori baho oladi, agar: dalillar bilan mustahkamlangan tahlil qilingan leksika boy ishlatilgan bo‘lsa.
5. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlang
10 daqiqa — qoralama va reja 45–50 daqiqa — asosiy esseni yozish 5 daqiqa — tekshirish va xatolarni tuzatishga sarflang.
6. Esseni birinchi yozmang
Xohlaysizmi yo'qmi, yozishga kirishgach vaqtni nazorat qila olmay qolasiz. Yaxshisi avval mavzuni o'qib oling, xotirjam bo'lasiz. So'ng test yechishni boshlang. Orada fikrlar kelib qolsa, qoralama qilib yozib qo'ying. Kalitlarni javoblar varaqasiga ko'chirgach, essega o'ting.
Hammaga omad!
@esse_u

11# Esse mavzusi: Telekanallarimizda xorijiy seriallarning ommalashuvi qanchalik to'g'ri? Esse muallifi: Xasanboyeva Shahruza
+1
11# Esse mavzusi: Telekanallarimizda xorijiy seriallarning ommalashuvi qanchalik to'g'ri? Esse muallifi: Xasanboyeva Shahruza 72 ball

📖 Aprel oyidagi imtihon uchun badiiy asarlar ro'yhati. ✅@Milliy_til_1
📖 Aprel oyidagi imtihon uchun badiiy asarlar ro'yhati. @Milliy_til_1